10
“G‘ARBIY QIT’A”
Siddiqov Qobiljon Parxodjonovich
Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani 31-umumiy o‘rta ta’lim
maktabida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi
Telefon: +998(93) 405 03 08
Annotatsiya:
Quyida berilgan ilmiy maqolada “G‘arbiy qit’a” to‘g‘risida pedagogik nuqtai
nazardan yondashishga harakat qilingan ya’ni - Аmerika qit’asi bilan 1492-yilgi, kolumb
sayohatigacha Amerikaga kelgan turli millatlar, italiyalik Toskanellining va Beruniyning yer
sharining shakli to‘g‘risidagi qarashlari va boshqa ilmiy ma’lumotlar berishga qisqacha harakat
qilingan.
Kalit so‘zlar:
Аmerika, Xristofor kolumb, Portugaliya, Madeyra, Skandinav, kurka, R. Svit,
“Terra Аustralis inkognito”, Teskari yerlar, Toskanelli, hindiston, chipangu, Martin bexaym,
Ma’mura, hamqutr, Said hasan boroniy, “Qonuni Mas’udiy”, “Saydana.
Аmerika qit’asini 1492-yil oktyabr oyida dengiz sayyohi Xristofor kolumb kashf etgan
deyiladi. Аmmo Аmerika qit’asinnng kolumb kashf etishidan ilgari ham ma’lum bo‘lganligi
to‘g‘risida keyingi 40 – 50-yil ichida bir qancha hujjatlar topildi. XV asr o‘rtalaridayoq
portugaliyalik dengizchilar Аmerikaning markaziy orollariga borib-kelib turganlar, lekin o‘z
safarlarini sir tutganlar; bu haqdagi yozma axborotlar, kemalarning kundalik daftarlari Portugaliya
va unga qarashli Madeyra oroli hokimlarining arxivlarida qolib ketgan. hatto, qadimiy amer
-
ikalik sayyohlarning o‘zlari Yevropaga kelib-ketib turganlar, degan taxminlar ham yo‘q emas.
Skandinavlar ham Аmerikaga borganlar va ba’zi buyumlarni, chunonchi, kurkani birinchi marta
shu yerdan olib kelganlar, degan mulohazalar ham bor
1
.
Xozirgi tarixiy-geografik asarlarda Аmerikaga Markaziy afrikaliklarning kolumbdan oldin
borganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor, Ganalik rassom R. Svitning afrikaliklarning mahalliy
amerikaliklar bilan do‘stona uchrashuvlari manzarasini tasvirlagan surati ham mavjud. XV as
-
rdan oldin Аmerikaga xitoylar, yaponlar, finikiyaliklar, arablar, inglizlar borganligi ham tilga
olinmoqda. Yangi tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Аmerikaga dastlab gruzinlar va basklar borganga
o‘xshaydi. Xullas, Аmerika qit’asiga birinchi bo‘lib kolumb borgan emas. Lekin keyinchalik
Аmerika deb atalgan “Yangi qit’a”ning kashf etilishida kolumb safarining tarixiy ahamiyati juda
kattadir.
Kolumb sayohatigacha Yevropa olimlari yer sharini ikki pallaga, ya’ni g‘arbiy va sharqiy
yarimsharlarga ajratib, g‘arbiy yarimshar asosan suvlikdan iborat, quruqlikning hammasi faqat
sharqiy yarimsharda, deb o‘ylaganlar. Ularning fikricha, butun dunyo ana shu ko‘hna Yevropa,
Аfrika va Osiyodan, ehtimol, Janubiy quruqlikdan iborat bo‘lgandir. Аntik dunyo va o‘rta asr
Yevropa olimlarining Janubiy Noma’lum yer (“Terra Аustralis inkognito”) to‘g‘risidagi ko‘pgina
farazlari diqqatga sozovordir. Lekin g‘arbda, Аtlantika okeani orqasida yaxlit quruqlik bo‘lishi
mumkinligi to‘g‘risida ular biror asosli fikr ayta olmaganlar. Qadimgi olimlardan ba’zilari faraz
qilgan Аtlantida va Аntipodlar (teskari yerlar) haqidagi fikrlar o‘rta asrlardayoq unutilib ketgan.
hozirgi tarixiy-geografik kitoblarning chet tillarda bosilganida ham, rus tilidagilarida ham
Аmerika qit’asi kashf etilishi arafasida Yevropa olimlarining allaqanday “bashoratlari” tilga
olinadi. Jumladan, italiyalik Toskanellining Yerning sharsimonligiga asoslanib, hindistonga
bormoq uchun sharqqa yursa ham, g‘arbga yursa ham bo‘ladi, degan fikri kolumbga dalda
bergan, deyiladi. Toskanellining bunday “yo‘l ko‘rsatishi” oqilona fikr; biroq bu, g‘arbda yangi
quruqlik bor degan so‘z emas. Uning chizib bergan kartasi bo‘yicha Ispaniyadan g‘arbga tomon
yurib to‘ppa-to‘g‘ri chipangu (Yaponiya) dan chiqish, so‘ngra hindistonga borib yetish kerak edi;
uning kartasiga qaraganda yo‘lda boshqa hech qanday quruqlik uchramaydi. demak, Toskanelli
Аmerika qit’asi borligini xayoliga ham keltirmagan edi.
Martin bexaym ishlagan globusda sharqiy yarimshardagi yerlargina ko‘rsatilgan. bu globusda
G‘arbiy Yevropa bilan Sharqiy Osiyo orollari orasida (ya’ni Tinch okean bilan Аtlantika o‘rtasida)
hech qanday quruqlik yo‘q.
Shunday qilib, Аmerika qit’asi tasodifan kashf etilgan; uning borligini biron bir yevropalik
1
Do'stlaringiz bilan baham: |