Isroilova Maxsuda Nimatullayevna,
Toshkent davlat stomatologiya instituti tillar kafedrasi katta
о‘qituvchisi. E-mail: farkhod_isroilov@rambler.ru
M. Isroilova
*
PEDAGOGIKA
2016, 4-son
54
mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi kundagi dolzarb vazifalarini amalga
oshirishning eng asosiy vositasiga aylandi, desak xato qilmaymiz. Shuning uchun
ham intellektual-madaniy rivojlanish masalasining nazariy va amaliy jihatlariga
bugungi kunda mamlakatimizda katta ahamiyat berilmoqda.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim tizimini “Yuksak umumiy va
kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda
mustaqil ravishda mо‘ljalni tо‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bо‘lgan, istiqbol
vazifalarni ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini
shakllantirishga”
1
yо‘naltirilishi alohida ta’kidlab о‘tilgan. Mazkur talab oliy ta’lim
muassasalarida tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlar shaxsini kasbiy, madaniy va
ijtimoiy jihatdan yaxlit tarzda shakllantirishni shart qilib qо‘yadi.
Respublikamizda zamonaviy mutaxassislarni tayyorlashdagi asosiy
tamoyillar sifatida ta’limni insonparvarlashtirish va ijtimoiylashtirish, ularning
asosi sifatida esa milliy va umuminsoniy madaniy qadriyatlar aniq belgilab
olingan. Shu bilan birga, bugungi kunda kadrlarning kasbiy tayyorgarligini
takomillashtirishga qaratilgan yaxlit ta’lim jarayoni “ta’limning jahon miqyosidagi
zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda”
2
amalga oshirilishi lozim.
Intellekt muammosi jahon va milliy doirada kо‘p tadqiq etilganiga qaramay,
hozirgi vaqtgacha muammoli tavsifga ega bо‘lib qolmoqda, chunki bugungi
kungacha “intellekt” tushunchasining xilma-xil ta’riflari mavjud bо‘lsa-da, shaxs
sifatini ifoda etuvchi mazkur tushuncha tadqiq etilayotgan obyektning yosh va
psixologik xususiyatlarini hisobga olishni alohida talab etadi. Ana shu nuqtayi
nazardan talabalarni intellektual rivojlantirish deganda, shaxsning mantiqiy,
abstrakt, ijodiy fikrlash hamda egallanggan bilim, kо‘nikma va malakalarni
amaliyotda qо‘llay olish doirasini kengaytirish, auditoriya va auditoriyadan
tashqari mashg‘ulotlarda qо‘llaniladigan metod va usullardan maqsadga muvofiq
foydalanish vositasida subyekt-obyekt (umumiy intellektga doir) va subyekt-
subyekt (ijtimoiy intellektga oid) tavsifidagi vazifalarni hal etish jarayoni
tushuniladi.
Intellektual madaniy rivojlanish shaxs taraqqiyotining muhim tavsifini
о‘zida ifoda etib, hayotiy faoliyat jarayonida zarur bо‘ladigan mustaqillik,
individuallik, bilish faolligi, fikrlash, о‘z-о‘zini erkin namoyon etish, jamiyat
talablariga muvofiq faol harakatlanish, madaniy merosni keng miqyosda
о‘zlashtirish, yuqori madaniy saviyaga ega turmush tarzini yо‘lga qо‘yish,
1
Ўзбекистон Республикасининг “Кадрлар тайёрлаш миллий дастури” // Баркамол авлод −
Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. – Тошкент: Шарқ, 1997. − Б. 34.
2
Ўзбекистон Республикасининг “Кадрлар тайёрлаш миллий дастури” // Баркамол авлод −
Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. – Тошкент: Шарқ, 1997. − Б. 44.
Do'stlaringiz bilan baham: |