2-topshiriq:Nutqiy nuqsonlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni misollar asosida shakllantirish. Namuna: Qadimgi grek faylasufi va shifokori Gippokrat (er. av . 460-377 y.) bir qator nutq buzulishlarini ko’rsatib o’tgan. Boshqa grek faylasufi Aristotel nutq xosil bo’lishi jarayonini pereferik nutq aparatining anatomik tuzilishidagi kamchiliklarni nutq buzulishiga sabab qilib ko’rsatgan.
YUqoridagilardan shuni aytish mumkinki, antik davr olimlarning tadqiqotlaridayoq nutq buzilishlari sabablarini tushunishda ikki yo’nalish ko’rsatilgan. Birinchi yo’nalish Gippokrat nuqtayi nazari bo’lib, bosh miyaning jarahotlanishi nutq buzulishlarning kelib chiqishiga sabab bo’luvchi bosh omil yekanligi taskidlangan. Ikkinchisi Aristotetlga tegishli bo’lib pereferik nutq apparati buzilishlari aynan nutq buzulishlarining sababi yetib ko’rsatilgan. Nutq buzilishlari sababi o’rganishning keyingi davrlarida ham bu ikki nutqtay nazar saqlanib qo’lgan.
Nutq buzulishlari xaqidagi tasavurlar shu muammoni o’rganishning barcha davrlarida, ular mohiyatini tushunishini ifodalaydi. SHuningdek, malum davr va mualliflarning umumiy metodolog yo’nalishni ifodalaydi.
Nutq buzulishlarida bosh miya jarohatlanishning “o’z o’rni” borligi yeramizdan avval 400 ming yil ilgari Gippokrat tomonidan aytib o’tilgan bo’lsa ham bunga xaqiqat ilmiy tasdiq 1861- yida, fransuz shifokori Pol Broka tmonidan bosh miyada nutq markazi mavjudligi va bu markaz jarohatlanishi nutq buzulishini keltirib chiqarish mumkinligini ko’rsatib berilgandan so’nggina berilgandir. Huddi shunga o’xshash kashofiyot 1874-yilda Vernike tomonidan ham amalga oshirilgan nutqni tushunishda bosh miya qobig`ining orqa bo’lagi katta ro’l o’ynaydi. Bu qismda begona nutqni qabul qilishi jarayoni ro’y beradi. Nutq buzulishlarini XX asrning 20-yillardan jadal ishlana boshlanadi. Bu yillarda tatqiqotlar ilk bor, kelib chiqish sabablariga ko’ra, nutq buzulishlarini tasniflashga urindilar. S. M. Dobraayev (1929) nutq buzilishlari orasida quyidagilarni ajratib ko’rsatgan:
Oliy nerv faoliyati kasalliklari.
Anatomik nutq aparatida patologik o’zgarishlar .
Bolalikdan tarbiyaning etishmaganligi.
Organizmining umumiy nevropatik holati .
M. ye. Xvatsev ilk bora nutq buzulishlari sabablarini ichki va tashqi omillarga ajratadi. SHu bilan birga u organik (anatomik fiziologik, morfologik), funksional (psixogen), ijtimoiy psixologik va psixonevrologik sabablarini ajratib ko’rsatadi .
Funksional sabablarni M. ye. Xvatsev, I. P. Pavlovning talimoti orqali tushuntiradi. Bu talimot markaziy nerv sistemasida qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining o’zoro munosabatlarini tuzilishi xaqida bo’lib, M. ye. Xvatsev bu orqali organik va funksional, markaziy va pereferik sabablarining o’zoro munosabati mavjudligini takidlaydi. Psixonevrolik sabablarga bu aqli zaiflarni, xotira, diqqat, buzulishini va boshqa psixik jarayonlar buzulishini kiritgan. M. ye. Xvatsev ijtimoiy psixologik sabablarga xam katta e’tiborliini qaratgan va uning ostida atrof muxitdagi turli xil yomon ta’sirlar yetganini tushuntiradi. Biologiya, yembriologiya, nazarir tibbiyot soxalarida so’ngi o’n yillikda qo’lga kiritilgan katta yutuqlar tibbiy genetika, immunologiya va boshqa fanlarning yerishgan yutuqlari nutq buzulishlari xaqida chuqurroq tasavvurga ega bo’lgan imkoniyatni beradi va ularning kelib chiqishida yegzogen (tashqi) va yendogen (ichki) zararlarining axamiyatini ko’rsatadi.
Nutq buzulishining faqat organik (markaziy va pereferik) sabablarini ajratmasdan, balki funksional sabablarini xam ajratish, nutq buzulish mexanizimini bola organizimiga ko’rsatadigan ta’sirini xam tushunish kerak. Bu nutq buzulishlarini korreksiyalash uchun to’g’ri yo’l va metodlar tanlash, ularni oldindan aytib berish va oldini olish uchun xam muximdir.
__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________