NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA
FAKULTETI
|
“TASDIQLAYMAN”
Fizika-matematika fakulteti dekani ___________________ G’.F.Djabbarov
«______» «___________» 202_- yil
|
“M A T E M A T I K A N A L I Z
” FANIDAN
MUSTAQIL TA‘LIM BOYICHA TALABALARGA
YO‘RIQNOMA (Fizika va astronomiya)
Algebra, geometriya, matematik analiz kafedrasi
professori R.M.Turgunbayev
Algebra, geometriya, matematik analiz kafedrasi
katta o’qituvchisi R.A.Koshnazarov
Toshkent - 2021
K I R I S H
Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadlaridan biri o‘qituvchining rahbarligi va nazorati ostida talabada muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Ushbu yo’riqnoma bakalavriatning « Fizika va astronomiya » ta’lim yo‘nalishida «Matematik analiz» fanidan tahsil olayotgan I kurs talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bunda har bir mavzu bo‘yicha mustaqil o‘rganishga rejalashtirilgan ma’lumotlar (ta’rif, teorema, masalalar)ni mustaqil o‘rganish uchun yordamchi savollar, mustaqil isbot qilish uchun tasdiqlar hamda masala-misollar berilgan, adabiyotlar ko‘rsatilgan.
Ma’ruza mashg‘ulotlarida, darslik yoki o‘quv qo‘llanmalarda biror teorema isbotlanib, aynan shunga o‘xshash teorema isbotsiz keltiriladi, talabaga taklif qilinadi. Matematik analizni o‘rganish, xususan matematik tasdiqni isbotlash ko‘nikmasini shakllantirish uchun isbotlanmagan teoremani avvalgi teorema isbotidan o‘rganib isbotlash muhimdir. Shu sababli mustaqil ta’limga rejalashtirilgan topshiriqlar uchun isbotsiz keltirilgan teoremalarni isbotlash taklif qilingan. Ma’ruzada ko‘pgina talabalar keltirilgan teorema shartlarining teorema xulosasi uchun yetarli yoki zaruriy shartlar ekanligiga kam e’tibor beradi. Shularni e’tiborga olgan holda mustaqil ta’lim uchun berilgan topshiriqlarga nazariy masalalar ham kiritildi. Bunday topshiriqlarni bajarish natijasida talabalarda mantiqiy tafakkuri rivojlanib boradi.
Mustaqil ta’lim uchun individual vazifalar berilgan. Bu vazifalar amaliy xarakterga ega. Talabadan vazifani hal etishda nazariy bilimlarni, qoidalarni anglagan holda ishlatish talab qilinadi.
Mustaqil ishni talaba alohida daftarda bajarib boradi, kerakli maslahatlarni oladi va bajarilgan ishni belgilagan vaqtda himoya qiladi.
Mustaqil ta’lim – ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda olgan bilim, ko‘nikma, malakalarni mustahkamlash hamda fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirish, mavzuga oid o’quv adabiyaotlari ustida qo‘shimcha mustaqil o’qish shakli.
Mustaqil ish – o‘qituvchining topshirig‘i va uning rahbarligida o‘quv vazifasini hal etadigan ta’limning faol metodi. Fan xususiyatidan kelib chiqqan holda mustaqil ishda fan dasturida mustaqil o’zlashtirishi kerak bo’lgan mavzular ustida ishlash, individual vazifalarni bajarish, ularni himoya qilish ko’zda tutilgan.
Quyida o’quv faninig mazmuni va hajmi, mustaqil ish uchun vazifalar, mustaqil ta’lim va ish turlari, fan bo’yicha baholash turlari, ballar taqsimoti berilgan.Talaba mavzulardagi barcha savollarga javob yozadi, individual vazifalarda faqat guruh jurnalidagi o’z nomeriga mos misolni yechadi va bajargan ishlarini himoya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |