10
O‘SMIRLARDA STRESS XOLATI NAMOYON BO‘LISHI
Yuldasheva Feruzaxon
Farg‘ona viloyati Buvayda tumani
18- umumiy o‘rta ta’lim maktabining Biologiya fani o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘smirlarda stress xolati namoyon bo‘lishi, salbiy oqibatlari va
kelajakka ta’sir ochib berilgan
Kalit so‘zlar :
o‘spirin yoshi, stress, pazitsiya, depressiya
So‘ngi yillarda ekologiyada kuzatilayotgan muammolar, inson xayotiga ta’siri, sivilizatsiyaning
jadallashuvi, shaxar va qishloqlarning kattalashuvi, zavod va fabrikalar, ishlab chiqarishning va
transportning ko‘payishi, shovqin suronning oshishi kabi xolatlar tabiiyki, inson salomatligi uchun
zararli bo‘lgan ruhiy, asab zo‘riqishlarini keltirib chiqarmoqda. bunday sharoitlarda o‘qish va
mexnat qilish odam organizmi va ruhiyatiga bir qator noqulay va zararli omillar ta’sirni keltirib
chiqaradi. bu xolatda o‘smirlar o‘rtasida ruhiy va jismoniy zo‘riqish, charchash va umumiy tanglik
xolati kuzatilishi tabiiy.
bizning tanamiz ichki a’zolarimiz faoliyati asab tizimi orqali boshqariladi. Ichki a’zolarning
meyoriy ishi esa ruhiy xolatimizni kayfiyatimizni belgilaydi. Stress insonning immun tizimiga
ta’sir etadi. Insonning immunitet tizimi butun ximoya kuchini stressni bartaraf etishga safarbar
etadi. Immun tizim ishi bosh miya orqali nazorat qilinadi.
Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘spirin va yoshlarda immun tizimi imtixonlar vaqtida
zaiflashadi. Shuningdek, immunited ajralishlar, yaqin insonlar bilan munosabatlar yomonlashganda,
ish joyini yo‘qotganda, depressiya va stress xolatlarda pasayib ketadi.
Odamning ish va o‘qish faoliyatiga salbiy ta’sir qiluvchi diqatsizlik, samarasizlik,
kelishmovchilik bu kabi xolatlar rivojlanishda barqarorlikka erishmagan, taqlidchan, hali hayotda
ma’lum pozitsiyani egallamagan o‘smirlarda turli xil ruhiy va somatik buzilishlarning asosiy
omili bo‘lmoqda. hozirgi kunda ham sog‘lom va mustaxkam oilani barpo etish, oila qadr qiymati,
muqaddasligini saqlash, sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalashda yuqoridagilar o‘z kuchini
yo‘qotgani yo‘q.
Qizlarning o‘smirlik davrida organizmi rivojlana borib, bu jarayon 18-20 yoshgacha davom
etadi. Ushbu jarayon davom etayotgan paytda turmush qurish, organizmning sog‘lom rivojlanishiga
salbiy tasir etadi va turli asoratlarni keltirib chiqaradi. 21 – yoshda bosh miya deyarli to‘liq
rivojlanib bo‘ladi, insonning jismoniy va psixologik xolati barqarorlashadi, shuning uchun bu
yoshdan boshlab onalikka eng ideal vaqt boshlanadi.
Hozirgi sivilizatsion muxitda axolining keng qatlamida stress reaksiya orasidagi muvozanat
buzilgan. bu buzilish agar uzoq vaqt davom etsa, odam sog‘ligiga katta zarar yetkazishi va og‘ir
xastaliklarga olib kelishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. karimova V.M “Salomatlik psixologiyasi” - Toshkent: O‘qituvchi - 2002 - yil
2. Xaydarov f, Xalilova N “ Umumiy psixologiya” - Toshkent “fan” – 2010
261
Do'stlaringiz bilan baham: |