3. Iqtisodiyotning yangilanishi va modernizatsiyalashuvi sharoitida O’zbekiston
Respublikasida “Sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash” jamg’armasi
faoliyatini boshqarish va takomillashtirish.
Barchamizga
ma’lumki,
2008
yilda
mamlakatimizda
iqtisodiy
islohotlarni
chuqurlashtirishning eng ustuvor yo’nalishlari belgilab berilgan edi. Ushbu ustuvor
yo’nalishlardan kelib chiquvchi vazifalarni amalga oshirishda salmoqli natija va sezilarli
o’zgarishlar qo’lga kiritildi: iqtisodiyotining yuqori barqaror sur’atlar bilan o’sishi va
makroiqtisodiy mutanosibligi ta’minlandi, ishlab chiqarishni tarkibiy o’zgartirish va
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash ishlari davom ettirildi Jumladan, 2008 yilda
yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’atlari 9 foizni tashkil etdi
Jahon moliyaviy inqirozining salbiy ta’sirlari sanoat ishlab chiqarishida nisbatan ko’proq
namoyon bo’lishi natijada uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi o’tgan yildagi 24 foiz o’rniga
2008 yilda 22,3 foizni tashkil etgan. Qishloq xo’jaligi salmog’ining 19,4 foizga qadar pasayishi esa
mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibining takomillashib, unda sanoat, qurilish va xizmat
ko’rsatish sohalarining ulushi yildan-yilga oshib borayotganligini anglatadi. Ayni paytda yalpi
ichki mahsulot tarkibidagi sof soliqlar hissasining 9,3 foizga qadar qisqarganligi
mamlakatimizdagi soliq yukining tobora pasayib borayotganligi ko’rsatadi. Puxta o’ylangan qat’iy
pul-kredit siyosatini izchil olib borish tufayli inflyatsiyani ko’zda tutilgan prognoz ko’rsatkichlari
chegarasida, ya’ni yillik 7,8 foiz darajasida saqlab qolishga erishildi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi sug’oriladigan erlarni meliorativ
yaxshilash jamg’armasi 2008 yilning 1-yanvaridan faoliyat yurita boshladi va jamlangan byudjet
tarkibidagi byudjetdan tashqari fondlardan biri bo’lib hisoblanadi. Ushbu jamg’armaning
daromadlarining asosini davlat byudjetidan yo’naltiriladigan daromadlar tizimi, xususan, yagona er
solig’idan tushumlar va maqsadli byudjet assignatsiyalaridan tashkil topgan. Fond mablag’lari
melioratsiya tizimlarini qurish va qayta tiklash ishlariga, meliorativ texnika parkini yangilashga,
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi sug’oriladigan erlarni meliorativ yaxshilash
jamg’armasini boshqarish Departamentini saqlashga sarf etiladi.
Sug’oriladigan erlarni meliorativ yaxshilash jamg’armasining asosiy daromadlarini davlat
byudjetiga tushadigan yagona er solig’i bo’yicha tushum hamda maqsadli byudjet assignatsiyalari
tashkil etmoqda.
Agar yagona er solig’idan tushumlar jami jamg’arma daromadlarining 75,3% ni tashkil etgan
bo’lsa, 2010 yilga kelib 41,5 % ni tashkil etgan.
Maqsadli byudjet assignatsiyalari esa 2008 yilda 24,7 % ni tashkil etishi rejalashtirilgan
bo’lsa, 2010 yilga kelib esa 58,5 % ni tashkil etgan.
Jamg’arma mablag’lari asosan meliorativ sistemani qurish va tiklash ishlariga yo’naltirilgan
bo’lib, 2008 yilda Ushbu xarajatlar jami jamg’arma xarajatlarining 78,0 % ni tashkil etgan bo’lsa,
2010 yilda esa 81,0 % ni tashkil etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |