B
YuDJ
ET
DA
N
T
A
Sh
QA
RI
F
ONDL
AR
ma’lum bir ijtimoiy guruhlar va aholi tabaqalari manfaatlari uchun milliy
daromadni qayta taqsimlashning bir usuli
umumdavlat yoki hududiy ahamiyatidagi aniq ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarni
moliyalashtirish uchun mamlakat moliyaviy resurslarini qayta taqsimlash
va foydalanishning maxsus shakli
davlat tomonidan byudjetga kiritilmaydigan ba’zi jamoat ehtiyojlarini
moliyalashtirish uchun mustaqil tezkorlik asosida moliyaviy resurslardan
qat’iy maqsadli foydalanishning shakli
•
fondlar mablag’laridan foydalanish ko’rsatmaga asosan foydalaniladi.
Byudjetdan tashqari fondlar - davlat tomonidan byudjetga kiritilmaydigan ba’zi jamoat
ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun mustaqil tezkorlik asosida moliyaviy resurslardan qat’iy
maqsadli foydalanishning shaklidir.
1992 yilda O’zbekiston Respublikasi moliya tizimida bir necha davlat byudjetdan tashqari
maqsadli jamg’armalari tashkil etildi va faoliyat yurita boshladi, ulardan asosiylari bo’lib:
Bandlikka ko’maklashuvchi jamg’arma, Mineral-xom ashyo resurslarini tiklash fondi, Respublika
yo’l fondi, Ijimoiy sug’urta fondi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi fondi. Ularning har
biri ma’lum vazifalarni hal etish uchun tashkil etilgan. Bandlikka ko’maklashuvchi jamg’arma
ishsizlik masalalarini hal etardi; Mineral-xom ashyo resurslarini tiklash fondi mineral- xom ashyo
bazalarini rivojlantirish uchun mablag’larni jalb etar edi; Yul fondi O’zbekiston xududida
avtotransport kommunikatsiyalarini rivojlantirish va ularni qo’llab quvvatlash muammolarini hal
etar edi; Ijtimoiy sug’urta fondi ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug’urta uchun yo’naltirilar edi;
Kasaba uyushmalar federatsiyasi kengashi fondi ishlovchi shaxslar huquqlarini ta’minlash
vazifasini bajarish uchun tuzulgan.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining rivojlangan dav-latlar darajasi tomon taraqqiyotini
ta’minlash pensiya ta’mi-noti tizimini tubdan isloh qilishni talab etadiki, u ijtimoiy sug’urta
funktsiyasini bajaradi va nodavlat muassasalar rolini oshirishni va shu bilan birga majburiylik va
bir-damlik shartlari saqlanib qolishini taqazo etadi. Bunda pen-siya sug’urtasi tizimining islohotlari
amaldagi pensiyalarni moliyalashtirish tamoyilidan mehnatkashlarni majburiy pensiya
jamg’armalari hisobidan moliyalashtirishga o’tilishi bilan birga borish lozim.
Ijtimoiy pensiya tizimining takomillashtirishga muhtoj jihatlari qatoriga tashkiliy va
moliyaviy masalalar ham kiradi. Pensiya tizimini nomarkazlashtirish va bozor iqtisodiyotiga xos
tizimini shakllantirish mehnat qobiliyatini yo’qotishni moliya-viy qoplash tizimni ishlab chiqish
bilan birgalikda sifatli ijtimoiy xizmatlarni ta’minlash va ijtimoiy infratuzilmani vujudga
keltirishni taqozo etadi.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi davlat tomonidan jamiyat ehtiyojlarini mustaqil,
kompleks ravishda xarajat qilish uchun jalb etilgan mablag’larni qayta taqsimlash va ulardan
foydalanish bilan bog’liq munosabatlardir. Mamlakatda bugungi kunda amalga oshirilgan chora-
tadbirlar pensiya tizimining quyi-dagi moliyaviy muammolarni to’liq hal qilish imkonini ber-
mayapti:
pensiya jamg’armasiga
majburiy badallarni o’z vaqtida to’-lamaslik;
pensiya jamg’armasi mablag’laridan maqsadga muvofiq bo’l-magan nafaqalar to’lash
amaliyotining davom etayotganligi;
imtiyozli pensiya oluvchilar sonining ortib borayotganligi;
tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilar soni ortgani bilan, ularning jamg’armada
kam ishtirok etayotganligi;
mehnatga layoqatli aholining barchasi mazkur jamg’arma mablag’larini shakllantirishda
ishtirok etmayotganligi.
Xorijiy mamlakatlardagi modellarda byudjetdan tashqari pensiya fondlari jamg’arib
boriladigan xususiy pensiya tizi-mi, davlat ijtimoiy sug’urta fondlari, majburiy tibbiy sug’urta
fondlari, aholi bandligi fondlari ko’rinishida ifoda-lanadi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlarining pensiya tizimidagi asosiy muammolari bir
xil: ular pensiyaga chiqish yoshi-ning barvaqtligi, byudjetga daromadlarning to’liq tushmasligi,
pensiya to’lovlari uchun xarajatlarning kattaligi, imtiyozli pensiyalarning mavjudligi, pensiyalarga
inflyatsiyaning ta’siridan iborat. Aholining qarishi, tug’ilishning kamayishi kabi demo-grafik
muammolar aholining faol qismi bilan pensionerlar o’rta-sidagi nisbatning buzilishiga olib kelsa,
inflyatsiyaning yuqori darajasi ishsizlikning ko’payishi, davlat byudjeti taqchilligi kabi iqtisodiy
omillarga kuchli ta’sir etadi.
Ma’lumki, pensiya to’lovlari «avlodlar birdamligi» tamoyi-liga asoslangan, yani pensiyalar
ishlayotganlarning badallari hisobiga to’lab boriladi. Shuning uchun pensionerlar va ish-layotgan
fuqarolar soni o’rtasida ma’lum bir muvozanat bo’lishi kerak. Lekin respublikamizdagi
demografik holat va ishsizlar sonining ortib borishi natijasida kelajakda bu muvozanat buzilishi
mumkin.
Mustaqillikka erishgan mamlakatlar pensiya tizimida o’tka-zilayotgan islohotlarga yordam
berish maqsadida Londondagi iqti-sod maktabida Pol Jonson tomonidan kompyuterda ushbu tizim-
ni takomillashtirishning modeli yaratildi. Bu model Jahon bankining Iqtisodiy rivojlantirish
institutini konsultant-lari tomonidan Qozog’iston Respublikasida sinab ko’rildi. Taq-dim qilingan
model yordamida 1995 yildan 2075 yilgacha yillik prognozlar qilindi, ushbu model yordamida har
xil parametrlar va kombinatsiyalar bilan kelgusi davrlar uchun xulosalar qilish imkoni yaratiladi.
Mazkur model ikkilamchi pensiya fondlarini jalb qilish yo’li bilan pensiya tizimini
fundamental qayta qurish yo’lini ko’rsatdi. Modelda Jahon banki ma’lumotlari asosidagi aholi
tarkibi o’zgarmas element bo’ladi. Pensionerlarning umumiy soni, badal to’lovchilarning soni,
o’rtacha ish haqi, o’rtacha pensiya miqdori, pensiyani moliyalashtirish uchun kerak bo’ladigan
ajratmalar stavkasi o’zgaradi. Agar shu parametrlar har yilga kiritilsa, 2075 yilgacha bo’lgan davr
uchun tahlil natijalarini olish mumkin.
Mazkur modelda xulosa sifatida har yilgi pensiya tizi-mini moliyalashtirish uchun kerak
bo’ladigan badal stavkalari, pensionerlar bilan badal to’lovchilar o’rtasidagi munosabat, har yilgi
pensiyalarning boshlang’ich yildagi pensiyaga nisbatan real qiymati, har yilgi davlat, xususiy va
kombinatsiyalashgan tizim-dagi o’rtacha pensiya miqdori, badal stavkalari kabi ma’lumotlar
aniqlanadi. Shu o’rinda Jahon banki mutaxassislarining ba’zi takliflari asosida pensiya yoshini
asta-sekin erkaklar uchun 65 yoshga, ayollar uchun 60 yoshga ko’tarish ko’zda tutilgan.
Yuqorida aytib o’tilganidek, rivojlangan mamlakatlarda dav-lat pensiya ta’minoti tizimi bilan
bir qatorda davlat tasar-rufida bo’lmagan xususiy pensiya ta’minoti ham mavjud bo’lgan. Uning
zarurligi quyidagi ikki asosiy sabablardan kelib chiqadi.
Birinchidan, bozor munosabatlari va demokratiya fuqaro-larga ko’proq erkinlik va davlat
tasarrufidan mustaqilroq bo’lish imkonini berish bilan bir qatorda, ularga o’z hayotlarini
farovonlashtirish, shu jumladan, ijtimoiy jihatdan ta’minla-nish borasida katta mas’uliyat yuklaydi.
Ikkinchidan, har bir davlatning, u qanchalik rivojlangan va boy bo’lishidan qat’iy nazar,
moliyaviy imkoniyatlarining chegarasi mavjud. Davlat fuqarolarni, ular mehnat qobiliyat-larini
yo’qotgunlariga qadar bo’lgan ijtimoiy himoyalanganlik darajasida ijtimoiy ta’minlash imkoniga
ega emas. Shuning uchun har bir davlat fuqarolarning ijtimoiy ta’minlanganlik darajasini o’z
imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda belgilaydi. Amaldagi pensiya tizimi keskin islohotlarni jadal
davom et-tirish, Pensiya jag’armasi balansida yuzaga keladigan taqchil-likni bartaraf qilish va
ijobiy qoldiqqa erishish imkoniyat-larini beradi.
Ko’pgina mamlakatlar o’tish davri iqtisodiyotida bir qator pensiya islohotlarini amalga
oshirdilar. Chexiyada pensiya bilan ta’minlashni isloh qilishning asosiy yo’nalishlari zararli va
og’ir mehnat uchun imtiyozlarni bekor qilish, ish yurituvchilarning sug’urta qilingan badallariga
qo’shimcha badallar kiritish, to’lan-gan badallar va olingan pensiyalar o’rtasidagi aloqani
kuchayti-rish, ko’p rejali sug’urta tizimini rivojlantirish, individual pensiya rejalari imkoniyatlarini
kengaytirish, pensiya yoshini erkaklar va ayollar uchun 2015-2020 yillarda 65 yoshgacha
oshirishdan iborat edi. «Qozog’istonda amalga oshirilayotgan pensiya islohot-lari tezkor, keskin va
samaraliligi bilan ajralib turadi. Islohotlar natijasi bilan tizim tarkibi uch yil davomida ishlab
chiqilib, qabul qilindi. Davlat pensiya islohotlarini maqsadli yo’naltirishga intilsa va e’tiborni uni
amalda tatbiq etishga qaratsa, xalqaro texnik yordam tashkilotlari (USAID) va xalqaro kredit
agentliklari bilan hamkorlikdan qanday natijalarga erishish mumkinligini ifodalaydi»1. Ayni
paytda pensiya islo-hoti bo’yicha erishilgan yutuqlar, shuningdek, u bilan bog’liq muam-molar va
kelajakda yuzaga chiqishi mumkin bo’lgan qiyinchiliklar muhokama qilinmoqda.
XIX asrning 90-yillari va XX asrning 20-yillari oxirigacha bo’lgan davrni pensiya tizimi
rivojlanishining birinchi bosqichi deyish mumkin. Dastlabki pensiya jamg’armalari sug’urta
1
Pavlov S. Finansovo-ekonomicheskaya politika Kazaxstana v usloviyax transformatsii ekonomiki. // Vestnik
Kazaxstana. Almata. 2005. №7. -3str.
badallari ko’rinishida shakllangan. Ishlovchining sug’urta badallarini to’lash imkoniyati uning bu
tizimda ishtirok etishini ta’minlab bergan. Shu tufayli unda ishtirok etish faqat ishlaydigan erkaklar
va ularning oila a’zolari bilan chegaralangan. Shunday qilib, pensiya olish huquqi sug’urtalangan
shaxsning badallar to’lashining aniq shartlari bilan uzviy bog’langan holda tizimning qamrab olish
so-hasi cheklangan bo’lib, to’lanadigan pensiya miqdori yuqori bo’lmagan.
Birinchi bosqichning muhim jihati, o’zaro yordam va fuqaro-larga tibbiy xizmat ko’rsatilishi
bo’ldi. Bu boradagi tarixiy qadam XIX asrning oxirida qo’yildi, ya’ni Bismark boshqarayotgan
Germaniya hukumati sanoatda ishlovchilar uchun majburiy ijti-moiy sug’urta tizimini kiritdi. Bu
tizim kasallik bo’yicha (1883y), ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar ro’y bergan holat-larda
(1884y), nogironlik va qarilik (1889y) bo’yicha ta’mi-notlarni o’z ichiga oldi (LAYG)
2
.
Germaniyaning pensiya tizimiga oid qonun hujjatlarida pen-siya miqdorining hisoblanishiga
alohida e’tibor beriladi. Qisqa qilib aytganda, oylik pensiya miqdorini fond daromadlariga
to’langan vznosga bog’liqligini quyidagi formulada ko’rish mumkin.
Pensiya miqdori =
sug’urta vznoslarining koeffitsienti x pensiya turlarining faktorlari x yosh faktori x
oylik pensiyaning hozirgi qiymati
«Har yili sug’urta biografiyasida ishlovchilar sug’urta vznos-lari bilan «pensiya
koeffitsientlari»ga erishadilar. Yillik ish haqi bilan pensiya hisobraqamiga to’langan yillik vznoslar
nisbati aniqlanadi. Pensiya yoshiga etganda individual pensiya miqdorini belgilashda yillar
bo’yicha fondda jamg’arilgan mab-lag’lar asosiy ko’rsatkich hisoblanadi»
1
. XX asrning boshlarida
Germaniya tajribasida jiddiy ijtimoiy muammolar paydo bo’lgan ishchilar sinfining o’sib
borayotgan talablari bilan to’qnash kelgan boshqa Evropa mamlakatlariga murojaat qildilar.
Fapb mamlakatlari asta-sekin ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini oshirib bordilar.
1919 yildan boshlab Anglo-Sakson va Skandinaviya mamlakatlari milliy qonunchiligiga qarilik
bo’yicha nafaqa, ko’zi ojizlarga va ba’zi hollarda mehnatga layoqatsizlik bo’yicha yordam bilan
ta’minlovchi tashkilotlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlovchi beg’araz tizim kiritildi.
Evropada 30-yillargacha qo’llanilayotgan ijtimoiy ta’minotning majburiy tizimini qamrab olish
darajasi nisbatan past bo’ldi, xususan, qishloq xo’jaligida band bo’lgan shaxslar, uyda ishlov-
chilar, uy xizmatchisi va oq yoqalilar, uning harakat doirasidan chiqarib tashlandi. Kimning ish
haqi ma’lum miqdor darajadan oshmasa, shu ishlovchilarga majburiy yordam ko’rsatilgan. Pensiya
tizimi tomonidan kasallik bo’yicha ko’rsatiladigan tibbiy yordam diapazoni va nafaqa miqdori
nihoyatda chegaralangan edi. 30-yil-lar boshida jahonda iqtisodiy inqiroz ishlovchilarni ijtimoiy
himoya qilish tizimi rivojlanishida yangi davrni boshlab berdi, ijtimoiy qonunchilikning harakat
doirasini kengaytirishga turtki bo’ldi va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlariga aralashuvini
taqozo eta boshladi. Shu tariqa ijtimoiy pensiya ta’minotining milliy tizimi to’la shakllanib,
ijtimoiy himoya tizimi rivojlanishining ikkinchi bosqichiga o’tildi. Ikkinchi bosqichning muhim
xususiyati, hukmron doiralar strategiyasi ish-chilar harakati bilan munosabatda ijtimoiy hamkorlik
tomoniga burildi va ijtimoiy himoya tizimi evolyutsiyasining ikkinchi bosqichi jamoaviy-
shartnomali deb ataldi. Mazkur shartnomaga muvofiq davlat nogironlar, ishsizlar va qariyalarning
ijtimoiy ta’minotini moliyalashtirishda qator majburiyatlarni o’z zimma-siga oldi. Ijtimoiy pensiya
tizimining shakllanishi va rivoj-lanish jarayonida ishlovchilarning ijtimoiy himoyasi uchun
moliya-lashtirish manbalari shakllantirilib borildi. Ijtimoiy pensiya tizimini shakllantirishning
dastlabki bosqichidayoq, pensiya oluv-chi shaxslarning o’zlari badal to’lay boshladilar.
Ishlovchilarga to’lanadigan pensiya ularga beriladigan yordam emas, balki, ular-ning huquqlarini
2
Qarang. Reichsgesetz betreffend die inyalidits und Alterssicherung yom 22.06/1889-(LAYG)». Reyxovskiy zakon po
obespecheniyu v sluchae invalidnosti i po starosti. On bil prizvan dat pravo rabochemu pretendovat na pensiyu, esli on
stanovilsya invalidom ili star».
1
Kaldibekova K., Mika T., Rodionova N. Pensii pereselentsam v Germanii vchera i segodnya. // Sotsialniy vestnik.
Moskva. 2008. №1. -52str.
ro’yobga chiqarish shaklidir.Jamg’arib borilgan badallar esa nafaqa oluvchining moddiy ahvolini
yaxshilash uchun olingan mablag’dir. Fuqarolardan olinadigan majburiy badallar ularni kelajaklari
uchun jamg’arma yig’ishga rag’batlantirdi. Ijtimoiy pensiya tarkibida individual jamg’armalar
salmog’i asosiy o’rinni egallay boshladi. Shuningdek, badallarni to’lash ushbu tizimda
qatnashayotgan shaxslarga ijtimoiy pensiya das-turini boshqarishda ishtirok etish huquqini berdi.
Polshada 1994 yilda turli xil mutaxassislikda ishlayot-gan shaxslar tomonidan olinadigan
pensiyalar miqdoridagi farqlarni bekor qilishni ko’zda tutuvchi pensiyalarning yangi formulasi
joriy etildi. Daromadlar asosini hisoblayotganda ishlatiladigan ish staji oshirildi, maksimal pensiya
miqdori kamaytirildi. Ruminiyada 1992 yilda erta pensiyaga chiqishni ko’zda tutadigan
mutaxassisliklar bo’yicha ishlayotgan shaxs-larning badal stavkasi oshirildi. Bolgariyada ham
1991 yilda erta pensiyaga chiqish xuquqini beradigan shaxslar uchun badal stavkasi, 1992 yilda
pensiyaga chiqishning minimal yoshi oshiril-di. Erta pensiyaga chiqish xuquqiga ega bo’lgan
ishchilar soni qis-qartirildiki, ushbu tadbirlar orqali pensiya yoshidagi kishilar ham ishlashni
davom ettirdilar. Vengriyada 1992 yilda badal-larning eng yuqori chegarasi belgilandi, badallar
kiritiladi-gan minimal muddat oshirildi. Pensiyalarni indeksatsiya qilish tizimi o’zgartirildi va
ijtimoiy sug’urtaning mustaqil fondi tashkil etildi.
Chili eski pensiya tizimini isloh qilishni yangi tizimga o’tish bilan bir vaqtda olib borgan
mamlakatlardan biridir. Asosiy muammo shunda ediki, davlat pensiya ta’minoti bo’yicha qarzlarni
yangi xususiy majburiy jamg’armalarni tashkil qi-lish bilan bir qatorda davlat pensiya fondiga
tushumlarni qis-qartirish sharoitida olib borishi kerak edi. Ijtimoiy ta’mi-not doirasidagi qarzlar
o’z ichiga yangi tizim joriy etgan vaqtda pensiyaga chiqqanlarning pensiyasini (1 kategoriya), hali
pensiyaga chiqmagan, lekin yaqinda isloh qilingan eski tizim ishtirokchilari sifatida qolishni
istagan ishlovchilarning pensiyasini (2 kategoriya), yangi tizim ishtirokchilari bo’lishga qaror
qilgan ishlovchi aholining pensiyasini (3 kategoriya) o’z ichiga oladi. Birinchi va ikkinchi
kategoriyadagi qarzlar davlat byudjeti mablag’lari hisobiga moliyalashtiriladi. Uchinchi kate-
goriya pensiyasi bo’yicha qarzlar masalasi pensiya obligatsiya-larini chiqarish yo’li bilan hal
etiladi. Ushbu obligatsiyalar kafolatli hisoblanadi, 4% miqdorida foyda keltiradi va ega-lari
pensiyaga chiqqandan so’ng majburiy tartibda ochila-digan jamg’arma hisobraqamlariga
o’tkaziladigan bir vaqtli to’lov summalariga almashtirilishi mumkin”. Chili hukumati ushbu
tadbirni o’tkazish bilan 70-80 yillar davlat byudjetidagi byudjet taqchilligining katta qismini
pensiya tizimi doirasida qopladi.
AQShda 1974 yilda Kongress yollanma xizmatchi pensiya daro-madining muhofazasi haqida
qonun chiqardi, unga binoan xusu-siy pensiya rejalari uchun mezonlar o’rnatildi, federal bo’lim
maqomidagi Pensiya Daromadlarini Kafolatlash Korporatsiyasi ularni tatbiq etishga ko’maklashdi.
Xususiy pensiya rejalari korporatsiyadan sug’urta xarid qiladigan, kompaniya pensiya to’-lay
olmasa, uni korporatsiya to’laydigan bo’ldi.
Federal pensiya tizimlarining eng yirigi - AQSh Fuqaro Xizmati Pensiya tizimiga ham,
federal yollanma xizmatchilarga ham hukumat tomonidan mablag’ ajratiladi. Qo’shimcha ravishda
ishga yollanuvchi fuqarolar, pensiya bilan ta’minlanmaydigan va o’z pensiya rejalari xizmatlariga
yarasha to’lanmasligiga ishon-ganlar o’z daromadlarining bir qismini maxsus shaxsiy pensiya
hisobiga ajratadi. Shaxsiy pensiya hisoblari banklar, jamg’ar-ma va qarz uyushmalari, kredit
ittifoqlari, sug’urta kompaniya-lari kabi moliyaviy institutlar tomonidan boshqariladi. Fede-ral
hukumat bu reja xizmatidan foydalanuvchi shaxslarga daro-mad solig’i bo’yicha imtiyozlar berish
orqali madad beradi. Shax-siy pensiya hisobiga qo’yilgan mablag’lar foyda foizni barpo etadi, u
o’z-o’zidan hisobga qo’shilib boraveradi. Shaxsiy pensiya xisobidagi foydaga, undan pul
chiqarilmaguncha, soliqlar solin-maydi.
Yangi pensiya tizimini tashkil etishda jahonga mashhur Ger-maniya va Chili modellari
andoza sifatida tanlanmoqda. Pensiya ta’minotining ikki bazaviy modeli taqsimot-tortiluvchi va
kapitallashgan modellaridir. Mashhur venger iqtisodchisi Ya. Kornai taqsimot va kapitallashgan
pensiya tizimlari o’rtasi-dagi farqlar mohiyatini asoslab berdi. Ular o’rtasidagi farq qisman
moliyalashtirish texnikasida yuzaga chiqadi. Taqsimot modeli pensionerlarni hozirgi vaqtda
amalda bo’lgan aholi-ning iqtisodiy faol qatlami hisobiga ta’minlaydi. Pensiya tizimining
kapitallashgan modeli taqsimotdan farqli ravishda insonning o’z mehnati va pensiya jamg’arilishi
natijalari bilan uzviy bog’liq.
Germaniyada taqsimot pensiya tizimi 1891 yilda joriy qi-lingan bo’lib, o’sha davrdan
hozirgacha uning turli ko’rinish-lari Evropa mamlakatlarida, Vengriyada va MDH davlatlarida
qo’llanilmoqda. Germaniyaning pensiya tizimidagi taqsimot-tor-tiluvchi modeli sxemasiga ko’ra
aholining iqtisodiy faol qat-lami tomonidan to’langan majburiy pensiya badallari hisobidan
pensiya xarajatlari shakllanadi va aholining iqtisodiy faol qatlamlari o’rtasida taqsimlanadi.
Boshqacha qilib aytganda, joriy pensiya xarajatlari joriy daromadlar xisobidan qopla-nadi. Ushbu
tizim avlodlar birdamligi asosida qurilgan. Bir avlod ichida esa, daromadlar aholining alohida
ijtimoiy gu-ruhlari o’rtasida tabaqalandi. Germaniyada to’lov intizomini rag’batlantiruvchi ball
tizimi taqsimot modelini to’ldiradi.
Chili modeli-kapitallashgan model. Ushbu model erkin bozor islohotlari doirasida Chili
mutaxassislari tomonidan ishlab chiqildi. 1981 yilda e’lon qilingan farmonga ko’ra, shu kundan
boshlab mehnat munosabatlarida ishtirok etgan har bir kishi uchun davlat pensiya ta’minoti bekor
qilindi, bir vaqtning o’zida ular xususiy pensiya fondlarining mijoziga aylandi.
Kapitallashgan model sxemasi kuyidagicha: pensiya badal-larini investitsiya qilishdan va
to’plashdan xosil bo’lgan kapi-tal pensiya xarajatlarini qoplashga yo’naltiriladi. Pensiya badallari
kapital to’lovchining shaxsiy hisobraqamida hisobga olib boriladi. Ushbu hisobraqamni pensiya
fondlari yoki pensiya kassalari, sug’urta kassalari yoki banklar yuritadi. Pensiya mab-lag’larini
tizimli investitsiya qilish bilan ushbu institutlar investitsiya daromadlariga ega bo’ladi. Kapital
yoki yig’ilgan pensiya badallari summasi ularni investitsiya qilishdan olin-gan daromad pensiya
fondi faoliyati xarajatlari, natijasida kapitallashgan pensiyaning moliyaviy manbasidir. Avlodlar
birdamligi asosida qurilgan taqsimot modelidan farqli ravishda kapitallashgan model sug’urta
tamoyiliga asoslanadi. Kapitallashgan model «Chili modeli» nomi bilan xalqaro miqyosda
mashhur.
Pensiya tizimiga davlat byudjetidan YaIMning 4 foizi miq-dorida moliyaviy yordam beriladi.
Mazkur yordamning man-balari byudjetning daromadlaridan mablag’ berish, xususiy su-
g’urtachilar o’rtasida sotilgan davlat obligatsiyalari, jismo-niy shaxslar daromadiga soliqning
stavkasini oshirish, dav-lat mulkini sotish va xususiylashtirishdan keladigan daro-madlardan
iborat.
Kapitallashgan pensiya modeli davlat pensiyasiga qara-ganda o’rtacha 30 foizga yuqori
bo’lgan pensiya miqdorini ta’min-laydi. 2000 yilda xususiy pensiya fondlarining jami aktivlari
summasi YaIMga nisbatan 40 foizni tashkil etdi, 2020 yilga borib esa bu daraja 130 foizga etishi
mumkin. Chili modeli-ning umum tan olingan ijobiy tomoni shundaki, u bu model XPJlarining
rivojlanishi tufayli milliy kapital bozori-ning shakllanishiga ko’maklashadi. XPJlari o’z faoliyati
davomida tizimli ravishda o’z xarajatlarini kamaytirib bormoqda. Bu ko’r-satkich XPJlarining
iqtisod va hayotiylik darajasining yuqori-ligidan darak beradi. XPJlar institutsional investorlar sifa-
tida mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Yuqori jamg’arish
qobiliyatining mavjudligi, mu-vaffaqiyatli investitsiyalar tufayli XPJlarning yirik mablag’-lari
iqtisodiyotga yo’naltirilib, mamlakatning investitsion salo-hiyatining oshishiga va barqaror
iqtisodiy o’sishini ta’minlashga ko’maklashmoqda.
Kapitallashgan model shaxsiy pensiya jamg’armalarini, band-likni ta’minlashda, to’lov
intizomini oshirishda kuchli manfa-atdorlikni yuzaga keltiradi. Kapitallashgan Chili pensiya mode-
lining ijobiy va salbiy tomonlari qator G’arbiy Evropa mamla-katlarida eskirgan taqsimot modelini
isloh qilishda inobatga olinmoqda, natijada taqsimot elementlari saqlab qolingan va kapitallashgan
model tamoyillarini o’z ichiga olgan o’ziga xos aralash pensiya tizimi vujudga keldi. Bu tizim:
«Pensiyaga chiqish yoshini bosqichma-bosqich oshirishdan iborat. Pensiyaga chiqish yoshi 65
yoshgacha ko’tarish ishlovchilar va badal to’lovchilarning zima-siga tushadigan og’irlikni
kamaytiradi. Agar pensiya yoshini oshiril-masa, 2025 yilda 10 ta badal to’lovchiga 8 pensioner,
2050 yilda 11 pen-sioner to’g’ri keladi. Pensiyaga chiqish 65 yoshgacha oshirilsa, 2025 yilda 10
to’lovchiga 7 pensioner, 2050 yilda 9 pensioner to’g’-ri keladi. Ayollar va erkaklarning pensiyaga
chiqish yoshini teng-lashtirish Evropa Hamkorligining talabiga rioya qilishgina emas, mamlakatda
«gender teng»ligini ta’minlash va davlat pensiya ta’minoti tizimini moliyalashtirish og’irligini
kamaytirish imkonini beradi»
1
.
Rossiya Federatsiyasining 1995 yildagi «Nodavlat Pensiya fondlari faoliyatini litsenziyalash
va Nodavlat Pensiya fondi aktivlarini boshqarish vakolatlari haqida Nizomni tasdiqlash
to’g’risida»gi qarori qabul qilinishi bilan Rossiyada nodavlat pensiya ta’minoti tizimini
rivojlantirishning ikkinchi bosqichi (1995-2001yy) boshlandi. Mazkur hujjat nodavlat pensiya
ta’mi-noti tizimida davlat nazoratini kuchaytirish uchun asos bo’ldi. Fond muassislarining
hujjatlari ro’yxatdan o’tkazildi va litsen-ziya berila boshlandi. «Shunda ma’lum bo’ldiki, agar
ilgari kor-xonalarda bir xil kasbdagi xodimlar mablag’laridan shakllan-tirilgan fondlarda
xodimlarning atigi 10 foizi qatnashgan bo’lsa, 1995-1996 yillarda har bir yirik tashkilot xususiy
noda-vlat fond shakllantirishga harakat qildi. Bu esa fondlarning sonini tezlik bilan oshishiga
yordam berdi, 1996 yilda fond-larning soni 26 tadan 252 taga etdi. Shunday qilib, 1996 yilning
oxirida to’langan pensiya badallarining 87 foizi korxonalar, firma va tashkilotlarga to’g’ri keldi, 13
foizini 300000 ortiq jismoniy shaxslar to’ladi»
1
. «1998 yilda nodavlat pensiya fondi mablag’lari
yanada kontsentratsiyalasha boshladi. Moliya-sanoat guruhlari, yirik tashkilotlar va bitta
tarmoqdagi bir nechta korxonalardan tuzilgan fondlar liderlik qila boshladi. Bular jumlasiga
«Surg’utneftegaz JPF» (1,9 mlrd. rubl), «LUKoyl-Grant» (1,5 mlrd. rubl), «Gazfond» (1,3 mlrd.
rubl), «Elekto-enegetika» (302 mln), «Ugol» (205 mln), «Gaz» (107 mln), «Teplo» (60 mln),
«AvtoVAZ» (56 mln)» kiradi. Bu fondlar misolida korporativ fondlar shakllantirildi, mablag’lar
xodimlarni rag’batlantirish uchun ishlatildi. Pensiya yordamida xodimlarni qo’shimcha
rag’batlantirib, badal to’lovchilarni o’ziga bog’lab oldi»
2
.
O’zbekiston Respublikasida ham pensiya tizimining ko’shimcha korporativ, kollektiv va
xususiy turlarini shakllantirishni rag’-batlantirish kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |