.
1
:
–
birinchidan, tizimni isloh qilishning yaqin o‘n yillik davrga mo‘ljallangan
konsepsiyasi ishlab chiqilishi va pensiya ta’minoti, nafaqalar tayinlash, ijtimoiy
ta’minot va ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimlari, unga taaluqqli davlat hamda
jamoat organlari faoliyatni bu boradagi yutuqlar, xorij mamlakatlarining
to‘plagan ilg‘or tajribalari hisobga olingan holda jiddiy isloh qilishni kerak;
–
ikkinchidan, keksalarning asosiy daromad manbai pensiya hisoblagani bois
ularning daromadlari va turmush darajasini yanada oshirish uchun amaldagi
pensiya ta’minoti tizimini pensionerlarga har xil imtiyozlar berish, tenglashtirish
ko‘zda tutadi. Bunday hol esa davlat Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari asossiz
sarflanishiga, pensiyalarni mablag‘ bilan ta’minlash masalalarida muammolar
yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, jamg‘arib boriladigan pensiya
ta’minoti tizimi barobarida nodavlat pensiya ta’minotining boshqa shakllari ham
tashkil etilishi va rivojlantirilishi zarur;
–
uchinchidan, pensiya ta’minoti tizimida amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan
islohotlar
konsepsiyasining
muvofiq
ravishda
uning
huquqiy
asoslari
1
Beknazarov Z. Pensiya jamg‘armasi – ijtimoiy jamg‘armalarning asosiy bo‘g‘ini. Davlat boshqaruvi tizimini
isloh qilishda moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish muammolari. Respublika ilmiy-amaliy anjuman
materiallari to‘plami. Toshkent. 2015 yil. 27 fevral. -B.109.
51
takomillashtirish lozim.
Xorijiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, Jamg‘ariladigan Pensiya fondlari
aktivlarining asosini qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalar tashkil etadi.
Xususiy pensiya fondlari pul mablag‘larini uzoq muddatga joylaydi, xususiy va
davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib oladi. Xususiy pensiya fondi passiv
operatsiyalari asosini korporatsiya va korxonalardan keladigan resurslar tashkil
etadi, tushumning 20-30 foizi ishchi va xizmatchilar badallaridan iborat.
Ekspertlarning hisob-kitobi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlardan olinadigan
daromadlarning bir foiz oshishi to‘lanadigan pensiyalar miqdorini bir necha foiz
oshirishga imkon beradi. Boshqacha qilib aytganda, qimmatli qog‘ozlarni sotib
olish uchun ajratilgan mablag‘lar o‘sha qimmatli qog‘ozlarni hozirgi real qiymati
bo‘yicha sotilgandan so‘ng fuqarolarga pensiya ko‘rinishida qaytariladi.
Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi uchun uzoq muddatli sarmoya etishmasligi
va unga keskin ehtiyoj mavjud sharoitda xususiy pensiya fondlari birinchidan,
uzoq muddatli kreditlash fondlarini oshirish imkonini bersa, ikkinchidan, bunday
tuzilmalarning yaratilishi byudjetning ijtimoiy ta’minot xarajatlarini kamaytirish
imkonini beradi.
Tadqiqot natijalaridan ma’lum bo‘ldiki, pensiya tizimini faqat davlat
tomonidan moliyalashtirish etarli samara bermaydi. Hozirgi kunda pensiya tizimini
moliyalashtirishning bir vaqtning o‘zida uch yo‘nalish: minimal pensiyani
kafolatlaydigan davlat pensiya tizimi, professional assotsiatsiya yordamida
o‘zining ish beruvchilariga qo‘shimcha pensiyani shakllantirish, fuqarolar
imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda alohida, xususiy pensiyani ta’minlash
belgilangan. AQSH, Gollandiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveysariya, Italiya
kabi xorijiy mamlakatlar shu tajribalardan foydalaniladi.
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga badallarni qayta taq-simlashning
davlat mexanizmi yordami bilan individual hisobraqamlardan foydalangan holda,
moliyaviy ta’minlash, pensiya tizimini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari
belgilangan yagona badallarni hisobga olib, pensiya miqdorini belgilashdir.
Jamg‘arib boriladigan pensiyani olish uchun muayyan jamg‘arma stajiga ega
52
bo‘lish va qonunda ko‘rsatilgan pensiya yoshiga etish zarur. Jamg‘arish tamoyiliga
asoslangan pensiya tizimida badallar kapitallashtiriladi va pensiya hisobi
individual hisob asosida shakllantirilib boriladi, shaxsiy hisoblarda jamg‘arilgan
jamg‘arma badallari pensiya darajasini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |