“Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar” mavzusidagi ma’lumotli ma’ruzaning texnologik kartasi
1-bosqich. O’quv mashg’ulotiga kirish (Da’vat bosqichi)
(5 minut)
Talabalarni mavzuning nomlanishi, rejadagi masalalar va mustaqil o’qish uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi (1-ilova).
Tinglashadi, yozib borishadi.
Talabalarning mavjud bilimlarini mustahkamlash maqsadida tarix va pedagogika tarixini umumiy hamda o’ziga xosliklarini ochishga doir Venn diagrammasini taqdim etadi (2-ilova).
Individual ravishda Venn diagrammasini to’ldirishadi va fikrlarini boshqalar bilan o’rtoqlashadi