III BOB. TAJRIBA –SINOV ISHLARI..........................................................
3.1. Xalq o’yinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishiga doir tajriba-sinov ishlari.............................................................................................
3.2.Tajriba-sinov ishlari natijalari va samaradorligi................. ...............
III-bob bo’yicha xulosalar......................................................................................
UMUMIY XULOSALAR VA TAVSIYALAR................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR............................................................
ILOVALAR...................................................................................................................
KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.
O’zbek xalqining ming yillar davomida yaratgan, avloddan-avlodga o’tib kelayotgan ijod boyliklarini to’plash, o’rganish, bu boy xazinalar asosida yosh avlodni ma’naviy boy, axloqiy pok, jismoniy barkamol qilib tarbiyalash bugungi kunnig dolzarb masalalaridan biridir. Xalq o’yinlari taraqqiyotning barcha bosqichlarida o’z davri odamlarining xayoti, turmush tarzi, mehnat sharoiti, millati, dini va boshqa o’ziga xos belgilarini o’zida mujassam etib kelgan va ishtirokchilarda chaqqonlik, chidamlilik, ijodiy topag’onlik, g’ayratlilik, kuchlilik sifatlarini tarbiyalashga xizmat qilgan.
Har bir xalq o’tmish avlodlaridan qolgan madaniy merosiga ega bo’lib, uning madaniy boyliklari xazinasiga xalq o’yinlari ham kiradi. Xalq o’yinlari o’zining vujudga kelishi va rivojlanishiga ko’ra g’ayrioddiy hodisa emas, balki xalqning hayotini obrazli, muayyan aks ettiradigan va jamiyat taraqqiyoti qonunlariga hamohang belgilanadigan faoliyatdir .Xalq o’yinlari xalq ijodiyotining o’ziga xos janri bo’lib, ko’p asrlik tarixga ega.
Bugungi kunda unutilib borayotgan qator milliy o’yinlarni kengroq targ’ib etish yo’li bilan yoshlarimizni komil inson qilib tarbiyalash, sog’lom turmush tarziga targ’ib etish, ularning intellektual salohiyati bilan birgalikda jismonan barkamol bo’lib voyaga yetishishlarini ta’minlash sosiy vazifalarimizdan biridir. Zero, milliy o’yinlarimizning har birida komillik, mardlik, jasurlik, rostgo’ylik va zukkolik talab etiladi.
Bu haqda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida “Jismonan sog’lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish” [2] kabi muhim vazifalar belgilab berilgan.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 noyabr “Aholining sog’lom turmush tarzini qo’llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 735i-son qarorida quyidagilar ta’kidlab o’tilgan: Yoshlar o’rtasida milliy sport turlari va xalq o’yinlarini keng targ’ib qilish; milliy va xalq o’yinlari bo’yicha barcha hududlarda sport musobaqalari va festivallarini tashkil etish; yo’qolib borayotgan milliy o’yin turlarini ommalashtirish; xalq o’yinlarini namunaviy logotip va piktogrammalarni ishlab chiqish; xalq o’yin turlarini ommalashtirish va keng targ’ib etish.
Yuqorida davlatimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida biz magistrlik dissertatsiyasi mavzusini “Xalq o’yinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik asoslari” – deb tanladik.
Do'stlaringiz bilan baham: |