Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMIGA INNOVATSION YONDASHUV



Download 3,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/246
Sana14.08.2022
Hajmi3,75 Mb.
#847030
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   246
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMIGA INNOVATSION YONDASHUV
Xudayberganov Sarvar Davlatyorovich 
Xorazm viloyati, Shovot tumanidagi 16-sonli umumta’lim maktabining 
 Milliy g‘oya va huquq fani o‘qituvchisi Telefon raqami: 99899-968-45-42
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada ta’lim tizimida keng qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar 
va zamonaviy metodlar so‘z boradi. Interfaol usullar ta’lim sifatini oshirishga va o‘quvchilar 
faolligini, iqtidorini yuzaga chiqarishga yordam beradi.
Kalit so‘zlar: 
Innovatsiya, texnologiya,Venn diagrammasi, keys-stadi, klaster.
Shiddat bilan rivojlanayotgan hozirgi kunda barcha sohalarga jadallik bilan innovatsion metodlar 
va zamonaviy texnologiyalar kirib kelmoqda. Shu jumladan men xizmat qilayotgan ta’lim tizimida 
ham keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilishga, kadrlar 
tayyorlash sifatini tubdan takomillashtirishga, xorijiy mamlakatlar tajribasini tadbiq etishga 
jiddiy e’tibor qaratila boshlandi. Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning yangi taxrirda yaratilishi, 2017-
yil 8-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi faoliyatini takomillashtirish 
to‘g‘risida “gi, qolaversa “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi “da ham ta’lim sohasini tubdan takomillashtirishga oid tizimli 
islohotlar ko‘zda tutilgan .
Shu o‘rinda innovatsiya atamasiga to‘xtalib o‘tsam, innovatsiya so‘zi inglizcha “yangilik 
kiritish”,” yangilik” degan ma’noni ifodalaydi. Texnologiya esa yunoncha “texnos”-san’at, mahorat 
va “logos “-fan degan ma’noni anglatadi. bu ikkala so‘z birgalikda ta’lim tarbiyaning yangi 
shakllari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik kiritish demakdir. Zamonaviy pedagog ilg‘or 
innovatsion texnologiyalar va AkT materiallaridan unumli foydalana bilishi kerak. Innovatsion 
texnologiyalarning asosiy maqsadi o‘qituvchi va o‘quvchi mushtarakligiga erishish, o‘quvchilarni 
fanga qiziqtira olish, ta’limga bo‘lgan munosabatni o‘zgartira olish, o‘rganilgan bilimlarni ijtimoiy 
sharoitlarda qo‘llay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishdan iboratdir.
Innovatsion ta’lim tizimi ko‘pgina pedagog olim va izlanuvchan tadqiqotchilar tomonidan juda 
qiziqish bilan o‘rganilmoqda. Ularning fikricha ta’limdagi innovatsion faoliyat shaxsni axloqiy 
jihatdan takomillashtirishga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatli amaliyot sifatida muhimdir, chunki u 
jamiyatda mavjud bo‘lgan barcha amaliyot turlarini o‘zgartirishga qodir. Ta’limdagi innovatsion 
jarayon –bu o‘quv amaliyotini takomillashtirish, innovatsiyalarga asoslangan ta’lim tizimini 
rivojlantirish (V.I.Zagvyazinskiy). T.I.Shamova quyidagicha fikr bildirgan: innovatsion jarayon 
yangi tarkibning shakllanishi va rivojlanishini aks ettiradi. Ta’limdagi innovatsion jarayonlar bir-
biridan ajratilgan holda mavjud emas, lekin ular o‘zaro ta’sir o‘tkazishadi. Pedagogik innovatsiya 
ko‘p qirrali va murakkab hodisadir.
Men bu fikrlarni umumlashtirgan holda, pedagogik innovatsiya deganda o‘qituvchi va 
o‘quvchining birgalikdagi faoliyatini tashkil etishda qo‘llaniladigan yangi metod va shakllar 
deb tushunaman. Zamonaviy pedagog bilishi va qo‘llay olishi lozim bo‘lgan texnologik bilimlar 
quydagilardir:
AkT bo‘yicha bilim,ko‘nikma va malakaga ega bo‘lish ;
Ta’lim jarayonini tashkil etishda didaktik o‘yinlardan, interfaol usullardan foydalanish 
mahoratiga ega bo‘lishi ;
Ilg‘or pedagogik texnologiya bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirib borish ;
dars jarayonida harakatli o‘yinlardan unumli foydalanish ;
O‘z ustida tinmay ishlash,yangiliklardan boxabar bo‘lib borish ;
Internet tarmog‘ida ishlay olish,imkoni bo‘lsa darsda internet yordamida ma’lumotlar berib 
borish.
Zamonaviy o‘qituvchi an’anaviy uslubdan voz kechib,faqat darslik bilan chegaralanib qolmay 
har bir dars mashg‘ulotiga yangicha yondashishi kerak. hozirgi ta’lim tizimida turli xil interfaol 
ta’lim metodlari mavjud,jumladan “Keys-stadi”,”Blist-so‘rov”,”Modellashtirish”,”Muammoli 
ta’lim”; interfaol ta’lim strategiyalari : “Zinama-zina”, “bumerang”, “Zig-zag”,”Muzyorar”,”Aqliy 
xujum “, “Galereya; interfaol grafik organayzerlar : “baliq skeleti”,” bbb”,Venn diagrammasi,”T-
jadval”,”Insert”,”Klaster”,”Nima uchun” kabilar mashg‘ulot ishtirokchilarining faolliklarini 
oshirib,ta’lim samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi. O‘qituvchi dars jarayonini bosqichlarga 


258
10
ajratib (chaqiruv,anglash, fikrlash ) har bir o‘quvchiga turlicha topshiriqlar beradi. bu metodlar va 
usullar o‘quvchilarning kommunikativ qobiliyatlarini o‘sishiga,muammoli vaziyatlar yechimiga, 
o‘quvchilarning bir-birini yaxshiroq tushunishga,o‘zgalarning fikrini tinglay olishiga va o‘z 
mustaqil fikrlarini erkin namoyon etishiga yordam beradi . Grafik ko‘rinishdagi organayzerlar 
tasviriy san’atga qobiliyati bo‘lgan o‘quvchilarni aniqlashga va iqtidorini namoyon etishga 
ko‘maklashadi . bunda o‘quvchi o‘qituvchi bergan topshiriq asosida o‘z tasavvuri bilan turlicha 
rasmlar chizadi va uni izohlaydi . Ana shu paytda o‘qituvchi va o‘quvchiga interfaol usullar qo‘l 
keladi . Taniqli pedagoglardan biri A.disterweg bugungi kunda juda muhim bo‘lgan bir fikrni 
aytadi : “Yomon o‘qituvchi haqiqatni aytadi, yaxshi odam uni topishga o‘rgatadi “ zamonaviy 
ta’lim ana shunday-o‘zini takomillashtirishga,o‘zini-o‘zi tarbiyalashga, o‘zini rivojlantirishga 
,madaniy va intellektual qobiliyatini oshirib borishga qodir bo‘lgan shaxsni tarbiyalashga xizmat 
qilishi kerak.
Men ham ushbu metodlardan unumli foydalangan holda,yosh avlodni sifatli ta’lim olishiga va 
kelajakda vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qiladigan yetuk kadrlarni tayyorlashga o‘z hissamni 
qo‘shishga harakat qilaman.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Adamskiy A.I., aadamsky@eurekanet.ru
2. Alekseeva,L.N. Innovatsion texnologiyalar tajriba manbai sifatida.
3. Abdullayeva Sh.A. Pedagogika. Toshkent:fan va axborot texnologiyalari, 2012.
4. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar .T, 2000


259

Download 3,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish