O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
SA’NATSHUNOSLIK FAKULTETI
PEDAGOGIKA V A PSIXOLOGIYA KAFEDRASI
“IJTIMOIY PEDAGOGIKA”
moduli bo’yicha
O’QUV-USLUBIY MAJMUA
NAVOIY
Ijtimoiy pedagogika fanidan o’quv uslubiy majmua O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligiining “Yangi o’quv uslubiy majmualarini tayyorlash bo’yicha uslubiy ko’rsatmani tavsiya etish to’g’risida”dagi 2017 yil 1 martdagi 107-sonli buyrug’I asosida ishlab chiqildi
Tuzuvchi: M.M.Raupova -Pedagogoka va psixologiya kafedrasi o`qituvchisi
Taqrizchilar:
F.O.Xodjiyeva -NavDPI Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri, p.f.n.
O.R.Shamiyeva-NDKI Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi o’qituvchisi, p.f.n
O’quv-uslubiy majmua Navoiy davlat pedagogika instituti kengashining ________ yil _____________________________dagi_____________ sonli qarori bilan nashrga tavsiya qilingan
MUNDARIJA
I.ISHCHI DASTUR...........................................................................................
II.NAZARIY MATERIALLAR......................................................................
III. SEMINAR MASHG’ULOTI ISHLANMALARI......................................
IV. AMALIY MASHG’ULOTI ISHLANMALARI......................................
V.MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI.................................................
VI.GLOSSARIY.................................................................................................
VII.TESTLAR.....................................................................................................
VIII. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR BANKI...................................
KIRISH
“Ijtimoiy pedagogika” kursi talabalarning umumpedagogik bilim darajasini kengaytirish bilan birga, ularni jamiyatdagi turli ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy-pedagogik muammolar, shuningdek, mazkur fanning ob’ekti, predmeti, uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi, kategoriyalari, ijtimoiy pedagog kasbining o’ziga xos xususiyatlari kabi boshlang`ich tushunchalarni o`z ichiga olgan.
O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad – bolalarni ijtimoiylashtirish jarayonida ijtimoiy tarbiya va ijtimoiy ta’lim qonuniyatlarini o’zlashtirish.
Fanning vazifasi – gumanitar bilishning sohasi sifatida ijtimoiy pedagogika, uning ob’ekti, tadqiqot predmeti va asosiy kategoriyalari haqida nazariy bilimlar berish; talabalarda ijtimoiy-pedagogik tadqiqotga doir ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Fanni o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar.
“Ijtimoiy pedagogika” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- ijtimoiy - pedagogik faoliyatning madaniy-tarixiy an’analari; ijtimoiy-pedagogik faoliyat rivojining tarixiy omillari; pedagog, ijtimoiy-pedagog va ijtimoiy xodimning kasbiy faoliyatidagi farqlar; ijtimoiy- pedagogning kasbiy faoliyati strukturasi; ijtimoiy-pedagog faoliyati vazifalari; ijtimoiy- pedagogning kasbiy tayyorlashda uzluksiz ta’lim mazmuni; O’zbekistonda ijtimoiy pedagog amaliy faoliyatining o’ziga xosliklari; maktabgacha yoshdagi bola shaxsini ijtimoiylashtirish mohiyati; bola shaxsini ijtimoiylashtirishda mikro muhitning roli; rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bola, nogiron bola, cheklangan imkoniyati bola tushunchalari tavsifi; imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiylashtirishdagi umumiylik va tafovutlar; imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiylashtirishning shartlari va xuquqiy me’yorlari; ijtimoiy pedagogik kategoriyalar; ijtimoiy pedagogikaning tamoyillarini bilishi kerak;
-ijtimoiy-pedagogning kasbiy tayyorlashda uzluksiz ta’lim mazmuni; O’zbekistonda ijtimoiy pedagog amaliy faoliyatining o’ziga xosliklari; maktabgacha yoshdagi bola shaxsini ijtimoiylashtirish mohiyati; bola shaxsini ijtimoiylashtirishda mikro muhitning roli; rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bola metodlarini qo’llash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
- ijtimoiy - pedagogik faoliyatning madaniy-tarixiy an’analari; ijtimoiy-pedagogik faoliyat rivojining tarixiy omillari; pedagog, ijtimoiy-pedagog va ijtimoiy xodimning kasbiy faoliyatidagi farqlar; ijtimoiy- pedagogning kasbiy faoliyati strukturasi; ijtimoiy-pedagog faoliyati vazifalari; ijtimoiy- pedagogning kasbiy tayyorlashda uzluksiz ta’lim malakalariga ega bo’lishi kerak
1.3 Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
“Ijtimoiy pedagogika” fani mutaxassislik fani hisoblanib, 3- semestrda o’qitiladi.
Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy (O’zbekiston tarixi, huquqshunoslik, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, iqtisodiyot nazariyasi, sotsiologiya), matematik va tabiiy-ilmiy (yosh fiziologiyasi va gigiyena), umumkasbiy (pedagogika nazariyasi, pedagogika tarixi, oila pedagogikasi, xalq pedagogikasi, umumiy psixologiya, yosh va pedagogik psixologiya), ixtisoslik (pedagogik valeologiya, pedagogik konfliktologiya) fanlari bilan o’zaro aloqada olib boriladi.
Fanning ta’limdagi o’rni
Ijtimoiy pedagogika bolalarni ijtimoiylashtirish jarayonida ijtimoiy tarbiya va ijtimoiy ta'lim qonuniyatlarini o‘zlashtirish, ularni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash kabi bugungi kunda jamiyatimiz oldida turgan dolzarb vazifalami hal qiladi. Pedagog, ijtimoiy-pedagog va ijtimoiy xodimning kasbiy faoliyatdagi sotsiologik metodlardan foydalanish, asotsial oilaga ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatish shakllarini va vositalari haqida bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishda mazkur fan alohida ahamiyatga ega..
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning Ijtimoiy pedagogika fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg'or va zamonaviy usullaridan, ya'ni Klaster, B.B.B, Insert, Akvarium, Venn diagramma, Zanjir, Qora quti, Tushunchalar tahlili metodlari va boshqa zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish, yangi informatsion pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik va o‘quv qo‘llanmalar, seminar ishlanmalari, tarqatma materiallar va elektron materiallardan foydalaniladi. Seminarlarda mos ravishdagi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. Seminar mashg'ulotlarida Aqliy hujum, Tarozi, Bumerang, Blits-so’rov, Delfi, Arra, Galereya, SWOT-tahlil kabi pedagogik texnologiyalar asosida, kichik guruhlar musobaqalarini guruhli qo’llash nazarda tutiladi.
O’quv jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o’qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va mul’timedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.
“Ijtimoiy pedagogika” kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. SHaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’ z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash.
O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.
O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.
O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so’rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
“Ijtimoiy pedagogika” fanini o’qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan, “Prezentatsiya Microsoft Offise Power Point” elektron dasturlaridan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo’yicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. “Internet” tarmog’idagi rasmiy ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlaridan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so’z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o’tkaziladi.
“Ijtimoiy pedagogika” fanidan mashg’ulotlarning mavzular va soatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |