10
MAKTABLARDA TEXNOLOGIYA DARSLARINI TASHKIL ETISHDA
INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI.
Mirakhmedova Umida Akbarovna
Toshkent viloyati Zangiota tumani
19-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Texnologiya fani o‘qituvchisi
Tel: 99 877 53 76
Annotatsiya:
Ushbu maqolada
bugungi kunda maktablarda texnologiya darslarini tashkil
etishning zamonaviy metodlari va shakllari haqida hamda ushbu metodlarning afzalliklari haqida
fikr mulohazalar yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
innovatsion texnologiyalar, “axborotli o‘qitish”, multimediyali ta’lim
texnologiyalari, animatsion ta’lim metodi, konfutsiy, ko‘rgazmali ta’lim, Abdulla Avloniy.
Hozirgi kunda mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarini innovatsion jarayonlarsiz, ta’lim
tizimini esa kompyuter texnalogiyalarisiz tasavvur qilish qiyin. Ta’lim tizimida olib borilayotgan
islohatlar, yangiliklar markazida o‘quvchi ta’lim jarayonining sub’yekti faol ishlovchiga aylanadi.
Mehnat darslarida yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalardan foydalanish o‘quvchini dars
jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan bo‘lib, mehnat asoslari materiallarini
uning egallagan bilim, ko‘nikma va malakalariga tayangan holda puxta o‘zlashtirishni ta’minlaydi.
Ayniqsa, ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga qo‘llashga bo‘lgan qiziqish,
e’tibor kundan- kunga kuchayib bormoqda. buning sabablaridan biri, o‘quvchilar zamonaviy
texnologiyalar yordamida egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib,
tahlil qilishlariga, xatto va xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi
bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi
va shu bilan ta’lim jarayonida tinglovchi asosiy o‘rin egallaydi. An’anaviy o‘qitish tizimi, aytish
mumkinki, yozma va og‘zaki so‘zlarga tayanib ish ko‘rishi tufayli “axborotli o‘qitish” sifatida
tavsiflanadi, chunki o‘qituvchi faoliyati birgina o‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas,
balki nufuzli bilimlar manbayiga aylanib borayotganligini ta’kidlagan holda baholanmoqda.
Bugungi zamonaviy maktablar davr talabiga aylanib borayotgan bir paytda eskicha ta’lim
standartlari talabga javob bermaydi. Shuning uchun ham, maktablarda zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan foydalanishga o‘tish talab etilmoda. Jumladan, zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan biri bo‘lgan axborotlashtirilgan multimediyali ta’lim texnologiyalarini
mehnat ta’limiga joriy etish orqali o‘tiladigan mavzular mazmunini o‘quvchilar ongiga to‘liq va
mukammal ravishda singdirish, innovatsion vositalar bilan tanishtirish muhim ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, mehnat ta’limida multimediyali vositalardan samarali foydalanishning o‘ziga
xos afzalliklari ham bor.
Bularni quyidagicha ifodalashimiz mumkin
─Ta’limda ko‘rgazmalilik eng asosiy o‘rinlardan birini egallaydi;
─O‘quvchini izlanishga undaydi;
─O‘quvchi bir vaqtning o‘zida ko‘radi, uni eshitadi, o‘quvchilarga kengroq qamrovdagi va
kattaroq hajmdagi materiallarni tezroq etkazib beradi;
─O‘quvchi tafakkurini faollashtirib, ijodkorlik qobilyatlarini shakllantiradi;
Shu o‘rinda ta’kidlash o‘rinliki, bunday zamonaviy usullar yordamida ta’limni tashkil etish
orqali darsning samarali, o‘quvchilar uchun esa mazmunli bo‘lishini ta’minlash mumkin bo‘ladi.
Zero, buyuk faylasuf Konfutsiy aytganidek: “Men nimani eshitsam unutaman, nimani ko‘rsam
xotiramda saqlayman, nimani o‘zim bilsam tushunaman”. Shuning uchun, ta’lim jarayonida
o‘quvchi-talabalarni faol bo‘lishini talab etadigan bir qator uslublar, ya’ni zamonaviy pedagogik
va axborot texnologiyalarini qo‘llashda yaxshi samara berishi o‘z ahamiyatini ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, mavzular mazmunini yoritishda animatsiyalardan foydalanishning keng
imkoniyatlari asosida o‘quvchilarda ijodkorlik, aqliy va jismoniy qobilyatlarini rivojlantirish,
garmonik rivojlanishi, fantaziyasini boyitish, badiiy did va estetik mahoratni shakllanishi,
diqqat va tasavvurni aktivlashtirish, rang tasvir uyg‘unligini anglash, ajratish kabi jarayonlarni
shakllantirishga erishish mumkin. Ta’limning ushbu turi keng imkoniyatlarga egadir. chunonchi,
birinchi o‘rinda o‘quvchi darsga qiziqadi, o‘qituvchi tomonidan ushbu dars mo‘ljallangan
81
10
topshiriqni qunt bilan bajarishga harakat qiladi. Zero, darsning qanchalik samarali tashkil etilishi
birinchi navbatda pedagogning mahorati hamda darsda qo‘llaydigan innovatsion metodlariga
bog‘liqdir.
Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, mustaqil, har tomonlama kamolga yetgan barkamol
inson uchun zarur bo‘lgan ma’naviyat qirralari iymon, e’tiqod, vatanparvarlik, insonga cheksiz
muhabbat do‘stlik, sadoqatlik, mehnatsevarlik, milliy g‘urur kabi fazilatlarni shakllantirishi zarur.
Buyuk allomalarimiz qilgan og‘zaki va yozma ijodiyot avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan iymon,
e’tiqod sirlarining nazariy va amaliy jihatdagi bilimlar bilan yoshlarni qurollantirish lozim. bu
o‘rinda maktablarda o‘tiladigan texnologiya darslarining ahamiyati yuqoridir. Sababi ushbu darslar
orqali bola ongida mehnatsevarlik, ijodkorlik, milliy hunarmadchilikka qiziqish va hurmat hissini
oshirishga erishish imkoni paydo bo‘ladi. buyuk bobomiz ta’kidlaganlaridek, Abdulla Avloniy
“Aziz do‘stlar oltin va kumushi bo‘lmagan odam kambag‘al emas, balki es-xushi va kasb-hunari
bo‘lmagan kishi kambag‘aldir”.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. R.A. MAVLONOVA, M.T. SATbAYEVA - “Mehnat o‘qitish metodikasi” - “NOShIR”
TOSHKENT – 2013
2. N. X. Avliyaqulov, N. N. Musayeva - “Pedagogik texnologiya”- “Tafakkur bo‘stoni” –
Toshkent 2012
82
Do'stlaringiz bilan baham: |