Pedagogika tarixi fan sifatida. Ibtidoiy jamoada tarbiya. Eng qadimgii davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar
Reja :
“Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari.
Pedagogika tarixi” fani g’oyalarining kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan o`zaro aloqadorligi.
O`zbekistonRespublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’lim-tarbiya jarayonida milliy meros, pedagogik qadriyatlardan samarali foydalanishning ijtimoiy ahamiyati haqida.
Ta’lim-tarbiya va pedagogika tarixini davrlashtirish muammolari.
Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti.
Eng qadimgii yozma manbalarda ta’lim-tarbiya masalalarining yoritilishi.
“Pedagogika tarixi” faning maqsadi – eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini tizimli yondashuv asosida o’rganishdan iborat.
Maktab va pedagogika ko’p asrlik tarixiy yo’lni bosib o’tgan. Mazkur davrda pedagogika fani ko’plab g’oyalar va kontseptsiyalar bilan boyib bordi. “Pedagogika tarixi” faning predmeti - eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlarning rivojlanish jarayoni.
“Pedagogika tarixi” fanining vazifalari: milliy o’z-o’zini anglash, kasbiy rivojlanish bilan bog’liqlikda umumiy va pedagogik madaniyatni shakllantirish; pedagogik fikrlar rivojini tahlil etish va tizimlashtirish; pedagogik g’oyalarni tahlil etish asosida ularni o’quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish.
Pedagoka tarixini o’rganish manbalari:
Arxeologik yodgorliklar
Qo’lyozmalar; Xalq og’zaki ijodi; Adabiy yodgorliklar; Hujjatlar; Badiiy adabiyot; Memuarlar; Sharq va G’arb mutafakkirlarining asarlari.
Pedagogika tarixi” fani g’oyalarining kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan o`zaro aloqadorligi.
Insoniyat faoliyatining asosiy turi sifatida tarbiyaning yuzaga kelishi mil.av. 40-35 ming yilliklarda zamonaviy qiyofadagi odamlar (“homo sapiens”- “ongli odam”)ning paydo bo’lishi bilan bog’liq so’nggi
Jamiyatda juft oilalar paydo bo’ldi, ular ayrim urug’larni birlashtirib, urug’ jamoasini tashkil etdilar. Odamlar g’orlardan tashqari erto’la va chaylasimon uylarda ham yashashga o’rgandilar. Juft oilalarning paydo bo’lishi haqida kichik uy-joylarning tarqalishi darak beradi.
O’sha zamon jamoasida ona-ayolning ijtimoiy o’rni baland bo’lib, urug’ uning nomi bilan boshlangan. Ayollar uy, o’choq va muqaddas olovning egasi sifatida uy xo’jaligida hamda bolalarni tarbiyalash jarayonida, o’choqda o’tni saqlashda, ovqat pishirishda, ro’zg’or buyumlarini, mehnat qurollarini qo’riqlash, uy-boshpanani asrash paytida muhim vazifalarni bajarganlar.