PEDAGOGIKA
2016, 4-son
56
Intellektual-madaniy rivojlanish emotsionallik bilan aloqadorlikdadir.
Talabadagi salbiy his-tuyg‘ularini yо‘qotish, о‘rnini ijobiylari bilan tо‘ldirish zarur.
Masalan, odamlarga nisbatan muhabbatni uyg‘otish kerak. Shu bilan birga
talabada turli vaziyatlarda о‘ziga ishonch bilan qarash tuyg‘usini tarkib toptirish
zarur. Agar boshqalarni sevish boshqalarga nisbatan munosabatni ifodalasa, о‘z-
о‘ziga ishonch esa, о‘z-о‘ziga munosabatni anglatadi, ya’ni talabada tor
ma’nodagi “Men” hissining hosil bо‘lishidir. Sevgi va ishonchdan tashqari bir his-
tuyg‘udan voz kechish va о‘rniga boshqasini chaqira olish, qо‘rquvni boshqara
olishga о‘rgatish ham muhim psixologik omillarning emotsional sabablariga
taalluqlidir.
V. I. Morasanova “Individual о‘z-о‘zini boshqarish va inson xarakteri” nomli
maqolasida xarakter tipologiyasi muammosiga alohida e’tibor qaratadi. Uning
fikricha, xarakter tipologiyasi va xususiyatlarini qо‘yish muammosi tabiiyroq
bо‘lib, uslubiy-qat’iy usulda shaxs omili nazariyalarida yechiladi. Bu yerda
xarakter xususiyatlari va tiplari har xil tartibdagi omillar sifatida qarab chiqiladi,
shaxs tuzilishining sifatiy har xil darajalaridek tasvirlanadi. Muallif xarakter
tipologiyasini о‘rganishda psixikani tadqiq qilishga subyektiv yondashib,
anglangan о‘z-о‘zini boshqarishning rivojlanish xususiyatlari nuqtayi nazaridan
qarab chiqadi. Bu о‘rinda о‘z-о‘zini boshqarish subyektiv faollikning psixologik
mexanizmi sifatida о‘rganiladi. U olib borgan tadqiqot natijalarining
kо‘rsatishicha, individual о‘z-о‘zini boshqarish nafaqat xarakter kо‘rinishini
nazorat qilishga imkoniyat yaratganini, balki о‘z-о‘zini boshqarish xarakterning
shakllanishi va shaxs yо‘nalishining rivojlanishi bilan bog‘liqligini tasdiqlaydi
1
.
Talabalar motivatsion faoliyatining rivoji ham intellektual-madaniy
taraqqiyotga ta’sir etuvchi psixologik omillar sirasiga kiradi.
Motivatsiya – motivlarning harakatlanish jarayoni, insonni asosiy faoliyatga
undovchi motivlar yig‘indisi. Motiv esa fransuzchadan tarjima qilinganda,
undovchi kuch, sabab degan ma’noni bildiradi.
E. G‘oziyev va R. Asomovalarning tadqiqotlarida ta’kidlanganidek, motiv va
motivatsiya tizimi shaxsning faoliyati, muomalasi, xatti-harakatining ichki
regulyatsiyasi funksiyasini bajarib, ehtiyojini qondirish, xohish-istak, ezgu niyat,
orzu-tilak, mayl, his-tuyg‘u, ustanovka, ideal, imon-e’tiqod, vijdon, maqsad qо‘ya
olish va boshqalarni amaliyotda rо‘yobga chiqarishning bosh omili hisoblanadi.
Motiv va motivatsiya faqat bilimlarni о‘zlashtirish, о‘quv malakalarini egallash,
1
Do'stlaringiz bilan baham: