56
–
pensiya yoshini oshirish hamda erkaklar va ayollar uchun pensiyaga
chiqish yoshlarini tenglashtirish;
–
O‘zbekistonda pensiya tizimidagi turli imtiyozlarni va pensiyaga barvaqt
chiqishni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni
amalga oshirish;
–
mamlakatimizda o‘rtacha pensiyaning o‘rtacha ish haqidagi ulushini
oshirishga, ya’ni qoplash koeffitsientini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni
amalga oshirish.
Respublikamizda amaldagi pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish
lozim:
–
birinchidan, tizimni isloh qilishning yaqin o‘n yillik davrga mo‘ljallangan
konsepsiyasi ishlab chiqilishi va pensiya ta’minoti, nafaqalar tayinlash, ijtimoiy
ta’minot va ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimlari,
unga taaluqqli davlat hamda
jamoat organlari faoliyatni bu boradagi yutuqlar, xorij mamlakatlarining
to‘plagan ilg‘or tajribalari hisobga olingan holda jiddiy isloh qilishni kerak;
–
ikkinchidan, keksalarning asosiy daromad manbai pensiya hisoblagani bois
ularning daromadlari va turmush darajasini yanada oshirish uchun amaldagi
pensiya ta’minoti tizimini pensionerlarga har xil imtiyozlar berish,
tenglashtirish
ko‘zda tutadi. Bunday hol esa davlat Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari asossiz
sarflanishiga, pensiyalarni mablag‘ bilan ta’minlash masalalarida muammolar
yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, jamg‘arib boriladigan pensiya
ta’minoti tizimi barobarida nodavlat pensiya ta’minotining boshqa shakllari ham
tashkil etilishi va rivojlantirilishi zarur;
–
uchinchidan, pensiya ta’minoti tizimida amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan
islohotlar
konsepsiyasining
muvofiq
ravishda
uning
huquqiy
asoslari
takomillashtirish lozim.
Jamg‘arib boriladigan pensiya fondining investitsion faolligini oshirish
uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim:
–
Jamg‘arma mablag‘larining ishonchli
moliyaviy instrumentlarga
joylashtirilayotganligi ustidan nazoratni olib borish va maslahatlarni berish
yuqori bilimga ega moliya bozori professional ishtirokchilariga yuklatilishi lozim;
57
–
hozirgi sharoitda aholi jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi to‘g‘risida etarli
bilimga ega bo‘lishi uchun ommaviy axborot vositalarida, korxona, tashkilotlar va
mahalla fuqarolar yig‘inlarida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish lozim;
–
jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimi mablag‘lari fuqarolarni
ixtiyoriy pensiya badallari hisobiga ham shakllanishini inobatga olib, ixtiyoriy
pensiya badallarini rag‘batlantirish
maqsadida, jamg‘arib boriladigan pensiya
hisob varaqalariga to‘langan badal summalari respublikada ish haqi miqdori
oshirilgan holatda mutanosib ravishda oshirib borilishi lozim.