4. Kadrlar tayyorlashdagi malakaviy o`zgarishlar.
YOshlar jamiyatda sodir bo‘ladigan har qanday voqeliklarga o‘zgacha, ruhiy his-kechinmalar doirasida munosabat bildiradilar, qiyinchiliklar vujudga kelganda esa ehtiroslarga beriladilar. SHuning uchun bizning oldimizda turgan muhim masala – yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, bunda oiladagi tarbiya bilan birgalikda jamoatchilikning uzviy hamkorligini ta’minlash taqozo etiladi. O‘sib kelayotgan yoshlarimizning salomatligini mustahkamlash, ularni Vatanimizning munosib farzandlari etib tarbiyalash masalasi borasida mahalliy dasturlarni ishlab chiqib ularni amalga oshirish zarur. Bugungi kunda biz mustaqillik tufayli jamiyatimizning iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy, ma’naviy asoslarini mustahkamlash borasida ko‘pgina ishlarni amalga oshirdik. Ularni davom ettirish esa yoshlarimiz qo‘lidadir. SHu sababdan ham mavjud imkoniyatlarimizdan to‘liq foydalanib, Barkamol avlod yilida yoshlarimizga bo‘ladigan e’tiborni yanada kuchaytirishimiz darkor. Zero, yoshlar tarbiyasiga burch va ma’suliyat nuqtai nazaridan yondashish kelajagimizni shakllantirish garovi bo‘lib qoladi. SHuning uchun iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida hamda ta’lim tizimini o‘rganish asosida mamlakatimiz iqtisodiyotida erishilgan yutuqlarni atroflicha tahlil etish, mavjud muammo va kamchiliklarni batamom bartaraf etish hamda iqtisodiyotni rivojlantirish usullarini ilg‘or xorijiy tajribalardan samarali foydalanish orqali ta’lim tizimini yanada takomillashtirish masalalari ilgari suriladi. Bunda, asosiy e’tibor O‘zbekistonni jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi jarayonini jadal sur’atlarda rivojlantirish, buning uchun mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyatini erkinlashtirish borasida kechiktirib bo‘lmaydigan choratadbirlarni amalga oshirishga qaratiladi. Globallashuv sharoitida mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlash tizimini zamon talablari darajasida qayta tashkil etish maqsadida iqtisodiy ta’limning halqaro andozalaridan samarali foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. CHunki, dunyoning rivojlangan va bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan mamlakatlarning deyarli barchasi yangi mexanizmning keskin o‘zgarishlariga moslasha oladigan va har qanday sharoitda raqobatlasha oladigan iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlash borasida zamonaviy iqtisodiy ta’lim tizimiga egadirlar1. Oliy ta’limning respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’naviy rivojini ta’minlashda o‘zi tanlagan mutaxassis bo‘yicha bozor iqtisodi sharoitida ishlashga layoqatli, yuqori malakali, iqtidorli, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iboratdir. Bo‘lajak kadrlarda chuqur va mustahkam bilimlarni shakllantirish, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqatini, Vatanga muhabbatini, bu yo‘ldagi fidoyilikni tarbiyalashni davom ettirish ham oliy ta’lim tizimining asosiy vazifalaridandir. Iqtisodiyot bilan shug‘ullanishning birinchi vazifasi talabalarning iqtisodiy bilim saviyasini oshirish bo‘lsa, keyingisi ana shu bilim asosida malaka va ko‘nikmalar hosil qilishdir. Iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish jarayoni quyidagicha kechadi: bilim-ko‘nikma-malaka. Bu jarayon mexanizmi quyidagicha amalga oshirilishi mumkin: Hozirgi paytda tayyor bilimlarni o‘zlashtirish asosiy maqsad bo‘lmay, eng asosiysi talaba-yoshlarlarning intellektual qobiliyatini rivojlantirish, mustaqil tanlash va qaror qabul qilish ko‘nikmasini hosil qilish ob’ektiv zaruriyatga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |