Maqsad:
O'quvchilar idrokini o'stirish.
Ishning borishi:
Turli xil buyumlar va ularning bo'lagi tasvirlangan rasmlar,
masalan, choynakning qopqog'i yo'q, stolning biroyog'i yo'q. Stolning ustiga
rasmlarning tesqari tomoni o'girib qo'yiladi, detallarning esa o'ng tomoni qo'yiladi.
O'qituvchi o'quvchini chiqarib, rasmlarning birini olishni taklif etadi. O'quvchi olgan
rasmdagi narsaning nomini aytadi va rasmda etishmaydigan detail qismini olib
ko'rsatadi.
«Buzilgan telefon»
Maqsad:
O'quvchilarning eshitish sezgisini rivojlantirish.
Ishning borishi:
O'quvchilar aylana shaklida o'tiradilar. Birinchi partadagi
o'quvchining qulog'iga sekin bir so'z aytiladi. Oxirgi partada o'tirgan o'quvchi shu
so'zni baland ovoz bilan aytishi kerak. Agar so'z to'g'ri aytilgan bo'lsa, telefon yaxshi
ishlaydi. So'z xato aytilsa, telefon buzilgan, uni tuzatish kerak ya'ni telefon qaerda
buzilganligi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |