10 BOLANING NUTQI RAVON BO‘LSIN Murotova Shohista Tuychiyevna Qarshi shahar 40- maktabning boshlanĝich sinfi o‘qituvchisi Ravshanova Zulayho Aminovna Chiroqchi tuman 108 -maktabning boshlanĝich sinf o‘qituvchisi tel:998905480038 zulayho@gmail.com Anotatsiya: Bola nutqini rivojlantirish, asosiy dolzarb masalalardan biridir. Kalit so‘z: bola, nutq, ta’lim,tarbiya, gap, matn Bugungi kunda mamlakatimuzda bolalarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun barcha imkoniyatlar
yaratilgan. Ayniqsa ta’lim muassasalarida boshlanģich sinflarda bola nutqiga e’tibor berish,so‘zlarni
chiroyli talaffuz qilish,mavzu va matnlarni, she’rlarni ravon aytish voqea va hodisalarni ongli
tushuntirib berish bola nutqiga qo‘yiladigan asosiy talablardan biridir.
O‘quvchilar nutqini shakllantirish uchun har bir o‘qituvchi bir necha usullardan foydalanib ish
olib boradi.bulardan bir nechasini aytib o‘tishni joiz deb bilamiz.
So‘z birikmalari, gap va matn tuzish.
Tilning luģat boyligini oshiris Ovoz ritmi, past - ba -
landligi,va artikulyatsiyadan to‘gri foydalanish mashqlari
har bir bola bilan induvidal suhbat olib borish.
biz bilamizki 6-7 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqi sodda va obrazli bo‘ladi. Shu
davrda bola nutqi rivojlanish vaqti bo‘lib uning tafakkuri, onggi bola nutqining rivojlanishiga
yordam beradi.
O‘quvchilar nutqini oshirishning yana bir muhim jihatlaridan biri ko‘p kitob o‘qishdir. kitob
bola nutqini oshiruvchi asosiy omildir.kitob o‘qigan bolalarning fikrlashi, so‘zamolligi yorqin va
boy bo‘ladi.Nutqi boy o‘quvchi o‘z fikrini erkin va aniq bayon etadigan bo‘lib kamol topadi.
Boshlangich sinf o‘quvchilarini nutq madaniyatini shakllantirish uchun o‘qish, odobnoma va
sinfdan tashqari o‘qish darslariga nutq o‘stirish maqsadida qiziqarli o‘yinlar, metodlar orqali dars
o‘tiladi.
Masalan «ertakni davom ettiring», maqollar ma’nosini tushuntirib berish, qarama qarshi so‘zlar
tuzish (baland past, qattiq yumshoq) kabi o‘yinlarni guruhlarga bo‘lib bajartiriladi.
dars so‘nggida biror rasmli hikoyani oģzaki so‘zlab berish orqali fikrini bayon qilinadi.
Nutqi past o‘quvchilarni qisqa savol javoblar orqali mustahkamlab borish maqsadga mu-
vofiqdir.
Umuman olganda bola nutqining ravon bo‘lib shakllanishi uchun oilada ota-onalar va maktab
hamkorligida bola bilan shugullanish lozim.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. bolalar psixologiyasi
2. Internet nashri