111
SEMINAR MASHG’ILOTI
4. MAVZU: KASB-HUNARGA YO’NALTIRISHDA
BOSHQOTIRMALARDAN FOYDALANISH
Reja:
1. Ta’lim oluvchilarni kasb-hunar turlari bilan tanishtirish va
yo’naltirish
2. Kasb-hunarga yo’naltirishda innovatsiyon boshqotirmalardan
foydalansh
Pedagogik-psixologiyaning barcha sohalarida bo’lagani kabi taxlil etilayotgan
mavzuning ham asoschisi va rivojlantiruvchilari M.G.Davletshin, E.G’oziyev,
N.Shodiyev, Z.Karimova, A.Jabborov, J.Sotiboldiyev, M.Ochilov, T.G’affarova,,
Z.K.Ismoilova,
I.Karimov,
E.Choriyevlardir.
Pedagogik-psixalogik
tuzim
tavsiyalarini ishlab chiqishda ularning ilmiy-ommaviy ishlariga suyandik. Unga
muvofiq ta’lim oluvchilarnining o’quvchilarining kasbga qiziqishlari samarali
bo’lish uchun quyidagilar talab etiladi:
1. O’quvchilarda kasbga qiziqishni bosqichma-bosqich o’stirib borish.
2. Ularni bosqichma-bosqich kasb haqidagi bilimlarga ega qilish.
3. Aniq tasavvur etuvchi kasbiy faoliyati haqida o’simirlarda dastlabki kasb
ko’nikmasi hosil qilish, bu ko’nikmaning o’smir psixalogik rivojlanishiga
mos bo’lishini ta’minlash.
“Men kim bo’lishni istayman?”,”Men mexanizatorlik kasbiga qanday
munosabatdaman?”, “Mexanizator bo’lish osonmi?”,”Mening kelajakdagi kasbim”
mavusidagi insho,bayon kabi yozma ishlarini sinchiklab o’rganib chiqdik. Yozma
ishlar yozdirishdan oldin o’quvchilarga ularning mexanizatorlik kasbidan qay
darajada xabardorligi, bu kasbning o’ziga xos qiyinchiliklari mexanizatorlikning
texnik-psixalogik talablari haqidagi tasavvurlarini aniqlovchi savollar berildi.
Tajribamiz davomida tuzgan mexanizatorning psixo-fiziologik sifatlarini
ifodalovchi professiogramma kasb tanlash bu kasbga yo’naltirish ishlarini
bajarishda yordam beradi. Nihoyat, yuqori sinf o’quvchilarini mexanizatorlik
kasbga yo’naltiruvchi maxsus tajribalar o’tkazildi.
O’rganilayotgan fan asoslari, mehnat ta’limi va sinfdan tashqari ishlari
vositasida o’quvchilarni kasbga qaratilagan tadbirlar. Maktab o’quvchilarining
o’quv tarbiya maydonlarida, maktablar aro o’quv ishlab chiqarish brigadalarida,
shaxsan o’z mehnatlari bilan ishtirok etishlariga yo’naltirilgan tadbirlar.
O’quvchilarning
mexanizatorlik
kasbiga
ijobiy
kasbini
munosabatani
shakillantiruvchi tadbirlar. Kasbga yo’naltirish asosini ishchi kuchlaridan
omilkorona foydalanish, sog’liqni saqlas,insonning mehnat va ijodiy qobilyatini
112
o’stirish, kasbiy mehnat jarayonida shaxsning har tomonlama rivojlanishini
ta’minlash, hamda kishining o’z
kasbini ongli ravishta
, o’z manaviy ehtiyoji talabi
bilan tanlashiga erishishi kabi muhim omillar tashkil etadi . Tarbiya jarayonida
o’quvchining qobilyatlari, bu qobiliyyatlarning rifojlanish bosqichlari, u yoki bu
kasb haqida muayyan malumotga ega bo’lish, bolalar psixologiyasini xisobga olish
talab etiladi. Kasbga yo’naltirish ishlarining tarixan shakillanganbosqichlari
asosida biz tomonimizdan bu tizimining uch unsulda aniqlandi:
1. Tashkiliy-texnik.
2. Tibbiy-psixologik.
3. Pedagogik-psixologik.
Do'stlaringiz bilan baham: