7-Mavzu: “Avesto” -Vatanimiz tarixini o‘rganishda muhim manba. (2 soat)
Reja:
«Avesto» zardushtiylarning muqaddas kitobi
«Avesto» va unda jamiyat ijtimoiy tarkibining aks etishi.
«Avesto» –odob va ahloq qoidalari majmui.
«Avesto» ning tarixiy va tarbiyaviy ahamiyati.
Адабиётлар
Aзaмaт Зиё. Ўзбек дaвлaтчилиги тaриxи. Шaрқ. Тoшкент. 2002.
Axмедoв Б. Ўзбекистoн тaриxи мaнбaлaри. Тoшкент. Ўқитувчи. 2001.
Вaсилев М.С. Истoрия религий Вoстoкa. М. Нaукa 1992.
Истoрия древнегo Вoстoкa. М. 2002.
Кaримoв Ш., Шaмсутдинoв Р. Вaтaн тaриxи. Тoшкент Фa. 1994.
Сaриaниди В.И. И здесь гoвoрил Зaрaтуштрa. М.1992.
Сaидқулoв Т. Ўртa Oсиё xaлқлaри тaриxининг тaриxшунoслигидaн лaвҳaлaр. Тoшкент. Ўқитувчи. 1993.
Мaкaвелский A.O. Aвестa. Бaку. 1990.
Xoмидoв X. «Aвестo»нинг мaърифий қиймaти. Тoшкент.2002.
“...Eng mo‘tabar, qadimgi qo‘lyozmamiz “Avesto”ning yaratilganligiga 3000 yil bo‘lyapti. Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlari-mizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir. “Avesto” ayni zamonda bu qadim o‘lkada buyuk davlat, buyuk ma’na-viyat, buyuk madaniyat bo‘lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, buni hech kim inkor etolmaydi... “ (Islom Karimov).
"Avesto" O‘rta Osiyoning tarixan ajralmas qismi bo‘lgan Turon-zamin hududlarida shakllangan eng qadimiy din - zardushtiylikning muqaddas kitobidir. Unda O‘zbek, tojik, turkman, ozarbayjon, fors, afg‘on va boshqa xalqlarning ibtidoiy va qadimiy ilohiy tasavvurlari, koinot va yerda dunyoning yaratilishi bilan bog‘liq tushunchalar, afsona va rivoyatlar, falsafiy-ahloqiy qarashlar o‘z aksini topgan.
Mazdaviylik dini, яъни Zardushtiylik дини haqida toki Sosoniylar uni davlat dini deb e’lon qilmaguncha hech qanday ma’lumot yo’q edi18. Nothing would be known about Zoroastrianism ( Mazdaism) under the Sasanians had not one of its most outstanding religious.
U ezgulik xudosi Axuramazda bilan odamlar o‘rtasidagi vakil sifatida maydonga chiqdi. Zaratushtra eroncha so‘z bo‘lib ushtra - tuya, zarat, - sariq ya’ni keksa tuyachi - tuyachilar avlodidan degan ma’nolarni bildiradi. Zardusht o‘ta iste’dodli shoir, ilohiyot bilimdoni, faylasuf olim edi. Yagona xudoga ishonishgina jamiyat yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tara oladi, Shu yo‘lda Zardusht Navro‘z kunlaridan birida kohinlar boshchiligida muqaddas ichimlik bo‘lgan xaoma tayyorlashga kirishadi.
Xaoma tayyorlashda ishtirok etayotgan Zardusht erta tong pallasida daryodan suv olishga qirg‘oqqa tushadi. Daryo suvining pokiza oqimidan suv olib, bir yo‘la tahoratini yangilayotgan Zardushtning ko‘ziga qirg‘oqda turgan porloq hilqat - Voxumana ko‘rinadi. Zardusht uning sehrli nuriga ergashadi. Nihoyat, Zardusht ezgu va ulug‘ xudo Axuramazda huzuriga boradi. U Voxumana kabi porloq ettita hamisha barhayot ilohiy hilqat qurshovida o‘tirar edi.
Axuramazda shu yerda o‘zining borliqni yaratgan xudo ekani haqidagi xabarni bildirish uchun odamlar orasidan Zardushtni tanlaganini aytadi. Shu vaqtda Zardusht 40 yoshga to‘lgan edi. Shu kundan boshlab Zardusht Axuramazda dinining payg‘ambariga aylandi (payg‘ambar "ezgulik xaqida darak beruvchi" demakdir). U o‘z qavmlari orasida Axuramazda dinini targ‘ib qila boshlaydi. Buning uchun u gatlar deb atalgan, qo‘shiq qilib aytishga mo‘ljallangan she’rlar yaratadi. Zardusht gatlaridan 17 tasi "Avesto"ning "Yasna" deb atalgan qismiga kirgan va bizgacha saqlangan.
Avestada Zardust tug‘ilgan yurt haqida yozilgan: “Mamlakatki, son-sanoqsiz qo‘shinlarga ba hodir boshliqlar yo‘lboshchilik qiladi.. O‘tloqlar va suvga serob, baland tog‘lar chorvachilik uchun zarur barcha narsani yetkazib beradi. U yerda sersuv chuqur ko‘llar bor. U yerda kemalar qatnaydigan keng daryolar o‘zlarining to‘lqinli suvlari bilan shiddat bilan Iskat (Skiflar),Pourut, Mour, Xareva(Ariya), Gava (Sug‘dagi vil), Sug‘uda, Xvayrizam mamlakatlariga eltadi.
Zaratushtraning tug‘ilgan vatani haqida ilmiy olamda 2 xil qarash bor g‘arbiy va sharqiy.
G‘arbiy qarash tarafdorlari
Sosaniylar qarashlari Zaratushtra Atropatenda (Azarbayjonda) yokiMidiya Ragida (O‘rta asrladagi Rey Tehronga yaqin joy)tug‘ilgan deb hisoblashadi. Lekin faktlarni uni inkor qiladi. Ktesiyda va ba’zi olimlar (Dj.Multon) Gatlar Baktriya yaratilgan degan fikrni beradi.
Hozirgi kunda avesta O‘rta Osiyoning viloyatlarining birida yaratilgan degan. Tols tov, Xenning, Struve. Aestoda tilgan olingan viloyatlar bugungi kunda O‘rta Osiyoni, Afg‘oniston, Shimoli-sharqiy Eron tilga olingan.
Aksariyat olimlarning fikricha Zardusht tarixiy shaxs.Zardusht an’anaviy tasavvurlarga ko‘ra, miloddan avvalgi VII-VI asrlar oralig‘ida yashagan (I.M.Dyakonov, V.I.Abaev, B.G‘.G‘ofurov). Ammo, Avesto ma’lumotlariga asoslanib olimlar Zaratushtrani miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmida (XIII-XII asrlarda - Meri Boys), miloddan avvalgi I ming yillikning boshlarida (X-IX asrlar oraligida-I.M.Steblin - Kamenskiy) o‘tgan, degan fikrlar ham o‘rtaga tashlangan.
Zardushtiylarning eng katta ruhoniysi Kartir ko’plab joylardagi toshlarga yozuvlar o’ydirib yozdirgan. Bu yozuvlar Persepol yaqinidagi Naqshi Rustam va Naqshi Rajab va Mashhadning janubidan topilgan. Ulardagi yozuvlar uning yashab o’tgan davrini tasvirlash bilan boshlanadi19. The mobad (high priest) Kartir (Kirder),left four inscriptions carved in rock at various places in Fars: near Persepolis, at Naqsh-iRustam (KKZ and KNRm) and Naqsh-i Rajab (KNRb), and to the south of Kazerun at SarMashhad (KSM). In them, the magus begins by describing his own career.
Xo‘sh, Zardusht qachon yashagan? Bu masalada, bizningcha, m. a. II ming yillik – o‘lkamizda bronza asri gullab-yashnagan, sug‘orma dehqonchilik va xonaki chorvachilik muqim rivojlangan, jamiyatda hokimlar, ruhoniylar, harbiylar, hunar ahli, chorvadorlar, dehqonlar kabi tabaqalar yuzaga kelib, mehnat taqsimoti va ijtimoiy tabaqalanish chuqurlashgan davr – zardushtiylik yaxlit din sifatida shakllangan davr, deyishga to‘la asos bor. Ana shu davrda ibtidoiy diniy-mafkuraviy, mifologik tasavvurlar saqlanib, ma’lum bir tizimga keltirilgan. Dunyoning yaxlitligi, hayot tarzining muqim va tadrijiyligi turli-tuman ilohlarga e’tiqodni so‘ndirib, yaxlit, yagona sababkorni izlashga, uni tanishga, unga iymon keltirish va e’tiqod qilishga undagan. Demak, m. a. ikkinchi mingyillik o‘lkamizda kuchli tafakkur izlanishlari davri sifatida, xalqni tanish, pirovardida yakka xudoni tanishda ajdodlarimiz uchun o‘ziga xos ma’naviy taraqqiyot bosqichi bo‘lgan.
Avesto" da olam qarama-qarshiliklardan iborat. Yorug‘lik va zulmat, hayot va o‘lim, ezgulik va yovuzlik adolatli qonunlar va qonunsizliklar o‘rtasidagi kurash unda o‘z ifodasini topgan. Zardushtning diniy ta’limotida ezgulikni qaror toptirish ruhi (Axuramazda) bilan yovuzlik ruhi (Axramon) o‘rtasidagi kurash ta’riflanadi. Axuramazda ezgulikni vujudga keltirishda odamlarni imonli bo‘lishiga undayveradi. Axramon esa unga qarshi odamlarni yomon ishga boshlaydi.
Zardushtiylik dinida iymon uch tayanchga asoslanadi:
1) fikrlar sofligi, 2) so‘zning sobitligi, 3) amallarning insoniyligi. "Avesto" da "Bergan so‘zning uddasidan chiqish, unga sodiq qolish, savdo-sotiq va shartnomalarda qat’iy amal qilish, qarzni o‘z vaqtida to‘lash, aldamchilik va xiyonatdan xoli bo‘lish imonlilik alomatidir", -deyilgan.
“Avesto” o‘lkamizda islom dini yoyilguniga qadar (mil. VIII asrgacha) ajdodlarimiz e’tiqod qilgan zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘lgan. Bu kitob ajdodlarimiz yakkaxudolikka iymon keltirgunlaricha uzoq o‘tmishdan boshlab ma’naviy izlanish, o‘zlikni anglash yo‘lida bosib o‘tgan tafakkur takomillashuvi bosqichlarining mevasi sifatida bizgacha yetib kelgan buyuk merosdir.
Zardushtiylik dini odamlarga bu din haqida xushxabar keltirgan payg‘ambar Zaratushtra nomi bilan bog‘liq holda shartli ravishda shu nom bilan atalib kelinadi. Aslida “Avesto” kitobida bu din mazdayasna dini deb atalgan. Bu so‘z “Mazdaga sig‘inmoq” deb tarjima qilinib, Mazda so‘zi “donishmand, oqilli”ma’nosini anglatadi.
Barcha ezgu borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan, deb e’tiqod qilingan. Mazda so‘zi oldiga Axura – “ulug‘lash” so‘zi qo‘shilib, zardushtiylikning ilohi-xudosi – Axura Mazda nomi paydo bo‘lgan.
Lekin “Avesto” haqida gap ketganda, uning tarixiy taqdirida o‘ziga xos voqealar davri boshlandi. Avvalo, arablar ilk harbiy yurishlari bilan VII asr o‘rtalarida Sosoniylar Eroni, so‘ngra Markaziy Osiyoga kirib kelgandayoq ajdodlarimizning qadimiy dini zardushtiylik bilan yuzma-yuz kelgan edi. Keyinchalik fath ishlari poyoniga yetib, islom dini yoyilgan pallada zardushtiy jamoalari yalpi ta’qib ostiga tushdi. Bu hol Eronu Turon o‘lkalarida ayovsiz davom etdi. Shu vaziyat taqozosi bilan zardushtiylarning bir qismi xavfsiz o‘lkalarga ko‘chib ketishga majbur bo‘ldi. Oqibatda VIII–XIII asrlar davomida bu jamoalar Hindistonning Bombay va Gujarot viloyatlariga kelib o‘rnashdi. Bu qavmlar, asl kelib chiqishidan qat’i nazar, mahalliy xalq orasida forslar (parslar), deb atala boshlandi. Muhimi shundaki, ayni shu zardusht jamoalari qadimiy dinlariga e’tiqodni saqlab qolganliklari tufayli umuman unutilishga mahkum etilgan din tizimi, uning urf-odatlari, aqidalari va nihoyat, muqaddas kitobi “Avesto”ning asosiy, kundalik amaliyot uchun eng zarur va muqaddas hisoblangan qismlari saqlanib qoldi. Hozirgi kunda ham o‘sha qavmlarning avlodlari – qariyb 150 ming zardushtiy Hindistonning mazkur o‘lkalarida o‘z dinlarini saqlab yashab kelmoqda.
Zardushtiylik dini Sosoniylar davrida davlat dini deb e’lon qilingan. Hukmdor Shopur I ni Ahuramazda elchisi deb hisoblashgan20
Ko‘pchillik olimlarning ta’kidlashlaricha, zardushtiylik dinining ilk vatani Turon o‘lkalari bo‘lgan, deb tan olishmoqda. Chunki, “Avesto”da aks etgan mifologik qatlamlar, tarixiy‑geografik manzaralar asos‑e’tibori bilan Turon o‘lkalariga, aniqrog‘i, Baqtriya, Marg‘iyona, Sug‘diyona va Xorazmga xosdir. Qolaversa, “Avesto”ga asos bo‘lgan til, hozirgi fors tilining ajdodi bo‘lmish qadimgi janubi-g‘arbiy eroniy tildan farqli ravishda, shimoli-sharqiy eroniy tillarga, xususan, O‘zbekistonning qadimgi hududlarida amal qilgan tillarga qarindoshdir.
Sharqda tarixiy manbalar “Avesto” kitobi mavjud bo‘lgani haqida ikki ming yildan ziyod vaqt davomida ko‘plab ma’lumotlarni saqlagan. Ovro‘pada esa “Avesto” kitobi haqida ilk ma’lumotlar o‘rta asrlardagina paydo bo‘lgan, ya’ni inglizlar Hindistonni istilo qilgach, bu ma’lumot yanada boyigan. 1750-yillarning boshlarida yosh fransuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron “Avesto”ni o‘rganish ishtiyoqi bilan yonib, ingliz harbiy qismlariga qo‘shilib Hindistonga boradi. Zardushtiy jamoalar orasida uzoq muddat bo‘lib, ularning ishonchini qozonib, dindorlargina tafsir qila oladigan “Avesto” tilini o‘rganadi, “Avesto” matnlarini sotib oladi. So‘ngra 1761 yili Fransiyaga qaytib kelib, 1771 yili “Avesto” matnlarini nashr ettiradi.
Ko‘p o‘tmay “Avesto” haqidagi ma’lumotlar yanada ko‘payib, unga ilmiy qiziqish ortdi. Dyuperronning buyuk ilmiy jasorati va fan oldidagi xizmati tan olinadi. U tarjimada yo‘l qo‘ygan xatolar, talqindagi kamchiliklar tuzatiladi. “Avesto” bilan hind xalqining ulug‘ asotiriy asari “Rigveda”ning tili yaqin ekanligi ma’lum bo‘ladi. A. Dyuperron “Avesto” tili Hindistonning boshqa tillariga hamda yunon va lotin tillariga yaqinligini anglab, tarixda birinchi bo‘lib fanga “hind-ovro‘pa tillari” tushunchasini kiritdi.
“Avesto” o‘z vatani Turonzaminda qadimdan ilmiy dunyo diqqat markazida bo‘lib kelgan. Avvalo, bu masala “Avesto” kitobining to‘planishi, uning tarkibiy bo‘laklariga silsilaviy tartib berilishi va nihoyat, eng mukammal, ishonchli shakli yuzaga kelishi uzoq ajdodlarimizning kitobatchilik madaniyati hamda qadimiy matnshunoslikning buyuk namunasidir. Qolaversa, o‘rta asr ilmida “Avesto” haqida batafsil ma’lumotlarni ulug‘ alloma Abu Rayhon Beruniy asarlaridan va boshqa manbalardan olish mumkin.
Avesto bizgacha to‘liq yetib kelmagan, uning Yasna, Yasht, Visparad, Videvdat deb atalgan kitoblaridan parchalar yetib kelgan.
Yasna –72 bobdan iborat qurbonliklar, alqovlar haqida bo‘lib, asosiy marosimlarni o‘tkazish tartibi bayon etilgan. eng qadimgi qatlami 17 tasi “Gatlar” (muqaddas qo‘shiqlar.
Olamning yaratuvchisi Ahuramazda madh qilingan.
Zaratushtra yashagan zamonda tarkib topgan. “Gatlar”da bayon etilgan vokealar tahlili, uni bronza davrida yaratilganligidan guvohlik beradi.
YaShTLAR-ulug‘lash, e’tiqod ma’nosini beradi.
52 bobdan iborat. Ma’budalar alqovi Mixr Yasht ham deyiladi.
Yasht kitobi “Avesto”ning Har bir bob Axura Mazdadan boshlab, u yaratgan va uning ma’lum vazifalarini bajaruvchi ma’budlar sha’niga aytilgan gimn (alqov)lardan iboratdir. Demak, Yasht boblari qadimgi qabilalar og‘zaki ijodi asosida paydo bo‘lgan.
“Yasht”larda arxaika va ilk antik davri ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyot darajasi mujassamlashgan bo‘lib, uning tarkibiga “Gatlar” davri voqealari omuxtalashtirilgan.
Boshqaruv tizimi haqida ma’lumot bor.
VISPARAD barcha hukmronlar (Vispered deb ham atalgan)
27 bobdan iborat.
Ibodat paytida o‘qiladigan matnlar yig‘ilgan
Avestoning “Visparad” kitobida zardushtiylarning bayram va diniy marosimlarda ijro etiladigan madhiyalari to‘plangan.
“Videvdat” kitobi devlarga qarshi qonun “Vendidat” tarzida ham uchraydi.
Avesto qismlari orasida birmuncha yosh, lekin to‘liq saqlangan kitobdir. Uning boblari “fragard” deb atalgan. Fragardlarda Axura Mazda yaratgan 16ta viloyatlar, jumladan Xvarizam (Xorazm), Gava Sug‘uda (Sug‘d), Mouri (Marv), Baxdi (Balx) haqida, dehqonchilik va chorvachilikning savobli sharofatlari haqida ma’lumotlar berilgan.
Tibbiy, kosmogonik, ahloqiy, geografik masalalar aks etgan
Davr jihatdan ulardan yosh hisoblangan Videvdat esa sosoniylar davrida (Shopur I davrida) tahrir qilinib kitob holiga keltiriladi
"Avesto" da uning Vendidad (Videvdat) kitobida qadimgi Turon o‘lkasi va Eronning o‘ziga xos tarixiy jug‘rofiyasi bayon etiladi. Jumladan, Axuramazda Spitamid Zardushtga bunday deydi: "Ey, Spitamid Zardusht, men, Axuramazda, bu noxush, g‘amgin joyni osoyishta, farog‘atli o‘lkaga aylantirdim. Eng avvalo g‘oyat ezgu joriy qilib, yurtlar ichra eng yaxshi yurt qilib, daitiya daryosi yoqasidagi go‘zal Ayranem-vaedja-Eronvejni yaratdim. Lekin yovuz Axaramon mening ziddimga turib u yurtning ofati bo‘lgan sariq ilonlarni va devlar yuborgan qishni yaratdi. U yurtda o‘n oy qahraton qish ikki oy yoz bo‘ladi: yeri uchun ham, suvi uchun ham, naboti (o‘simligi uchun ham sovuq (bu qishu yoz oylari). qishi qahratoni, uning poyoni o‘ta saryog‘in. Men, Axuramazda yaratgan yurtlarning ikkinchisi Gava-so‘g‘dlar yashaydigan yurt. Bu yurtda yaylovlar bo‘liq o‘tloqlar serut, mollari semiz... .
Uchinchi o‘lka - Mouru (Marg‘iyona) qudratli yurt, haq yo‘liga sodiq yurt ...; Tog‘lari baland ko‘tarilgan go‘zal yurt - Bahdini yaratdim men, Axuramazda ..., Mouru va Baxdi o‘rtasidagi Nisayya yurtini ham men yaratdim...".
"Avesto" ning ushbu jug‘rofiy dostoni, tadqiqotchilar fikricha, Turon zaminidan, xususan, Xorazm va So‘g‘ddan boshlanib, to janub va janub-g‘arb tomon tarqalgan zardusht dini targ‘ibotining bosib o‘tgan yo‘lini ko‘rsatadi.
Ayranem-vaedjo- go‘zallikda u bilan dunyoda hech nima tenglasha olmaydi.
Sug‘d-odamlar va chorvaga boy
Muru –qudratli boy
Baxdi-bayroqlari baland qo‘tarilgan.
XORDA AVESTO (KIChIK AVESTO)
22 bobdan iborat.
Diniy marosimlarda o‘qiladigan duolar
Zend AVESTO Avestoga sharh- zand(bilim, o‘qish) 22 qismdan iborat
“Avesto” qadimiy tarix, din, etnografiya, axloqiy-falsafiy qarashlar, astronomiya, kosmogoniya, ilohiyot va boshqa ko‘plab sohalar uchun qiziqarli ma’lumotlar bera oladi. Shu bilan birga, “Avesto” mohiyatan ilk badiiy ijod va adabiyot obidasidir. Uning tarkibida eng qadimgi asotirlarimiz, rivoyatlar, qahramonlik dostonlari mavjud. “Avesto”ning asotiriy obrazlari tizimidan o‘rin olgan Xushang, Taxmuras, Jamshid, Kayumars, Faridun, Zahhok va boshqalar o‘rta asr dostonchiligi va adabiyotiga ham kirib kelgan. Kayxusrav, Afrosiyob, Siyovush, Rustam, Suhrob va boshqa siymolar asrlar osha yashab kelmoqda.Ular o‘rtasida doimo muttasil kurash boradi. Zardushtiylik e’tiqodi bo‘yicha olov nihoyatda muqaddas hisoblangan. quyosh yorug‘lik manbai bo‘lib, otash uning birqismi xisoblangan. Kuyosh olamga hayot bag‘ishlaydi. Uning nuri bilan barcha jonzod uyg‘onadi va yashnaydi.
Kadimiy tangalarda suqilgan ma’budalar tasviri va sopol xaykalchalar taxlitiga qaraganda Axuramazdadan tashqari, zardushtiylarning Mitra, Farna, Nana yoki Noxid (Anaxita), Mirrix va Xubbi kabi maxalliy ezgulik tangrilari ham bo‘lgan. Mitra — Kuyosh va yorug‘lik xudosi, jangovar yigit siymosida tasvirlanadi. Farna mah.alliy aholi Xumo ba’zan anko nomi bilan yuritgan baxt va tole xudosi, nihoyatda chiroyli qush qiyofasida tasavvur etilgan. Nana yoki Noxid hosildorlikva farovonlik ma’budasi, u bir qo‘lida anor yoki olma tutgan go‘zal ayol qiyofasida tasvirlanadi. Mirrix — urush va g‘alaba xudosi, xarbiylar madadkori, kurollangan jangchi taxlitida tasavvur etilgan. Xubbi — suv xudosi, qayiqchilar va miroblar xomiysi, zabardast yigit tusida tasvirlanadi.
Zardushtiylar e’tiqodiga ko‘ra, koinot olov, tuproq., suv va havo kabi to‘rt unsurdan tarkib topgan. Muqaddas hisoblanganligi tufayli ularga nisbatan e’tiqod nihoyatda kuchli bo‘lgan. Ularga iflos va badbuy narsalar tashlash qat’iy taqiqlangan. Hatto marhumlar jasadini yerga ko‘mish, suvga tashlash, yoqish yoki ko‘katlar ustida qoldirish qat’iyan man etilgan. Chunki ular murdor xisoblangan. Marhum yashagan xonadonda bir necha kun o‘t yoqilmagan, ovqat pishirilmagan. Murdalar toshloq tepaliklar yoki shahardan tashqarida bino qilingan maxsus baland dahmalarning ustida qoldirilgan. qush-quzg‘unlar va yirtqichlar ularning etini yeb bo‘lgach, suyaklari quyoshda toblanib sarg‘aygach, ular jamlanib qopqoqli sopol ostadon (assu-ariy)larga solib qo‘yilgan. Barcha motam marosimlari tugagach, marxum ustuxonlari solingan ostadon maxsus xilxona — «naus»ga kiritilib, supa ustiga terib qo‘yilgan. Shu bilan dafn marosimi tugagan. Marxumlarning suyaklarini ostadonlarga solib, nauslarda saklash odati So‘g‘d, Choch va Xorazm viloyatlarida keng rasm bo‘lgan. Zardushtiylik dahmalarining vayronalari Karshi shahri yaqinida joylashgan Yerqo‘rg‘on shahar harobasidan hamda Buxoro shahridan Xorazmdagi Qal’ali qir, Qo‘yqirilgan qal’adan topib o‘rganildi. Buxoro dahmasining qanday inshoot ekanini anglatuvchi qadimiy nomi xatto hozirgacha saqlanib qolgan. Bu yodgorlik «Tali murdapartov», ya’ni murdalar tashlanadigan tepa deb yuritiladi. Qorako‘l yaqinida joylashgan qadimiy Poykand shahritevaragidan esa 50dan oshiq nauslar qazib o‘rganildi. “Avesto”da zardushtiylikning eng muhim axloqiy g‘oyasi bunday ifoda topgan: agar ezgu borliqni yaratgan Axura Mazda qabohat dunyosini yaratuvchi Axriman ustidan g‘olib bo‘lib, insoniyat abadiy baxtu saodatga erishsin desang, ezgu fikr yurgiz, ezgu so‘znigina so‘zla, ezgu ishlar bilan band bo‘l. Hayotida shu uch qoidaga amal qilgan odam qabohat, yovuzlik yo‘liga og‘ib ketmaydi. Bu esa eng oddiy hayotiy maqsad – haq yo‘ldagi yagona maqsad bo‘lmog‘i kerak. Zardushtiylikda inson erkin tanlash orqali ezgulik yoki qabohat tomonida turishi mumkin, deyiladi. Insonning bu masalada tutgan yo‘li haqiqat va ezgulik bilan yolg‘on va yovuzlik o‘rtasidagi kurashda ezgulikning g‘alabasi uchun g‘oyat muhim. Ezgulik yo‘li esa haq yo‘l bo‘lib, Axura Mazdaning xabarini keltirgan Zardusht odamlarni shu yo‘lga yetaklaydi. Iymonli, e’tiqodli odamlarning yalpi ezgu harakatlari yomonlikni, qabohatni mahv etadi. Shunda ezgu amalda turgan barcha odamlar adolatli saltanatda abadiy yashaydilar. Zardusht odamlarga abadiy farog‘atli jannat hayotini va’da qiladi. Buning nomi “behisht”, ya’ni “Avesto”cha vahu-hishta– “yaxshi hayot” demakdir. Zardushtiylar ananasi bu jannatni 3000 yildan keyin keladi, deb hisoblaydi. O‘shanda Zardusht tuxumidan paydo bo‘lgan xaloskor Saoshyanata muqaddas suv ostidan chiqib, savobga joxillarning hammasini Axriman yaratgan daujvah ( do‘zax)xurujlaridan qutqaradi. Saoshyanata kelgach, ezgulik uzil-kesil g‘alaba qiladi, deyiladi.
Avestoda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar. Avesto jamiyati to‘rt ijtimoiy bosqichdan iborat: patriarxal oila jamoasi - nmana, patriarxal urug‘ jamoasi - vis, qabila jamoasi - zantu va qabilalar ittifoqi - daxyu. Dax’yu viloyat, mamlakat ma’nosini ham anglatgan. Oila, urug‘, qabila boshlig‘ini anglatish uchun “pati” (ota), patni ona nmapatni-xozyayka. Nmanya-oila ma’budasi yoki a’zosi anglatgan so‘zi ishlatilgan. Demak, oila boshlig‘i - nmanapati, urug‘ oqsoqoli - vispati, (Visya- urug‘ xomiysi)qabila boshlig‘i - zantupati, mamlakat sardori - dax’yupati deb yuritilgan. Mamlakatni idora qilgan shaxs “kavi”, ya’ni diniy, dunyoviy hokimiyat egasi bo‘lib, uning mamlakat boshlig‘igi “sastar” so‘zi ishlatilgan. Sastar mamlakat harbiy kuchlariga qo‘mondonlik qilgan va poytaxt yoki o‘lkani boshqarish kirgan.
Sastar va kavi atamalari iqtisodiy hayoti dehqonchilik xo‘jaligi asosida qurilgan mamlakatlar boshqaruv tizimida uchraydi. Chorvadorlar jamoasida esa kavi va sastar vazifalarini qabila jabg‘usi bajargan. Avesto jamiyati tarkibining eng yuqori bosqichi – dax’yu etnogenez nuqtai nazaridan yondoshilsa – bu nafaqat yirik hududiy birlik, balki ma’lum bir etnik birlikning ma’muriy hududi hamdir. Shunday hududiy etnik birliklardan 16 tasini nomlari Avestoda tilga olinib, ularning har biri o‘z navbatida muayyan xalqlar nomi bilan bog‘liq etnik birliklardir.
Avesto jamiyatining hududiy tarkibida bir necha dax’yularni siyosiy jihatdan uyushtirgan dax’yular konfederatsiyasi bo‘lgan. Ularning tepasida dax’yu sasti turgan. Dax’yu sasti - bu dax’yuning davlat darajasiga o‘sib chiqqan bo‘g‘ini. Masalan, Axomaniylarga qadar xorasmiylar yetakchilik qilgan siyosiy uyushmani (Yasht, 10 bob) dax’yu sasti konfederatsiyasi deyish mumkin. Markvard mana shu siyosiy uyushmani “Katta Xorazm” deb atashni taklif qilgan edi.
Yozma manbalarda Axomaniylarga qadar “Qadimgi Baqtriya podsholigi” bo‘lganligi haqida ma’lumotlar uchraydi. Ammo, dax’yu sasti qo‘l ostidagi podsholik hali mutloq hokimiyat egasi emas edi, uning huquqlari dax’yupatilar tomonidan cheklangan edi. U faqat dax’yupatilardan tashkil topgan kengashni raisi, dax’yu sasti uyushmasining huquqi “xanchamana” (anjuman) tomonidan cheklangan podshosi. Bu siyosiy uyushmaning tepasida diniy rahbari, oliy sudyasi bor. U zaratushtroema deb ataladi. U payg‘ambar Zaratushtra darajasidagi oliy diniy boshliq. Uning roziligisiz dax’yupatilar va dax’yu sastilar hokimiyat tepasiga kela olmaydilar.
Ezgulik xudosi Axuramazda yaratgan mamlakatlarda oqsoqollar kengashi “varzana”, “xanchamana”, umum jamoa majlisi esa “v’yaxa” deb yuritilgan. Avestoda shahar yoki shahar jamoasi degan tushunchalar uchramaydi.
Daxyunam fratemato- ittifoqdoshlar yig‘ilishi
Avesto qadimgi jamiyat a’zolarini to‘rt taifaga bo‘ladi: qohinlar, jangchi askarlar, chorvadorlar va hunarmandlar (Yasna kitobi, 19-bob). Avestoda tilga olingan “baland uylar”, “ustunlar” iboralari Avesto jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy asosida bronza davri dehqonchilik jamoalarining hayotiy manzarasi yotadi. Oilaga teng xuquqga ega bo‘lmagan a’zolar bo‘lgan-vira (qul), vaysa, pariytar . Ota tomondan qarindoshlar “nafa” deyilgan. 100 ta teng huquqli erkaklarni urug‘ tashkil etgan.
Darhaqiqat, agar o‘sha davr jamiyati a’zolari tarkibini tahlil qiladigan bo‘lsak, qadimgi dehqonchilik mintaqalarida dastlab boshqaruv tizimining tepasida qohinlar turgan. Ular “chorva va keng yaylovlar egasi” hisoblangan. Jangchi askarlar bu oriylar bo‘lib, kohinlardan keyingi mulk egalari bo‘lganlar. Avestoda asosiy boylik chorva hisoblangan. Zaratushtra o‘z ta’limotida “Chorvaga yaxshi ega kerak. Ushbu yerdagi chorva egalariga men erkin yurishni va erkin hayotni ta’min qilaman” deydi (Yasna, 24. Gatlar). Ana shu erkin hayot egalari oriylar edi. Avestodagi chorvadorlar toifasi esa kohinlar va jangchi oriylar boyligi – chorva mol-qo‘ylari va yilqilarini boquvchi cho‘ponlardir.
Hunarmandlar toifasiga kelsak, ular mehnat va harbiy qurollar, zargarlik, kulolchilik va to‘qimachilik kasbini ziroatchilikdan ajralmagan holda olib boruvchi, ya’ni xo‘jalik yurituvchi dehqonchilik jamoalaridir. Ammo, Avestoning Yasna va Yashtlarida dehqonchilik haqida ma’lumotlar uchramaydi. Bunday ma’lumotlar Avestoning Videvdat kitobiga kiritilgan (Videvdat, 3-bob).
Zardushtiylikda to‘rt unsur - suv, olov, tuproq, havo muqaddas deb hisoblangan. Ularni iflos qilish, toptash, bulg‘ash mumkin bo‘lmagan. Olov-zardushtiylik dinining e’tiqod manbai bo‘lib, u zardushtiylar ibodatxonasining markazida joylashtirilgan.
Avestoda diniy va axloqiy falsafiy qarashlar. Zaratushtraning diniy falsafasi qarama-qarshi kuchlarning kurashiga asoslangan. Bu kurash xudolar o‘rtasida boshlanib, tabiatda va insonlar hayotida ham davom etadi. Aholi joylashgan dunyoni zardushtiylar 7 ta tabiiy qismlarga bo‘lganlar. Bu dunyoning tarixi 12 ming yil davomida rivojlanadi, deb faraz qilganlar. Ular dunyo rivojini to‘rt bosqichga bo‘lib, har bir bosqich 3 ming yilni o‘z ichiga olgan. Birinchi bosqich-ko‘rinmas ma’naviy dunyo; ikkinchisi-yerda odamzod hayotini boshlanishi, ya’ni Gavamard (islomda Odam ato) ning paydo bo‘lish davri; uchunchisi - “oltin davr”, ya’ni oriylarning tarix maydoniga chiqish davri; to‘rtinchisi - payg‘ambar Zaratushtra vafotidan keyingi davr. Dunyo tarixining ikkinchi bosqichida yovuzliklar ilohi Axriman (islomda Shayton) faoliyati boshlanadi. Axriman Gavamardni o‘ldiradi, ammo undan tarqalgan erkak va ayol insoniyat urug‘ini davom ettiradi. Avestoga ko‘ra, oriylar Gavamard farzandlaridan tashkil topgan. Oriylarni Avesto turlarining aslzodalari sifatida tasavvur qilish mumkin. Uchunchi bosqich Yima (Jamshid) podsholik qilgan “oltin” davr bo‘lib, bu davrda odamlar baxtli hayot kechirganlar. Dunyo aholisi bir necha bor ko‘paygan, qushlar va hayvonlar yashashi uchun sayhon (odam oyog‘i yetmagan) yerlar qolmagan. Axuramazda maslahatiga ko‘ra, Yima har 300, 600 va 900 yil davomida insonlar yashaydigan yerlar chegaralarini kengaytirib borgan. Yima sovuq va suv toshqiniga qarshi “vara”- to‘rtburchakli qal’a qurishga asos solgan. Demak, bu davr arxeologik davriy tizimda bronza va ilk temir davriga to‘g‘ri keladi. Dunyo tarixining to‘rtinchi bosqichida insoniyatni yovuz kuchlardan xalos etuvchi, qutqaruvchi Saosh’yant ismli shaxs paydo bo‘ladi, yer yuzini yomonliklardan tozalaydi, gunoh ish qilgan va qiluvchi odamlarni yo‘q qiladi. Aynan shu davrda bahodirlarga hamdu-sanolar to‘qish, hayot va o‘lim falsafasi, xalq og‘zaki ijodiyoti kelib chiqadi. Bu davr kishilik tarixida “harbiy demokratiya davriga” to‘g‘ri keladi. To‘rtinchi davrning so‘nggida “oxirgi zamon” boshlanadi.
Zaratushtraning diniy axloqiy falsafasida iymonli bo‘lish, buning uchun doimo toza, pok yurish, iblislarga qarshi harakatlar qilish, gunoh qilmaslik, ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amallar bilan yashash har bir zardushtiyning kundalik hayot faoliyatining mazmun va mohiyatini tashkil etish kerak. Axuramazda bashoratlarida jahannam ”hayotning eng yomon onlari”, osmon esa “ruhning eng yuksak holati” sifatida ifodalanadi. Olamdagi yomonlik va yovuzliklar odamlarning iymonsizligidan kelib chiqadi. Ularni bartaraf etish, bu istiqboldagi vazifa bo‘lib, iymonli kishilar bularni bartaraf etishda faollik ko‘rsatishlari kerak, deyiladi.
Zardushtiylik dinida iymon uch tayanchga asoslanadi: fikrlar sofligi, so‘zning sobitligi, amallarning insoniyligidir. Avestoda “bergan so‘zning uddasidan chiqish, unga sodiq qolish, savdo-sotiq va shartnomalarga qatiy amal qilish, qarzni o‘z vaqtida to‘lash, aldamchilik va hiyonatdan xoli bo‘lish iymonlilik alomatidir” deyilgan. Zaratushtra falsafasiga ko‘ra, odam o‘lgach, uning ruhi 3 kun o‘z tanasida bo‘ladi, to‘rtinchi kunida go‘zal qiz qiyofasidagi farishta kuzatuvida narigi dunyoga “chinvot” (qil ko‘prik) ko‘prigidan o‘tib jannatga ketadi. Gunohkorlar esa chinvotdan o‘tolmay jahannamga g‘arq bo‘ladilar. Yaxshilar esa yana yangi tanalarda yashashni davom ettiradilar.
Avesto bu borliq dunyoni odam uchun sinov maydoni, deb tushuntiradi. Zero, insoniyat, dastlab, Yima podsho bo‘lgan davrlarda azaliy-abadiy baxt-saodat makonida kasallik va o‘lim ko‘rmay, oltin asrni boshidan kechirgan. Yima ming yil podsho bo‘lib, jannatmakon yurtni yaratgan. Unda mag‘rurlik g‘olib kelib, Axuramazda man etgan taom-qoramol go‘shtini yeb qo‘yadi va jazoga tortiladi. Natijada, uning avlodlari, ya’ni barcha odamzod tirikchilik dardi – tashvishlariga giriftor bo‘ladi, ya’ni yeyish-ichish zaruriyatiga, kasalliklar va o‘limga yuzma-yuz bo‘ladi. Axriman Axuramazda tanasidan ajrab chiqib, yovuzliklar yaratishga tutinadi. Endi, dunyoni azaliy ezgulik bag‘riga qaytarishning birdan bir yo‘li pok hayot, halol mehnat, yaratuvchilik, yovuzlikni qalbdan chiqarib tashlash, iymonli e’tiqodli bo‘lish, miskinlarga yordam berish, yaxshi niyat, yaxshi so‘z va yaxshi amallarga qo‘l urishdir. Shunday qilib, Avesto dunyodagi eng qadimgi din - zardushtiylik ta’limotini axloqiy falsafasi, bu kitob nafaqat diniy, balki keng ma’noda tarixiy va adabiy manba, ajdodlarimizning uzoq o‘tmish tarixi va tafakkur taraqqiyotining qomusiy yig‘indisidir.
Bunda an’anaviy diniy, falsafiy va axloqiy qarashlar davr ruhi bilan omuxtalashgan. Har qalay, Avestoni bir butunlikda tahlil etganda shunisi aniqki, Zaratushtra yashagan zamonga qadar ibtidoiy ajdodlarimiz turli qabilaviy diniy tasavvurlarga amal qilib kelishgan. Endi esa ibtidoiy munosabatlar o‘rnini dastlabki sinfiy jamiyat egallayotgan davr boshlandi. Bu davrning shakllanishi uchun kuchli mafkuraviy g‘oya zarurligi sezila boshlandi. Chunki, mahalliy qabilaviy dinlar jamiyat taraqqiyotining yangi bosqichga ko‘tarilishiga to‘sqinlik qiluvchi kuchga aylangan edi. Bu murakkab zamonda o‘lkaning turli qabilalarini birlashtirish, bu orqali ularni ilk davlatchilik g‘oyasi atrofiga uyushtirish zaruriyati tug‘ildi. Ana shunday zaruriyatni to‘g‘ri tushungan o‘z zamonasining ilgg‘or kishilardan biri sifatida Zaratushtra tarix maydoniga chiqdi.
O‘z qavmi, yurti Turonzaminda o‘ziga izdoshlar topa olmagan Zaratushtra shimoli-sharqiy Eron viloyatlaridan biri Baxdida, uning kavisi Vishtasp, butun xonadoni va ayonlari tomonidan yaxshi kutib olinadi va shundan so‘ng uning dini rivoj topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |