Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


O‘zbekiston Respublikasi kasb-hunar ta’limining rivojlanish bosqichlari



Download 492,19 Kb.
bet8/128
Sana08.03.2022
Hajmi492,19 Kb.
#486198
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   128
Bog'liq
3.1. Маъруза матнлари

O‘zbekiston Respublikasi kasb-hunar ta’limining rivojlanish bosqichlari
Reja:
1. Hozirgi O‘zbekiston hududida kasb-hunar ta’limining tub asoslari.
2. 1960-1980-yillar kasb-hunar ta’limining evalyutsion rivojlanish davrida kasb-hunar o‘quv yurtlar tarmog‘i bevosita va nisbatan barqaror ortib borgani to‘g‘risida.


Tayanch so’z va iboralar: o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, hunar,hunar-texnika.
1.Hozirgi O‘zbekiston hududida kasb-hunar ta’limining tub asoslari
Hozirgi zamon kasb-hunar ta’limi tizimi faqatgina XX asr oxiri ilmiy-pedagogik tafakkurining natijasigina bo‘lmay, balki uning poydevori insoniyat jamiyatining uzoq tarixi davomida to‘plangan tajribasiga hamda olimlar, mutafakkirlar, pedagoglar ishlab chiqarishning turli sohalaridagi mutaxassislarning mehnatlariga asoslangan. Markaziy Osiyoda, hozirgi O‘zbekiston hududida kasb-hunar ta’limining tub asoslari bundan uch ming yil avval Avestoda bayon etilgan desak xato qilmaymiz. Lekin bu boradagi tajribalar bizda yetarli darajada o‘rganilmagan. Shu bois, bugun butun dunyo, xususan Sharq xalqlarining tarixiy merosini zamonaviy kasb-hunar ta’limi mazmuni va tuzilmasiga singdirilishini davr o‘zi taqozo etmoqda.
Sharq mutafakkirlari o‘z asarlarida yoshlarning kasb-hunar ta’limi va tarbiyasiga katta ahamiyat berib,. kasb-hunar o‘rganishni jismoniy, aqliy va ma’naviy kamolotga erishishning asosiy vositasi deb bilganlar.
Buyuk ajdodlarimiz aqliy, jismoniy va ma’naviy tarbiya kasb-hunar sir-sinoatlarini egallashning asosiy omili deb talqin etganlar. Ular uchun inson timsoli kamolotga yetgan, ilmli yoki kasb-hunarga ega ijobiy fazilatlar sohibi bo‘lgan. Misol uchun Kaykovus o‘z farzandiga qarata:
“Ey farzand, ogoh bo‘lki, hunarsiz kishi hamisha foydasiz bo‘lur va hech kishiga naf yetkurmas.Bilursanki,xori mug‘ilonning tani bordur, ammo soyasi yo‘qdur. Hunarsiz kishi ham xori mug‘ilon yanglig‘ na o‘ziga va na o‘zgaga foyda berur.
Agar kishi har qanchaki oliy nasab va asl bo‘lsa, ammo hunari bo‘lmasa, xaloyiqning izzat va hurmatidin noumid bo‘lur. Agar kishida ham nasab gavhari va ham hunar zevari bo‘lmasa, undan batarroqdur. Jahd qilg‘il, agar gavharing har nechakim asl bo‘lsa, unga g‘arra bo‘lmag‘il, nedinkim tan gavhari hunar zevari bila muayyan bo‘lmasa, u hech narsaga arzimagusidur.
Andoqkim debdurlar: “Ulug‘lik aql va donishlik birladur, gavhar va nasab birla bo‘lmas”.
Otni ota va onang qo‘ymishlar,sen unga g‘arra bo‘lmag‘il, nedinkim,ul otmazhi bir nishondin o‘zga narsa emasdur.Ammo sen hunar bila bir nomga ega bo‘lg‘il. O‘zingni “Jafar”, “Muhammad”, “ustod”, “xo‘ja”, “fozil” oti bila atab, ammo unga loyiq bo‘lmasang, u ot ermasdur. Agar kishida nasab gavhari bo‘lsa,ammo hunar zevari bo‘lmasa,u hech kishining suhbatiga loyiq bo‘lmag‘usidur. Garchi bu ikki gavhar hosil qilg‘on kishi topsang, etagini mahkam tutg‘il va undin ilkingni chekmag‘il, bilki u barcha kishilarning mushkulin oson qilg‘ay.
Barcha hunardin so‘z hunari yaxshiroqdur, nedinkim,... hamma maxluqotdin odam yaxshiroq yaraldi va o‘zga jonivorlardin odam o‘n daraja ziyodadur va bu o‘n daraja odamning badanida hamisha bordur. Beshi tashida zohirdur, beshi ichida pinhondur.Ul pinhon narsalar: biri, bir narsani yod olmoq; biri, hamisha esda saqlamoq, biri taxayyul (xayolga keltirmoq); biri tahavvur(g‘azab va shiddat bilan hujum etish);biri takallum(so‘zlash). Ammo ul beshtakim tashida zohirdur: bu zavq. yani eshitmoq. ko‘rmoq,, hid bilmoq,, totmoq, siypalamoq,, yani sezuv “ [ 45;31-32].
Ajdodlarimizning barkamol shaxs haqidagi g‘oyalari mohiyatini anglash uchun Abu Nasr Forobiy tomonidan hozirgi paytda komil inson deb yuritilayotgan fozil odamning o‘n ikki muhim fazilati yoki Alisher Navoiyning Farhod obrazi orqali talqin etgan:
“Hunarni asrabon netkumdir oxir,
Olib tuproqqamu ketgumdir oxir”.
Fikrlarini tahlil etishning o‘zi kifoY. Ular ma’naviy barkamollikka inson o‘z mehnati bilangina erishishi mumkinligini baralla kuylaganlar, mehnat va kasb-hunarni inson hayoti va baxtining moddiy va ma’naviy asosi, deb bilganlar.
Burxoniddin az Zarnujiy ilm, kasb-hunar o‘rganish uchun eng avvalo o‘quvchida jiddiy xohish, qat’iyat bo‘lishi lozimligini, shundan keyin yaxshi ustoz hamda yetarlicha vaqt zarurligini ko‘rsatgan. Ibn Sino ilmu amalning birligi, ya’ni nazariya bilan amaliyotni uzviy bog‘lash, dual ta’lim g‘oyasini ilgari surgan.
Suqrotona savol-javob usuli (zig-zag, arra usulining asosi) bo‘lib mantiqiy fikrlashga, ziyraklikka, aniq va to‘g‘ri so‘zlashga, nutqning mantiqiyligi va ravonligiga hamda tanqidiy, ijodiy fikrlashga o‘rgatgan.
Tibetdagi lamaizm ta’limoti asosida alohida sohalarga ixtisoslashgan ibodatxonalarda ta’lim-tarbiya ishlari amalga oshirilgan. Bunda o‘quvchi tomonidan uzluksiz, qayta takrorlash vositasida material to‘liq yod olingan va uning natijasi o‘ziga xos sinov ishlari, ya’ni o‘quvchini bir necha vaqt davomida alohida ajratib qo‘yib, o‘zlashtirgan axborotlarini xotirasiga asoslanib yozib berish talab etilgan. Demak, ularning ruhiy, jismoniy irodalari qattiq sinovdan o‘tkazilib, muvaffaqiyatga erishgan shogirdlargagina mustaqil faoliyat ko‘rsatishlari uchun ruxsat berilgan.
Kasbiy ta’lim berish, kasb-hunar sirlarini o‘rgatish juda qadim zamonlarda paydo bo‘lgan. Kasbiy malaka bevosita mehnat faoliyati jarayonida berilgan. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, hunarmandchilikning ixtisoslashib borishi, mehnat murakkablashuvi to‘plangan mehnat tajribasi, jumladan tizimlashgan bilim, malakalarini ma’lum bir tarzda avloddan avlodga o‘tkazish zaruriyatini tug‘dirdi. Bu ehtiyoj dastlab ustoz - shogird yo‘li bilan tartibsiz, ya’ni xaotik tarzda amalga oshirildi. Sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishi bilan turli darajadagi va sohadagi kasb-hunar o‘quv yurtlari paydo bo‘ldi. Kasb-hunar ta’lim tizimi mustaqil tarmoq sifatida dastlab Yevropada, so‘ng Amerikada shakllandi.
XI asrda Gugo Sen Viktorskiy (1096 - 1141) mexanikani san’at deb bilib, buyumlar tayyorlashda yetti san’at turi mavjudligini ko‘rsatdi ular: qurol va asboblar ishlab chiqish, tikuvchilik, navigasiya, agromadaniyat, medisina, badiiy san’at.
Gumanistik utopiya tarafdorlari. T. Mor (1478 - 1535) va T. Kompanellalar (1568 - 1639) asarlarida yoshlar ta’limini ishlab chiqarish mehnati bilan bog‘lash (qo‘shib olib borish) g‘oyalari ilgari surildi. Ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi, fan-texnika taraqqiyoti kasbiy ta’limga bo‘lgan qiziqishni kuchaytira bordi. Eng avvalo bolalarni mehnatga jalb etishning ijtimoiy va iqtisodiy jihatlariga katta ahamiyat berildi.
Ingliz iqtisodchisi va pedagogi DJ.Bellers (1634 - 1725)ning “Ishlab chiqarish muassasalarida hamkorlik haqida tavsiyalar” asari dastlabki kasbiy ta’limga oid loyihalardan biri sanaladi. Unda ijtimoiy pedagogik masala sifatida kambag‘alchilikdan qutilish yo‘llaridan biri yoshlarni kasb-hunar sir-sinoatlarini o‘zlashtirishga o‘rgatish, ta’limni ishlab chiqarish mehnati bilan bog‘lash g‘oyasi ilgari surilgan edi.
Ingliz faylasufi va pedagogi Dj.Bellers (1632 - 1704) “Jentlmen” tarbiyalash tizimini ishlab chiqib, unda kasb-hunarga o‘rgatishga alohida e’tibor berdi. D.Lokk “Ishchilar maktabi haqida bitiklar”ida davlat ishchilar maktabi tashkil etish g‘oyasi ilgari surilgan.
Fransiyalik ijtimoiy arbob K.A.Korbonning (1808 - 1881) “Kasb ta’limi haqida” asarida ilk bor ustoz-shogird tizimi holati tahlil etilib, erkin kasb tanlashning shaxs va jamiyat uchun muhimligi ko‘rsatildi, shuningdek, umumiy va kasbiy tayyorgarlik, kasbiy maktab tuzish, umumiy kasbiy ta’limni uyg‘unlashtirish, aqliy va jismoniy mehnatni o‘zaro aloqadorligi kabilarga ham alohida to‘xtalib o‘tilgan.
Tizimli tahlil prinsipi Respublikamiz kasb-hunar ta’limining butun rivojlanish yo‘liga yangicha nazar tashlashni talab etadi. Bu holat o‘z navbatida ushbu ta’limning rivojlanish yo‘li va turli bosqichlarini tarixiylik nuqtai nazaridan tahlil etib, qonuniyatlari va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi.
Respublikamiz kasb-hunar ta’limida miqdor ko‘rsatkichlari va tashkiliy shakllaridagi o‘zgarishlar dinamikasining tahlili bizga shartli ravishda tabiatiga ko‘ra kasb-hunar ta’limi tizimining farqlanuvchi quyidagi rivojlanish bosqichlarini ajratib ko‘rsatish imkonini berdi.
1924-1940 –yillarda ta’lim tizimi sifatida vatanimiz kasb-hunar ta’limining tarkib topishi va rivojlanishi barqaror bo‘lmagan davri;
1941-1959 yillarda safarbarlik davri.
1960-1980 yillar evolyusion rivojlanish davri;
1981-1986-yillar – sakrashsimon o‘zgarishlar inqirozoldi davri;
1987-1990-yillar – rivojlanishdagi sifat o‘zgarishlar (inqiroz) davri;
1991-1996-yillar inqirozdan asta-sekin chiqish va barqarorlik (moslashish) davri;
1997-2002-yillar – kadrlar tayyorlash milliy modelini amalga joriy etishning birinchi bosqichi (yangitdan rivojlanish) davri;
2003 yildan hozirgi davrgacha bo‘lgan davri.
Zikr etilgan bosqichlarga ajratish mezoni sifatida kasb-hunar ta’limi tizimining quyidagi ko‘rsatkichlariga asoslandik: o‘quv muassasalari miqdori va har yilgi bitiruvchilarining soni; shuningdek, yangi o‘quv yurtlariga aylanishi va ularning turli darajalarga bo‘linishi. Tarixiy manbalarni o‘rganish bizga o‘tgan asrning 20-yillaridan boshlab respublikada kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha maxsus kurs va maktablar tashkil etila boshlanganligidan darak berib, ular tugallangan bilimlar berishni emas, balki ma’lum ish o‘rinlarida ishlash uchungina zarur bo‘lgan tor doiradagi bilim, kunikma va malakalarni berishni maqsad qilib qo‘ygan edi.
Dastlab barcha yirik korxonalar qoshida fabrika-zavod o‘quvchilari (FZU) kurslari va sanoat-texnika o‘quv yurtlari tashkil etila boshladi, ularda maxsus o‘quv predmetlari bilan bir qatorda umumta’lim o‘quv predmetlari o‘qitilgan. O‘sha davrda korxonalarning texnik jihozlanishi past darajada bo‘lganligi bois o‘quv yurtlarining ham jihozlari ularga mos ma’lum ma’noda chegaralangan darajada edi. Respublikamizda katta sanoat korxonalari mavjud bo‘lmaganligi sababli XX asrning 30- yillarigacha texnikumlar, zavod fabrika o‘quv kurslari, hunar texnika maktablari, o‘quv ishlab chiqarish ustaxonalari va turlicha hunar- texnika bilim yurtlari muntazam ko‘paya bordi. Lekin kasb -hunar ta’limiga ajratilgan davlat byudjetining miqdori yaxlit holda yetarli darajada bo‘lmaganligi sababli o‘quvchilarni ovqatlantirish va kiyim-kechak bilan ta’minlash darajasi past edi. Shuningdek, yotoqxona masalasi ham asosiy muammolardan biri bo‘lib, kasb-hunar ta’limi xodimlariga juda kam ish haqi to‘lanar edi. Shu bois 1930-yillardan boshlab bunday o‘quv yurtlari tarmog‘i kamaya boshladi. 1938 yilga kelib 1932-1933 - o‘quv yiliga nisbatan o‘quv yurtlari va ularda o‘qiydigan o‘quvchilar soni 3 barobar kamaygan.
1930-yillarning oxiri 40-yillarning boshlarida respublikada sanoat korxonalari tashkil etila boshladi. Tarixiy manbalar tahlili 1940- yilda O‘zbekistonda, 1445 ta yirik sanoat korxonalari mavjud bo‘lganligi haqida guvohlik beradi. Bu sanoat korxonalarida zamonaviy texnika va ilg‘or texnologiyalarning amalga joriy etilishi ommaviy ravishda texnik jihatdan savodxon ishchi kadrlar tayyorlash zaruratini kun tartibiga qo‘ydi. Ana shunday malakali kadrlar tayyorlash vazifasi 1940-yilda tashkil etilgan davlat mehnat zahiralari tizimiga yuklatildi. Davlat mehnat zahiralari tizimida asosan quyidagi uch turdagi: hunarmandchilik o‘quv yurtlari, temir yo‘l o‘quv yurtlari va fabrika- zavod o‘quvchilar maktablarini o‘ziga qamrab oldi . Shunday qilib, yana ishchi mutaxassis kadrlar tayyorlashga diqqat e’tibor kuchaytirildi. Lekin 1941-yilda boshlangan ikkinchi jahon urushi kasb-hunar ta’limi tizimiga ham bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qo‘ymadi. Mamlakatdagi urush holati barcha ishchilarni frontga safarbar etish bilan bir vaqtda sanoatni to‘liq harbiy qurol - aslaha ishlab chiqarishga o‘tkazishni talab etdi. Shu bois nisbatan qisqa vaqtda yoshlardan ishchi mutaxassislar tayyorlashga talab ortdi. Shuning uchun yangi o‘quv yurtlari tashkil etish bilan bir qatorda, vaqtinchali fabrika- zavod o‘quvchilar maktablari tashkil etildi. Mamlakatning g‘arbidan evakuasiya qilingan o‘quv yurtlari qisqa muddatlarda qayta tiklanib ishga tushirildi. Natijada faqat urush yillarining o‘zida respublikamiz mehnat zahiralari tizimida 70 mingga yaqin malakali ishchilar tayyorlanib, ulardan 30 mingi shu yerlarda qoldirilib, qolganlari mamlakatning boshqa rayonlariga jo‘natildi. Urushdan so‘nggi yillarda xalq xo‘jaligini tiklash uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqishga kirishildi. Demak, bu davrda mexanizasiyalashgan ishlab chiqarish sharoitida mehnat qiluvchi murakkab kasblar sohibi bo‘lgan malakali mutaxassislar tayyorlash zarurati kelib chiqdi.

  1. 1960-1980-yillar kasb-hunar ta’limining evalyusion rivojlanish davrida kasb-hunar o‘quv yurtlar tarmog‘i bevosita va nisbatan barqaror ortib borgani to‘g‘risida.

  2. Bu davrning asosiy o‘ziga xos xususiyatlari quyidagi 1-jadvalda o‘z ifodasini topgan.

1-jadval

Yillar

O‘quv muassasalarining soni

O‘quvchilar soni (ming kishi hisobida)

Qabul qilingan o‘quvchilar (ming kishi)

Tayyorlangan (bitirgan) malakali ishchilar (ming kishi)

1960

75

18,0

14,1

10,1

1965

84

25,4

22,7

21,1

1970

126

47,9

45,4

41,8

1975

275

117,4

102,9

74,7

1980

488

223,1

142,5

115,2

Jadvaldan yaqqol ko‘rinib turibdiki, o‘quvchilar sonining ortib borish maromi (tempi) o‘quv yurtlari soniga nisbatan yuqori darajaga ega. Bu, o‘z navbatida yangi o‘quv yurtlari va majmualari tashkil etishni talab etganligi tabiiy hol. Shu sababli 1961-1964-yillar davomida respublikadagi barcha mehnat zahiralari o‘quv yurtlari yagona shahar va qishloq hunar-texnika bilim yurtlariga aylantirilib, ularning har biri ma’lum sohalar bo‘yicha ixtisoslashtirilib, malakali ishchilar tayyorlashga kirishildi. 1970-yillarning oxiridan boshlab ommaviy ravishda o‘rta ma’lumotli ishchilar tayyorlashga o‘tildi. Ana shu davrga kelib, hunar-texnika ta’limi sohasiga ilmiy-tadqiqot va ilimiy-metodik ishlar olib borish faoliyati faollashdi. Kasb-hunar ta’limi bu davrda respublika xalq xo‘jaligining barcha sohalariga talab etilgan ixtisosliklar bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlab bera oldi. Uning meyoriy, moddiy-texnik, o‘quv-uslubiy bazasi kengaytirildi va mustahkamlandi.
1981-1986 yillar sakrashsimon o‘zgarishlar inqirozoldi davrini o‘ziga qamrab olgan bosqich hisoblanadi. 80-yillarning birinchi yarmidan boshlab respublika kasb-hunar ta’limi rivojlanishida kadrlar tayyorlash miqdori bilan ijtimoiy va xalq xo‘jalik talablari orasida mos kelmaslik holatlari, ya’ni ziddiyatlar ko‘zga tashlana boshladi. Shuningdek, bu davrda salbiy an’analar to‘plana boshlab, hunar-texnika bilim yurtlari soni asoslanmagan holda ko‘paytirildi. Natijada tayyorlanayotgan ishchilar sifati ishlab chiqarish talablariga javob bermay qoldi, masalan, “Qishloqda yashaysanmi, texnikani bilish shart” shiori yuritilib, barcha qishloq yoshlaridan ommaviy ravishda mexanizatorlar tayyorlashga kirishildi. Buning inatijasida respublikamiz faqat xom ashyo bazasi sifatida qolaverdi. Demak, bu davrda ta’lim sohasidagi inqiroz jamiyatning siyosiy va iqtisodiy inqiroziga mos tushdi.
1981-1986 yillarda hunar-texnika ta’limi rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagi 2- jadvalda keltirilgan.

Yillar

O‘quv yurtlarining soni (yil oxiridi)

Ularda o‘quvchilar soni (ming kishi)

Qabul qilingan o‘quvchilar soni (ming kishi)

Tayyorlangan malakali ishchilar (ming kishi)

1981

519

225,1

159,7

158,7

1982

557

246,0

167,8

159,1

1983

590

259,5

172,0

142,8

1984

567

276,8

181,9

151,7

1985

568

290,6

192,5

166,1

1986

565

303,2

191,4

169,5

1987-1990-yillarni o‘ziga qamrab olgan inqiroz davri. Bundan oldingi bosqichdagi salbiy holatlar yanada aniq kuchayib borib, hunar-texnika ta’limi tizimi haddan tashqari obro‘sizlandi. Natijada umumta’lim maktablarida o‘qishni xohlamagan va o‘zlashtirmaydigan o‘quvchilarni hunar-texnika talimi tizimiga ommaviy ravishda majburan yuborilishi odat tusiga aylandi. Korxonalarda ishchilarga bo‘lgan talabga nisbatan tayyorlangan ishchilarning tayyorgarlik darajasi orasida keskin farqlar sezila boshladi. Iqtisodiy tanglik holati sharoitida hunar –texnika ta’limiga ajratilgan mablag‘ hajmi ham tabiiy ravishda kamaydi Bir so‘z bilan aytganda, jamiyat hayotidagi siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar hunar-texnika ta’limidagi o‘ziga xos o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Tez o‘zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga moslasha oladigan ishchi kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarini qayta ishlab chiqish zarurati kun tartibiga qo‘yildi. O‘quv muassasalarining o‘zlari yetishmayotgan mablag‘larni topish yo‘llarini izlay boshladilar. Natijada turli sohalarga tegishli o‘quv - ishlab chiqarish markazlari tashkil etila boshlandi. Bular alohida o‘quv yurtlarining moslashishiga imkon bergan bo‘lsada, yaxlit kadrlar tayyorlash tizimini o‘zgartira olmadi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish hunar-texnika ta’limini boshqarish, uni rejalashtirish va oldindan bashorat etish metodlari, qo‘shimcha mablag‘ bilan ta’minlash manbalarini izlab topishni talab etadi. Shuning uchun u ham yaxlit moslashuvchan tavsifga ega tadbirlar tizimini ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqardi.


1991-1996-yillarni o‘ziga qamrab olgan moslashuvchanlik davri. 90-yillarning boshlarida hunar-texnika ta’limi tizimining ko‘plab miqdor ko‘rsatkichlarining kamayishi sekinlasha bordi. Demak, bu tanglik davri bosib o‘tilganligidan guvohlik berar edi, 1992-yilga kelib sekin-asta tayyorlangan mutaxassis kadrlar va o‘quv yurtlari soni ham barqarorlasha boshladi. 1993-yilga kelib hunar-texnika ta’limiga qabul qilishda ortish ko‘rsatkichlari qayd etildi.
Respublikamizda 1990-1996-yillarda hunar-texnika ta’limining asosiy ko‘rsatkichlarini rivojlantirish quyidagi 3- jadvalda o‘z ifodasini topgan:
3-jadval

Yillar



O‘quv yurtlarining soni (yil oxirida)

Ularda o‘quvchilar soni (ming kishi)

Qabul qilingan o‘quvchilar soni (ming kishi)

Tayyorlangan malakali ishchilar (ming kishi)

1991

450

211,6

111,5

113,4

1992

445

210,7

111,9

104,1

1993

439

219,0

125,4

100,8

1994

437

212,5

126,2

115,6

1995

439

218,2

132,4

118,7

1996

442

220,0

128,4

122,0

Bu davrda davlatning asosiy vazifasi fuqarolar huquqi va qiziqishlarini himoyalash, eng avvalo yoshlarning konstitusiyaviy bilim olish, kasb egallash huquqlarini himoya etishdan iboratligiga qat’iy amal qilindi. Mustaqillik qo‘lga kiritilgan ilk kunlardan boshlab “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ustida ishlar olib borildi.
Natijada 1992 va 1997-yillarda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunlar qabul qilinib, hozirgi kunda uning yangi tahriri ustida ishlar olib borilmoqda. Bu holat qonun qotib qolgan dogma emas, balki zamon bilan hamnafas ekanligidan dalolatdir. Shuningdek, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonun ham 1997 yil 29 avgustda qabul qilindi.
1997-yil boshida respublikada umumiy 221 ming o‘quvchilari bo‘lgan 442 kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlari faoliyat ko‘rsatar edi. Ularning tarkibi 209 ta kasb-hunar maktablari 180 kasb-hunar litseylari va 55 ta biznes maktabdan iborat edi.
Moslashish davri kasb-hunar ta’limi tuzilmasi o‘quv yurtlarining turlari bilangina emas, balki o‘qish muddati va qabul kilish shartlari bilan ham yetarli darajada murakkab ekanligi quyidagi 4- jadvalda o‘z aksini topgan:
4-jadval

O‘quv yurtining nomi va mablag‘ bilan ta’minlanish manbai

O‘qish muddati

Qabul qilish shart- sharoiti

Bitiruvchilarga beriladigan hujjat nomi

1. Kasb –hunar maktab davlat byudjeti

1,5
2

3


1

9-sinf negizida
9-sinf negizida, suhbat
9-sinf negizida ,suhbat
11-sinf negizida, test asosida

Kasb haqida attestat
Kasb haqida attestat

O‘rta ma’lumot va kasb haqida diplom


Kasb haqida diplom

2. Kasb–hunar litseylari davlat byudjeti

1 bosqichli, 2 yillik
Ikki bosqichli to‘rt yillik

9-sinf negizida, test asosida

Birinchi bosqichdan so‘ng



To‘liq o‘rta va kasbiy ta’lim to‘g‘risida diplom
O‘rta maxsus ta’lim haqida diplom

3. Biznes- maktab davlat byudjeti

Uch yil

9-sinf negizida te6st asosida

To‘liq o‘rta ma’lumot haqidagi diplom

4.Fuqarolarning to‘lov vositalari hisobidan

1 yil

11-sinf negizida test asosida

Tadbirkorlik asoslari bo‘yicha kasb-hunar diplomi

1996-yildan boshlab hunar-texnika bilim yurtlarining moliyalashtirish asosan joylarning byudjetiga o‘tkazildi. Yuqorida zikr etilgan tadbirlar ma’lum ma’noda hunar-texnika ta’limining barqarorlashishiga imkon berib, uning imkoniyatlarini saqlab qoldi. Lekin barcha muammolari yechimini topa olmadi.
Bunday muammolar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
- o‘quv jarayonining moddiy - texnika va axborot negizining yetarli darajada emasligi;
- yuqori malakali pedagog-kadrlarning yetishmasligi;
- o‘quv-metodik, ilmiy adabiyotlar va didaktik materiallar bilan sifatli va yetarli darajada ta’minlanmaganligi;
- kadrlar tayyorlash tizimida fan va ishlab chiqarish orasida uzviy o‘zaro ta’sir va manfaatli integrasiyaning mavjud emasligi va hokazolar.
Bu muammolarning yechimini topish maqsadida 1997-yil 29 avgustda “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonunlar qabul qilingan bo‘lib, ular vatanimiz kasb-hunar ta’limini yangi sifat bosqichiga ko‘tarishga imkon berdi. 1997- yildan shu paytgacha bo‘lgan davr ichida o‘qish muddati uch yil bo‘lgan yangi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi yaratildi. Bu tizim akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini o‘ziga qamrab olib, ixtiyoriy majburiy ta’lim turi deb ataldi.
Ma’lumki, insonning har bir xatti-harakati ongli ravishda amalga oshadi. Ana shu ongli xatti-harakatlar psixolog olim P.Y. Galperin va uning maslakdoshlari fikricha quyidagi uch asosiy bosqichni o‘ziga qamrab oladi:
Birinchi bosqich mo‘ljalga olish deb nomlanib, unda shaxs o‘z oldiga qo‘ygan maqsadini belgilab oladi, ya’ni bajaradigan ishlarini rejalashtiradi, maqsadga erishish omillarini modellashtiradi.
Ikkinchi asosiy bosqich. Amalga oshirish bosqichida o‘z imkoniyati, shart-sharoit, mavjud bo‘lgan ko‘plab boshqa omillarni hisobga olgan holda xatti-harakatlar amalga oshirilib, ma’lum natijaga erishiladi.
Uchinchi bosqich nazorat qilish va o‘zgartirish kiritish (takomillashtirish) bosqichi hisoblanib, unda ko‘zlangan maqsad bilan olingan natija qiyoslanadi va kerakli xulosa chiqarilib, zarur bo‘lsa, rejalashtirish va amalga oshirish bosqichlarining mazmuni, tuzilmasi, shakli va kechishiga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Kishilar (inson) tomonidan amalga oshiriladigan barcha jarayonlar kabi ta’lim-tarbiya ishi ham ushbu yuqoridagi qonuniyatga to‘liq bo‘ysunadi. Demak, ta’lim-tarbiya ishi ma’lum meyorlar doirasida amal qiladi. Bu meyorlarsiz ta’lim-tarbiya ishi mazmun, shakl, zamon, makon hamda natijalar nuqtai nazarida samarasiz bo‘ladi. Aslini olganda, maxsus ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlar aniq maqsadni ko‘zlab reja asosida kechadi.
Ma’lumki, respublikamizda kasb-hunar ta’limi: elementar; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bosqichlarida amalga oshiriladi va maxsus belgilangan hujjat bilan tasdiqlanadi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi kasb-hunar kollejlarida amalga oshiriladi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida “Kasb-hunar kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibining tanlanganligi hamda o‘quv jarayonining tashkil etilishi jihatidan yangi tipdagi ta’lim muassasalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash hamda tegishli o‘quv fanlaridan “chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi”2 deb ko‘rsatilgan.
Kasbiy tayyorgarlik iqtisodiyotning muayyan sohasida muvaffaqiyatli kasbiy faoliyat ko‘rsatishga imkon beradigan maxsus bilim, ko‘nikma, malaka va mehnat tajribalari kabilar majmuasidir.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi amaldagi Qonunining 13-moddasida “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olish maqsadida har kim umumiy o‘rta ta’lim asosida akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida o‘qishning yo‘nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari egallagan kasb-hunar bo‘yicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta’limning navbatdagi bosqichida davom ettirish uchun asos bo‘ladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi.
Akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularni tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurtidir.
Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarining kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus kasb-hunar o‘quv yurtidir” – deb ko‘rsatilgan.
Kasb-hunar kolleji tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Bu diplomlar, yuqorida zikr etilganidek, ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki egallagan ixtisoslik va kasb-hunar bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradi.
Kasb-hunar ta’limi tizimining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – kasb-hunar kollejlarining ishlab chiqarish korxonalari bilan uzviy aloqada bo‘lishidadir. Kasb-hunar kollejlari uchun baza bo‘lgan korxonalar o‘quvchilar uchun kerakli jihozlar, asbob- uskunalar ajratadi, korxona sexlarida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tish uchun imkoniyat yaratadi.
Shunday qilib, yuqorida zikr etilgan fikr- mulohazalarga asoslanib, kasb-hunar pedagogikasining vazifasi yoshlar tomonidan kasb-hunar sir-sinoatlarini egallash qonuniyatlarini o‘rganish hamda pedagogik amaliyotga qo‘yilgan maqsadlarga maqbul erishish omillarini ko‘rsatishdan iboratdir, deb xulosa chiqarish mumkin.
Ko‘p asrlik kishilik jamiyatining amaliy tajribalari, falsafa, jamiyatshunoslik, pedagogika va psixologiyaga oid g‘oyalar, dunyo miqyosida kechayotgan ta’lim-tarbiyaga oid bilimlar, maxsus pedagogik tadqiqotlar natijalari, izlanuvchi pedagog novatorlar tajribalari va shu kabilar Kasb-hunar ta’limi pedagogikasini rivojlantiruvchi manbalardir.
Shunday qilib, kasb-hunar pedagogikasi nisbatan yangi va rivojlanuvchi fandir. U kasb-hunar ta’limi tizimining takomillashuvi jarayonida umumiy pedagogikadan maxsus soha sifatida ajralib chiqdi. Kasb-hunar ta’limi pedagogikasining o‘z obekti, predmeti, prinsiplari, maqsadi, mazmuni, tashkiliy shakllari, metod va vositalari, o‘ziga xos kategoriyalari mavjud bo‘lib, ular fanning asosini tashkil etadi.
Zamonaviy kasb-hunar ta’limining asosiy xususiyati-uning integrasiya yo‘nalishi (tendensiyasi) hisoblanib, bu holat ichki va tashqi bo‘lishi mumkin. Agar tashqi integrasiya umumjahon ta’lim makonini qurish bilan bog‘liq, ya’ni turli mamlakatlarda to‘plangan tajribalardan foydalanishni ko‘zda tutgan bo‘lsa, ichki integrasiya predmetlararo yondashuv asosida integrativ kurslar tuzishni ko‘zda tutadi. Ana shunday integrativ o‘quv predmetlaridan biri kasb-hunar pedagogikasining o‘zi hisoblanadi. Chunki u kichik mutaxassislar tayyorlashning zaruriy va yetarli mazmunining darajasini belgilovchi Davlat ta’lim standartlariga binoan yaratilmoqda.
Kasbiy ta’limning shakllanishi: yosh avlodni mehnat faoliyatiga tayyorlash muhim ijtimoiy pedagogik vazifa bo‘lib, insoniyat jamiyati o‘z tarixida bu masalani turlicha yechimini topishga harakat qilgan. Dastlabki paytlarda bolalarni mehnatga tayyorlash bevosita mehnat faoliyati jarayonida amalga oshirilgan. Dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikning paydo bo‘lishi yoshlarni hayot faoliyatiga maxsus tayyorlash zarurligini muhim masala sifatida kun tartibiga qo‘ydi. Shunday qilib, aqliy va jismoniy mehnat ajraldi. Uzoq o‘tmish tarixda ustoz- shogird tizimi paydo bo‘ladi.
Yuqoridagilarga xulosa qilib, takidlash joizki, hozirgi jadal sur’atli fan-texnika taraqqiyoti natijasida kasbiy mehnat mazmuni va xarakteri jadal ravishda o‘zgarmoqda, texnika sohasidagi yangiliklar ishlab chiqarish jarayoniga tezkorlik bilan joriy etilib, insoniyat jamiyatining tinchligi, farovonligi ta’minlanmoqda. Bunga ko‘plab rivojlangan mamlakatlarni misol sifatida ko‘rsatish mumkin. Ana shunday yetakchi mamlakatlar orasidan o‘ziga munosib o‘rin egallayotgan respublikamiz uchun yuqori malakali, keng ixtisosli, mehnat bozorida raqobatlasha oladigan mutaxassis kadrlarga talablar qo‘yilgan ( 5-jadvalga qarang).

Download 492,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish