Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


OILADA BOLALARGA MEHR VA CHEKLOVLARNI ME’YORIDA



Download 3,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/246
Sana14.08.2022
Hajmi3,75 Mb.
#847030
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   246
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
OILADA BOLALARGA MEHR VA CHEKLOVLARNI ME’YORIDA
BERISHNING AHAMIYATI
Sharipova Nodiraxon Obitovna
Namangan viloyati Chortoq tumani
53-sonli DIUM amaliyotchi psixologi 
nodirahonsaripova07@gmail.com 
Anotatsiya: 
ushbu maqolada oilada bolalarga ko‘rsatiladigan mehr va cheklovlarning
me’yorida ko‘rsatilishi, mehrning mazmun-mohiyati, bola psixikasiga ta’siri, cheklovlarning
ijobiy va salbiy tomonlari, ota-onalar tomonidan qay darajada qo‘llash to‘g‘risidagi fikr va
tavsiyalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
ota-ona tomonidan ko‘rsatiladigan mehr, cheklovlar, o‘smir psixologiyasida
hissiyot va ehtiyojlarni hisobga olish, oilada qoidalar ishlab chiqish. 
Hozirgi kunda ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik-psixologik nuqtayi nazardan qarovsiz
qolgan, tarbiyasi og‘ir, tartibbuzar va huquqbuzarlikka moyil deviant xatti-harakatli yoshlar
bilan tarbiyaviy va profilaktik ishlar olib borishga katta ahamiyat berilmoqda. bola xulq-
atvoridagi bu kabi og‘ishlarning sabablari oilada ota-onalarning haddan tashqari bandligi, 
oila o‘zining asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan farzand tarbiyasi jarayoniga befarqligi, bola
tarbiyasiga kerakli e’tiborni berilmayotganligi bo‘lishi mumkin.bunday bolalarga qanday
yordam berish mumkin? Ularning ota-onalariga qanday maslahat berish mumkin? Ayni damda
oilada bolalarga beriladigan mehr va cheklovlar haqidagi fikr va tavsiyalarni ko‘rib chiqish
kerak. O‘smirlik davriga o‘tish jarayonida ota-onalar farzandlarini halol, mehnatsevar, rostgo‘y,
tartibli, mas’uliyatli, atrofdagilarga g‘amxo‘r, ishonchli kabi fazilatlarga ega bo‘lishlarini juda
istaydilar. bu borada ikki xil toifadagi oilalarni ko‘rib chiqamiz. 
Birinchi toifadagilar: o‘zlariga qat’iy nazorat o‘rnatgan, talabchan ota-ona qiyofasini
yaratadilar. bu davrda o‘smirga ikkita narsa zarur bo‘ladi: MEhR va chEkLOVLAR. 
Bunday ota-onalar bolalari uchun qat’iy cheklovlar o‘rnatish va ayni zamonda ularga
mehribon bo‘lib qolish qiyin bo‘ladi. buning o‘rniga ular ayniqsa, o‘z ruhiy ta’sirlanishlarini
yengish uchun o‘zlarini goh u yoqqa, goh bu yoqqa uradilar. Ayrim ota-onalar doimo
faqat ularning aytgani bo‘lishlarini, ularning talablari birinchi o‘rinda turishini xohlaydilar. 
Bunday ota-onalar bolalarini nazorat qilib turadilar va ularga “Ha”, “Balki” deb javob
berish mumkinligi to‘g‘risida hech o‘ylab ko‘rmasdan faqat “Yo‘q” deb javob beradilar. 
Bunday ota-onalar haddan tashqari ko‘p qoida o‘rnatadilar yoki ehtimol ularning bolasi
mukammal bo‘lishi va hech qachon xato qilmasligini xohlasalar kerak. Ikkinchi toifadagilar: 
hushfe’l, ko‘ngilchan bo‘lib bolalar istaklari ular uchun birinchi o‘rinda, bolalarga yo‘q
deyish juda qiyin, qoidalar kam. Qarashlari shunday bo‘lgan ota-onalar barchasi bola
istaganidek bo‘lishi kerak deb hisoblaydilar. bunday ota-onalar farzandlari xohishini
bajarib, bola uchun va butun oila uchun aslida nima yaxshiroq bo‘lishi to‘g‘risida hech
o‘ylab ko‘rmaydilar. Natijada ular bolalaridan ko‘p narsa kutmaydilar. 
Xulosa qilib aytganda, biz qat’iy nazorat qiladigan va aksincha ko‘ngilchan va
ikkilanuvchan ota-ona misollarini ko‘rdik. bu oilalarga nazar tashlab, ota-onalar o‘ta
talabchan ham emas, juda bo‘sh ham emas, o‘rtacha pozitsiyani egallaydigan, ya’ni
qoidalarni belgilab ularga amal qiladigan va ayni paytda bolaning hissiyotlarini e’tiborga
oladigan, uni yaxshi ko‘rishi va hurmat qilishini namoyon qiladigan oilalarda bolalar
o‘zini yaxshiroq tutishadi. Oilada ota-onalar tomonidan mehr va cheklovlarni me’yorida
belgilash nafaqat oilaga, balki jamiyatga ham ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Maktab va hayot. (Ilmiy-metodik jurnal). – Toshkent. 2014.
2. debbi Alen., R.fokskroft. Oksford bruks universiteti professorlari tomonidan tuzilgn
“Mustahkam oila” dasturi. 1-qism. – 2019-yil, yanvar.


76

Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish