Hozirgi paytlarga kelib butun dunyodagi “dollar” gegamoniyasiga qarshi oshkorona va pinhona fikr bildirishlar soni ko’payib qoldi. Bir asrlik bu gegamoniya insoniyatga “ dollar sohiblari “ ning naqadar adolatsiz ekanligini isbotladi. Dunyo xalqlari “dollar” hukmronligi ostida to’liq mustaqil bo’la olmasliklarini angladilar va bunga muqobil yo’l qidirishga chog’landilar. Bu yo’l juda mashaqqatli bir yo’ldir. Buning uddasidan chiqish uchun albatta badal to’lanadi: yo mol bilan yoda jon bilan. Nima bo’lsa ham bu bajarsa bo’ladigan bir ishdir. Faqat xoxish va iroda bo’lsa kifoya.
Xo’sh, dollardan voz kechish bizga nima beradi?!
Oddiy odamga bu qiziq emas, ahamiyatsizdek tuyuladi. Uning hayoti bir maromda o’tayapti. Mashaqqatli mehnat qilsada, puli ko’paysa undan xursandi yo’q. Dollar bo’ladimi, yevro yoki rubl , oddiy odamga buni farqi yo’q. Muhimi pul ko’p bo’lsin va u pul har joyga o’tsin. Lekin, aql egalari va millat fidoyilari uchun o’z mamlakatida o’zga davlat puli qadrliroq bo’lishi va bu “qadr” dan foydalanib o’zga davlatning o’z mamlakatini manipulatsiya qilishi, har qanday itoatsizlik uchun iqtisodiy bosim qilishi bu mustaqillikning alomati emas. Balki, mustamlaka holatning ifodasi bo’ladi. Qanday ajib holat, mustaqilmiz deymiz, lekin itoatdamiz, hamda to’liq itoatda.” Ular” belgilagan yo’ldan chiqa olmaymiz. Qachonki, butun xalq buni xoxlasa balki biroz imkoni bor. Buni yaqinda Jinoyat kodeksining 120-moddasini sobit qolishda va yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida” gi qonunning Senatda ma’qullanganligidan bilsak bo’ladi. 510 mln hududga ega Yer sayyorasining salkan 2 foizni egallagan AQSH, yer yuzidagi o’z manfaatlariga zid bo’lgan har qanday tizimni, butun boshli boshli davlatlarni, millionlagan odamlarni moliyaviy bosimlar bilan iqtisodiy inqrozga duch qilib, xonavayron qilishi bugun bizga sir emas. Milliardlab odamlarni moliyaviy tarafdan boshqarish bu qullik emasmi?!
O’z mintaqasida o’z so’ziga ega, jahonda yetakchi bo’lishiga urinayotgan yirik davlatlar ham moliyaviy tarafdan AQSH oldida ancha ojizlik qilyabdilar. Buni neft zaxiralariga eng boy bo’lgan Saudiya Arabistoni yoki BAA ga mutanosib Venasuela iqtisodi misolida, dunyodagi eng katta maydon va boy zaxiralarga ega Rossiyaning Ukrainaga hujumi ortidan tushgan iqtisodiy holati misolida, bir asr oldin parchalangan va hozirda eski sharafli imperiya holatiga qaytishga bel bog’lagan Turkiyaning maqsadlariga qarshi o’laroq tushgan inflatsion tuzoqlar misolida va eng asosiysi “ Dunyo bozori” ga aylangan, AQSH bilan har jihatdan raqobat qila oladigan, hatto undan ancha oldinlab borayotganiga qaramay AQSH dollaridan to’liq voz kecha olmayotgani uni hali ham ojizligi alomati bo’lgan Xitoy misolida ko’rinadi. Xo’sh dollar dunyo puli bo’lishidan avval xalqaro va ichki savdolarda nimadan foydalanilgan, dollar qachon va qay tarzda xalqaro valyutaga aylandi, agar dollar bo’lmasa, dunyoda qanday eng adolatli valyuta tizimi bo’lishi kerak?! Bu savollarni hammasiga javob, muammolarga esa yechim albatta bor. Tarixga nazar solsak kishilik jamiyati ilk davrlarda savdo-sotiqni an’anaviy ya’ni ayirboshlash (barter) usulida amalga oshirishgan. Jamiyat hayoti rivojlangani sari savdo-sotiq sohasi ham murakkablashib bordi. Bu esa ayirboshlash usulini samaradorligini pasayishiga sabab bo’ldi. Qimmatbaho chig’anoqlar, marjonlar, yungli hayvonlar terisi, qo’ylar, tuyalar va qimmatbaho metallardan tayorlangan buyumlar o’rniga metal tangalar paydo bo’ldi. Oltin ,kumush va mis chaqalar o’zining qulayligi va samaradorligi sabab asrlar davomida, bir necha ming yil vaqt davrida insoniyat uchun pul vazifasini bajarib keldi. Ilk qog’oz pullar Xitoyda XI asrda, Yevropada XVI asrda paydo bo’lishiga qaramay, oltin va kumush tangalar XIX asr oxirigacha eng ommabop pul sifatida saqlanib qoldi. XX asr boshlarida esa qog’oz pullarning jadal ravishda ommalashishi boshlandi. Bunga tabiiy va su’niy sabablar bor. Tabiyligi shuki, qog’ozning metalldan yengilligi, qog’oz pul tayyorlashning metall pul tayorlashdan arzonga tushishi, katta qiymatdagi pulni uzoq joyga oson olib bora olishlar edi. Oltin va kumushning butun dunyoda o’z qiymati bo’lsada, ma’lum bir davlat qog’oz pulining qiymati uzoq bir mamlakatda sariq chaqalik emas edi. Bir davlat ishlab chiqargan qog’oz pulning boshqa bir davlatda muomilada bo’lishi istanilmas edi. Oltin va kumush esa unday emas, uni eritib xoxlagan shaklga keltirsa bo’ladi, qiymati yo’qolmaydi. Qog’oz pulning ommalashishidagi su’niy sabab, shu yerda paydo bo’ladi. Birinchi Jahon Urushi dunyoni boshqarayotgan imperiyalarning parchalanishi, eng rivojlangan Yevropaning xonavayron bo’lishi bilan tugadi. 1867-yil Parijda 30 dan ortiq mamlakat imzolagan va amalda bo’lgan “Oltin tanga andozasi” deb atalgan valyuta tizimi – qonuniy jihatdan asosiy pul shakli rolini bajaruvchi oltinga asoslangan edi. Bunda Milliy birliklar kursi oltinga qattiq bog’langan bo’lib, valyutalar bir-biriga oltin bilan ta’minlanganligi orqali, qattiq kurs bo’yicha taqqoslangan. Valyuta kurslarining e’lon qilingan nisbatlardan og’ishi +1% dan ortmagan va ”oltin nuqtalar” chegarasida bo’lgan.
Birinchi Jahon Urushi boshlanishi bilan har sohada parokandalik boshlandi. Yevropa otash ichida qolganligidan foydalangan AQSH ularga moddiy dastak berish fonida, o’z milliy valyutasini jahon puli bo’lishi uchun ilk qadamini tashladi. “Oltin tanga andozasi” bu tala-to’pda bekor qilinishiga erishildi. Lekin bu hali hammasi emasdi. Dollarning jahon puliga aylanishiga biroz vaqt bor edi. Bu ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Birinchi bosqich “Oltin tanga andozasi” bekor qilinishida bo’lsa, ikkinchisi Genuya jahon valyuta tizimi bo’ldi. 1922-yilda Xalqaro Genuya konferensiyasida “Oltin qo’yilma andozasi” qabul qilindi. Bu davrda qog’oz pullar ancha ommalashib ulgurgandi. Huquqiy jihatdan bu qog’oz pullarni xoxlagan paytda emission bankdan oltinga almashtirish mumkin bo’lgan. Bank esa pulni oltin bilan to’liq ta’minlash uchun zarur zaxira oltinni saqlashi majburiy bo’lmay qoldi. Belgilangan ta’minotdagi oltin qanchalik oz bo’lsa, davlatning qo’shimcha qog’oz pullarni emissiya qilish imkoniyati shunchalik ko’p bo’lgan. Bu esa muomiladagi qog’oz pullar miqdori saqlanadigan metall pul miqdoridan oshib ketishiga sabab bo’ldi.
Oltinga almashinadigan valyutalar sifatida urush g’oliblarining pul birliklari dollar, fransuz franki va funt sterling tanlandi. 1929-yilda AQSHni “vatan” tutgan xalqaro kapitalistlar rejalaganidek Genuya valyuta tizimi parokandalikka uchradi. Bunga sabab esa yuqori inflatsiya ta’sirida valyuta pariteti norealligining o’sib borishi edi. Aksariyat mamlakatlarda inflatsiya sur’atlarining turli darajada bo’lishi, xalqaro narxlarga bog’liqlikda nomutanosiblikning kuchayishiga olib keldi. Mamlakatlar iqtisodiyotining ichki va tashqi sohalarida dollar orqali muvofiqlashtirish sezilarli darajadagi inflatsiyani keltirib chiqardi. Bitta valyutani almashinuv kursining pasayishi, boshqalarining ham qayta baholanishiga olib keldi. Oldingi paritetni tiklash maqsadida almashinuv kursi ko’tarilgan mamlakatlarda ham inflatsiya yuz berdi. Natijada, yuzaga kelgan devalvatsiya barcha asosiy valyutalarga ta’sir etdi.
II Jahon Urushida katta foyda ko’rgan AQSH qolgan barcha mamlakatlarning iqtisodiy tanazzul holatidan unumli foydalanib, yangi xalqaro valyuta tizimini ilgari surdi. 1944-yilning iyul oyida Bretton-Vuds shaxrida Brettonvud jahon valyuta tizimi qabul qilindi. Bu tizim faoliyatini nazorat qilish uchun Xalqaro valyuta fondi (XVF) tashkil etildi. Brettonvud tiziminig asosiy tamoyili shundaki, Amerika dollari oltinga tenglashtirildi va boshqa mamlakatlarning valyuta qiymatini o’lchash hamda xalqaro kredit to’lovi vositasi sifatida qabul qilindi. Oltin xalqaro hisob-kitoblarda o’zining “oxirgi pul” funksiyasini saqlab qolgani bilan, dollardan foydalanish ko’lamining ommaviy tus olishi, oltindan foydalanish hajmini keskin kamaytirdi. Amerikaliklar milliardlab dollar bosib chiqarar va dunyoning istalgan joyida, istalgan narsasini sotib ola boshladi. Dunyoda “dollar” gegemoniyasi boshlandi.Urushdan keyin o’zini o’nglab olgan Yevropaning ilg’or siyosatchilari bu adolatsizlikka qarshi chiqishdi.1965-yil 4-fevralda Fransiya prezidenti Sharl de Goll xalqaro to’lovlar hech shubhasiz oltin bilan belgilanishi kerakligi haqida bayonat berdi. “Oltinning xususiyati hech qachon o’zgarmaydi; u yombi, tanga va boshqa ko’rinishda bo’lishi mumkin,uning millati bo’lmaydi,u qadimdan o’zgarmas qiymati uchun butun dunyoda qabul qilinadi. Shubhasiz,bugun ham har qanday valyuta qiymati bevosita yoki bilvosita oltin o’lchanadi” –dedi u, AQSH prezidenti Lindon Jonson bilan uchrashuvda va qiyinchiliklar bilan bo’lsa ham 1.5 milliard dollarni 1650 tonna oltinga almashtirib ketti. Ikki yil ichida Fransiya AQSHdan 3 ming tonnadan ortiq oltin olib ketti. Navbatta Germaniya ,Kanada,Yaponiya kabi davlatlar turishardi oltin olish uchun.Amerika shokka kirdi. Chunki uning oltin zaxiralari hatto rekord hajmlari bilan ham to’liq quvvat bilan ishlayotgan AQSH g’aznachiligi pul mashinasi mahsulotlarini oltin bilan ta’minlay olmas edi.1968-yil mart oyida amerikaliklar dollarning oltinga erkin almashtirilishini cheklashdi.1971-yil 15-avgustda Richard Nikson dollarning oltinga bog’liqligini bekor qildi. Bu qaror bilan dunyoda dollarning mavqeyi tushishni boshladi. Bunga qarshi o’laroq AQSHda reja esa topildi.1974-yil iyulda AQSH moliya vaziri Uilyam Saymon Saudiya Arabistoniga rasmiy tashrif bilan keldi. Saymon qirollikni AQSH byudjetining defitsitini moliyalashtirishga ko’ndirish uchun tashrif buyurgandi. U saudiyaliklarni AQSH investitsiya uchun eng yaxshi joy ekanligiga ishontira oldi. Kelishuvga ko’ra AQSH Saudiya Arabistonidan neft sotib olish, siyosiy qo’llov, harbiy texnika va uskunalar yetkazib berish majburiyatini oldi.Saudlar oilasi esa neftni faqatgina AQSH dollariga sotishga, AQSH xazina obligatsiyalari uchun milliardlab dollar ajratishga va mamlakatning xarajatlarini moliyalashtirishga va’da berdi. 1975-yilga kelib OPEKning barcha a’zolari o’z neftini dollarga sotishga rozi bo’lishdi va dunyoda dollarning hukmronligi qayta va ishonchli ta’minlandi. AQSH dollarni oltinga rasmiy bahoda almashtirishdan bir tomonlama bosh tortishi bilan Brettonvud tizimi amalda bekor bo’ldi.1976-yil Kingstonda XVFning navbatdagi yig’ilishida yangi valyuta tizimiga asos solindi. Unga ko’ra, oltinning qiymatni o’lchash va valyuta kurslarini hisoblash vositasi sifatidagi funksiyalari bekor qilindi. Endilikda oltin “erkin narx” belgilanadigan, yuqori likvidli aktiv sifatidagi maxsus tovarga aylandi. Muomilaga SDR andozasi (Special drawing right) – “maxsus qarzdorlik huquqi” kiritildi. Bundan ko’zlangan maqsad, ushbu valyutalarni asosiy zahira avuari qilib, boshqa zahira valyutalarni, birinchi navbatda AQSH dollari rolini pasaytirish edi. Lekin amalda bunday bo’lmadi. Yangi tizimda mamlakatlarga valyuta kursi tartibini tanlash huquqi berildi. Mamlakatlar o’rtasidagi amaldagi valyuta munosabatlari, ular milliy pul birliklarining suzib yuruvchi kursiga asoslana boshladi. Kurslarning tebranishiga, asosan quyidagi omillar ta’sir ko’rsatar edi:
Valyutaning mamlakat ichki bozoridagi xarid quvvati, real qiymat nisbatlari
Xalqaro bozorlardagi milliy pulga bo’lgan talab va taklif
Yirik davlatlarning iqtisodiy-siyosiy aralashuvlari
1990-yillarga kelib, suzib yuruvchi kurs omillarini tadbiq etish natijasida, xalqaro valyuta tizimini tashkil etishning quyidagi elementlariga asoslangan murakkab chizmasi paydo bo’ldi:
Munosabatlarni saqlash kerak bo’lgan alohida milliy valyutalar, asosiy tayanch birliklar sifatida tanlanadi, aniqrog’i, o’z valyuta kursini boshqa valyutaga bog’lash
Valyuta kurslarining tebranish darajasi bir xil emas, shuningdek, tebranish oralig’i keng
Bunda, valyuta kursi ayrim valyutalarga nisbatan ma’lum oraliqda ushlab turiladi, boshqa valyutalarga nisbatan erkin almashiladi.1988-yilda 58 ta mamalakat o’z valyuta kursini bitta asosiy hamkor mamlakat valyutasiga nisbatan o’rnatishi haqida qaror qabul qilindi: AQSH dollariga (39 mamlakat), fransuz frankiga (14 mamlakat) va boshqa valyutalarga (5 mamlakat).
Yamayka bitimiga asosan, jamoa zahira valyuta birligi sifatida SDR tan olingan. Dastlab, SDRning qiymati oltinga ko’ra belgilangan (SDR=0,888671 sof oltin) bo’lsa, 1974-yil 1-iyundan boshlab SDR kursi “valyuta savati”ga nisbatan aniqlana boshladi.SDR bo’yicha depozitlar foiz keltiradi. Agar XVFda SDRdagi avuarlar assignovaniyadan kam bo’lsa, mamlakat foiz to’laydi, aksincha, SDRdagi avuarlar assignovaniyadan ortiqcha bo’lsa, mamlakat foiz oladi. U, a’zo mamlakatlarga XVFda ajratilgan kvotalar asosida XVFdagi maxsus hisobvaraqlarda olib boriladi. Ushbu kvotalar to’lov balansidagi taqchillikni moliyalashtirish uchun, zaruriy valyutani sotib olishga ishlatiladi. SDR ham zahira, ham kredit valyutasi hisoblanishiga qaramay, xalqaro hisob-kitoblardagi ulushi kam (6% ga yaqin).