Pensiya ishi


  O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasini daromadlari



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,26 Mb.
#208913
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   212
Bog'liq
Davlat maqsadli va bujetdan tashqari jamgarmalar

2. 
O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasini daromadlari 
va xarajatlari  


O’zbekiston  Respublikasi  Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg’armasini  shakllantirishning  asosiy 
manbalari quyidagilardan iborat:  
•  strategik  resurslarga  jahon  narxlarining  qulay  kon’yunkturasi  natijasida,  shuningdek, 
xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlardan  olinadigan,  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 
tomonidan  navbatdagi  yilga  Davlat  byudjetini  tasdiqlash  chog’ida  belgilanadigan  ayrim  soliq  va 
to’lov turlari bo’yicha hosil bo’ladigan qo’shimcha tushumlar;  
• Hukumatning xorijiy valyuta va aktivlarining bir qismi;  
•  O’zbekiston  Respublikasining  xorijiy  sheriklar  bilan  mahsulotni  taqsimlash  to’g’risidagi 
bitimlari doirasida mahsulot sotishdan oladigan daromadlari;  
•  davlat  mulkini  xorijiy  investorlarga  chet  el  valyutasiga  sotishda  Davlat  byudjeti 
daromadlari rejasidan ortiqcha tushadigan mablag’lar:  
• Jamg’arma aktivlarini boshqarishdan olinadigan investitsiya daromadlari;  
• O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushum va daromadlar.  
Prezident  Farmoni  bilan  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  2006-2009  yillar 
mobaynida  Jamg’armaning  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankidagi  hisobvarag’ida 
Jamg’arma  aktivlarini  1,0  mlrd.  AQSh  dollari  mikdorida  shakllantirishni  ta’minlashi  belgilab 
qo’yildi.  
Jamg’arma  soliqlar,  yig’imlar,  bojlarning  barcha  turlaridan  hamda  davlatning  maqsadli 
jamgarmalariga majburiy ajratmalaridan ozod qilinadi (yagona ijtimoiy to’lov bundan mustasno).  
Investitsiya  jarayonlarini  jadallashtirishda  Tiklanish  va  taraqkiyot  jamg’armasi,  Xorijiy 
investitsiyalarni axborot bilan ta’minlash va ko’maklashish agentligi - «Uzinfoinvest»ning o’rni va 
ahamiyati katta. Jumladan, Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining ustav kapitali 1 mlrd. AQSh 
dollari  miqdorida  belgilanib,  2007  yilning  1  yanvarigacha  jamg’armaning  ustav  kapitaliga  500 
mln. dollar mablag’ jalb etildi. 2007  yilda investitsion siyosatni amalga oshirishni mablag’ bilan 
ta’minlash  maqsadida  Jamg’arma  daromadlarining  928,5  mlrd.  so’m  hajmida  bo’lishi  ko’zda 
tutilgan .  
Jamg’armaning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:  
• davlat va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, shu jumladan, tijorat banklari, xorijiy jamg’arma va 
investorlar hamda boshqa manfaatdor tuzilmalarning moliyaviy mablag’larini jamlash;  
•  iqtisodiyotni  rivojlantirish,  ishlab  chiqarishni  tarkibiy  jihatdan  o’zgartirish  va 
modernizatsiya qilish borasida ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun hal qiluvchi ahamiyatga 
ega bo’lgan g’oyat muhim loyihalarni moliyalashtirish;  
•  strategik  muhim  ahamiyatga  ega  bo’lgan  korxonalar,  avvalo  iktisodiyotning  bazaviy 
tarmoqlari korxonalarini yangilash va texnik jihatdan qayta kurollantirish dasturlarini kreditlash;  
•  yoqilg’i-energetika  kompleksi,  kimyo  sanoati,  mashinasozlik  va  rangli  metallurgiya 
tarmoqlarini  texnikaviy  qayta  qurollantirishga  hamda  ishlab  chiqarish  sur’atlari  va  hajmlarini 
oshirishga yo’naltirilgan loyihalarni moliyalashtirilishini ta’minlash;  
• birinchi navbatda istiqbolli, ammo etarlicha rivojlanmagan mintaqalarda ishlab chiqarish va 
noishlab chiqarish;  
• infratuzilma shakllantirish bo’yicha ijtimoii jihatdan ahamiyatli milliy davlat dasturlari va 
loyihalari amalga oshirilishiini moliyalashtirish:  
•  respublikaning  xalqaro  kommunikatsiyalar  tarmog’iga  integratsiyalash  uchun  sharg-
sharoitlar  yaratadigan,  xalkaro  transport  yo’laklari  vya  jahon  bozorlariga  eng  qisqa  yo’l  bilam 
chiqishni 
ta’minlaydigai 
transport 
hamda 
telekommunikatsiyalar 
infratuzilmasini 
modernizatsiyalash va rivojlantirishni moliyalashtirish:  
• xalqaro moliya institutlari, respublika va xorijiy mamlakatlarning kredit muassasalari» bilan 
loyihalarning qo’shma moliyalashtirilishini tashkil etishni ta’minlash.  
O’zbekiston hududida o’zlari  uchun g’oyat  muhim  investitsiya loyihalarini amalga oshirish 
(qo’shma  moliyalashtirish)dan  manfaatdor  bo’lgan  xalqaro  va  xorijiy  jamg’armalar  hamda 
investorlar  hukumat  qarorlariga  binoan  Jamg’arma  hammuassislari  sifatida  qo’shilishi,  mazkur 


moliya  institutlarining  vakillari  Jamg’armani  boshqarish  bo’yicha  Kengash  tarkibiga  kiritilishi 
mumkin.  
Jamg’armaning  asosiy  vazifasi  faqat  mablag’larni  jamlash  hamda  tarkibiy  o’zgarishlarni 
amalga oshirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish  uchun hal  qiluvchi  ahamiyatga molik 
muhim loyihalarni moliyalashtirish bilan cheklanmaydi, deb ta’kidlaydi Prezidentimiz I.Karimov, 
-  balki  xorijiy  investorlar  -chet  el  kompaniyalari,  banklari,  xalqaro  moliya  institutlari  bilan 
hamkorlikda  o’zaro  teng  shartlarda  investitsiya  loyihalarini  moliyalashtirishni  ham  o’z  ichiga 
oladi.  
 
3. Iqtisodiyotning yangilanishi va modernizatsiyalashuvi sharoitida O’zbekiston Respublikasi 
tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’larini samarali boshqarish yo’llari  
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hukm surayotgan ayni damda, iqtisodiyotning real sektor 
korxonalarini,  shuning  bilan  birga  infratuzilma  ob’ektlari  rivojlanishini  qo’llab-quvvatlash 
maqsadida  investitsion  mablag’larni  topish  va  ularni  maqsadli  yo’naltirish  muhim  omillardan 
biriga aylanmoqda.  
O’tgan 2009 yilda Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishda investitsiyalarni jalb 
etish,  avvalo,  ichki  manbalarni  safarbar  etish  hisobidan  iqtisodiyotimizning  muhim  tarmoqlarini 
jadal  modernizatsiya  qilish,  texnik  va  texnologik  qayta  jihozlash,  transport  kommunikatsiyalarini 
yanada  rivojlantirish  va  ijtimoiy  infratuzilma  obektlarini  barpo  etish  hal  qiluvchi  ustuvor 
yo’nalishga aylandi.  
2009-2012  yillarga  mo’ljallab  qabul  qilingan  Inqirozga  qarshi  chora-tadbirlar  dasturida 
nazarda  tutilgan  asosiy  yo’nalishlarning  uchinchi  bo’limi  «Iqtisodiyotning  real  sektori  sohasida 
resurs  bazasini  kengaytirish  va  investitsion  faollik  o’sishini  ta’minlash  choralari»ga  qaratilgan 
bo’lib, birgina 2009 yilning o’zidayoq dasturni ijrosini ta’minlash, ya’ni tijorat banklari tomonidan 
korxonalarni  modernizatsiya  qilish,  texnik  va  texnologik  qayta  jihozlashga  qaratilgan  loyihalarni 
moliyalashtirish uchun jami 2,4 trln. so’m miqdorida yoki 2008 yilga nisbatan 1,6 barobarga ko’p 
investitsion kreditlar ajratildi.  
2009-2014  yillarda  amalga  oshirish  ko’zda  tutilgan  investitsion  loyihalar  Dasturini  to’liq 
amalga  oshirish  uchun  barcha  moliyaviy  manbalar  hisobidan  jami  42,5  mlrd.  dollar  miqdorida 
mablag’ ajratilishi ko’zda tutilgan  
Shuningdek,  ma’ruzada  2010  yilda  mamlakatimizda  muhim  strategik  loyihalarni  amalga 
oshirish  uchun  3  milliard  AQSh  dollaridan  ziyod  yoki  o’tgan  yilga  nisbatan  30  foiz  ko’p  xorijiy 
investitsiyalar  jalb  qilinishini  va  to’g’ridan-to’g’ri  xorijiy  investitsiyalar  hajmi  46  foizga  oshishi 
rejalashtirilayotganligi alohida e’tirof etildi.  
Bunday  yirik  loyihalarni  amalga  oshirish  uchun  ichki  resurslarni  jalb  qilishda  2007  yilda 
tashkil  etilgan  O’zbekiston  Tiklanish  va  taraqqiyot  fondi  mablag’laridan  foydalanish  ko’zda 
tutilmoqda.  Bunda  infratuzilma  ob’ektlarini  rivojlantirish  uchun  ajratilishi  belgilanayotgan 
investitsiyalarga  urg’u  berilayotganligining  asosiy  sababi  –  infratuzilmani  rivojlantirish  orqali 
aholi  yashash  sharoitlarini  yanada  yaxshilash,  turmush  darajasini  oshirish  va  halq  farovonligini 
ta’minlash  maqsadiga  erishishdan  iboratdir.  Bugungi  kunda  faqatgina  mazur  jamg’arma 
mablag’lari  emas,  balki  to’g’ridan-to’g’ri  xorijiy  investitsiyalar,  xalqaro  moliya  institutlari  va 
korxonalarning  mablag’larini  jalb  qilish  yo’li  bilan  iqtisodiyot  tarmoqlarini  bosqichma-bosqich 
modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash ishlari ham amalga oshirilmoqda.  
Mamlakatimizda  2010  yil  uchun  amalga  oshirish  belgilab  olingan  investitsiya  dasturida 
moliyalashtirishning  ahamiyatli  qismi  korxona  mablag’lari  (42,6  foiz)  hamda  to’g’ridan-to’g’ri 
xorijiy  investitsiyalarni  jalb  etish  (21,3  foiz)  orqali  amalga  oshirilishi  rejalashtirilgan  (-rasm). 
Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag’lari, aholi mablag’lari va Tiklanish va taraqqiyot 
mablag’lari hisobiga 2010 yilda jami investitsion mablag’larning 22,6 foizi to’g’ri kelishi nazarda 
tutilgan. Bundan ko’rinib turibdiki, asosiy e’tibor korxona mablag’lari va to’g’ridan-to’g’ri xorijiy 
investitsiyalar  hajmi  ko’lamini  oshirish  va  buning  natijasida  ishlab  chiqarishning  texnika  va 
texnologik quvvatlarini modernizatsiyalash, mehnat unumdorligini oshirish orqali aholining yuqori 


daromad  olishiga  erishish,  bularning  oqibatida  esa,  mamlakat  farovonligini  yuksaltirish  maqsad 
etib qo’yilgan.  
Bu  borada  to’g’ridan-to’g’ri  xususiy  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  etadigan  iqtisodiyot 
tarmoqlari  korxonalari  asosiy  faoliyati  bo’yicha  daromad  solig’i,  mulk  solig’i,  ijtimoiy 
infratuzilmani  rivojlantirish  va  hududlarni  obodonlashtirish  solig’i,  mikrofirma  va  kichik 
korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to’lashdan, shuningdek Respublika yo’l jamg’armasiga 
majburiy ajratmalar to’lashdan xorijiy investitsiyalar hajmi quyidagicha bo’lganda ozod qilinadi:  
- 300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha - 3 yil muddatga;  
- 3 milliondan ortiq AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha - 5 yil muddatga;  
- 10 million AQSh dollaridan ortiq bo’lganda - 7 yil muddatga.  
Bu yo’nalishda aniq maqsadli ish olib borish nafaqat investitsiyalarni, balki eng avvalo, ilg’or 
texnologiya va nou-xaularni jalb etishni ko’zda tutadi. Ular esa O’zbekistonga jahon bozorida o’z 
mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi. So’nggi yillarda jalb etilgan 
hamda izchil va barqaror iqtisodiy o’sish, yangi yuqori texnologiyali ish o’rinlarini yaratish hamda 
aholi daromadi darajasini ko’tarishning ishonchli manbaiga aylangan uzoq muddatli investitsiyalar 
hajmi 35 milliard dollardan oshdi. 



Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish