Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E


Bahs-munozara va nazorat uchun savollar



Download 2,13 Mb.
bet94/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

Bahs-munozara va nazorat uchun savollar:

  1. Harbiy xizmatchilar yoki ularning oila a’zolariga pensiya va nafaqaning qanday turlari tayinlanadi?

  2. Harbiy xizmatchilar pensiya ta’minotining fuqarolarning davlat pensiya ta’minotidan farqi nimada?

  3. Harbiy xizmatchilar pensiya ta’minotining moliyaviy manbalari nimalardan shakllanadi?

  4. Harbiy xizmatchilar uchun pensiya va nafaqalarni tayinlashda qanday imtiyozlarni bilasiz?

  5. Harbiy xizmatchilarga pensiyalarni to‘lash tartibini tushuntiring.

16-BOB. ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI PENSIYA TA’MINOTINING XUSUSIYATLARI
16.1. Ichki ishlar organlari xodimlariga pensiya va nafaqa tayinlashning huquqiy asoslari
Tinchlik va osoyishtalikni xalqimiz qanchalik qadrlasa, shu ne’matlar tufayli xotirjam va farovon hayot kechirayotgan bo‘lsa, ularni asrash, barqarorlikni ta’minlash davlatimizning bosh maqsadlaridandir. Bu yo‘lda barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuning uchun ham O‘zbekiston xalqaro miqyosdagi “Qonuniy tartiblarga itoat qilish indeksi”da doim yuqori o‘rinni (2017-yil 2-o‘rin) egallamoqda.
Bunda mamlakatimiz ichki ishlar organlari tizimi zamon talablari darajasida takomillashtirilayotgani hamda soha xodimlarining o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni fidoyilik bilan bajarayotgani alohida o‘rin tutmoqda.
Huquq-tartibot organlari xodimlarining farovon yashashlari uchun hukumat tomonidan barcha e’tiborlar berilmoqda, jumladan, pensiya ta’minoti tizimida ham islohotlar olib borilmoqda.
Huququ-tartibot organlari xodimlari pensiya ta’minotining huquqiyme’yoriy asoslarini quyidagilar tashkil etadi:

  • O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;

  • O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya

ta’minoti to’g’risida”gi Qonuni;

  • O’zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi Qonuni;

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari faoliyatini yanaada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-2883-sonli 2017-yil 12-apreldagi Qarori;

  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chog’ida tan jarohati yetkazilgan xodimlarga yoki halok bo’lgan xodimlarning oila a’zolariga bir martalik nafaqa tayinlash tartibi to’g’risidagi

Nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 1-iyuldagi 452-sonli Qarori;

  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort ta’minoti to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 19-iyuldagi 522sonli Qarori;

  • O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar organlari xodimlariga pensiya va nafaqa tayinlash hamda to’lash tartibi to’g’risidagi yo’riqnomani tasdiqlash haqidagi” 2018-yil 13-fevraldagi 36-son buyrug’i;

  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo’mitasining 27, 26, 2, 84, 126, 01-02/5-31-sonli qarori asosida tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 30-aprelda 2222-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan “Ishlovchi pensionerlarga pensiya to’lash tartibi to’g’risidagi Nizom”.

Huquq-tartibot organlari xodimlariga pensiyalar tayinlash va to’lash tartibi Ichki ishlar organlari xodimlariga pensiya va nafaqa tayinlash hamda to’lash tartibi to’g’risidagi yo’riqnoma orqali amalga oshiriladi.
Yo’riqnomaga ko’ra huquq-tartibot organlari xodimlarining pensiyasi – ichki ishlar organlari xodimlari yoki ularning oila a’zolariga pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini o’taganligi, nogironlik va boquvchisini yo’qotganlik munosabati bilan beriladigan oylik pul to’lovidir.
Huquq-tartibot organlari xodimlariga to’lanayotgan nafaqa - xizmatdan bo’shatilayotgan xodimlarga yoki ichki ishlar organlari pensionerining vafot etganligi munosabati bilan dafn etish marosimi uchun uning oila a’zolariga bir marta tayinlanadigan pul to’lovidir.
Huquq-tartibot organlari xodimlariga pensiyalar davlat byudjeti mablag’lari hisobdan beriladi hamda hisobi O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Moliya-iqtisod boshqarmasida hisobi amalga oshiriladi.
Ularning pensiyaga oid hujjatlar yig’majildlari O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Moliya-iqtisod boshqarmasi, doimiy yashash joyi bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi moliyaviy ta’minot bo’limlarida yuritiladi.
O’zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi Qonunining 35-moddasida belgilanishicha ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish quyidagilar orqali ta’minlanadi:

  • sog’lig’ini saqlash;

  • mehnatiga haq to’lash;

  • uy-joy maydoni bilan ta’minlash;

  • mol-mulkiga etkazilgan zararning o’rnini qoplash;

  • xizmat majburiyatlarini bajarish chog’ida transport vositalaridan imtiyozli foydalanish;

  • davlat pensiya ta’minoti;

  • davlat sug’urtasi;

  • ijtimoiy yordam ko’rsatish.

Shuningdek, qonunning 41-moddasida ichki ishlar organlari xodimlarining davlat pensiya ta’minoti belgilangan bo’lib, unga ko’ra ichki ishlar organlari xodimlari, boquvchisini yo’qotgan taqdirda esa ularning oila a’zolari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda davlat pensiya ta’minotini olish huquqiga ega.
Ichki ishlar organlari xodimlariga pensiya va nafaqa to’lovlari O’zbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.



  1. Download 2,13 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish