“PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI FANIDAN «ABDURAUF FITRATNING PEDAGOGIK QARASHLARI» MAVZUSINI O’QITISHDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISH” mavzusidagi magistrlik dessertasiyasi
ANNOTASIYASI
Tayanch so’zlar: ma’rifat, jadid, pedagogika tarixi, maqsad, vazifa, milliy meros, ma’naviyat, qadriyatlar, ta’lim muammolari, tarbiya, maktab, madrasa, pedagogik fikr.
Tadqiqot ob’ekti predmeti: «Abdurauf Fitrat pedagogik qarashlari» mavzusini o’qitishda interaktiv metodlardan foydalanish
Tadqiqot maqsadi: Pedagogika nazariyasi va tarixi fanidan «Abdurauf Fitrat pedagogik qarashlari» mavzusini o’qitishda interaktiv metodlardan foydalanish yo’llari.
Tadqiqot metodlari: Tadqiqot muammosiga doir pedagogik tahlil, qiyosiy tahlil, anketa, savol-javob, suhbat, intervyu, kuzatish, analitik, pedagogik eksperiment, matematik statistika metodlaridan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: mavzuni o’qitishda interaktiv metodlardan foydalanishning ilmiy-pedagogik asoslarini ochib berish;
mavzuni o’qitishning interaktiv metodlardan foydalanish pedagogik muammo sifatida ekanligini asoslash;
mavzuni o’qitish mavjud ahvoli va imkoniyatlarini ko’rsatish;
mavzuni o’qitishning interaktiv metodlardan foydalanishning amaliy shart-sharoitlari;
auditoriya mashg’ulotlarida «Abdurauf Fitrat pedagogik qarashlari» mavzusini o’qitishda interaktiv metodlardan foydalanish;
auditoriyadan tashqari mashg’ulotlarida «Abdurauf Fitrat pedagogik qarashlari» mavzusini o’qitishda interaktiv metodlardan foydalanish;
mavzusini o’qitishda interaktiv metodlardan foydalanishga doir tajriba-sinov ishlarini tashkil etish;
tajriba - sinov ishlarini tashkil etish mexanizmi va natijalari.
Tadqiqotda qo’llanilgan metodlarning tavsifi: Tadqiqot muammosiga doir ilmiy, falsafiy – sotsialogik, pedagogik, psixologik adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish, umumlashtirish, kuzatuv, tajriba-sinov, sotsiometrik (suhbat, so’rovnoma, interv’yu, testlar) qiyosiy tahlil, matematik-statistik metodlardan foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati: «Abdurauf Fitrat pedagogik qarashlari» mavzusini o’qitishda interaktiv metodlardan foydalanishning ilmiy-pedagogik asoslarini ochib berish, ilgari surilgan muhim nazariy g’oya, taklif etilgan fikr, mexanizm va tarkibiy tuzilma, ishlanmalar, ta’lim jarayonida shakl, metod vositalarini takomillashtirish yo’llarini ko’rsatishdan iborat.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Auditoriya mashg’ulotlarida, auditoriyadan tashqari mashg’ulotlarda «Abdurauf Fitrat pedagogik qarashlari» mavzusini o’qitishda interaktiv metodlardan foydalanish hamda «Pedagogika» fani mazmunini yangi tushunchalar bilan boyitishda foydalanish bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |