MA’RUZA MASHG’ULOTLARI (72 soat)
“Kasbiy pedagogika” fan sifatida
Reja:
1.“Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari.
2.Uzluksiz ta’lim tizimida kasb-hunarta’limiga qo‘yiladigan talablar.
3.“Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
Tayanch so’z va iboralar: kasbiy pedagogika, kasbiy ta’lim, kasbiy mahorat, ta’lim islohotlari, akademik litsey, kasb-hunarkolleji, uzluksiz ta’lim
1.“Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari
Kasbiy ta’lim uzoq davrlar mobaynida har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yo‘nalgan bo‘lsada, ushbu tadbir bitiruvchilarning kasbiy mahoratini shakllanish darajasini pasayishi hisobiga amalga oshirilgan. Bu holat kasbiy mahoratni va layoqatni oshirish, insonning butun umri davomida o‘zi bilimini takomillashtirib borish va o‘z-o‘zini tarbiyalash ehtiyojini oshirishga xizmat qilmas edi. Mustaqillikka erishgandan keyin Respublikamizda amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi islohotlar natijasida kasbiy ta’lim ishchi kasblariga maxsus tayyorlash masalasiga, ta’lim oluvchi shaxsida kasbiy mahorat va layoqat sifatlarini shakllantirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Kasbiy mahorat deyilganda bitiruvchining yuqori darajadagi kasbiy ko‘nikma va malakalarini egallaganligi tushuniladi, u shaxsning mehnat bozorida egallayotgan kasbi bo‘yicha raqobatbardoshlik darajasida o‘z aksini topadi. Kasbiy mahorat ishchi kuchlarining yuqori darajada moslashuvchanligini va yangiliklarni tez o‘zlashtirishi, yangi ishlab chiqarish sharoitlariga oz vaqt ichida o‘ta olishi, faoliyat sohasini mustaqil tanlay olishi kabi sifatlar bilan belgilanadi.
Kasbiy mahorat va layoqat shaxsning shunday sifatlariki, ular bo‘lajak mutaxassisning hayotiy va mehnat muvvafaqiyatlarini belgilab beradi. Mustaqil Respublikamizda ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichida kasb ta’limi pedagogikasi fanining asosiy vazifasi sifatida jahon talablari darajasida yangilanib borayotgan ishlab chiqarish sharoitlariga moslasha oladigan, mamlakatimiz iqtisodiyotini buyuk davlat darajasnga ko‘taradigan mutaxassislarni tayyorlash, va bu jarayonda asosiy omil sifatida beriladigan axborotlar hajmini emas, balki ijodiy yondoshuvni shakllantirish, mustaqil fikrlash va tadbiq qilish sifatlarini tarbiyalashga e’tibor qaratish lozim. Shu sababli bugungi kunda barcha fan sohalari bo‘yicha, jumladan kasb ta’limiga oid darsliklar, o‘quv qo‘llanma va tavsiyalarning yangi avlodini yaratish muhim ahamiyatga ega bo‘lmokda. Bu o‘rinda kasb ta’limiga bo‘lgan e’tiborning ortib borayotganligini quyidagilar bilan izohlash mumkin:
- ta’lim islohotlari natijasida litsey, kollej va boshqa shu kabi yangi turdagi o‘quv muassasalarining shakllantirilishi va rivojlanishi;
- oliy o‘quv yurtlarida kasb ta’limi bo‘yicha alohida bo‘lim va fakultetlarning tashkil etilishi;
- kasbiy ta’lim pedagogikasining boshqa fanlar bilan yanada jipsroq bog‘lanib borishi, istiqbolda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan, bilim sohalari tutashuvida yangi konsepsiya va nazariyalarning yuzaga kelishi;
- kasbiy ta’lim muassasalarining aholiga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish turlarining ortib borishi, o‘z bazasida tayyor mahsulot ishlab chiqarish va unga xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishi;
- mehnatni tashkil qilishning ilg‘or shakllarini joriy etishi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |