I bob. Alisher Navoiyning pedagogik qarashlarida odob-axloq masalalari va yoshlar ma'naviy-axloqiy tarbiyasidagi o'rni
1.1. Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari va uning mazmun mohiyati
Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qo'yishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Sh. Mirziyayev yosh avlod tarbiyasiga katta ahamiyat berib, Shunday degan edi; Maktabda o'qitish metodikasi o'zgarmasa, ta'lim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham o'zgarmaydi.4
Shundan kelib chiqib, hozirgi vaqtda tarbiyaning noodatiy bo’lgan shakllari va usullarini izlab topish, o’sib borayotgan avlodda mustahkam tarbiya va qarashlarini shakillantirish; bola shaxsida milliy madaniyat va milliy qadriyatlarni hurmat qilish, avaylab asrash tuyg’ularini o’stirishga diqqatini qarratmog’imiz lozim.
Yuqoridagi fikirlarga asoslanib, o’sib borayotgan avlodning tarbiya tizimida xalq og‘zaki ijodi va pedagogikasi tajribalari, jumladan, milliy xalq o’yinlari yosh avlodni xarakteri va ongini boshqaruvchi vosita, asosiy kuch deb hisoblash mumkin.
Milliy xalq o’yinlarini yoshlar, ayniqsa maktab o’quvchilari sevib, maroq bilan o’ynaydilar. Bunday o’yinlar jismoniy tarbiya darslaridagina emas, balki maktab hovlilar va bog’, parklarda dam olish soatlarida o’ynaladi.
Qadriyatlarga e’tibor qaratish sharq xalqlari madaniyatining juda ko’p unsurlari (elementlari) ni saqlab qolishga va ulardn amaliy foliyatda foydalanishga imkoniyat yaratiladi. qadimgi mahalliy xalqlarimiz uchun an’anaviy milliy o’yinlar va milliy bellashuvlar qachonlardir ular hayotining ajralmas bir qismi bo’lgan, ular xalq marosimlarida, rasm-rusumlarda va urf-odatlarda mustaqil bir soha sifatida faoliyat ko’rsatib kelgan.
Bobolarimiz o’sib kelayotgan yosh avlodda aqlilik, chaqqonlik, epchillik, kuchlilik va sabr-toqat kabi xususiyatlarni shakllantirganlar. Farzandlarini hayot qiyinchiliklariga va tabiatning qiyinchiliklariga nisbatan bardoshli, baquvvat qilib tarbiyalaganlar.
Yosh avlodning jismoniy jihatdan to‘la-to’kis sog’lom tarzida o’sishidan xalq ham, jamiyat ham manfaatdor. Buning uchun o’quvchilarni milliy xalq o‘yinlari vositasida jismoniy madaniyat bilan chuqur shug’ullanishlari, turli milliy o’yinlardan foydalanish mahoratini egallashlari kerak bo’ladi. Bu esa yosh avlod tarbiyasini yanada kuchaytirish, ularni o’z xalqi, mustaqil davlati va jamiyati oldidagi burchini his etish ruhida tarbiyalashdek g’oyat muhim vazifalar bilan bog’liqdir.
Milliy harakatli o’yinlardan foydalanish jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarining quyidagi o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak:
O‘quvchilar insonlarning mehnat foliyati, ularning predmetlarga munosabati va o’zaro muomalasiga, munosabatiga qiziqadi.
O‘quvchilar xalq o’yinlarida atrofdagi voqe’likning ifodali jo’shqin his-tuyg’uli jihatlarini aks ettiradilar.
Milliy o’yinlarda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holdao’zi istagini amaliyotga tadbiq qiladi.
Kattalarning hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida namoyon bo’lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o’chmas iz qoldiradi.
Milliy xalq o’yinlaridan foydalanishda, ularni qo’llashda shuni hisobga olish kerakki, bu yoshdagi bolalar aniqlikni talab etadigan mayda harakatlarga qaraganda kuchli, aqliy faoliyatiga harakatlariga ancha moyil bo’ladilar.Buni bolalar yosh davrlarini ishlab chiqqan buyuk pedagog YA.N.Komenskiy ham o’z vaqtida ta’kidlagan edi.
Umuman bu yoshda bolalar juda ham harakatchanligi bilan ajralib turadi.Harakatchanlik esa maxsus, oqilona tashkil etilishni, o‘quvchilarni aqliy faoliyatini harakatga soluvchi yurish-turish shakllarining to’g’riligini talab etadi.
Istiqlol mafkurasi bugungi kunda Respublikamizda yashovchi har bir fuqaroning har tomonlama kаmol topishiga keng imkoniyatlar yaratib berdi. Necha asrlar mobaynida mudrab yotgan ongimiz uyg’ondi, milliy merosimizdan ozuqa olishga zamin yaratildi, uning eng yaxshi sahifalarini o’rganishga imkoniyat ochib berildi. Хalq odobnomasi va ibratnomasining teran, boy, serma’no, mazmunli sohasi-xalq og’zaki ijodi va xalq pedagogikasi an’analari-insonni har tomonlama tarbiyalash, kamolga yetkazish, ma’naviyatimizning ustivor, iymon-e’tiqodlarimizning butun bo’lishini, qadriyatlarimizning qadrlanish garovidir.
Alisher Navoiy xalqimizning ongi va taffakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g‘ururi, sha’n -u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo‘lsa, olamda tirkiy va forsiy tilde so‘zlovchi biron bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa. “Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”, I.Karimov.
Sharq xalqlarining adabiyoti qanchalik chuqur o‘rganilsa, bu xalqlar orasidagi adabiy aloqalar ham shunchalik ravshanroq ko‘rina boradi. Adabiy aloqalarning o‘rganilishi esa dohiy san’atkorlarning, adabiy maktab vakillarining ijodiy qudratini , ta’sir doirasini aniqlash uchun to‘laroq tasavvur beradi. Bu jihatdan Navoiy merosini o‘rganish alohida ahamiyatga egadir.
Navoiy merosini o‘rganish yolg‘iz o‘zbek olimlarininggina vazifasi emas. Navoiy buyuk bir adabiy maktab boshlig‘i sifatida dohiy Nizomiy kabi bir qancha xalqlarning adabiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatganligidan uning ijodini o‘rganish ham keng bir sohani tashkil etadi. Dunyo sharqshunoslari Navoiy merosini o‘zbek xalqining adabiyotini o‘rganish maqsadida tekshirsalar, sharq xalqlari tadqiqotchilari butun hayotini xalq baxt-saodatiga bag‘ishlagan bu ulug‘ san’atkorning hayoti va ijodini o‘z madaniyatlarini o‘z adabiyotlari tarixini chuqur o‘rganish, o‘zaro mushtaraklik tomonlarini aniqlash maqsadida o‘rganishgan. Chunki Navoiy tojik, eron, hind madaniyatida buyuk bir madaniyat homiysi sifatida mashhur bo‘lsa, ozarbayjon, turkman, qozoq, tatar, turk, qoraqalpoq xalqlari adabiyotida esa o‘zining kuchli ta’siririni ko‘rsatgan5.
Alisher Navoiy turk dunyosi adabiyotining eng mashhur vakilidir .Chunki hech kim bu til va adabiyotning ravnaqi uchun uningdek xizmat qila olgan emas. Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho‘qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilde bunchalik ko‘p va xo‘p (Bobur) yozmagan edi. Navoiy barcha xalqlarning eng buyuk shoiridir. Chunki u o‘zini “Xito(y)dan to Xuroson” gacha yoyilgan turkiy qavmlarning o‘z shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog‘i ostida birlashtirdi, “yakqalam” qildi.Bu bilan millatning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy ravnaqiga buyuk ta’sir ko‘rsatdi.
Navoiy asarlarining umuminsoniy g‘oyasi - insonparvarlik, xalqparvarlik, adolatparvarlik, do‘stlik, tinchlik, mehr va sadoqat, pok sevgi va vafo, ma’rifatlilik kabi go‘zal tuyg‘ularning yuksak badiiy shaklda ifodalashi orqali o‘zbek adabiyoti shuhratini dunyo miqyosiga olib chiqdi. Buyuk alloma, shoir Alisher Navoiy umuminsoniy tarbiya sohasida bir butun asar yaratmagan bo’lsa ham, o’zining bu haqidagi fikrlarini turli ilmiy va adabiy asarlarida ifodalagan. Alisher Navoiy o’zining umuminsoniy tarbiya to’g’risidagi fikrlarini badiiy asarlarida barkamol inson obrazini yaratish yo’li bilan bayon etdi.
Alisher Navoiyning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya masalalaridagi fikrlarida insonparvarlik g’oyalari bosh o’rinda turadi. Alisher Navoiyning fikricha, inson dunyoda hammadan yuksak, aziz va qadrlidir. Alisher Navoiy o’z davridagi barcha sof vijdonli insonlarning manfaatini himoya qildi. U inson uchun zarur bo’lgan umuminsoniy axloq qoidalarini o’rgandi, asar qahramonlari obrazida o’z qarashlarini aks ettirdi. Alisher Navoiy odamlarni axloqli va odobli bo’lishga da’vat etadi hamda axloqni bunday ta’riflaydi: “ Ahloq shaxsning og’ir baqolig’ libosidir va libos jismning sangin debosi. Shuning bilan birga odamni bezaydigan ham axloqdir”.
Alisher Navoiyning fikricha, inson uchun toj, davlat va boshqalar emas, balki eng yaxshi fazilatlar har qanday boylikdan afzaldir. Alisher Navoiy xalqqa ish bilan ham, so’z bilan ham foyda keltirish kerakligini aytadi. U xalq manfaati uchun ishlaydigan, xalqning baxt-saodati uchun kurashadigan kishilarni haqiqiy odam deb biladi:
Odami ersang demagil odami,
Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami.
Xalqqa yordam berishni istamaydigan, xudbin, qora ko’ngil odamlarni Alisher Navoiy eng yomon odam, xalqqa zarar yetkazadi deb ta’riflaydi.
El qochsa birovdin el yomoni bil oni,
Ahvolida idbor nishoni bil oni.
Fe’l ichra ulus bolam joni bil oni,
Olam elining yomoni yomon bil oni.
Insonlar bir-birlari bilan do’st-inoq va hamjihat bo’lib yashamas ekanlar, o’z orzu-niyatlariga yeta olmaydilar, yakkalik, yolg’izlik bilan hech qanday ish qilib bo’lmaydi, shuning uchun ham u hamma insonlarni do’st bo’lib yashashga chorlaydi. Alisher Navoiy do’stlikni ulug’laydi, shu bilan birga soxta, g’araz bilan do’st bo’luvchi kishilarni qoralaydi.
Navoiy ilm-ma’rifatni qadrlagan va unga homiylik qilgan. Shoir insonning ma’naviy kamolotini, avvalo, uning ilm va donish sohibi bo‘la olganligida deb biladi. Ilm o‘zidan o‘zi bo‘lmaydi, kishi faqat havas va ishtiyoq bilangina ilmga ega bo‘la oladi, deb hisoblaydi.Alisher Navoiy hikmatlarida olam- olam ma’no mujassamdir. Uning hikmatlarida ilm-ma’rifat, mehr- oqibat, insoniylik kabi masalalar markaziy o‘rinni egallaydi.
Birovkim qilsa olimlarga ta’zim,
Qilur go‘yoki payg‘ambarga ta’zim.
Shoir olim ahlini qadrlaydi, ulug‘laydi.Olimlarga ta’zim qilish- payg‘ambarga ta’zim qilsh bilan barobar ekanligini ta’kidlaydi. Jumladan:
Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur,
Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur.
Navoiy kishi bilimga ega bo‘lishi uchun oz-ozdan o‘rganib borishi lozimligini, bilimlari yig‘ilib ma’lum ko‘nikmaga ega bo‘lishi mumkinligini yozadi va buni tomchi-tomchi sivlar yig‘ilib daryoga aylanishiga o‘xshatadi.
Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado aning haqin yuz ganj ila.
Ushbu jumlalarda birinchi ustoz haqida gap boradi. Ilk ustoz tolibiga savod chiqarishida ko‘maklashadi, bu bilan uning hayot yo‘lini- to‘g‘ri yo‘lni belgilab beradi.Ustozning bu xizmatini yuzlab xazinalar bilan ham to‘lay olmaslikni Navoiy shu ikki misrada bayon qiladi.
Alisher Navoiy insonga birinchi navbatda hayotdagi amoliga qarab baho beradi. Odamiylikning mezoni bu -porsolik (taqvodorlik), pokdomonlik va haqparastlikdir. Uyg‘oq qalb sohibi nazdida har qanday holatda ham to‘g‘ri so‘zni ayta olgan, haqiqat tarafida turib harakat qilgan kishigina inson nomiga munosib. Aksincha, sharoitga qarab o‘zgaraverish, o‘z shaxsiyatini asrab, haq gapni aytishdan qo‘rqish -bu imonsizlik belgisi. Yaxshilikka davogarlik qilgan holda yomonlar hayliga ham sherik bo‘lib ketaverish -bu munofiqlik namunasidir.
Aytish lozimki, Navoiy insonga tanbeh berar ekan, avvalo o‘z hayotiy kuzatishlariga asoslanadi. Pok e’tiqodi, ijtimoiy qarashlari taqozosiga ko‘ra mulohaza yuritadi. Ulug‘ inson tafakkurining hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan xulosaviy fikr -mulohazalari xalqning “Yaxshiga yondosh, yomondan qoch”, “yaxshi bilan yurding yetding murotga, yomon bila yurding, -qolding uyatga”, “Yaxshi odam yo‘ldoshidan bilinar”, “Do‘sting kimligini aytsang, sening kimligingni aytaman” kabi maqollar bilan butunlay mushtarakdir.
Uyg‘oq qalb sohibi nazdida yaxshi inson yoki yaxshilik tushunchasining ma’nosi nihoyatda keng bo‘lib, unda imon va etiqod, odat va hayo kabi inson zotini bezaydigan go‘zal fazilatlar jamuljam bo‘lgan. Odamiylikning mezoni bu faqat o‘zi uchun emas, balki, o‘zgalar manfaati , xalq g‘am- tashvishi bilan yashashdir. Binobarin, axloq targ‘ibotchisining navbatdagi tanbehi ham yaxshilik xususida:
“Baxlning andoqki, butun topqoni zaxira bo‘lg‘ay, tong va qabri ham bu kungi maoshi uyidek tiyra bo‘lg‘ay.Zuhdu taqvo barcha vaqtda dilpisanddur, ulug‘lar nazarida arjumandroq . Yaxshiliq va yomonliqni kim qildikim, jazo ko‘rmadi. Saloh va fasod tuxmin kim ekdikim, o‘rmadi”.
Shoir insonga xos qusurlar va hislatlar haqidagi fikrini quyidagi bayt bilan yanada oydinlashtiradi va qissadan hissa chiqaradi:
Yaxshiliq tuxmin sochg‘ilkim budur dehqong‘a so‘z,
Har nekim ekding bugun borin hamon tut oning ko‘z.
Alisher Navoiy ilm o'rganishga intilishni inson kamolotini ta'minlash uchun xizmat qiluvchi eng zarur fazilatlardan biri deb biladi. Ilmni insonni, xalqni nodonlikdan, jaholatdan qutqazuvchi omil sifatida ta'riflaydi. Asarlari mazmunida ilgari surilgan g'oyalar yordamida kishilarni ilmli va ma'rifatli bo'lishga undaydi. Mutafakkir ilm o'rganishni har bir kishining insoniy burchi deya e'tirof etadi. Zero, ilm o'rganishdan maqsad ham xalqning farovon, baxtli-saodatli hayot kechirishini, mamlakatning obod bo'lishini ta'minlashga hissa qo'shishdir, deya ta'kidlaydi. Bilimli va dono kishilar hamisha o'z xalqining manfaati hamda mamlakatining ravnaqi yo'lida faoliyat olib borishlariga ishonadi.
Mazkur o'rinda Mirzo Ulug'bekni ana shunday xislatga ega bo'lgan kishilardan biri bo'lganligiga urg'u beradi hamda uning nomi tarix sahifalarida abadiy saqlanib qoladi, deb hisoblaydi. Alisher Navoiy orzu qilgan komil inson faqat ilmli bo'lish bilan qanoatlanib qolmaydi. Uni yetuk inson sifatida ta’riflash uchun unda, yana shuningdek, sabr-qanoat, saxiylik, himmat, to'grilik, rostgo'ylik, tavoze, adab, vafo va hokazo sifatlarning ham mavjud bo’lishi taqozo etiladi.
Mutafakkir axloqlilikning eng muhim mezoni odob deb hisoblaydi. Odobli, axloqli bo'lish insonga atrofdagi kishilar o'rtasida muayyan mavqe hamda hurmatga sazovor bo'lishga yordam beradi. Odobga ega bo'lishning inson hayotidagi rolini ko'rsatib berar ekan, Alisher Navoiy shunday fikrlarni ifoda etadi: “Adab kichik yoshdagilarni ulug'lar duosiga sazovor etadi va u duo barakati bilan umrbod bahramand bo'ladi. Adab, kichkinalar mehrini ulug'lar ko'ngliga soladi va u muhabbat ko'ngilda abadiy qoladi”.
Alisher Navoiyning asarlaridagi Farhod, Shirin, Layli, Dilorom, Qays, Shopur kabi ijobiy qahramonlar umuminsoniy tarbiya asosida tarbiyalanganlar, kamtarin, odobli, or-nomusli insonlardir. Bu qahramonlar orqali yoshlarni ulardan ibrat olishga chorlaydi.
Alisher Navoiyning barcha asarlari yoshlar tarbiyasi uchun muhim xazina hisoblanadi. U o’z asarlarida har bir so’zdan unumli va o’rinli foydalana olgan. Har bir hikmati biz uchun ibratlidir. Alisher Navoiyning hayoti va merosi yoshlarda umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalashda bizga har tomonlama namuna bo’ladi. Ulug’ shoir o’zining ta’lim-tarbiyaga oid fikr-mulohazalari bilan barkamol avlod tarbiyasiga katta hissa qo’shdi, umuminsoniy fazilatlar to’g’risidagi fikrlari hozirgi davrimiz uchun ham muhimdir.
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng jamiyatimizning barcha sohalari qatori ma’naviy-mafkuraviy hayotimizda ham ulkan o’zgarishlar ro’y berdi. O’zbekistonning milliy istiqlol mafkurasi yaratildi. Chunki o’z kelajagi haqida qayg’uradigan millat hech qachon milliy g’oya va milliy mafkurasiz yashamagan va yashay olmaydi.
Milliy mafkuramiz xalqimizning maqsad-muddaolarini ifodalaydi, tarix sinovlaridan o’tishda uning ruhini ko’tarib, suyanch va tayanch bo’ladi, shu millat, shu jamiyat duch keladigan ko’plab hayotiy va ma’naviy muammolarga javob izlaydi.
Milliy istiqlol mafkuramiz ko’p millatli O’zbekiston xalqining ezgu g’oya - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo’lidagi asriy orzu-intilishlarini aks ettiradi. Тa’lim-tarbiya muassasalari, oila, mahalla qo’mitalari, ijtimoiy institutlarning asosiy vazifasi - Milliy istiqlol g’oyamizni yurtimizda yashayotgan barcha kishilarning ma’naviy boyligiga, dunyoqarashining negiziga aylanishiga ko’maklashish, uning mohiyatini keng jamoatchilikka har tomonlama tushuntirishdan iborat.
Тajriba-sinov ishlari mobaynida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish metodikasidan unumli foydalanish talab etildi. Хalq og’zaki ijodida ko’p kuylangan Qizjibekdagi bosh qahramonlar, Alpomishning shijoati, Jaloliddin Manguberdining matonati Markaziy Osiyoda va dunyo xalqlari uchun namuna sifatidagi yorqin misollardir.
Хalq og’zaki ijodi – folklore hamma zamonlarda ham ijod sarchashmasi hisoblanib kеladi. “Folklor” ingliz tilidan o’lingan bo’lib, “xalq ijodiyoti”, dеgan ma'noni bildiradi.Fanga 1872 yilda kirib kеlgan.Insoniyat alla, qo’shiqlar, afsonalar, ertak va dostonlarda o’zining yuksak orzu-umidlari, zavq-shavqi-yu kurashlarini ifodalagan. Xalq og’zaki ijodi o’zining mazmunan rang-barangligi, yuksak g’oyalar bilan yo’g’rilganligi, xalq turmushi, mеhnati, xullas, xalq hayotining barcha tomonlari bilan uzviy bog’liqligi bilan ham g’oyatda e'tiborlidir.
Bolalar folklori ko’pincha kattalar tomonidan ijod qilinadi (alla), ba'zi hollarda bolalar o’z o’yinchoqlari asosida o’zlari ham alla, qo’shiq va ovitmachoqlar to’qiydilar. Bularning hammasi bir bo’lib faqat yaxshi tarbiyani targ’ib qiladi.Bolalar xalq og’zaki ijodining pеdagogika bilan bog’lanishi alladan boshlanadi.
Malumki, mana shunday sifatlar insoniyat tarixining har bir davriga xos avlodlarning asosay sifatlari bo’lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi. Hozirgi qayta qurish sharoitida barcha jabhalarda mazkur sifatlar manaviy shiordan amaliy harakatga aylanib bormoqda. Shu boisdan ham maktabdagi har bir sinf rahbari, fan o’qituvchisi, pioner tashkiloti o’zlarining kundalik faoliyatlariga xalq og’zaki ijodi materiallarida mujassamlashgan umuminsoniy fazilatlardan tarbiyaviy tadbirlarning har bir bosqichida unumli foydalanishlari va bunda maktab tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi bosh-qosh bo’lishi lozim. Ma’lumki, millat o’z tarixini unutsa, uning milliy pedagogikasi ham o’z zaminidan ajralib qolishi tabiiy xoldir.
Хalq pedagogikasi deganda xalq og’zaki ijodiyotining barcha janrlarda aks ettirilgan tarbiya borasidagi qarashlar, g’oya, uroda, rasm hamda an’analar yig’indisi tushuniladi. Demak, xalq pedagogikasining asosiy manbai folklordir.Хuddi shu jihatdan xalq pedagogikasi mumtoz pedagogikadan farq qiladi. Folklor hamisha buyuk mutafakkirlarning diqqat markazida bo’lib kelgan.
Хalq pedagogikasi qamrovi keng bo’lib, uni muayyan xalq tarixi, falsafasi, psixologiyasi, etnografiyasi hamda xalq tabobatidan tashqarida tasavvur qilib bo’lmaydi. Folklor xalq pedagogikasini, ya’ni xalq ommasining tarbiya borasidagi qarashlari, g’oya, urf-odat hamda an’analar yig’indisini ifodalaydi. Shuningdek, tarbiyani amalga oshirishda qo’llanib kelingan usul, vosita, ko’nikma va malakalari birligini o’z ichiga oladi.
Bola tarbiyasi borasidagi an’analar o’zbek klassik adabiyotida o’z aksini topa borgan. Jumladan, IX-XII asr allomalaridan Nizomulmulkning “Siyosatnoma”, Nosir Хisravning “Saodatnoma” , “Rushnoma”, Yusuf Хos Хojibning “Qutadg’u-bilig”, Maxmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit-turk”, Ahmad Yugnakiyning “Hibatul-haqoyiq”, Kaykovusning “Qobusnoma” kabi asarlari jahon olimlarining e’tiborini o’ziga tortgan va ulardagi pedagogik g’oyalar salmoqli o’rinni egallaydi.
Hozirgacha nashr qilingan xalq og’zaki ijodi namunalari va folklor materiallarida bevosita o’quvchilar (yoshlar) ishtirok qilmagan yoki qahramonning yoshligi tasvirlanmay qolgan asar kam uchraydi. O’quvchilar bevosita ishtirok qilgan xalq ijodi namunalarida esa, qay darajada bo’lmasin, xalq pedagogikasining tarbiyaviy an’analari chetlab o’tilmaydi. Demak, xalq og’zaki ijodi qadim zamonlardan buyon jahon xalqlarining, shu jumladan, o’zbek xalq pedagogikasining ham yagona vositasi bo’lib kelgan va u bizning zamonamizda ham o’z qimmatini yuqotmagan.
O’zbek xalq pedagogikasi bola ko’rish, tarbiya jarayoni va uning jamiyatda tutgan o’rni, xalq pedagogikasida tarbiyaning tarkibiy asoslari (aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat va nafosat tarbiyasi), milliy tarbiyani amalga oshirish usul va vositalari, yoshlarni dastlabki oilaviy odob qoidalarga odatlantirish va uni amalga oshirish yo’llari, yoshlarni dastlabki oilaviy dastyorlik mehnatiga odatlantirish, uni amalga oshirishda foydalaniladigan usul va vositalar, hali pedagogikasida maktab va hunar ta’limi, shuningdek boshqa shu kabi tarbiyaviy tadbirlarni qamrab oladi. Bularning hammasi xalq og’zaki ijodida aks etib kelgan.Ilmiy pedagogika o’z navbatida mana shu omillar zaminida shakllangan.
Ilmiy pedagogikaning bosh maqsadi va vazifasi har jihatdan to’la kamolotga erishgan, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishga qaratiladi. Barkamollik esa yoshlarni aqliy, jismoniy, axloqiy, mehnat hamda nafosat jihatdan yetuklikni o’z ichiga qamrab oladi.Ilmiy pedagogika xalq pedagogikasi bilan chambarchas bog’liqdir. Хalq pedagogikasi esa xalq og’zaki ijodida namoyon bo’lishini alohida ta’kidlash lozim. Ma’lum ma’noda o’zbek xalq og’zaki ijodi to’g’ridan-to’g’ri bola tarbiyasiga ta’sir etish vositasi bo’lib xizmat qilib kelmoqda.
“O’zbek xalq pedagogikasi” qamrovi nihoyatda keng, bog’oyat serqirra va serjilo tushuncha bo’lib, u shu xalq paydo bo’lgan butun davrni o’z ichiga oladi.
Хalq donishmandligi va odobnomasiining bu nodir sohasi ijtimoiy va maishiy-axloqiy hayotning barcha tomonlarini, xalq og’zaki, qadrshunosligi va marosimshunosligining yetakchi yo’nalishlarini, diniy-axloqiy ta’limotni qamrab olishi bilan xarakterlanadi. U xalqimizning asrlar davomida to’plangan boy tajribalarini, ijtimoiy –siyosiy, axloqiy, falsafiy, ma’rifiy, estetik, ma’naviy hamda jismoniy yetuklik borasidagi qarashlarini, tajriba-xulosalarini lo’nda, ammo bag’oyat teran, donishmandnamo tarzda ifodalaydi. Ilk bor yaratilayotgan “O’zbek xalq pedagogikasida” dono xalqimizning ta’lim-tarbiya, axloq, odob, inson qadriyatlari va uning ma’naviy ustivorligi, iymon-e’tiqodi butunligi sohasidagi dunyoqarashi, amaliy faoliyati, usul-metodlari, an’analari tabarruk islomning odob-axloq, ilmu-fan haqidagi ta’limotiga bog’liq holda, muqaddas qur’oni Karim va payg’ambarimiz Muhammad Rasullohning muborak hadisi shariflariga suyangan holda yoritish mo’ljallangan. Ma’lumki, xalqning pedagogik qarashlari o’zoq asrlar davomida shakllangan va ular bizga alohida qo’llanma dastur yoxud darsliklar shaklida yetib kelmay, balki asosan xalq og’zaki ijodiga kiruvchi turli janrlardagi asarlar, elshunoslik, qadrshunoslik, udumshunosliklar qatida saqlab qolingan hamda Ollohning so’zi bilan bo’lgan qur’oni karim va payg’ambarimizning hadislarida o’z ifodasini topgan. Demak, xalq pedagogikasi hozirgacha yashovchanligi asosan og’zaki tarzda bo’lib, u har bir avlod unga o’z tajribasini, qarashlarini, sifatlarini qo’shgan holda bizgacha yetib kelgan.
Bugungi kunda esa shu o’zoq asrlar davomida ta’lim-tarbiya qo’llanmasi, vositasi bo’lib kelgan xalqning pedagogik qarashlarini to’plash, o’rganish va chop etish vazifasi to’ribdiki, bu vazifani bajarish yuqolish arafasiga kelib qolgan milliy qadriyatlarimiz, axloqimiz, urf-odat, rasm-rusumlarimizni, udumlarimizni, an’analarmizni asrab qolish va tiklash uchun nihoyatda zarurdir.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, xalq nazdida, inson ona qornidan yaxshi yo yomon bo’lib to’g’ilmaydi - u birday to’g’iladi.Yaxshi-yomonga aylanishi tarbiyadan, dastavval ota-ona, oila, mahalla-kuy, qishloq-ovul, qolaversa, jamiyat-tuzumdandir.Bunda ajdodlar qoldirgan ota meros-oilaviy pedagogika, xalq pedagogikasi, shuningdek udumshunoslik, qadrshunoslik, elshunoslik an’analari, jamiyatning bu sohadagi sa’y-harakatlari, hal qiluvchi o’rin tutadi.Хalq ta’kidlashicha, bola boshdan to’g’ri, xaqqoniy tarbiyalansa-yomon kishiga aylanadi. Zero, “ko’chat boshdan, bola yoshdan” maqoliga amal qilish xalq an’anaviy pedagogikasining bosh yo’nalishidir. Shu boisdan xalq pedagogikasida tarbiyaning mayda-chuydasi, ya’ni birlamchi-ikkilamchisi bo’lmaydi: hamma narsa hisobga olinishi, hech bir soha chetda qolmasligi, ayni choqda tarbiyaning nihoyatda nozik, injiq, murkkab tomonlari e’tiborga olingan holda yetti o’lchab bir kesishga amal qilinadi. Хarakterlisi yana shundaki, xalq tarbiyada kecha, bugun va ertani o’ylab ish tutadi, ya’ni tarbiyani o’tmishni unutmaslik, bugunni qadriga yetishlik, kelajakka umid asnosida olib boradi.
Хalq bisotidagi eng yaxshi tabarruk so’zlar-duo olqishlar ham tarbiyaga qaratiladi. Darvoqe, xalq an’anaviy pedagogikasining yaxshi so’z, duo-olqishning ta’sir kuchi, tarbiyaviy ahamiyati, inson ma’naviy ustivorligi, iymon-e’tiqod butunligi, qisqasi kishilarning har tomonlama mukammal kamoloti borasida tutgan o’rni va roliga alohida ahamiyat beriladi..
Shunday qilib, o’zbek xalq pedagogikasi turkiy xalqlar-ota bobolarimiz o’zoq moziyda yaratgan va ko’z qorachig’iday asrab-avaylab, aqlab kelgan ota meros, Sharq xalqlarining boy va betakror odobnoma va odatnomasi, xalq pedagogikasidagi eng yaxshi namunalar, allomalaru adabiyot va folklor ijrochilarining bu boradagi sa’y-harakatlari, yaratgan asrlari bilan qo’shilgan holda shakllanganligi, rivojlanganligi va boyib borganligini e’tirof etish birdan-bir to’g’ri yo’ldir.
Хalq pedagogikasining ijodkori va shu asosda avlod-ajdodlarimizni barkamol kishilar qilib tarbiyalab kelgan birinchi va to’ng’ich pedagog-o’qituvchi xalqdir. Biroq, afsuski, sho’ro tuzumi davrida qariyib bir asr davomida o’zbek xalqi o’sha madaniyatning ajralmas qismi bo’lmish xalq pedagogikasidan ajralib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |