Personal tuzilmasi.
Boshqaruv bosqichi (darajasi)
— korxona tashkiliy tu-
zilmasi yuqori bo‘g‘inlari (bosqich, darajalari).
Boshqaruv apparati
— boshqaruv tizimining tegishli
bo‘linma, xizmatlarga rahbarlik qilish, faoliyatlarini
muvofiqlashtirish huquqiga ega xodimlar jamoasidir.
Tarkibiy bo‘linma
— tashkiliy bo‘linma to‘g‘risidagi nizom
asosida boshqaruv bo‘g‘inining mustaqil qismidir. U funksional
va ishlab chiqarish tarkibiy bo‘linmalariga bo‘linadi.
Funksional tarkibiy bo‘linma
— boshqaruvning muayyan
funksiyalari (masalan, ishlab chiqarishni tayyorlash, buxgalteriya
hisobi, iqtisodiy rejalashtirish), vazifalarini amalga oshiruvchi
boshqaruv apparatining mustaqil qismi hisoblanadi. Uning
faoliyatida pirovard natija — boshqaruv qarorlari tayyorlashdir.
63
Do'stlaringiz bilan baham: |