Pedagogikafanlar tizimi va boshqa fanlar bilan aloqasi Reja: Kirish



Download 23,17 Kb.
bet2/2
Sana20.06.2021
Hajmi23,17 Kb.
#71675
1   2
Bog'liq
Pedagogika fanlar tizimi va boshqa fanlar bilan aloqasi

Pedagogika fanlar tizimi. Pedagogika fanining tadqiq qilish ob’ekti, va u o‘rganadigan sohalari yildan-yilga ortib, kengayib va rivojlanib bormoqda. Natijada uning tarmoqlari ham bir necha guruhlarga ajralmoqda va mustaqil soha sifatida o‘rganilmoqda. Ular pedagogika fanlari tizimi deb nomlanadi.

Pedagogika fanini ulkan katta daraxtga qiyoslash mumkin.Har bir fan o‘z rivojlanishida, o‘z nazariyalarini boyitadi, o‘zining ichki amaliy yo‘nalishlariga tayanib takomillashib boradi.Hozirgi vaqtda pedagogika fani o‘z fanlari tizimida:




  1. Umumiy pedagogika (insonga, shaxsga ta’lim-tarbiya, ma’lumot berish shakli, mazmuni, usullari va ularni shakllantirishning, tarbiyalashning umumiy qonuniyatlarini tadqiq qiladi va amaliyotda qo‘llashga o‘rgatadi). 


  2. Yoshlar pedagogikasi (turli yoshdagi kishilarga ta’lim tarbiya berish, shaxsni shakllantirishning o‘ziga xos tomonlarini o‘rganadi). 


  3. Maktab pedagogikasi (maktab yoshdagi o‘quvchilar ta’lim-tarbiya sohasining o‘ziga xos tomonlarini o‘rganadi). 


  4. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi (maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish, tarbiyalashning o‘ziga xos tomonlarini o‘rganadi). 


  5. Pedagogika tarixi (turli tarixiy davrlarda maktablar ta’lim tarbiyasi, pedagogik g‘oyalarning mazmuni, rivojlanish masalalarini o‘rganadi). 


  6. Maxsus pedagogika (DefektologiY. Bu quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1) kar-soqov bolalarni tarbiyalash va o‘qitish masalalari bilan surdopedagogika; 2) ko‘zi 


  7. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarni tarbiyalash va o‘qitish masalasi bilan tiflopedagogika; 3) axloq jihatdan qoloq bolalarni tarbiyalash va o‘qitish masalalari bilan oligofrenopedagogika; 4) duduq va tili yassi bolalarni tarbiyalash va o‘qitish masalalari bilan esa logopediya shug‘ullanadi). 


  8. Metodika (ta’limning umumiy qonuniyatlarini muayyan predmetlaridan (ona tili, adabiyot, tarix, fizika, ximiya, matematika, jismoniy tarbiya) dars berishda qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlarini, usullarini tadqiq qiluvchi sohasi). 


  9. Oila pedagogikasi (oila muhiti, a’zolari, sharoiti, ta’lim tarbiyasining umumiy masalalarini o‘rganadi). 


  10. Kasb pedagogikasi (ishlab chiqarish, turli kasblarni o‘rganishning umumiy masalalarini o‘rganadi). 


  11. Qiyosiy pedagogika (g‘oyalarni taqqoslab xulosa chiqarish masalalarini o‘rganadi). 


  12. Xalq pedagogikasi (mazkur xalq ta’lim-tarbiyasi, maktabi, ijtimoiy turmush tarzi, madaniyati, ma’naviyati, axloq-odobi va boshqalarni o‘rganadi).


  13. Ijtimoiy pedagogika (barcha yoshdagi fuqarolarni tarbiyalashning zamonaviy imkoniyatlari, vositalari va manbalarini o‘rganadi). 


  14. Tibbiyot pedagogikasi. 


  15. Harbiy pedagogika. 


  16. Rahbarlik pedagogikasi. 


  17. Mehnat pedagogikasi singari tarmoqlarga ega. 




Tarbiyaning mohiyatini ilmiy asosda tushunish uchun aniq tarixiy sharoitda uning taraqqiy etishi qonuniyatlarini bilish zarur.Shuning uchun pedagogika ijtimoiy fanlardan biri sifatida ijtimoiy fanlar bilan yaqin aloqada rivojlanib boradi. Tarbiya maqsad va vazifalarini inson shaxsining har tomonlama rivojlanish qonuniyatlarini ishlab chiqarish jarayonida tarix, falsafa, iqtisod, sotsiologiya, etika, estetika, umumiy psixologiya, yosh psixologiyasi, pedagogik psixologiya, kasb psixologiyasi, oila psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya, odam psixologiyasi, harbiy psixologiya va fiziologiyasi, bolalar gigiyenasi, pediatriya, meditsina, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqa qiladi.

Pedagogikaning Psixologiya fani bilan aloqasini tahlil qilamiz. Pedagog o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda ularning sezgi, idrok, tasavvur, diqqat, tafakkur va xotira kabi psixik jarayonlarini bilishi kerak. Shuning uchun pedagogika fani psixologiya fani bilan alohida ish olib boradi.

Har bir fan o‘z rivojlanishida o‘z nazariyalarini boyitishda o‘zining ichki ilmiy yo‘nalishlariga tayanib, takomillashib boradi. Hozirgi davrda umuminsoniyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqida axborot, ma’lumot beruvchi turli fanlar muayyan darajada pedagogika fani uchun manba bo‘ladi. Boshqa fanlar kabi pedagogika har bir insonning umumiy kamolotiga xizmat qiladi. Tabiat va jamiyat rivojlanishi qoidalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslanadi va o‘zi ham ijtimoiy fan sifatida rivojlanib boradi.

Har bir o‘qituvchi, o‘quvchi o‘z ona yurti tarixini bilishi, vatanparvar bo‘lishi lozim. Agar o‘qituvchi o‘z o‘quvchisida haqiqiy vatanparvarni tarbiyalash uchun o‘z xalqini, tarixini, turmush tarzini, madaniyatini, ma’naviyatini, qolaversa, uning udum-an’analari, urf-odatlari haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lmog‘i lozim. Buning uchun o‘qituvchi faqat bilimgagina ega bo‘lmasdan uni hozirgi kundalik hayotga qo‘llanilishini ham uddalaydigan bo‘lmog‘i kerak. Bu haqda muhtaram prezidentimiz I.A.Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” asarida, “Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson”, “Inson uchun tarixdan judo bo‘lish – hayotdan judo bo‘lish demakdir”, “Haqiqiy tarixni bilmasdan turib, o‘zlikni anglash mumkin emas” kabi fikrlari nihoyatda muhimdir. Yuqoridagi fikrlar o‘qituvchilar oldiga tarixni bilish vazifasini ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda. Masalan, o‘tmishda ajdodlarimizning qilgan ishlari, fan sohalariga qo‘shgan ulkan hissalarini tarix fanini ularning hayoti va faoliyati orqali ma’lumot olamiz. Misol uchun bobomiz A.Temurning “Millat dardiga darmon bo‘lmoq lozim” so‘zining ma’nosini anglash bugungi hayotimizda talab qilinmoqda.

Falsafa fani esa pedagogika fani uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi, Chunki, hozirgi ta’lim-tarbiya nazriyasi va amaliyoti yutuqlari falsafiy fikrlar kurashi va tarqqiyotining mahsulidir. Falsafa pedagogikani ilmiy usullar bilan qurollantirishni, ta’lim-tarbiyaning ob’ektiv qonun qoidalarini ishlab chiqarishga manba bo‘ladi.

Etika va estetika fanlari pedagogikaning tarbiya nazariyasi bo‘yicha ma’lumot beradi. Bu fan o‘quvchining huquqi, odobi meyorlarini aniqlash, belgilash hamda go‘zallikni haqiqiy tushuntirish va kundalik oilaviy, ijtimoiy qo‘llashga o‘rgatadi. Shuning uchun ham pedagogika, etika va estetika fanlari bilan yaqin aloqada ishlaydi.

Odam anatomiyasi va fiziologiyasi, maktab gigienasi singari fanlar bilan shuning uchun aloqa qiladiki, o‘qituvchi va o‘quvchi organizmining anatomiyasini ya’ni, tuzilishini, har bir organning bajaradigan funksiyalarini ilmiy asosda bilish shart. Anatomiya va fiziologiya ana shu ma’lumotlarni o‘qituvchiga beradi. O‘qituvchi esa o‘quvchilarning bosh miyasi ish faoliyatida va unga tushadigan aqliy zo‘riqishlarni bilishi kerak. Maktab gigienasi fani esa bolaga o‘qishi, yozishi uchun sinf xonalarida yorug‘lik miqdori, partalarning qanday hajmda bo‘lishi va boshqalarni o‘quvchilarga o‘rgatadi. Bu esa o‘z navbatida pedagogika fanining gigiena fani bilan uzviy aloqada bo‘lishini taqozo etadi.

Umuman, pedagogika fani o‘z oldidagi maqsad va vazifalarini hal etishda boshqa fanlar yutuqlaridan foydalanmasdan ish olib borishi mumkin emas degan xulosaga kelish mumkin.

XULOSA: Demak, pedagogika fani o’z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik xodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o’rganadi.

Pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari qanchalik to’g’ri tanlansa, ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib boradi. Shu sababli pedagogik ilmiy-tadqiqot usullariga dogmatik yondashish mukin emas. Ikkinchi tomondan, ilmiy tadqiqot usullari tizimi hali hozircha fanda to’la yaratilgan, ishlab chiqilgan emas.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. Pedagogika Entsiklopediya (2 jild) R.G’. Safarova

  2. Umumiy pedagogika N.S. Atayeva

  3. Internet malumotlari

Download 23,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish