Ikkinchi yo‘nalish — bu, yangi turdagi boshqaruv
xizmatchisini, ya’ni yangi turdagi iqtisodiy jihatdan asosiy
fikr yurituvchilarni tayyorlash, demakdir Gap shundaki, bozor
iqtisodi yangi turdagi munosabatni, ya’ni erkin tadbirkorlik
munosabatini ko‘zda tutadi. Ushbu munosabatlarda rahbarlik
idoralari (davlat idoralari) aralashuvi avvalgiga qaraganda
ancha kam bo‘ladi. Bozor munosabatlari shakllanishida
ishbilarmon odamlarning (rahbarlarning, tashkilotchilarning,
mutaxassislarning)
quyidagi sifatlari : jumladan,
tadbirkorlik, marketing, bank menejmenti, kichik biznesni boshqarish va
hokazolar birinchi darajali rol o‘ynaydi.
Bizda turli xildagi mulkni:
jamoa, shirkat, pudratchi, aksiyadorlik, shaxsiy va boshqalarni bunyod etish biz nomini
27
tilga olgan belgilarga ega bo‘lgan odamlar faoliyatidir.