Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


TABIAT DARSLARIDA “VENN DIAGRAMMASI” METODINI QO‘LLASH



Download 3,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/246
Sana14.08.2022
Hajmi3,75 Mb.
#847030
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   246
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
TABIAT DARSLARIDA “VENN DIAGRAMMASI” METODINI QO‘LLASH 
YO‘LLARI
Urakbayeva Dilfuza Musurmonovna
Sirdaryo viloyati Guliston tumani
11- umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Telefon: +99899 346 9327
Annotatsiya.
 
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf tabiat darslarida “Venn diagrammasi” 
metodini qo‘llash imkoniyatlari va u asosda o‘quvchilarda taqqoslash, umumlashtirish 
yo‘nalishlarini egallash yo‘llari haqida to‘xtalib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: 
“Venn diagrammasi” metodi, tahlil, taqqoslash, umumlashtirish, tabiat.
“Venn diagrammasi” metodi o‘quvchilarda mavzuga nisbatan tahliliy yondashuv, ayrim qismlar 
negizida mavzuning umumiy mohiyatini o‘zlashtirish (sintezlash) ko‘nikmalarini hosil qilishga 
yo‘naltiriladi. U kichik guruhlarni shakllantirish asosida aniq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Yozuv taxtasi o‘zaro teng to‘rt bo‘lakka ajratiladi va har bir bo‘lakka quyidagi sxema chiziladi:
O‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan o‘zaro yaqin nazariy bilim, ma’lumot yoki dalillarni 
qiyosiy tahlil etishga yordam beradi. Undan muayyan bo‘lim yoki boblar bo‘yicha yakuniy 
darslarni tashkil etishda foydalanish yanada samaralidir.
“Venn diagrammasini qo‘llash jarayonida har bir guruh muayyan mavzuga oidtopshiriqlarni 
bajaradi. O‘quvchilarning e’tiborlariga quyidagi jadvalni taqdim etish mumkin:
“Venn diagrammasi” metoddan o‘rganilgan, bir-biriga bog‘liq mavzularni tahlil qilish, 
solishtirish, taqqoslash va mustahkamlashda foydalanish yaxshi samara beradi. Undan foydalanish 
bosqichlari:
- o‘quvchilar ikki guruhga bo‘linadi;
- plakatga chizilgan diagramma doskaga osib qo‘yiladi;
- har bir to‘g‘ri fikrga qo‘yiladigan ball oldindan kelishib olinadi;
- qo‘yilgan topshiriq bo‘yicha guruhlarning har qanday to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri fikrlari bir 
talaba-o‘quvchi tomonidan ikki xil rangdagi flamasterda diagrammaning tegishli joylariga yozib 
boriladi;
- kichik guruh ichidan o‘quvchi sheriklarining ismi-shariflari to‘g‘risiga ular aytgan 
fikrlarni qayd qilib boradi;
-fikr bildirishlar nihoyasiga yetgach o‘qituvchi va o‘quvchilar hamkorligida to‘g‘ri va 
noto‘g‘ri javoblar aniqlanadi; 
- to‘g‘ri javobga uch ball qo‘yiladigan bo‘lsa, har bir noto‘g‘ri fikr uchun guruhning 
umumiy balidan uch ball olib tashlanadi;
- eng ko‘p ball to‘plagan guruh g‘olib hisoblanib ular rag‘batlantiriladi;
- bu jarayonda kichik guruhda qayd etilgan javoblarning noto‘g‘rilari o‘chirib chiqiladi va 
natijalar e’tiborga olingan holda o‘quvchilarga tabaqalashtirilgan ball yoki baho qo‘yiladi.
1-sinf “Atrofimizdagi olam” darslarida quyidagi mavzularda “Venn diagrammasi” metodidan 
foydalanib kelaman: “Uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar” mavzusi asosida quyidagicha qo‘llash 
mumkin:


84
10
“Hashorotlar’ mavzusida avval mavzuga oid multimedia namoyish etiladi, so‘ngra “Venn 
diagrammasi” metodida tahlil qilish vazifasi beriladi:
3-sinfda “Sog‘lom bo‘lay desangiz?” mvzusi asosida quyidagicha foydalaniladi:
4-sinda “Sayyoralar” mavzusida ham “Venn diagrammasini quyidagicha qo‘llash imkoniyati 
mavjud:
Boshlang‘ich sinf tabiat darslarida ”Venn diagrammasi” metodidan foydalanish asosida quyi-
dagilar shakllanadi:
- bolalarning tabiat va jamiyat haqida tushunchalari kengayadi ;
- mantiqiy tafakkur yuritish imkoniyatlari yuzaga keladi ;
- bolalarni solishtirish, taqqoslash asosida umumiy jihatlarini yuzaga keltira olishlarini 
imkoniyatlari kengayadi ;
Tabiatshunoslik o‘qitishning mazmuni va metodlari o‘quvchilarga dastur talab qilgan hajmda 
puxta bilim berish ko‘nikma va malaka hosil qilishga ko‘maklashishi lozim.
Tabiatshunoslik bоlalarning tafakkur qilish faоliyatlarini kеngaytirishga, erkin fikrlay оlishi, 
o‘zgalar fikrini anglashi, o‘z fikrlarini оg‘zaki va yоzma ravishda ravоn bayоn qila оlishi, jamiyat 
a’zоlari bilan erkin mulоqоtda bo‘la оlish ko‘nikma va malakalarini rivоjlantirishga хizmat qiladi. 
Yuqorida ta’kidlangan o‘quvchilarni mustaqil ijodiy fikrlashga yo‘naltiruvchi ”Venn 
diagrammasi” metodi asosida o‘rganish imkonini bersa, mavzuning tub mohiyatini anglash 
faollikni yuzga keltirish vaziyatlari hosil qilinadi.


85
10
Foydalanilgan adabiyotlar
1. “boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitish metodikasi” moduli bo‘yicha o‘quv-metodik majmua 
T-2018 1-qism.
2. Tolipov O‘, Usmonbekova M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari. T-2006.
3. Yo‘ldoshev J.G‘, Usmonov S. A. Pedagogik texnologiya asoslari. T-, 2004.
Darsliklar:
1. Mamadinova N va b.q”Atrofimizdagi olam“1-sinf darsligi.T-2019- yil.
2. Gulomov P va b.q “Atrofimizdagi olam“2-sinf darsligi. T-2018- yil.
3. bahramov.A va b.q “Tabiatshunoslik“ 3-sinf darsligi.T-2019- yil.
4. bahramov A va b.q “Tabiatshunoslik“ 4-sinf darsligi.T- 2017-yil.


86

Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish