Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TABIATSHUNOSLIK FANINI O‘TISH AHAMIYATI



Download 3,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/246
Sana14.08.2022
Hajmi3,75 Mb.
#847030
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   246
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TABIATSHUNOSLIK FANINI O‘TISH AHAMIYATI 
VA FAN METODIKASINI QO‘LLASH MOHIYATI
Narzullayeva Ma’mura Nosirjonovna
22-sonli maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Namangan viloyati Chortoq tumani
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada muallif, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tabiatshunoslik fani 
o‘tilishining ahamiyati va fan metodikasini q’llash mohiyati to‘g‘risida qisqacha va mazmunli 
fikr-mulohazalarni berib o‘tgan.
Kalit so‘zlar: 
Tabiatshunoslik, metodika, atrof-muhit, tabiatni muhofaza qilish.
O‘quvchilarga tabiatni o‘rgatib borish bilan o‘qituvchi ularni ta’limni davom ettirish va 
amaliy faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilimni o‘quv va ko‘nikmalar bilan qurollantiribgina qolmay, 
dunyoqarashi, irodasi, xarakterini ham shakllantiradi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shunga 
ko‘ra tabiatshunoslikni o‘qitishning shakl va metodlarini ishlab chiqadi.
Maktab tabiatshunoslik kursi tabiatshunoslik fanining turli sohalarining qisqartirilgan bayoni 
emas, balki uning metodik tanlangan, muntazamlashtirilgan unsurlaridir. Materialning bunday 
berilishi shu bilan izohlanadiki, bunda kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari tabiat to‘g‘risidagi 
fan asoslarini faqat atrof olamning jism va hodisalarini aks ettiruvchi hamda ular o‘rtasidagi 
bog‘lanishlarni ochib beruvchi dastlab oddiy tabiiy obyektlar, keyin esa murakkabrog‘i bilan 
izchil tanishtirib borish jarayonida egallab olishlari mumkin. bu bilan tabiatshunoslikni o‘qitishda 
muntazamlilik tamoyili amalga oshiriladi. O‘qitishning muntazamliligi, ya’ni sistemaliligi bilimni 
bayon qilishda muayyan tizimga amal qilishdan tashqari amaliyot bilan bog‘lanishning xilma-xil 
shakllarini amalga oshirilishini nazarda tutadi. Jumladan: 1) nazariy tabiatshunoslik bilimlarini 
kuzatish va bilib olishga qaratilgan qiziqarli o‘yinlar (bu boshlang‘ich sinflardagi o‘qitish uchun 
xarakterlidir)ni; 2) atrofdagi hayot va qurilish amaliyoti (tabiatga va ishlab chiqarish korxonalariga 
sayohatlar)ni; 3) mehnat ta’limi va ijtimoiy foydali mehnatni; 4) maktaboldi maydonidagi ish va 
unumli mehnat bilan bog‘lanishni nazarda tutadi.
Tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi o‘qituvchining tayyorlanishidan tortib, to o‘quv 
materialini o‘zlashtirish natijalarini, jumladan, sinfdagi, uydagi, sinfdan va maktabdan tashqari 
ishlarni hisobga olishgacha barcha o‘qitish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. O‘qitish amaliyotini 
har tomonlama o‘rgatish va natijalarni keyin ijodiy umumlashtirish asosida o‘qitishning muayyan 
qonuniyatlari belgilanadi hamda uni yanada yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqiladi. 
Chunonchi, o‘rganilayotgan narsalarni (o‘simlik va hayvonlarni) bevosita qabul qilish (bu to‘g‘ri 
tasavvur hosil bo‘lishini ta’minlaydi) qonuniyati asosida predmetli o‘qitishni qo‘llash bo‘yicha 
aniq tadbirlar ishlab chiqiladi.
So‘z yakunida shuni ham takidlab o‘tish kerakki, o‘qituvchi tabiat muhofazasi va tabiiy 
boyliklardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish to‘g‘risida qanday g‘amxo‘rlik qilayotganligini 
gapirib berishi, o‘quvchilarni O‘zbekiston Konstitutsiyasida aks ettirilgan tabiat muhofazasi 
to‘g‘risidagi qonunlar bilan, O‘zbekiston tabiatni muhofaza qilish jamiyatining Ustavi bilan 
tanishtirib borishi kerak. bu kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining ma‘naviy tarbiyasi 
sistemasida katta ahamiyatga ega. Tabiat muhofazasi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik bolalarda kompleks 
tarbiyaning muhim qismi sifatida, vatanparvarlik hissini shakllantirishda, inson va tabiat o‘rtasida 
oqilona o‘zaro munosabat o‘rnatishda g‘oyat katta ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. bahramov A.,“Tabiatshunoslik.”darsligi3-sinf.T:.“cho‘lpon” nashriyoti. 2014.
2. bahramov A., “Tabiatshunoslik.” darsligi 4-sinf. T:. “Sharq” nashriyoti 2014.


178

Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish