Pedagogika va Pisixologiya yo’nalishi 19. 1-guruh Talabasi Abduvoitov Yorqinjonning. Kasbiy Pedagogika Fanidan bajargan vazifalari



Download 19,11 Kb.
bet1/3
Sana30.12.2021
Hajmi19,11 Kb.
#194622
  1   2   3
Bog'liq
Abduvoitov. 1.



Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti.

Pedagogika va Pisixologiya yo’nalishi 19.1-guruh

Talabasi Abduvoitov Yorqinjonning. Kasbiy Pedagogika

Fanidan bajargan vazifalari.

Reja.



1. O`zbekistonda kasb ta‘limi islohoti.

2. Ta’lim to’g’risidagi qonunning taxlili .2020 yil 23 sentyabr­­­.

3. Kadrlar tayyorlashdagi kasbiy o`zgarishlar.

4. Kadrlar tayyorlashdagi malakaviy o`zgarishlar.

1.O`zbekistonda kasb ta’limi islohoti.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi. SHu o‘rinda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini ta’kidlash o‘rinlidir: «Biz ajdodlarimizning yorqin xotirasini asrab-avaylab, qalbimizda,yuragimizda abadiy saqlaymiz. Bukilmas irada, fidoiylik va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o’z xayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishiga bag’ishlagan ustoz va murabbiylarimiz, zamondoshlarimiz bilan biz cheksiz faxrkanamiz».Tub islohotlarni amalga oshirish, bozor munosabatlarini shakllantirish ko‘p jihatdan iqtisodiy ta’limga bog‘liqdir. Kishilarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirmasdan turib, chuqur o‘zgarishlarni amalga oshirib bo‘lmaydi. Mustaqil taraqqiyotimizning bosib o‘tgan yo‘liga nazar tashlar ekanmiz milliy xo‘jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, inqiroz holatidan chiqarilganligi, ko‘pgina sohalarda barqaror o‘sishga erishilganligining guvohi bo‘lamiz. Bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirildi, hozirgi kunda esa iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotni har taraflama erkinlashtirish amalga oshirilmoqda. Eng muhimi shu davr ichida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi shakllanib, kishilarimiz ongiga singib bormoqda. Bugungi kunda xalqning boy zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida mutaxassislar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish mamlakatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: «... bugungi kunda oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri – bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liqligini barchamiz anglab etmoqdamiz».

2.Ma’lumki iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar o‘z navbatida mutaxassislar malakasi va mahoratini yuqori bo‘lishini, mutaxassislarga bo‘lgan talabning o‘zgarishiga moslashuvchan, o‘z malakasini oshirishga intiluvchan bo‘lishni talab etadi. Buning uchun iqtisodchi mutaxassislarni mustaqil izlanish, fikrlash, turli qarashlarni taqqoslash, tahlil qilish, xulosa chiqarishga o‘rgatish lozim. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, rivojlanishning o‘ziga xos va o‘ziga mos yo‘lini tanlab oldi hamda huquqiy demokratik davlat, ochiq fuqarolik jamiyatini qurishni amalga oshira boshladi. Bunday davlatda jamiyatning ma’naviy yangilanishi, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodini shakllantirish jahon hamjamiyatiga uyg‘unlashtirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo‘ladi. Umuminsoniy qadriyatlar o‘zbek xalqining ko‘p asrlik ilmiy va madaniy an’analarini, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika hamda jamiyatning rivojlanish istiqbolini e’tiborga olgan holda ta’lim sohasida olib borilayotgan aniq maqsadlarga erishishning muhim shartlari bo‘lib hisoblanadi. Mohiyati jihatidan mutlaqo yangi bo‘lgan Kadrlar tayyorlashning milliy modeli “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dan iborat qonunlarning qabul qilinishi va joriy etilishi ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy jihatdan boy shaxsni shakllantirish hamda yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlarni oldindan qayta tayyorlashdan iborat strategik maqsadga erishish uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bu o‘zgarishlarni maxsus dasturlar asosida amalga oshirish, xo‘jalik yuritishning zamonaviy usullarini joriy etish, kompyuterlashtirish, ham xorijda, ham o‘z yurtimizda oliy ta’lim muassasalaridagi yosh mutaxassislarni jadal tayyorlashni tashkil etish, bular barchasi, Prezidentimiz, davlatimizning diqqat markazida turibdi. Respublikamiz hukumati tomonidan umuman moliyalash tizimini, xususan, ta’lim tizimidagi moliyalashni takomillashtirishni talab etilmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat tomonidan oliy ta’limni moddiy qo‘llabquvvatlash o‘quv yurtlarining noshirlik, ishlab chiqarish, ilmiy xizmat ko‘rsatish va ustavga muvofiq amalga oshiriladigan boshqa faoliyatlar hisobiga o‘quv yurtlari daromadini oshirish bilan chambarchas bog‘liq holda olib borilishi lozim. Bular ta’lim muassasalarida zamonaviy texnika vositalari, jihozlar, yangi texnologiyalarga xususan, axborot texnologiyalariga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlaydi, ular mustaqilligini oshiradi, fanning ta’lim bilan uyg‘unlashuvining ta’sirchan vositalarini ishlab chiqish va joriy etish imkonini beradi va oqibat natijada oliy ta’lim tizimiga yangi kuch baxsh etadi. Bu sa’y-harakatlar o‘zlarida ilmiy bilim bilan garmonik jihatdan mukammal inson bo‘lishini mujassamlashtirgan, oila, jamiyat, davlat oldida o‘z mas’uliyatini chuqur his etadigan fidoyi mutaxassislarni tayyorlashni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishi shubhasizdir.


Download 19,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish