Oquv mashg`ulotining maqsadi: talabalarga amaliy va nazariy psixologiyaning mazmuni, farqli jihatlari, amaliyotchi psixologning faoliyat sohalari, yonalishlari, axloqiy tamoyillari xususida malumot berish hamda bilim, konikma va malakalarni kengaytirishdan iborat.
Psixolog faoliyatining korinishlari va axloqiy tamoyillari mavzusi boyicha bilimlarni tizimlashtirish boyicha topshiriqlar
1-vaziyat: Siz amaliy psixolog kasbini qanday tasavvur qilasiz hamda jamiyat hayotidagi funksiyalari haqida nimalarni bayon qila olasiz?
Topshiriqni еchimi: Malumki, jamiyat taraqqyotida barcha kasblar oziga xos orin va mavqega ega ekanligi barchamizga ayon. Shu jihatdan olganda, hozirgi kunda psixolog kasbining insonlar hayotidagi roli, funksiyasi ham kengayib bormoqda. Bu esa amaliyotchi psixolog borasidagi qarashlar, fikrlarni aniqlashtirishni talab etadi.
Xususan, Vachkovning “psixolog mutaxassisligiga kirish” nomli oquv qollanmasida V.I.Slobodinikov va Ye.I.Isaevlar tomonidan amaliy psixolog tushunchasini ikki jihati ajratib korsatilgan. Unga kora dastlab amaliy psixolog bu fan doirasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradigan, tashkillashtiradigan hamda tadqiqotning metodologiyasi va metodlarini ishlab chiqadigan malakali mutaxassisdir. Bu yonalishda faoliyat yuritadigan amaliyotchi psixologning asosiy funksiyasi ilmiy tadqiqot ishining metodik vositalarini yaratishdir. Masalan shaxsda irodaviy sifatlardan qatiyatlilikni organish kerak bolganda mazkur soha mutaxassisi aniqlash, tekshirish uchun qulay bolgan psixologik metod va metodikalarni yaratib beradi.
Ikkinchi turdagi amaliy psixolog bu birinchi turdagi amaliy psixologdan keskin farq qilmaydi. Aksincha, uning asosiy vazifasi yaratilgan va ishlab chiqilgan metod va metodikalarni insonlar faoliyatiga qollashdan iborat. Shuningdek ularning asosiy vazifasi insonlardagipsixologik muammolarni mos tekshirish usullari yordamida aniqlash hamda ularni bartaraf etish yollarini ishlab chiqadi. Bundan kelib chiqadigan bolsak, amaliyotchi psixolog kasbi bajaradigan vazifa va funksiyalari jihatidan farq qilib, birinchi toifa nazariy etibor qaratsa, ikkinchi toifasi inson hayoti va faoliyati bilan bogliq masalalar bilan shugullanishini takidlab otish lozim.
2-vaziyat: Amaliy psixolog faoliyat yuritadigan jabhalarni tizimlashtiring hamda mazmunini izohlang:
3-vaziyat:G.S.Abramova tomonidan ilgari surilgan buyurtmachi, mijoz, foydalanuvchi tushunchalarini bajaradigan funksiyasiga kora mazmunini asoslang.
Do'stlaringiz bilan baham: |