Ғозиев Э.
Тараққиёт психологияси. – Тошкент: Университет, 1999. – Б. 48;
Асомова
Р. С.
Касб танлаш мотивацияси ва унинг динамикаси: Психол. фан. ном. ... дисс. –
Тошкент: ТошДУ, 2002. – Б. 28.
2
Qarang:
Каримова В.
Ўзбек ёшларида оила тўғрисидаги ижтимоий тасаввурларнинг
шаклланиши: психол. фан. док. ... дисс. – Фарғона, 1994. – Б. 282;
Каримова В.
Ижтимоий
психология ва ижтимоий амалиёт. – Тошкент: Университет, 1999. – Б. 95.
PEDAGOGIKA
2016, 4-son
58
- fikrni dalillash;
- fikrning tanqidiyligi;
- fikrlash doirasi.
Mazkur sifatlar, о‘z navbatida, talabalarning intellektual rivojlanish
mezonlari tarzida belgilab olindi. Har bir mezon bо‘yicha talabalarning
intellektual rivojlanishining mavjud holatini baholashga yordam beruvchi
kо‘rsatkichlar aniqlandi, sо‘ngra test va anketa sо‘rovnomalari yordamida
miqdoriy ma’lumotlar olindi.
Olingan natijalar tahlili nazorat guruhida motivatsion (yuqori daraja – 18%,
о‘rta daraja – 47%), о‘rganilayotgan obyektni har tomonlama tahlil etish (yuqori
daraja – 19%, о‘rta daraja – 63%), fikr va xulosalarni tasdiqlovchi dalil va
qonuniyatlardan foydalanish qobiliyati (yuqori daraja – 20%, о‘rta daraja – 60%)
kо‘rsatkichlari boshqa mezonlar bilan taqqoslaganda yaxshi shakllanganligini
kо‘rsatdi.
Tajriba guruhida esa bilishga qiziqish (yuqori daraja – 19%, о‘rta daraja – 48
%), narsa-hodisalarning mohiyatiga chuqur kirib borish, asosiy fikrni ajratish,
narsa-hodisalar о‘rtasidagi о‘zaro aloqadorlikni tushunish (yuqori daraja – 18%,
о‘rta daraja – 43%) kо‘rsatkichlari bо‘yicha yuqori natijalar kuzatildi.
Ikkala guruhda ham fikrning egiluvchanligi va moslashuvchanligi – mavjud
bilim va tajribadan foydalana olish, yangi vaziyat va munosabatlarda
obyektlardan tezkor foydalana olish, yuzaga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etish
(nazorat guruhida – 50% quyi daraja, tajriba guruhida – 53% quyi daraja), tanqidiy
fikrlash – fikrlash faoliyati natijalarini qat’iy baholash, notо‘g‘ri fikr va
xulosalardan voz kechish, tuzatish kiritish (nazorat guruhida – 45 % quyi daraja,
tajriba guruhida – 45% quyi daraja), fikrlash doirasining kengligi – fikriy faoliyat
obyektini har tomonlama qamrab olish qobiliyati, muqobil qarorlar qabul qila
olish (nazorat guruhi – 49% quyi daraja, tajriba guruhi – 43% quyi daraja) kabi
intellektual sifatlar nisbatan sust rivojlangan.
Shuningdek, tajriba-sinov ishlari jarayonida talabalarning madaniy
rivojlanish darajasi о‘rganilayotgan til bilan bog‘liq sivilizatsiyaga doir
madaniyatni о‘zlashtirish jarayoni sifatida tahlil etildi. Olingan natijalar esa,
nazorat va tajriba guruhlarida ham talabalarning antik davr madaniyati
tо‘g‘risidagi bilim, kо‘nikma va malakalari yetarlicha shakllanmaganligini
kо‘rsatdi. Ikki guruh respondentlarida ham boshqa fanlar, boshqa sohalar bilan
bog‘liq qadimgi yunon-rim madaniyati tо‘g‘risidagi ma’lumotlarga egalik va lotin
tilini amaliy faoliyatda qо‘llay olish darajasi nisbatan yuqori darajani tashkil etdi.
Eng past kо‘rsatkichlar madaniy artefaktlar, falsafiy va badiiy asarlar
mualliflari, mifologiya, marosimlar bilan bog‘liq mezonlarda (nazorat guruhida –
Do'stlaringiz bilan baham: |