10
MA’NODOSHLARNI O‘ZBEK TILI (RUSIYZABON GURUHLARDA)
DARSLARIDAGI O‘RNI
Muslimova Husniya Abdullayevna, Toshkent shahar
Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti huzuridagi akademik litsey,
O‘zbek tili va adabiyoti katta o‘qituvchisi
97-704-60-01
muslimovahusniya@gmail.com
Annotatsiya.
Ushbu maqola o‘zbek tilidagi ma’nodoshlarni (rusiybon guruhlarda) dars
jarayonida qo‘llash va uning ahamiyatiga bag‘ishlangan. Shuningdek, ma’nodaoshlarning nutqdagi
ahamiyati va darsning unumdorligini oshirish maqsadida tahlillar keltirilgan.
Tayanch so‘z va birikmalar:
ma’nodoshlar, sinonim, rusiyzabon.
O‘zbek tili darsi haqida gapirar ekanmiz, o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida “ ko‘prik” qanchalar
mustahkam bo‘lishi kerakligini anglashimiz lozim. Sababi, o‘qituvchi o‘ziga yuklatilgan
ma’suliyatni bajarishi, o‘quvchi esa ana shu ma’suliyatni qanday bajarilganini bildiruvchi omil
hisoblanadi. demak, o‘qituvchi va o‘quvchi birga ishlamog‘i kerak.
Sinonimlar haqida XX asr o‘rtalaridan to hozirgi davrgacha ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan.
Masalan Ya.d. Pinxasovning “ hozirgi zamon o‘zbek leksikasi”(1960), U.Tursunov va
N.Rajabovninglarning “O‘zbek leksikasining ba’zi masalalari” ( Samarqand 1971) bunga yaqqol
misol bo‘la oladi. demak,bu har bir davrning dolzarb muammosi bo‘lgan. Sinonimlar taraqqiyot
bilan ham nafas yuradi. Yangi chet tilidan so‘z o‘zlashishi bilan yana bir qandaydir so‘z uchun
ma’nodosh safi kengayadi. bu esa “ o‘zga tilli guruhlarda” balki yengillikdir. bizning asosiy
muammo bo‘lmish, rusiyzabon guruhlarda o‘zbek tilini chuqurroq o‘rganishda qulaylik desa
bo‘ladi.
Masalan, rusiyzabon guruhlarda “Ma’nodoshlar” ( sinonimlar) mavzusi o‘tilish jarayonini
ko‘zdan kechiramiz. Avvalo o‘quvchilardan ma’nodoshlar haqida so‘raladi. Ular ona tili (Родной
язык) fanida bu mavzuni o‘tishgan . II tilni o‘rganayotgan o‘quvchilar birinchi navbatda har bir s
o‘zning ma’nodoshini topishi lozim. O‘quvchi o‘zi analiz jarayonini amalga oshiradi. U to‘g‘ridan
to‘g‘ri o‘z ona tilidan tarjima qila boshlaydi. O‘zi bilgancha, ma’nodoshlarni topishga harakat
qiladi. Shu tariqa o‘quvchi bir sinonimik qatorda 2 dan ortiq sinonimlarni topa boshlaydi,bu esa
yodlash va qayta eslash imkoniyatini yaratadi. demak, o‘quvchi o‘z –o‘zidan so‘zlarni xotiraga
joylaydi.
O‘qituvchi so‘ng yo‘nalish beradi. Misol asosida har bir so‘zni ma’no va mazmunan ishlatilish
doirasini tushuntirib o‘tadi.
M/n.Gapirdi, baqirdi, shivirladi.
2013-yildagi akademik litsey va kollejlar uchun yaratilgan darslikga e’tibor qaratsak,
R.Rasulovning “O‘zbek tili” darsligida, sinonimlarni tushuntirish asosida ular antonimlarni ham
yozishadi.
O‘quvchi avval sinonimik qatorni to‘ldirib, so‘ng antonimlar ( qarama qarshi ma’noli so‘zlar)
ni topadi. bu holat ham darsning unumdorligini oshiradi.
Misol uchun : Obod, ko‘rkam, ulkan, mitti, mo‘l
-ulkan, yirik, katta, bahaybat, mahobatli - большой
- mitti, kichik, mayda- маленький
Darsda har bir o‘quvchi so‘zni sinonimik qatori bilan ishlashi, dominant (bosh) so‘zni topa olishi,
so‘ng antonimini unga qarama qarshi qo‘ya olishi kerak. Sababi har qanday tilni o‘rganayotganda
avval so‘z boyligini oshirish kerak. bu so‘zlarni yod olish, uning analog va o‘rnini bosuvchi
so‘zlarni bilishi darkorligidir. bu esa o‘zbek tili ( rusiyzabob guruhlarda) darsining muammoli
tamonlaridan biridir.
Aynan hozirgi paytdagi 11-sinfi uchun darslikda esa aynan sinonimlarni xotiraga joylash uchun
mashq va topshiriqlar orqali berilgan. bu esa hozirgi zamon davr talablariga mos. Sababi qaysi
sinonim ma’no va mazmunan to‘g‘ri kelishini ham bilish lozimligini o‘quvchidan talab qiladi.
Masalan, gaplarda qoldirilib ketilgan ma’nodosh so‘zni topishni va sinonimik qator tuzish. bu
narsa o‘quvchining so‘z boyligini oshiradi, xotirasini charxlaydi.
bolalar …………………………… suzilganda kirib kelishdi.
171
10
(ovqat, taom, yegulik)
Oddiygina misol ammo har bir so‘zning ishlatilish o‘rni bor.
Ovqat- har kuni oila davrasida, do‘stlar bilan birga va iste’mol doirasi so‘zlashuv uslubiga hos.
Taom- ovqatga nisbatan ilmiyroq darajaga ega va har kuni emas bir bir bayramlarda
tayyorlanadigan ovqat.
Yegulik- qorin to‘yishi uchun topiladigan narsa -bu ham ovqat.
O‘qituvchi shu tariqa materialni bersa, o‘quvchi uchun esda qolishi osonroq bo‘ladi.Shu qatorda
o‘zbek tilida ma’nodoshlarni ahamiyati va uning tilimizdagi o‘rnini ta’kidlab o‘tiladi.
Ma’lumki, o‘zbek va rus tillari sinonimlarga boy til .Tilshunos olim V.G. Vilyumon
ta’kidlaganidek; “ Sinonimlarning tarjima tahlilida bir xil bo‘lgan qism, birlashtiruvchi leksik
ma’nodan tashqari yana boshqa qismlar ham, har bir sinonimda o‘ziga hos boshqasidan farqli
bo‘ladi”.
Ana shu farqlar har bir tarjima asosida vujudga kelgan sinonimlarni o‘zbek va rus tilida
yashashi va qo‘llanilishini ta’minlaydi. demak, darslarda har bir o‘quvchi o‘zining til boyliklari
va tilning mohiyatini qay darajada egallaganidan kelib chiqib gaplarni sinonimlar orqali tarjima
qiladi. O‘qituvchidan katta mahorat shu yerda, o‘quvchi bilan ham nafas bo‘lib sinonimlarni
ma’no mazmunan to‘g‘riligini tushuntirish talab etiladi. Ahir har qanday inson o‘zicha tarjimon
….O‘zbek tili ( rusiyzabon guruhlarda) darslarida tarjima uchun matnlarning o‘rni ahamiyati juda
katta . Tarjima jarayonida har qanday tarjimon sinonimlarga murojaat etadi. biz bilamizki, tilda
har bir jihatdan bir biriga teng, har jihatdan bir birini qoplaydigan, to‘ldiradigan ikki yoki undan
ortiq so‘zlar bo‘lishiga ehtiyoj yo‘q. demak,sinonim hodisa o‘ziyoq o‘zaro sinonimlarning har biri
o‘ziga hos takrorlanmas hususiyatga egalini isbotlaydi.
M/n.
Men sizlarga darsda gapirib tushuntiraman, siz o‘zingiz xulosa qilasiz.
я Вам на уроке объясняю, вы сами сделайте вывод.
Men sizlarga darsda baqirib tushuntiraman, siz o‘zingiz xulosa qilasiz.
я Вам на уроке крича объясняю, вы сами сделайте вывод.
Men sizlarga darsda shivirlab tushuntiraman, siz o‘zingiz xulosa qilasiz.
я Вам на уроке шепотом объясняю, вы сами сделайте вывод.
Bu misoldan ko‘rishimiz mumkinki, barcha belgilangan so‘zlar kelib chiqishi bo‘yicha
gapirmoq fe’lidan ammo salbiy, ijobiy va neytral ottenkalarga ega.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ma’nodoshlarni nutqdagi ahamiyati beqiyos. Rusiyzabon
guruhlar uchun bu so‘z boyligini oshirish bo‘lsa, ona tili darslarida o‘z ona tilida ta’sirli va o‘rinsiz
qaytariqlarga yo‘l qo‘ymaslik, uslubning ravonligini ta’minlash uchun kerak.
foydalanilgan adabiyotlar.
1. Ona tilidan ma’ruzalar to‘plami. M.A.hamroyev . T.2004 .
2. hozirgi O‘zbek Adabiy tili d.Andaniyozova . G Andaniyozova. Z.Muqimova. T.2014
3. hozirgi O‘zbek Adabiy tili Sh.Rahmatullayev T.2006
4. hozirgi O‘zbek Adabiy tili . h.Muhitdinova. d. hudoyberganova, I.Umirov, N.Jiyanova,
T.Yusupova.T.Ilm ziyo-2004
5. hozirgi O‘zbek Adabiy tili A.Nurmonov, A.Sobirov, N.Qosimova. T.Ilm ziyo – 2013
172
Do'stlaringiz bilan baham: |