Pedagogika-psixologiya fakulteti



Download 0,57 Mb.
bet2/5
Sana28.06.2017
Hajmi0,57 Mb.
#18646
1   2   3   4   5
    Bu sahifa navigatsiya:
  • Quqon




I BOB. XIX ASR OXIRI VA XX ASR BOSHLARIDAGI TURKISTONDA IJTIMOIY PEDAGOGIK JARAYON VA JADIDCHILIK.

1.1 Turkistonda jadidchilik harakatini vujudga keltirgan tarixiy-ma’rifiy shart-sharoitlar.

Mustamlakachilar shum maqsadlarini amalga oshirish uchun ulkaga turli tabaka vakillarini, chinovniklarni, harbiylarni, ruxoniylarni, muxandis-texniklarni, olimlarni, ishchilarni-barchani safarbar etdi. Xom ashyoni ulkadan tashib ketish uchun kudratli texnika yo’lladi.

Ana shu jarayonda o’zbek milliy burjuaziyasi - savdo sanoat egalari ham shakllana bordi. CHorizm maxalliy burjuaziyaning paydo bo’lishini aslo istamasdi. Rus chorizmi va burjuaziyasi usib kelayotgan o’zbek maxalliy burjuaziyasining iktisodiy-siyosiy xukuklarini cheklab uning rivojlanishi, iktisodiy potentsialining kudratli bo’lib ketishiga tusik qo’ygan edi. Milliy burjuaziya bu kamsitishdan norozi edi.

Rus burjuaziyasi har jixatdan, avvalo iqtisodiy jixatdan o’zbek miliy burjuaziyasini karamlikda saqlab kelardi. Millat ravnakini uylovchi taraqqiyparvar kuchlar o’zbek xalkining xunarmandlari, dehqonlari, burjuaziyasi, ruxoniylari barcha tabakalari orasida mavjud edi. Ular xalqning milliy ongini oshirish va uzligini anglatishning birinchi boskichdagi vazifasini ma’rifat, ilmu urfondan kidirdilar.

Ular buni amalga oshirmay turib, xalqni umumiy, xal qiluvchi mustaqillik kurashiga otlantirib bulmasligini ham yaxshi bilardilar. CHorizmning daxshatli harbiy-siyosiy kuch ekanligini hammadan kura ular chuqurrok tushunardilar. SHunga kura millat, xalq qaygusi bilan yashovchi ziyolilar xalqni uygotishni ma’rifiy jabxadan boshlashga qaror qildilar.

XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda ruy bergan ijti­moiy tarixiy uzgarishlar ma’rifatparvarlik g’oyasining tarkalishiga muxim turtki berdi. SHu davrda Mo’qimiy, Furkat. Axmad Donish, Sattorxon Abdugafforov kabilarning ma’rifat royasini targib etuvchi asarlari maydonga keldi. Ularda ilm - fanning yangi turakkiyoti uchun namuna bo’lib turgan Rossiya madaniyatidan O’rganishga da’vat ustuvorlik qildi. Agar bu xol Furkatning «Turkiston viloyatining gazeti»ga xizmatga kirishi va unda rus ilm - fani va madaniyatini targ’ib qiluvchi asarlar yaratishida ko’rinsa. Sattorxon Abdugafforov. Saidgani Saidazimboy o’g’li. Muxiddinxuja kozi va boshqa lar rus-tuzum maktablarini ochish, bu maktablarda muallimlik qilish, ularga xomiylik ko’rsatish singari amaliy harakatlar bilan shugullandilar. Natijada, ma’rifatparvarlik foyasi amaliy harakat tusini ola boshladi,

XIX asrning 90 yillariga kelib, ulkada ma’rifatparvarlarning Yevropa mamlakatlarni bilan tanishuvi, 1892 yilda Toshkentda kutarilgan «Vabo» kuzgoloni, 1898 yilda Andijonda sodir bo’lgan. Dukchi eshon vokeasi kabilar ma’rifatchilarning dunyoqarashlarida keskin uzgarish yasay boshladi. Ma’rifatchilikning moxiyat zamiriga milliy ozodlik g’oyasi chuqur urnasha bordi. 90- yillarda boshlangan bu ijtimoiy-madaniy harakat sekin-asta mavjud jamiyat asoslarini qayta kurish g’oyasi bilan tutashdi. Jamiyatning ijtimoiy-madaniy muammolariga batamom yangicha yondoshishga asoslangan bu harakat, jadidchilik deb, jadidchilik g’oyasini tarqatuvchi ziyolilar esa jadidlar degan nom oldi. Jadidlarni Garbiy Yevropa va Rossiya ma’rifatchiligidan ajratib turuvchi xususiyati shundaki, ular mustamlakachilik sharoitida faoliyat olib borishdi. Ikkinchidan, ma’rifatchilik davrlari Garbda Yevropada un yillar va xatto yuz yillar mobaynida kechgan bo’lsa, Turkiston ma’rifatchilari esa shiddatli harakat qilishga majbur bo’lishdi.

«Jadid» degan so’z asli arabcha bo’lib «yangi» degan ma’noni anglatadi. Jadidlar yangilik va isloxot tarafdorlari bo’lib, mustamlakachilik sharoitida ezilib kelayotgan xalqlarga yangi hayot olib kirishga, ularni ijtimoyi-madaniy taraqqiyotning yukori boskichlariga olib chikishga harakat qilishgan.

Jadidlar dastlab XIX asrning oxirlarida Krim va Kavkazda yashovchi tatarlar orasida paydo bo’ldi. Ismoil Gasprinskiyning «Tarjumon» ruznomasi bu yangi harakatning beshigi bo’ldi.

Jadidchilik harakati bizga avvalo Ismoil Gasprinskiy g’oyalari orkali kirib kelgan bo’lsa, ikkinchidan, Turkistonning o’zida ham tabiiy ravishda mustamlakachilik zulmiga qarshi yangi fikrlar paydo bulayotgan edi. Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu davrda jadidchilikning paydo bo’lishida taraqqiy etgan musulmon mamlakatlarining ta’siri ham katta bo’ldi. Bogchasaroy, Orenburg, Kozon, Ufa singari shaharlardan tashkari, Eron, Gruziya kabi mamlakatlarda nashr kilingan gazetalar Turkiston ulkasiga kirib keldi. Ulkada jadidchilik harakati ayniksa 1905 yil inkilobidan sung kuchayib ketdi.

Jadidchilik harakati bilan boglik ma’rifiy markazlar, maktablar yuzaga keldi. «Taraqqiy», «Xurshid»,»SHuxrat»,”Osiyo” «Tujjor», «Sadoyi Turkiston», «Samarkand», «Oyna», «Turon» singari gazeta va jurnallar nashr etila boshladi. Jadidlar uz g’oyalarini matbuot orkali tarkatish ishiga kizgin kirishdilar.

Turkiston general-gubernatorligi 1870 yildan boshlab «Turkiston viloyatining gazeti»ni nashr etib, ayni yillarda ham uning saxifalarida chor xukumati siyosatini targ’ib kilmokda edi. General-gubernatorlik birinchi navbatda maxalliy axolini rus-tuzum maktablariga jalb qilishni uylagani uchun gazeta saxifalarida yoritilayotgan makolalar ham asosan shu maqsadni kuzda tutar edi. Jadid matbuotining tung’ich farzandi” «Taravdiy» gazetasi bo’lib, u 1906 yildan boshlab chop etila boshladi. Uning dastlabki sonida gazeta o’zi to’g’risida bunday fikrlarni yozdi: «Gazetamiz «Taraqqiy» nomida ulib, bora-bora jismi ham ismila muvofik ulib, millatimizni keyin kolmogiga, jaxolat va gaflat ilmida borishiga millatlardan kam darajada kolmogiga aslo rozi emasdurmiz».

1906 yil 14 iyunda «Taraqqiy» gazetasining 1-soni chiqishi bilan Turkistondagi mustamlakachi ma’murlar, shuningdek, maxal­liy xukmron doiralar jiddiy tashvishga tushib koldilar. Xur fikrning ashaddiy dushmani bo’lgan missioner N. P. Ostrouov taxririda nashr etilib to’rgan «Turkiston viloyatining gazeti» bu yangi matbuot organini uz yo’liga solishga o’rindi. Ammo gazetaning jadidlar fikriga tayanib ish kurishi uning dastlabki sonlaridanok ma’lum bo’ldi. Gazeta general-gubernatorlik va uning nashri bo’lishi «Turkiston viloyatining gazeti «ta’kiblariga karamasdan turli so’zni aytish yo’lidan kaytmadi.

CHor xukumati «Taraqqiy» gazetasini xurfikrlik yo’lidan qaytarishga, mexnatkashlar manfaatini ximoya qilganligi uchun uni buzib tashlashga qattiq harakat qildi. CHunki gazeta saxifalarida «Dunyo yiguvchilar, mexnat qiluvchilar xususida», «Duma xususida»,»Jaditlar kimlar?» «Boylar, byurokratiya va gazeta» kabi makolalarda davrning muammolari, shu bilan bir qatorda, maxalliy axolining manfaati bilan boglik masalalar kutarilgan edi.

«Taraqqiy» gazetasidan tashkari, shu yillarda «Xurshid» «SHuxrat» «Samarkand», «Oina» kabi nashrlarda davr manzaralarini yorkin aks ettiruvchi makolalar e’lon qilindi. Bu ga­zeta va jurnallarning saxifalarida Turkiston ulkasining iktisodiy, madaniy va ma’rifiy hayotini yangilashga karatilgan fikrlar ilgari surildi. Bu paytga kelib, jadidchilik yo’lboshchilari yetishib chika boshladi. Bular Maxmudxoja Bexbudiy, Abdurauf Fitrat, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Ashurali Zoxiriy va boshqalardir,

Jadidlarning maqsad va fikrlari buyicha jamiyatni inkilobiy yo’l bilan emas, balki isloxot yo’li bilan yangilash lozim edi. Ular yangi usuldagi maktablarni tashkil qilish, u orkali mustamlakachilik zulmiga qarshi kurashishni bu zulmdan kutulishning asosiy yo’llaridan biri deb bildilar. Jadid tashkilotchilarining dastlabki maqsadlari yangi usuldagi maktablarni tash­kil qilish, ular orkali xalqning uygonishini ta’minlash deb tushundilar.

Inkilobgacha bo’lgan jadid maktablarining sonini olimlar turlicha ko’rsatadilar. 1923 yilda SHokirjon Raximiy tomonidan tuplab nashr kilingan «O’zbek maorifining o’tgandagi va xozirgi xoli» nomli kitobida berilgan ma’lumotga kura ular quyidagi tartibda bo’lgan. Dastlabki usuli jadid maktablarining tashkil etilishi quyidagi tartibda kechgan:

1892 yilda Krimda, 1893 yilda Samarkandda, 1898 yilda Ashpekda va Issikkulda, 1901 yilda Toshkentda, 1910-1915 yillarda Turkiston ulkasida jami 80 ta yangi usul maktablari mavjud edi. Jumladan: Yettisuvda 7 ta. Fargona 21 ta, Samarkandda 5 ta, Sirdaryoda 40 ta, Buxoroda 57 ta. K. Ye. Bendrikovning «Turkistonda xalq ta’limi tarixi ocherklari» nomli kitobida 1917 yil inkilobi arafasida (92 ta yangi usul maktablari bo’lganligi aytilgan). Jumladan; Sirdaryoda 46 ta, Fargonada 30 ta, Yettisuvda 18 ta, Samarkandda 5 ta.

Yangi usul maktablarining yillari buyicha rivojlanish darajasi quyidagicha bo’lgan: 1905 yilda sekin usish: 1905-1910 yillarda tez usish; 1915 yilga kelib ayrim ijtimoiy-siyosiy sabablarga kura pasayish boshlangan.

Tadqiqotchi Yo’ldosh Abdullaevning «Eski maktabda xat-savod Urgatish» kitobida berilgan ma’lumotga kura, Andijonda 34 ta, Quqonda 24 ta, Toshkentda esa 16 ta, jami 74 ta usuli jadid maktabi bo’lgan.

Tadqiqotchining yozishicha, ushbu ma’lumotda yangi usuldagi maktablar tula ravishda xisobga olinmagan. U O’zbekistondagi xujjatasrovlarda ham bu xakda anik ma’lumot yo’qligini ta’kidlab o’tgan. Rasmiy xujjatlarning ko’rsatishicha, 1908 yilda Turkiston viloyatlarida 30 ta yangi usul maktablari bo’lgan va ularda 1300 bola o’qigan. 1915 yilda esa Turkiston ulkasida yangi usul maktablarining soni 63 taga yetgan, o’quv chilar soni esa 4100 tani tashkil etgan,

Rus-tuzum maktablaridan farqli ularok, yangi usul maktablari pullik bo’lib, o’quvchilarning ota-onalari bolalarining o’qishi uchun, masalan, Fargona viloyatida 1 so’mdan 10 so’mgacha, Toshkent viloyatining Sebzor maxallasida 1 so’mdan 25 so’mgacha, Tarnovboshi maxallasida esa 35 so’mgacha pul tulashgan. SHuning uchun ham yangi usul maktablari o’qituvchilarining maoshi eski maktabdagi rus-tuzem maktablari O’qituvchilarining maoshiga nisbatan yuqoriroq bo’lgan.

Turkistondagi jadidchilik harakatiga chor xukumati ma’murlari hamda maxalliy qadimchilar qattiq qarshilik ko’rsatdilar. Masalan, 1882 yilning 30 avgustida Ostroumov direktorlik qilgan o’qituvchilar seminariyasida gayri-jins musulmonlarining maorifi asoslarini qanday printsiplarda tashkil etmok kerak degan mavzuda munozara bo’lib o’tadi. Munozarada seminariya O’qituvchilaridan N. Ostroumov, M. A. Murapievlar Ismoilbek Gaspralining loyixasini qattiq koralaydilar.

«Agar biz taklif kilingan loyixani kabul etsak, deydi ma’ruzachi, shu vaktacha mudrab yotgan musulmon mutaassibligini uygotib yuboramiz va bu bilan kuksimizda ilonni asragan bo’lib chikamiz... SHu sababli musulmonlarimiz maorifining asosida ularni ruslashtirish... islomni buzish... umuman diniy jixatlarini buzish... yotmogi lozim». Sungra loyixa Turkiston general-gubernatori Rozenbaxga tanishib chikish va fikr bildirish uchun topshiriladi. Loyixaga salbiy munosabatda bo’lgan gubernator uning ostiga «Okibatsiz koldirilsin» deb imzo chekadi. 1893 yili Ismoilbek Gasprali Toshkentga keldi. Turkiston Harbiy ma’muriyati uni noxush kabul qildi va takliflariga xayrixoxlik bildirmadi. Ismoilbek Gasprali g’oyasini yoklagan va shu g’oya buyicha Turkistonda maktab ochish uchun iltimosnoma yozgan Munavvar Qori ham rad javobini oladi.

Turkistonda XX asr boshlarida ochilgan jadid maktablarida Saidrasul Aziziyning rus-tuzem maktablari uchun yozilgan «Ustodi avval» va Askarali ibn Bayramali Kalininning «Muallimi soniy»darsliklaridan foydalanildi. Bunday maktablarning rivojiga tuskinlik qiluvchi qadimchilar ularning muallim va tarafdorlarini «munofik», «daxriy» deb xakoratladilar. Masalan, sufizodani yangi maktab ochgani uchun CHustdan badarg’a qildilar. Samarkandlik Saidaxmad Siddikiy kup ming kishilik jamoa o’rtasida Ulugbek madrasasi jome’sida «kofir deb e’lonqilindi, Toshkentlik Mirmuxsin SHermuhamedov esa Eski juva bozorida xaloyik o’rtasida sazoyi etildi.

Turkiston general-gubernatorligida xalq maorifi ishlariga 1 084 082 so’m, ya’ni ulkaning 44 570 399 so’mlik umumiy byudjetidan 24 foiz mikdorda pul ajratgan. Boshqa cha aytganda, mao­rif ishlariga 1 yilda 1 jon boshiga o’rta xisobda 23 tiyin sarf etilgan. Ushbu dalildan ko’rinadiki, general-gubernatorlik davrida milliy maktab va maorif ishlariga kam e’tibor qaratilgan, SHuning uchun ham jadidlar yangi usuldagi mak­tab larni ochish ishlari bilan jiddiy ravishda shugullanganlar.

Jadidchilik harakatining asoschisi Ismoilbek Gasprinskiy turkiy xalqlarning buyuk mutafakkiri edi. U turkiy xalqlarni birlashtirish g’oyasi bilan yashagani va shu goya yo’lida faoliyat ko’rsatgani uchun tirikligidayok millat otasi degan nom oldi. U Sharq xalqlari ma’naviy hayotida, xususan maktab - maorif ishlarida chinakam inkilob yasadi, «usuli jadid» nomi bilan tarixga kirgan yangi maktab tizimini boshlab berdi. U uz g’oyalarini keng xalq ommasiga tarkatish uchun matbuotga katta e’tibor berdi. 1883 yilning 10 aprelь kuni u «Tarjumon» nomli gazetani chikara boshlaydi. Bor-yo’g’i 326 nafar obunachi bilan ish boshlagan gazeta 1884 yilga borib Turkistonning o’zidayok 200 nusxada tarkatildi.

Turkiston jadidlarining Munavvar Qori, Maxmudxoja Bexbu­diy, Abdulla Avloniy, Xoji Muyin, Abdukodir SHakuriy, Ashurali Zoxiriy kabi vakillari «Tarjumon»ning faol muxlislari edi.

«Kizil O’zbekiston gazetasining 1927 yil 7 iyunь 6 - sonida yozilishicha, usha kunlarda Toshkentda okrug madaniyatchilarining kurultoyi bo’lib o’tgan, Kurultoyda so’zga chiqqan Ziyo Sayd bunday degan:

«Jadidlarning inkilobga kilgon «paxbarlik»lari millatchilar bilan birga bolьsheviklar firkasiga qarshi turishdan ibo­rat edi. Bizning maktablarimizdagi otalar kumitasi yonida bulgon komsomollar yacheykasi va bolalar tashkilotiga ta’siri bulmay kolmaydi. Otalar kumitasining maktab ochib berishi bizni ancha shubxaga koldiradi. Bunday maqsadlari bolalarni milliy sarmoya mafkurasi bilan tarbiyalashdir. «Maktablarda ijtimoiy daryo beradurgon baьzi muallimlar uzlarining tarjimai xollarini aytib berar ekanlar, shunday muxim daryolarni bunday muallimlarga topshirib kuyish chakki ish».

SHundan keyin muzoqaraga chiqqan Munavvar Qori Abdurashidxonov ma’ruzaning bir necha moddalari ustida tuxtab, ma’lumot tariqasida quyidagilarni gapiradi:

«Ma’ruzachilarning taьbiri buyicha, bizning muallimlarimiz ichida maktab boshqa -yu, siyosat boshqa , deydurgon kishilar bor emish. Maktab qaysi sinf kulida bo’lsa, maktablarda shu sinfning mafkurasi tarkaladi va ilgari suriladi. Bu gapga kunmaganlarni yanglishgan kishilar, deb aytishga jasorat qilamiz. Jadidchilikka qanday baxo berish to’g’risida quyidagi asoslarni keltiramiz: jadid maktabi kay vaqtda va kimlar kuli bilan vujudga chikdi? Mana buni tekshirish uchun yigirma yil ilgarigi qarash, albatta, lozim. Xozirgi paytda o’rta ma’lumotga ega bo’lgan kishilar Moskov va boshqa joylarga borib o’qishni xavas qilsa, avvallari savodi chiqqan bir kishi Buxoroga borib o’qishni o’zi uchun bir sharaf deb bilar edi. CHunki ular ilmni faqat dingina deb bilar edilar, muxit shuni takozo kilar edi. Jadid maktabi tashkil kilgonlar ham eski maktab, Madrasa va Qorixonalarni yetishtirgan kishilar edi. Ular yolgiz Bog’chasaroyda chikadurgon Ismoil Gasprinskiyning gazetasini o’qirdilar va shu orkali maktabni yaxshi tushunib, kitoblar oldirar edilar. Bularga baxo yanglish va ortikcha berilgan. CHunki usha vaqtdagi jadid maktabiga ulamo, boy, hamma va hamma qarshi edi. Jadidlar shunday sharoit ichida jasorat bilan chikib ish boshlagon ekanlar, bularga beriladurgon baxo ham shundan ortik bulmasligi lozim edi.

Jadidlar shu maktabga yaxshi nazar bilan karagon kishilarni o’ziga do’st kurib, kuchogiga tortar edi. Bularning boy, ruxoniy savdogar bo’lishidan kat’iy nazar, sekin - sekin jadidlar do’sti kupayib, turli guruxlardan iborat bir jadidlar tudasi tashkil qildik. Inogomovni jadidlarning alohida sinf qilib ko’rsatishi noma’kul ran. Jadidlar politsiyadan kurkinchi qattiq bo’lsa ham, qiyinchiliklarni uz ustiga olib, gazet chikardi va uni xalqka tarkatdi.

O’zbek jadidlarining otasi deb nom olgan Maxmudxoja Bexbudiy bu davrning kuzga ko’ringan taraqqiyparvarlaridan edi.

U XX asrning boshlarida Rossiyaning yirik shaharlari va katta tarakkiy etgan musulmon mamlakatlariga borib, kushni xalqlar hayoti bilan yaqindan tanishdi. Bilim va intilish doirasi bexad keng bo’lgan bu buyuk jadidchi tufayli O’rta Osiyoda yangi usuldagi birinchi maktab, birinchi teatr asari maydonga keldi. Uning tashabbusi bilan Sirdaryo va Amudaryo oraligida birinchi marta «Jamiyati xayriya»lar tashkil etilib, bu jamiyatlarga tushgan to’yonalar tufayli kambagal oilalarning farzandlari ham jadid maktablarida o’qiy boshladilar. Bexbudiy Turkistonda ma’rifat tarkatishning asosiy yo’li eski maktablarni islox qilish orkali usuli jadid maktablarini tashkil etishdir, degan xulosaga keldi.

Jadidlar jamiyatni inkilobiy yo’l bilan emas, isloxotlar yo’li bilan uzgartirishni asosiy vazifa deb bildilar. Ular maorif, matbuot, adabiyot va san’atning jamiyat va xalq hayotini yangilashdagi faol rolini oshirish uchun, bu soxalar taraqqiyotiga katta e’tibor berdilar. Jadidlar oldida to’rgan vazifalar xilma - xil bo’lishiga qaramay, ular mutaassib dindorlarga qarshi kurashib, darsviy ilmlarni o’qitishni tashkil etish, matbuot erkinligi, xurriyat uchun kurashga da’vat etish kabi masalalari bilan yaqindan shugullandilar. Jadidlar ochgan unlab mak­tablar xalqning savodxonligini ma’lum darajada oshirdi. Ular ijtimoiy va iktisodiy koloklik, ongsizlik kabi illatlarning sababini ilmsizlik, ma’rifatsizlikda deb bildilar. SHuning uchun ham «usuli jadid» maktabini tashkil etibgina kolmasdan, shu maktablar uchun o’quv qo’llanmalarini ham yaratdilar. Bexbudiyning «Axoli jugrofiyasiga kirish», «Bolalar uchun yozuv kitobi», «Melom amaliyoti», “Xisob” X. X. Niyoziyning «Engil adabiyot» «O’qish kitobi» «Qiroat kitobi» singari o’quv qo’llanmalari bu maktablarda asosiy darslik sifatida o’qitildi.

Jadidlar ilm va ma’rifatning tom ma’nodagi jonkuyarlari edi. Ular mana shu maqsad yo’lida uz jonlarini ham ayamaganlar. Bexbudiy vasiyatnomasidagi quyidagi so’zlar uning ma’rifatparvarlik goyasiga nakadar sodiq bo’lganligidan darak beradi:

«Ey Turkiston maorif ishlarida bulgon o’rtoq va ugg’lonlarim! Men. o’zim garchand bandi bo’lsam-da, sizlarni esimdan chiqarmayman, sizlarga bir oz vasiyat qilib utaman: Meni sevar o’rtoqlarim meni so’zlarimni kuloqlaringizga ilingiz! Biz ikki oydan beri Buxoro shahrida bandi bo’lib yurib, oxir 10 kundan beri bu yerda Qarshi shahrida bu zolimlarning qo’liga tushib bandi bo’ldik. Jadid kofirlik otini kutardik. Sipoxlar ichida tilchilik otini kutardik. Bu yerdan kutilmogimiz kiyin bo’ldi. O’rtoqlarim Siddikiy, S. Ayniy, Fitrat, Kurbi va Akobir va uglonlarim Vadud, Maxmud, Abdukodir SHakuriy, sizlarga vasiyat kilaman. Maorif yo’lida ishlaydurgon muallimlarning boshini silangizlar! Maorifga yordam etingizlar. O’rtadan nifokni kutaringiz! Turkiston bolalarini ilmsiz kuymangizlar. Har ish qilsangiz jamiyat ila kilingizlar! Bizdek maorif kurbonlarini yo’qlangizlar! Buxoro tuprogiga tezlik ila yo’l boshlangizlar! Ozodlikni tezlik ila yuzaga chikaringizlar! Bizning konimizni zolim beklardan talab kilingizlar! Maorifni Buxoro tuprogida joriy kilingizlar! Bizning otimizga maktablar ochingizlar! Bizlar ul chorda tinch yeturmiz! Manim uglonlarimga salom yetkazinglar! Bu hamroxlarimning avlodlaridan xabardor buling!».

Jadidlarning aksariyati Bexbudiy kabi izchil ish olib bordilar. Ular yozgan har bir asarda bu narsa yaqqol sezilib turadi Jumladan: Abdurauf Fitratning «Sayyoxi xindi» asarini kuzdan kechirsak, har bir jumlasida jadidona rux sezilib turadi. Asardagi kutarilgan ayrim fikrlar xozirgi kunda ham uz kimmatini yo’qotmagan.

Sayyoh Qozining gaplarini ma’qullagan holda e’tirozli fikr bildiradi: «... lekin, siz janoblari, Buxoro xalqini qo’yga uxshatib, butun gunoxni xokimlarga agdardingiz. Bir jixatdan xokimlarni gunoxsiz demayman, bir oz xalqda ham gunox kam emas. To’g’ri, Buxoro xalqi kuyga uxshaydi. Birok kuyga uxshashlik inson uchun xusn emas, balki nuksondir. Inson - insondir, nega u xayvonga uxshashi kerak ekan

Asar kaxramoni eskicha yashab bulmasligini, ilm - ma’rifatni keng yoyish, sanoat, kishlok xujaligini Ovrupacha andoza asosida rivojlantirish kerakligini uktiradi.

Jadidchilik harakati maorif soxasidagina keng tus olib kolmasdan, ijtimoiy - siyosiy soxalarda ham uz ta’sirini ko’rsatdi. Bu, ayniksa, Turkiston muxtoriyatining tashkil kilinishi misolida yaqqol ko’rinadi.

1917 yil 21 noyabrda Quqonda tuplangan IV Umummusulmonlar kurultoyi Turkistonda muxtor xukumat tuzilganini e’lon kildi. Bolьsheviklar «Quqon muxtoriyati» deb atagan va yaqin-yaqin- gacha tuxmat va buxton toshlariga giriftor bo’lgan XX asrdagi dastlabki mustaqil davlatimiz shu tarzda yuzaga keldi.

Muxtoriyatning e’lon kilinishi maxalliy xalq va turli viloyatlardan kelgan vakillar uchun katta milliy bayram bo’ldi. CHulpon ham ana shu umumxalq bayrami ta’sirida «Olloxu Akbar» she’rini yezgan. Atokli shoir bu she’ri bilangina kifoyalanib kolmay yana «0zod turk bayrami» she’rini ham yaratgan.

Jadidchilik siyosiy harakat sifatida 1905 yil arafalarida maydonga kelgan va muayyan tashkiliy xususiyatga ega bo’lgan. Bu harakat dasturi asosan quyidagi masalalarni uz ichiga olgan:



  1. Jadidchilik harakati uz xususiyatiga kura, gayrifeodal, gayri mustamlakachi bo’lib, Turkistondagi keng ommaning, birinchi navbatda, shakllanib kelayotgan tadbirkorlar sinfining intilish va manfaatlarini ifoda etgan.

2. Turkistonni savodli va ma’rifatli, tuq va farovon, ozod va obod Vatanga aylantirish, birinchi navbatda mustaqillikka erishish, mustamlakachilik iskanjasidan xalos bo’lish jadidchilik harakatining asosiy maqsad vazifasini tash­kil qilgan.

3. Jadidlar ikki Rossiyani farqlay olganlar. Ular mexnatkash Rossiyaga emas, mustamlakachi Rossiyaga qarshi kurashganlar. Afsuski ularning mustamlakachi Rossiyaga qarshi olib borgan kurashi uzoq vaqt davomida rus xalqi va Rossiyaga qarshi kurash sifatida talkin kilinib kelindi.

Jadidchilik harakati xilma-xil ijtimoiy guruxlarni o’zida jam etgan edi. SHu sababli, Turkistonning bulajak idora usu­li, umuman, ijtimoiy kurilish, yer va mulk munosabatlari, xotin-kizlar ozodligi masalalarida yakdillik yo’q va bo’lishi ham mumkin emas edi. Jadidlarning ijtiomoiy-siyosiy qarashlarida idorai marshrutachilik (konstitutsiyaviy monarxiya) dan jumxuriyatchilikkacha bor edi. Ularning bir kismi Usmonli Turkiyaning «Ittixodi taravdsh» yoki «Turkiya adam markaziyati» tashkilotlari bilan hamkorlik qildilar.

Munavvar Qori raxbarligidagi «Ittixodi taraqqiy», «Milliy ittixod»ga «Milliy istiqlol» nomlari bilan tanilgan tashkilstlar aslida bir ijtimoiy-siyosiy jamiyat bo’lib, u 1920 yildan boshlab 1923 yilgacha yashirin faoliyat yuritgan. «Ittixodi tarakkiy»ning asosiy maqsadi milliy-siyosiy xususiyatga ega bo’lgan. U shuro xukumatiga qarshi muxolifatda ish olib borib, uning siyosatini tankid qilgan, yoshlarni siyosiy faollashtirish, turk muxojirlariga yordam berish bilan mashgul bo’lgan.

Munavvar Qorining ko’rsatishicha, dastlabki paytda jamiyat a’zolarining soni 50 taga yetmasada, ularning obrusi juda yuqori darajada bo’lgan. Rus kommunistik boskiniga qarshi kurash olib borgan maxfiy tashkilotlardan yana biri «Turkiston milliy birligidir. U dastlab 1920 yilda Buxoroda «Buxoro istiqloli» va Toshkentdagi «Milliy ittifoq» hamda xozirgi mustaqil kardosh davlatlardagi ozodlik harakatlari markazlari faoliyatlarini birlashtirish bi­lan mashgul bo’ldi. Munavvar Qori uz «Xotira» asarida uni dastlab «Markazlar markazi» deb nomlanganini aytadi. «Tur­kiston milliy birligi «Turkistonda bor yo’g’i uch yil faoliyat ko’rsatdi. Bu qisqa muddat ichida u milliy-ozodlik va mustaqillik uchun kurash tarixida katta iz koldirdi. Eng muximi, u umumturkiy olam birligi, Turkiston milliy birligini mustaxkamlashga, shuningdek, mustaqillikka umummilliy birlik asosida erishish mumkinligi tushunchasini shakllantirishga samarali xissa kushdi.

1925 yili Munavvar Qorining tashabbusi bilan «Ittixodi milliy», «Milliy istiqlol» degan nom bilan qayta tashkil etildi. Jadidlar endi O’zbekiston mustaqilligi uchun kurashni uz oldilariga asosiy vazifa qilib kuydilar. Munavvar Qori­ning ko’rsatmasi asosida «Milliy istiqlol» markazi va uning viloyat hamda boshqa tarmoklari raxbarlari yoshlar bilan almashtirildi. «Milliy istiqlol» markaziy «uchlik» boshqa ruvi Munav­var Qorining shogirdlari Aziz Lazizzoda, Salimxon Tillaxonov va Gofurjon Musaxonovlardan iborat bo’lgan.

Jadid yashirin tashkilotlari mustaqillikka erishishning asosiy yo’llaridan biri xukumat va boshqa davlat muassasalari raxbar kadrlarni maxalliy kadrlar bilan almashtirishdan iborat deb bildi. SHuning uchun ham ular milliy maxalliy kadrlarni Davlat muassasalariga olib kirishga harakat qildilar. SHuningdek ja­didlar matbuot, redaktsiya organlari va xukumat muassasalarida ishlab, uzlariga yaqin milliy ruxdagi kishilarni raxbarlik lavozimlariga kutarishga har-xil idora va matbuot organlarida ishlashga yordam bergan.

Jadidlar e’tibor bergan asosiy masalalardan yana biri milliy ruxni rivojlanitirish va mustaxkamlashdan iborat edi. Bu to’g’rida Munavvar Qorining quyidagi so’zlari dikkatga sazovor- dir» Milliy chegaralanish millatchilik mayllarining kuchayishiga turtki bo’ldi. Bizlar millatchilikning usishini hamma jabxalarda - ommada ham, matbuotda ham, adabiyotda ham ijtimoiy hayotning hamma soxasida kuzatib turdik. Bu xolatdan bizlar milliylikni rivojlantirish va mustaxkamlash uchun foydalanishga azmu qaror qildik...».

Jadidchilik harakati tufayli bu davrda maktab va maorif ishlari ayniksa kamol topdi. Bexbudiy, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Hamza singari jadidlarning maorif soxasidagi g’oyalari quyidagilardan iborat bo’lgan.


  1. Turkiston xalq farzandlari uchun darsviy bilim berish va ularni ma’rifiy - ma’naviy kashshoklikdan kutkarish.

  2. Maktabni islox qilish bilan birga talabalarni islom madaniyati qonun - qoidalari asosida tarbiyalash.

  3. Yoshlar ongini ustirish va ma’rifatli avlodlarni tarbiyalash orkali kelajakda mustamlakachilikka barham berish va Turkistonning mustaqilligiga erishish.

Bizning fikrimizcha, aytish mumkinki, jadidlar tarix maydoniga, avvalo milliy mustaqillik uchun mustamlakachilikka qarshi kurash maqsadi bilan chikdilar. SHu bois bu harakat axolining ziyoli kismi e’tiborini tezda o’ziga jalb qildi.

Ilg’or fikrli olimlar, shoirlar, yozuvchilar, jurnalistlar, xukukshunoslar matbaachilar, jadidchilik harakatining eng oldingi saflarida bo’ldilar. Ular hayot xodisalarini, milliy mustaqillik va karamlikni teran idrok etib, xalqning millatning istikbolini to’g’ri tasavvur etdilar. Ular xalqning mil­liy kadriyatlarini, ilg’or urf - odatlarini, tarixi, madaniya­ti, inson xuquqlarini tiklash uchun kurashib, katta obru - e’tiborga sazovor bo’ldilar.

Jadidlar o’z ezgu orzularini, faqat maktab, maorif va ta’­lim - tarbiyani to’g’ri yo’lga quyish, uni rivojlantirish bilangina amalga oshirish mumkin deb bildilar. Ular targ’ib etgan g’oyalar hamon uz ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Jadidlar harakatining ma’naviy taraqqiyotimiz tarixidagi o’rni bekiyosdir. Turkistonda qisqa muddatda o’zbek ma’rifatparvarlarining yangi bir avlodi yetishib chikdi. SHu avlodning ichida jadidchilik g’oyasini chuqur tushungan va bor vujudi bilan targ’ib qilgan kishilardan biri Munavvar Qori Abdurashidxonovdir. U yashagan davr asosan jadidchilik paydo bo’lgan hamda taraqqiy qilgan davrga to’g’ri keladi. Uning faoliyati xalq hayotini uzgartirish, xalq manfaatini ximoya qilish va xalqni uygotishga karatilgan edi.



  1. Download 0,57 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish