Pensiya ishi


O’zbekiston  Respublikasi  Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg’armasi  faoliyatini



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,26 Mb.
#208913
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   212
Bog'liq
Davlat maqsadli va bujetdan tashqari jamgarmalar

O’zbekiston  Respublikasi  Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg’armasi  faoliyatini 
tashkil etilishining zarurligi, maqsadi va vazifalari.  
 
Iqtisodiyotni  davlat  tomonidan  qo’llab-quvvatlash,  iqtisodiyotga  davlat  kapital 
qo’yilmalarini  safarbar  etishda  davlatning  aniq  maqsadlarga  mo’ljallangan  fondlari  muhim 
ahamiyatga  ega.  Shunday  fondlardan  biri  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2006  yil  11 
may Farmoni bilan tashkil qilingan “Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi”dir. Mazkur jamg’arma 
iqtisodiyotning  etakchi,  eng  avvalo  bazaviy  tarmoqlarini  modernizatsiyalash  va  texnikaviy  qayta 
qurollantirish  loyihalari  amalga  oshirilishini  ta’minlash,  mamlakatni  muttasil,  barqaror  va 
mutanosib  ravishda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishga  erishish,  shuningdek  samarali  tarkibiy  va 
investitsiyaviy siyosatni amalga oshirish maqsadida tuzilgan. Jamg’arma O’zbekiston Respublikasi 
Moliya  vazirligi,  Iqtisodiyot  vazirligi  hamda  Markaziy  bankining  taklifiga  binoan  Ustav  kapitali 
1,0 mlrd. AQSh dollari miqdorida bo’lgan davlat maqsadli fondi sifatida tashkil etildi. Jamg’arma 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etildi va yuridik shaxs huquqlariga 
egadir. Jamg’armaning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:  
• davlat va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, shu jumladan tijorat banklari, xorijiy jamg’arma va 
investorlar hamda boshqa manfaatdor tuzilmalarning moliyaviy mablag’larini jamlash;  
•  iqtisodiyotni  rivojlantirish,  ishlab  chiqarishni  tarkibiy  jihatdan  o’zgartirish  va 
modernizatsiya qilish borasida ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun hal qiluvchi ahamiyatga 
ega bo’lgan g’oyat muhim loyihalarni moliyalashtirish;  
•  strategik  muhim  ahamiyatga  ega  bo’lgan  korxonalar,  avvalo  iqtisodiyotning  bazaviy 
tarmoqlari korxonalarini yangilash va texnik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini kreditlash;  
•  yoqilg’i-energetika  kompleksi,  kimyo  sanoati,  mashinasozlik  va  rangli  metallurgiya 
tarmoqlarini  texnikaviy  qayta  qurollantirishga  hamda  ishlab  chiqarish  sur’atlari  va  hajmlarini 
oshirishga yo’naltirilgan loyihalar moliyalashtirilishini ta’minlash;  
• birinchi navbatda istiqbolli, ammo etarlicha rivojlanmagan mintaqalarda ishlab chiqarish va 
noishlab  chiqarish  infratuzilmasini  shakllantirish  bo’yicha  ijtimoiy  jihatdan  ahamiyatli  milliy 
davlat dasturlari va loyihalari amalga oshirilishini moliyalashtirish;  
•  respublikaning  xalqaro  kommunikatsiyalar  tarmog’iga  integratsiyalashuvi  uchun  shart-
sharoitlar  yaratadigan,  xalqaro  transport  yo’laklari  va  jahon  bozorlariga  eng  qisqa  yo’l  bilan 
chiqishini 
ta’minlaydigan 
transport 
hamda 
telekommunikatsiyalar 
infratuzilmasini 
modernizatsiyalash va rivojlantirishni moliyalashtirish;  


• xalqaro moliya institutlari, respublika va xorijiy mamlakatlarning kredit muassasalari bilan 
loyihalarning qo’shma moliyalashtirilishini tashkil etishni ta’minlash.  
Shuningdek,  O’zbekiston  hududida  o’zlari  uchun  g’oyat  muhim  investitsiya  loyihalarini 
amalga  oshirish  (qo’shma  moliyalashtirish)dan  manfaatdor  bo’lgan  xalqaro  va  xorijiy 
jamg’armalar  hamda  investorlar  hukumat  qarorlariga  binoan  Jamg’arma  hammuassislari  sifatida 
qo’shilishi,  mazkur  moliya  institutlarining  vakillari  Jamg’armani  boshqarish  bo’yicha  Kengash 
tarkibiga kiritilishi mumkin.  
Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg’armasini  shakllantirishning  asosiy  manbalari  quyidagilardan 
iborat:  
•  strategik  resurslarga  jahon  narxlarining  qulay  kon’yunkturasi  natijasida,  shuningdek 
xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlardan  olinadigan,  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 
tomonidan  navbatdagi  yilga  Davlat  byudjetini  tasdiqlash  chog’ida  belgilanadigan  ayrim  soliq  va 
to’lov turlari bo’yicha hosil bo’ladigan qo’shimcha tushumlar;  
• Hukumatning xorijiy valyutadagi aktivlarining bir qismi;  
•  O’zbekiston  Respublikasining  xorijiy  sheriklar  bilan  mahsulotni  taqsimlash  to’g’risidagi 
bitimlari doirasida mahsulotni sotishdan oladigan daromadlari;  
•  davlat  mulkini  xorijiy  investorlarga  chet  el  valyutasiga  sotishda  Davlat  byudjeti 
daromadlari rejasidan ortiqcha tushadigan mablag’lar;  
• Jamg’arma aktivlarini boshqarishdan olinadigan investitsiya daromadlari;  
• O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushum va daromadlar.  
Prezident  Farmoni  bilan  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  2006-2009  yillar 
mobaynida  Jamg’armaning  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankidagi  hisobvarag’ida 
Jamg’arma  aktivlarini  1,0  mlrd.  AQSh  dollari  miqdorida  shakllantirishni  ta’minlashi  belgilab 
qo’yildi.  
Jamg’arma  soliqlar,  yig’imlar,  bojlarning  barcha  turlaridan  hamda  davlatning  maqsadli 
jamg’armalariga majburiy ajratmalaridan ozod qilinadi (yagona ijtimoiy to’lov bundan mustasno).  
Shu  o’rinda  aytib  o’tish  kerakki,  mamlakatimizda  har  yili  Davlat  investitsiya  dasturi  qabul 
qilinadi  va  unda  eng  muhim  investitsiya  loyihalari  o’z  ifodasini  topadi.  2007  yil  uchun  ham 
Investitsiya  dasturi  tasdiqlangan  bo’lib,  unda  real  iqtisodiyotning  eng  muhim  tarmoqlari  va 
ijtimoiy  sohada  yirik  investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirish,  qiymati  3  mlrd.  950  mln.  AQSh 
dollariga teng bo’lgan investitsiya mablag’larini o’zlashtirish ko’zda tutilgan. Shuningdek, ushbu 
dastur  doirasida  1  mlrd.  AQSh  dollaridan  ko’proq  miqdorda  xorijiy  investitsiyalar  jalb  etilishi 
mo’ljallanmoqda.  Bu  mablag’ning  salkam  700  mln.  dollarini  (qariyb  68%)  to’g’ridan-to’g’ri 
xorijiy  investitsiyalar  tashkil  etadi.  Investitsiya  dasturiga  80  ga  yaqin  investitsiya  loyihalari 
kiritilgan.  
Investitsiya  jarayonlarini  jadallashtirishda  Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg’armasi,  Xorijiy 
investitsiyalarni axborot bilan ta’minlash va ko’maklashish agentligi  – «O’zinfoinvest»ning o’rni 
va  ahamiyati  katta.  Jumladan,  Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg’armasining  ustav  kapitali  1  mlrd. 
AQSh  dollari  miqdorida  belgilanib,  2007  yilning  1  yanvarigacha  jamg’armaning  ustav  kapitaliga 
500 mln. dollar mablag’ jalb etildi1. 2007  yilda investitsion siyosatni amalga oshirishni mablag’ 
bilan ta’minlash maqsadida Jamg’arma daromadlarining 928,5 mlrd. so’m hajmda bo’lishi ko’zda 
tutilgan.  
“Jamg’armaning  asosiy  vazifasi  faqat  mablag’larni  jamlash  hamda  tarkibiy  o’zgarishlarni 
amalga oshirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish  uchun hal  qiluvchi  ahamiyatga molik 
muhim loyihalarni moliyalashtirish bilan cheklanmaydi, deb ta’kidlaydi Prezidentimiz I.Karimov, 
-  balki  xorijiy  investorlar  –chet  el  kompaniyalari,  banklari,  xalqaro  moliya  institutlari  bilan 
hamkorlikda  o’zaro  teng  shartlarda  investitsiya  loyihalarini  moliyalashtirishni  ham  o’z  ichiga 
oladi”  
 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish