Pensiya ishi


-MAVZU: BOSHQA BYUDJETDAN TASHQARI DAVLAT JAMG’ARMALARI



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,26 Mb.
#208913
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   212
Bog'liq
Davlat maqsadli va bujetdan tashqari jamgarmalar

10-MAVZU: BOSHQA BYUDJETDAN TASHQARI DAVLAT JAMG’ARMALARI 
 
REJA: 
 
1. 
O’zbekistonda  tashkletilgan  byudjetdan  tashqari  davlat  jamg’armalarining  tashkil 
etilishi, zarurligi va ahamiyati. 
2. 
Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo’jalik mahsulotlarining hisob-
kitob Jamg’armasi. 
3. 
Qishloq xo’jaligini texnika bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash 
jamg’armasi. 
4. 
Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi. 
5. 
Byudjet 
tashkilotlarining 
byudjetdan 
tashqari 
mablag’lari 
hisobiga 
shakllantiriladigan jamg’armalar. 
 
1. 
O’zbekistonda  tashkletilgan  byudjetdan  tashqari  davlat  jamg’armalarining 
tashkil etilishi, zarurligi va ahamiyati 
 
Har bir jamiyat o’zining milliy, madaniy, tarixiy qadriyatlariga asosan mehnatga qobiliyatsiz 
aholi  qatlamini,  vaqtinchalik  ishsiz  aholi  qatlamini  himoya  qilishni  va  boshqa  vazifalarni  o’z 
bo’yniga  oladi.  Jahon  tajribasidan  ko’rinadiki,  ushbu  maxsus  davlat    maqsadli  funktsiyalarini 
davlat  byudjetidan  amalga  oshirish  hamma  vaqt  ham  samarali  emas.  Qoidaga  ko’ra,  inqirozlar, 
yuqori  inflyatsiya,  ijtimoiy  va  siyosiy  larzalar  sharoitida  ushbu  funktsiyalarni  davlat  byudjetidan 
moliyalashtirish samarasining pasayishini kuzatish mumkin. 
Davlat  byudjeti  o’zining  daromadlarini  aniq  xarajatlariga  biriktirilmasligi  hisobiga 
mablag’larning moslashishiga ko’mak beradi. Ammmo xarajat moddalari bo’yicha mablag’larning 
ortiqroq  yo’naltirishga erishmaslik lozim, xususan bunda ijtimoiy talablar maxsus e’tiborni talab 
etadi,  chunki  hamma  vaqt  ushbu  maqsadlar  uchun  xarajatlarni  kamaytirishdek  xavf  mavjud 
bo’ladi.  Shuning uchun  ham  rivojlanishning  eng muhim  yo’nalishlarini  aniqlash va mablag’larni 
maqsadli ishlatilishi va yo’naltirilishi ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ushbu  holatlar  maqsadli  umumdavlat  vazifalarini  moliyalashtirishda  tegishli  byudjetdan 
tashqari fondlarni tashkil etish uchun asos bo’ldi. 
Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun ikki usuldan foydalanish mumkin: 
• 
ma’lum maqsadli qismini davlat yoki mahalliy byudjetlardan ajratish; 
• 
hukumat  qarorlariga  asosan  aniq  maqsadli  yangi  byudjetdan  tashqari  fondlarni  tashkil 
etish. 
Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida ikala usuldan ham foydalanilmoqda.  
Byudjetdan  tashqari  fondlarni  tashkil  etishning  maqsadi  jamiyat  uchun  muhim  bo’lgan 
xarajatlarni byudjet mablag’laridan tashqari mustaqil manbalar hisobidan ta’minlashdir. 
Byudjetdan tashqari fondlarni tashkil etilishining muvofiqligini ta’minlovchi yana bir muhim 
omil  –  bu  byudjet  taqchilligidir.  Xarajatlarni  daromaddan  o’sib  ketishi  kuchayishiga  moliyaviy 
resurslarni  faqat  qidirib  topishda  emas,  balki    korxonalar,  tashkilotlar  va  aholidan  tushgan 
mablag’larni  qayta  guruxlanishini  xam  talab  etadi.  Va  nihoyat,  xo’jalik  yuritishning  va 
xususiylashtirishning  ko’p  qirrali  shakllari,  byudjet  shakllari  bilan  bir  qatorda  jamiyatda  pul 
mablag’larni qayta taqsimlashni yangi usullarini qo’llash zaruriyatini qat’iy talab etadi. 
Byudjetdan  tashqari  fondlar  dastlab,  mahsus  fondlar  shaklida  yoki  byudjet  kelib  chiqqunga 
qadar  mahsus  hisoblar  shaklida  paydo  bo’lgan.  Hukumat  o’zining  faoliyatining  kengayishi  bilan 
ularni amalga oshirish  uchun zarur bo’lgan mablag’larni talab etuvchi yangi xarajatlarga ehtiyoj 
sezardi. Bu mablag’lar mahsus maqsadlar uchun mo’ljallangan alohida fondlarda yig’ilar edi. Bu 
fondlar  qoidaga  ko’ra  vaqtinchalik  xarakterga  edi.  Davlatning  rejalashtirgan  tadbirlarini  amalga 
oshirib bo’lganidan keyin ushbu fondlar  o’z faoliyatini  to’xtatar edi. Shu bilan bog’liq ravishda 
fondlar soni doimiy o’zgarib turar edi. 


Markazlashgan 
davlatning 
barqarorlashishi 
bilan 
birgalikda 
mahsus 
fondlarni 
muvofiqlashtirish  davri  boshlandi.  Turli  fondlarni  birlashtirilishi  asosida  davlat  byudjeti  tuzildi. 
Bugungi  kunda  byudjet  bilan  bir  qatorda  byudjetdan  tashqari  fondlarning    ahamiyati  ortib 
bormoqda. Byudjetdan tashqari fondlarga badallarni to’lovchi sifatida yuridik va jismoniy shaxslar 
(tadbirkorlar)-ijtimoiy  kafolatlarning  iste’molchilari  hisoblanar  ekan,  to’lovlar  va  fondlar  pul 
mablag’larining taqsimlanishi mamlakatning barcha fuqarolariga ta’luqli bo’ladi va shuning uchun 
ham byudjetdan tashqari fondlar samarali faoliyat ko’rsatishida ularning qiziqishlari kuzatiladi. 
Shunday  qilib,  byudjetdan  tashqari  fondlar  –  davlat  organlari  tomonidan  milliy  daromadni 
aholining ma’lum ijtimoiy guruhlari foydasiga qayta taqsimlashning bir usulidir (1-chizma). 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish