Pedagogika va aniq fanlar



Download 5,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/168
Sana10.09.2021
Hajmi5,62 Mb.
#171128
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   168
Bog'liq
TEXNOLOGIYA VA UNI OQITISH METODIKASI

Kasbiy  bilimlar - ma’lum  kasb-hunar  sohasidagi  avlodlar  tomonidan 
orttirilgan tajribalar 
Kasbiy  ko‘nikma  - kasb  bo‘yicha  zaruriy,  maqsadli  harakatlarning 
egallanishi va bajarilishi 
Kasbiy 
malaka - 
kasbiy harakatlarning avtomatlashgan darajasi 
Kasbiy ta’lim - maxsus, kasb-hunar o‘quv muassasalarida ta’lim mazmuni 
Kasbiy  maslahatlar - o‘quvchi  shaxsini  o‘rganishga  asoslangan,  kasb 
tanlashga yordam ko‘rsatish 
tadbirlari
 
Sharq  mutafakkirlari  texnologiya  tarbiyasi  haqida.  Ta’lim  tarbiyasi 
tarixiga  nazar  tashlar  ekanmiz,  dastlabki  xalq  og‘zaki  ijodi  namunalaridan  tortib, 
buyuk mutafakkirlar ijodigacha yoshlarni texnologiyasevar bo‘lib yetishishi, kasb-


 
 
114 
 
hunar  o‘rganish,  texnologiya  ahlini  hurmat  qilish  hamda  texnologiya  insonni 
ulug‘lashi masalalariga alohida e’tibor berilganligiga guvoh bo‘lamiz. 
Buni  biz  turli  davrlarda  yaratilgan  ta’limiy-axloqiy  asarlar  va  xalq  og‘zaki 
ijodi namunalari: topishmoq, xalq qo‘shiqlari, masal, maqol, ertak va dostonlarda 
ko‘ramiz.  Ularda  texnologiya  va  kasb-hunar  odobi,  axloqi  va  qoidalarini 
o‘zlashtirish muhim hayotiy zarurat ekanligi ta’kidlanadi. 
Bundan  tashqari  “Avesto”,  Kaykovusning  “Qobusnoma”,  Abu  Nasr 
Forobiyning  “Fozil  odamlar  shahri”,  Abu  Rayhon  Beruniyning  “Geodeziya”, 
“Minerologiya”,  Mahmud  Qoshg‘ariyning  “Devonu  lug‘otit  turk”,  Yusuf  Xos 
Hojibning  “Qutadg‘u  bilig”,  Alisher  Navoiyning  bir  qator  asarlari  va  shu  kabi 
ma’rifiy  meros  namunalarida  texnologiyasevarlik,  kasb-hunarning  ahamiyati 
haqida muhim fikrlar bayon etilgan.  
O‘quvchilarning kasb-hunarga qiziqishini tarbiyalashda insoniyat texnologiya 
faoliyati  tarixini  o‘rgatuvchi  omillarga  tayanib,  o‘quvchilarni  kelajakda  to‘g‘ri 
kasb tanlashlariga ulkan zamin yaratilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘quvchilarni 
texnologiya  turlariga  qiziqishini  oshirish,  kasb  tanlash  va  o‘zlashtirishni 
shakllantirib  borish  uchun  pedagoglar  zimmasiga  o‘quvchilarga  yoshligidan 
boshlab  ta’lim,  tarbiya  berish  bilan  birga  kasb-hunarga  qiziqish  ishlarini  to‘g‘ri 
yo‘lga qo‘yishda quyidagi shartlarga amal qilish lozim: 
•  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilariga  kasb-hunar  to‘g‘risidagi  tushunchalarni 
singdirish; 
• o‘quvchilarni yoshiga, jinsiga mos kasb-hunar tanlashida ularga pedagogik-
psixologik yondashish; 
• kasb-hunarga qiziqtirishda o‘quvchilarning yoshi va qobiliyatlarini hisobga 
olish; 
•  mahalla  oqsoqollari,  texnologiya  faxriylar  bilan  muntazam  aloqalar 
o‘rnatish; 
• texnologiya ustaxonalariga ekskursiyalar uyushtirishni tashkil etish
•  darslarda  mutafakkirlar  merosidan  foydalanib,  kasb-hunarga  oid  fikrlari 
bilan tanishtirish. 
O‘tmishdagi mashhur mutafakkirlar, xalq maorifi arboblari va ma’rifatparvar 
shoirlarning, texnologiya, kasb-hunar to‘g‘risidagi qimmatli fikrlarining biz uchun 
ahamiyatli  tomoni  shundan  iboratki,  ulardan  yosh  avlodni  mehnarsevarlik  ruhida 
tarbiyalash, kasb-hunarga qiziqtirishning vositasi sifatida foydalanish mumkin. 
Bizga  ma’lumki,  o‘zbek  xalqining  qadimiy  kasb-kori  asosan  dehqonchilik, 
chorvachilik  va  hunarmandchilik  bo‘lgan.  Ushbu  kasb-korlar  yuzlab  yillar 
davomida  shakllanib  har  biri  o‘z  ichida  o‘nlab  tarmoqlarga  ajralgan  va  gullab 
yashnagan. 


 
 
115 
 
O‘rta  Osiyo  mutafakkirlarining  kasb-hunar,  texnologiyasevarlik  haqidagi 
fikrlari  bizga  meros  bo‘lib  qolgan.  Abu  Abdulloh  Muhammad  ibn  Muso  Al-
Xorazmiyning  insoniylik  va  texnologiyasevarlik  haqidagi  dono  fikrlari  hozirgi 
kunda  ham  o‘z  ahamiyatini  yo‘qotmagan.  Mutafakkirning  fikricha,  har  bir  kishi 
qilgan ishlari bilan hech ham mag‘rurlanmasligi va takabburlik qilmasligi lozim.  
X  asrdagi  sharq  ijtimoiy  tarbiyashunosligi  bo‘yicha  fikrlarning  eng  yirik 
vakili Abu Nasr Al-Forobiyning o‘z davri uchun katta xizmatlaridan biri shundaki, 
u insonlarni ilm-ma’rifatli bo‘lishga, texnologiya qilishga va kasb-hunar egallashga 
chiqiradi. 
Forobiy  kasb-hunar  va  axloqiy  fazilatlar  muayyan  harakatlarni  takrorlash, 
mashq  qilish  yo‘li  bilan  paydo  bo‘lishini  uqtiradi.  Mutafakkir  har  bir  kishi  o‘zi 
yoqtirgan  kasbni  egallaganidan  so‘ng,  o‘ziga  topshirilgan  ishga  nisbatan  yuksak 
ma’suliyatni  his  etishi va  o‘z  “kasb-hunarini  mukammal  bilmog‘i,  yaxshi  tarbiya 
olmog‘i va yaxshi xulq atvor fazilatlariga ega bo‘lmog‘i kerak” deb ta’kidlaydi. 
Abu  Rayhon  Beruniy  ham  mamlakatning  obodonchiligi,  kishilarning  baxt-
saodati  va  kamoloti  uning  halol  texnologiya  qilishida  va  kasb-hunar  o‘rganishida 
deb biladi. U kasb-hunar, ixtirolarga, turli asboblarni yasashga bag‘ishlab 9 ta asar 
yozgan. Asarlarida o‘zi yashab turgan davrdagi ishlab chiqarishning rivoji va kasb-
hunarga oid qimmatli ma’lumotlar bergan. 
Texnologiyani  va  kasb-hunarni  sharaflash,  texnologiya  ahlining  qadr-
qiymatini  uning  manfaati  uchun  astoydil  kurashishni  Beruniyning  zamondoshi 
qomusiy  olim  Abu  Ali  Ibn  Sinoning  ilmiy  faoliyatida  ham  ko‘rishimiz  mumkin. 
Ibn Sino “Odam ijtimoiy jondir” degan fikrni og‘a surdi. Shuning uchun ham olim 
odamning  yashashi  uchun  eng  zarur  narsa  foydali  texnologiya  ekanligini 
ta’kidlaydi. 
O‘rta  Osiyoda  ko‘plab  shoirlarning  ustozi  bo‘lgan  Abulqosim  Firdavsiyning 
“Shohnoma”sida  texnologiya  ahliga  mehr-muhabbat  bilan  yo‘g‘rilgan  va  kasb-
hunarni egallash malakasiga bag‘ishlangan misralarini ko‘plab uchratish mumkin: 

Download 5,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish