«Bu qanday hayvon?»
Maqsad:
O'quvchilar xotirasini rivojlantirish.
Ishning borishi:
O'qituvchi o'quvchilarga echki, buzoq, qo'y, bo'taloq, ot,
ho'kiz rasmlarini tarqatib chiqadi.O'qituvchi hayvonlarning ovoziga taqlid qilib, ovoz
chiqaradi, O'quvchilar esa, eshitilgan ovozni tanib, shu hayvon tasvirlangan rasmni
ko'taradi.
«Ajoyib xaltacha»
Maqsad:
O'quvchilarning sezgi, idrokini o'stirish.
Ishning borishi:
Psixolog xaltachaga turli sabzavotlarni soladi: sabzi, piyoz,
qartoshka, sholg'om, turp, qaram. O'quvchilarning ko'zlari bog'lanadi^ barmoqlari,
kaftlari va qo'llari yordamida paypaslab sabzavotlarni topib, nomi nima ekanligini
aytganlaridan so'ng, sabzavot xaltachadan olinadi. Sabzavot nomini to'g'ri topgan
o'quvchi rag'batlantiriladi.
«Nima etishmaydi?»
57
Do'stlaringiz bilan baham: |