Lokomotiv qabul qurilmasining yuklamasi va qisqa
tutashuv rejimi
Qisqa tutashuv rejimini amalga oshirish uchun rels zanjirini boshlang’ich qarshiligi ga teng bo’lgan shunt qo’yiladi 5 rasm, va shunt holatining ihtiyoriy toki beriladi. So’ngra 6,7,8,9 to’rt qutbliklarning kirishida kuchlanish va tok aniqlanadi.
9-rasm. Lokomotiv qabul qurilmasi yuklamasi va qisqa tutashuv rejimini almashtirish chizmasi.
To’g’rilash koeffitsiyenti ni hisoblab, rels zanjiri har bir qurilmasining haqiqiy toki va lokomotivning qabul qaltaklari ostidagi (shunt toki Iqt) tok aniqlanadi. Har bir to’rt qutblining kirishlarida, ya’ni rels zanjiri qurilmalarining boshidagi tokni aniqlash uchun lokomotiv g’altagining yuklama toki Кğ koeffitsiyentiga ko’paytiriladi.
(12)
Rels zanjiri qurilmalaridan o’tayotgan tok, relening pasportida ko’rsatilgan, ruxsat qiymatlardan yuqori bo’lmasligi kerak. Agar rels zanjirining ta’minoti impulsli (kodli) bo’lsa tok bo’yicha yuklama ikki barobar qilib olinishi mumkin.
Shunt rejimi
Uzluksiz ta’minotli rels zanjirlari, yo’l relesi yakori, shunt rejimida ishonchli ravishda tushirilgan bo’lishi kerak. Impulsli yoki kodli rels zanjirlarida yo’l relesi yakori tortilgan bo’lishi kerak. Rels zanjirlari shunt qo’yilgan joyga qarab, har xil shunt sezgirligiga ega.
Eng kichik shunt sezgirligi, odatda, rels yo’lining oxirlarida namoyon bo’ladi.
Shunt rejimining mezoni sifatida rels zanjirining releli va ta’minot tomonlarining koeffitsiyentlari xizmat qiladi (Кshb ва Кshoh). Normativ shuntni qo’yganda (Rshn=0,06 Ом) bu koeffitsiyentlar birdan kam bo’lmasligi zarur. 10 va 11-rasmlarda rels zanjirining rele va ta’minot tomonlariga shunt qo’yilgandagi almashtirish chizmalari berilgan.
10-rasm. Shunt rejimining almashtirish chizmasi. Shunt releli tomonida
11-rasm. Shunt rejimining almashtirish chizmasi. Shunt ta’minot tomonida.
Rels zanjirining bo’lagini puxta nazorat qilish uchun, rels zanjirini uzluksiz elektr ta’minotida kuchlanish va tok qiymatini puxta tanlash darajasigacha kamaytirish kerak, ya’ni:
, (13)
Bu yerda: va – mos ravishda relening pasportida olingan, yakor (sektor) ning qo’yib yuborish kuchlanishi va toki;
Кzqyu< 1 – yakorning qo’yib yuborishdagi zaxira koeffitsiyenti.
Hisoblashlarda elektromagnit relelari =0,6 ga, induktivli relelar uchun =0,9 ga teng deb qabul qilingan.
Rels zanjirlari impulsli (kodli) ta’minotlanganda relening kuchlanishi va toki quyidagi qiymatlardan ortib ketishi mumkin emas.
(14)
(15)
Bu yerda: va – relening ishlamaslik kuchlanishi va toki;
= 0,9 – ishlamaslik zaxira koeffitsiyenti.
Shunt va nazorat rejimlarda hisob-kitoblarni soddalashtirish maqsadida, rele yo’lining oxirida, kuchlanish va tok rele yakorining tortilmasligini ta’minlaydigan qiymatlarini olish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Rels zanjirining oxiridagi kuchlanishi va toki qiymatlarini, keltirilgan puxta qaytish koeffitsiyenti dan foydalanib aniqlash mumkin.
Uzluksiz ta’minotli rele zanjirlari uchun:
, импулсли (16)
Bu yerda: – zaxira koeffitsiyenti.
Rels zanjirining oxirida shunt rejimidagi kuchlanish va tok qiymatlari, me’yor rejimdagi bir simli o’lchamlar orqali aniqlanadi.
; (17)
So’ngra rels yo’lining boshidagi kuchlanish va tok aniqlanadi, va nihoyat, ta’minot manbaining kuchlanishi va aniqlanadi.
Hisob-kitob ikki kuchlanish uchun bajariladi; birinchisi, shunt releli tomonga qo’yilganda va ikkinchisi, ta’minot tomoniga qo’yilganda .
Elektromagnit releli rels zanjirining shunt sezgirlik koeffitsiyenti va rele tomonga qo’yilganda normativ shunt koeffitsiyenti quyidagi formulalar bilan ifodalanadi:
, (18)
Bu yerda: – releli tomonda normativ shunt qo’yilganda, ta’minot manbaining mumkin bo’lgan kuchlanishi;
– ta’minot tomonida normativ shunt qo’yilganda, ta’minot manbaining mumkin bo’lgan kuchlanishi.
Induktiv qabul qurilmasi uchun:
, (19)
(20)
Bu yerda: – rele tomonida shunt qo’yilganda kuchlanishining mumkin bo’lgan iste’mol manbaa kompleks argumenti qiymati.
– shuning o’zi, faqat ta’minot tomonida shunt qo’yilganda. Natijalar 7– jadvalga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |