Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


O‘QUVCHILAR FIKRLASH QOBILIYATLARINI O‘STIRISHDA QIZIQARLI



Download 3,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/246
Sana14.08.2022
Hajmi3,75 Mb.
#847030
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   246
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
O‘QUVCHILAR FIKRLASH QOBILIYATLARINI O‘STIRISHDA QIZIQARLI 
MASALALARNI ECHISH USULLARINI QO‘LLASH
Usmonova Nafosatxon Ergash qizi
Farg,’ona viloyat Yozyovon tuman 
29- maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.
Tel: +998- 91-110-79-66
Annotasiya: 
boshlangʻich sinflarda oʻquvchilar fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishda qiziqarli 
masalalarni echish usullari haqida soʻz boradi.
Kalit soʻzlar: 
masalalarni tasvirlash usuli, bolalarga hisoblash usulini oʻrgatish, arifmetik 
masalalar yechish, geometrik figuralar,
Masalalarni tasvirlash usuli. Masaladagi berilgan sonlarning nechtaligini ta‘kidlashga va ular 
oʼrtasidagi munosabatlarini aniqlay bilish koʼnikmasini rivojlantirishga imkon beruvchi eng 
muhim matn usuli-masalani tasvirlashdir. bolalarning narsalarning chizmada tasvirlash usullari 
bilan tanishishi ham foydalidir. dastlabki 1-2 ta masalani oʼqituvchining oʼzi tasvirlab chizadi.
Oʼqituvchi doskaning ichiga 5 ta qoʼziqorin va uning oldiga bitta qoʼziqorin solingan savatchaning 
rasmini chizdi. bolalar oʼqituvchi qanday maslalni chizganini topganlaridan kiyin oʼzlari hohlagan 
narsalar haqida masala tuzadi. bolalarni masalaning javobi emas, balki masala shartini chizish 
kerakligi haqida bosh qotirish kerak, oʼqituvchi tez chiziladigan narsalarni tanlash haqida maslahat 
beradi. U bir nechta yaxshi chiqqan va 1-2 ta yaxshi chiqmagan rasmlarni tanlab oladi. bolalar 
kim qanday masala tuzganini topadilar. Ular qaysi rasm boʼyicha masala tuzish mumkin, qaysi 
rasm buyicha.masla tuzib boʼlmasligini, nima uchun xatosi nimada ekanligini aniqlaydilar. Rasmda 
masalada berilgan sonlar koʼrsatilishi kerakli haqida ishonch hosil qilinadi oʼzaro tekshirish olib 
borilsa yaxshi boʼladi. Ayirishga oid masala tuzishda koʼpincha ikkita rasm chizishga toʼgʻri keladi, 
birida kamayuvchi, ikkinchisida qoldiq va ayiruvchi chiziladi. Masalan: birinchisida 6 ta archa, 
ikkinchisida 5 ta archa chiziladi.bolalarga hisoblash usulini o‘rgatish. bolalar arifmetik amallarni 
ifoda etishga va uni asoslab berishga oʼrganib olganlaridan kiyin ularni hisoblash usullari bilan 
tanishtirish mumkin. Ular qoʼshish va ayirishni 1 ni qoʼshib va ayirib oʼrganib olishlari kerak. 
bolalar ushbu usullarni egallab borishda qoʼshni sonlar oʼrtasidagi bogʼlanish va munosabatlarni 
tushunishga hamda sonlaming birliklaridan iborat tartibini bilishga tayanishlari lozim. Arifmetik 
amallarni oʼrgatish jarayonidagi mashgʼulotning bir qismi sonlarni solishtirish va sonlarning 
birliklaridan iborat tarkibi haqidagi bilimlarni mustahkamlashga oʼrgatadi. 
bolalarga hisoblash usullarini qanday oʼrgatish mumkin? Rasm buyicha quyidagi masalani 
tuzishni taklif etish mumkin. bolalarni arifmetik amallarni ifoda etishni hisoblash usullaridan farq 
qila bilishga oʼrgatish uchun qoʼshishda + “ga” ayirishda -”dan” qoʼshimchalaridan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. bolalar hisoblash vaqtida olingan javob bilan birga arifmetik amallarni 
takrorlaydilar. Shunday kiyingi ular masala savoliga javob beradilar. dastlab bolalar koʼrsatma 
material asosida keyinroq miyada sonlarning toʼgʻri va teskari ketma- ketligi haqidagi bilimlar 
hamda ular masala oʼrtasidagi bogʼlanish va munosabatlarni tushunishiga asoslanib hisoblaydilar.
Arifmetik masalalar echish. Masala echishda “ qoʼshish “ “ ayirish” “ barobar” matematik 
atamalaridan foydalanish zarur. bolalar “ yozishni” mashq qiladilar. 1-2 bola mustaqil “ yozganlarini 
“oʼqib beradilar. “3 ta sharga 1 ta shar qoʼshilsa 4 ta shar boʼladi”. bolalar koʼpincha masalani hikoya, 
topishmoq bilan aralashtirib yuboradilar. Masalan: Akvariumda 6 ta baliq bor edi. Yana bir necha 
baliq solib quyishdi. bu masalani echish mumkinmi? Yoki 4 ogʼayni bitta tom tagida yashaydi. bular 
masala emas, balki hikoya va topishmoqdir. Masalada eng kamida ikkita son ishtirok etishi uqtiriladi. 
Geometrik figuralar bolalarni geometrik figuralar bilan tanishtirishning asosiy 
vazifasi koʼpburchaklar bilan tanishtirishdir. Uchburchak, kvadrat, toʼgʻri toʼrtburchaklar 
koʼpburchaklarning turlari sifatida qaraladi. dastur mazmuni shunday tuzulganki uni oʼzlashtirish 
natijasida bolalarning koʼpburchaklar turlari haqidagi umumiy bilimlari kengayadi. bu bolalarda 
elementar matematik tafakkurni oʼstirishga imkon beradi. figuralarning moddalari bilan 
shugʼullanish jarayonida bolalarning koʼpburchakning ba‘zi bir xususiyatlari haqidagi tasavvurlari 
shakllanadi. koʼp burchaklar tomonlari burchaklari tengligi bilan aniqlanadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Jumaev M.E, boshlangʼich sinflarda matematika oʼqitish metodikasi Toshkent. ―Ilm Ziyo‖ 
2003 yil.
2. Jumaev M.E, bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. 
(khk uchun ) Toshkent. ―Ilm Ziyo‖ 2005 yil.
3. Jumaev M.E,, boshlangʼich matematika nazariyasi va metodikasi. Toshkent. ―Arnoprint‖ 
2005 yil.


87

Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish