Pedagogika kafedrasi


UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR



Download 0,89 Mb.
bet32/33
Sana11.07.2022
Hajmi0,89 Mb.
#774369
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Ziyayva dis oxiri

UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR
Dissertatsiya ishining birinchi bobi “Xalq o’yinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik mohiyati va tasnifiy xususiyatlari” – deb nomlanib “Xalq o’yinlarining tasnifi”, “O’zbek xalq milliy o’yinlarining kelib chiqishi va rivojlanishi”, “Xalq milliy o’yinlarning ijtimoiy-tarkibiy fazilatlari” – nomli bo’limlaran iborat bo’lib quyidagilarni qamrab oldi:
Xalq o’yinlarining paydo bo’lish tarixi jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlari bo’lgan uzoq moziyga borib taqaladi. Tarixiy, arxeologik va etnografik manbalarda ham xalq o’yinlarining kelib chiqishi hamda rivojlanishiga doir qiziqarli ma’lumotlarni uchratamiz.
O’yinlar-xalqning tabiiy va tarixiy ehtiyoji asosida shakllangan, ajdodlar turmushi, mehnati, tajribasi, kurashi, yutuqlarini boshqa shaklda aks ettiradigan, inson madaniyatining eng ko’hna shakllari, ko’pgina ma’naviy sohalar chashmasi, sog’lom avlodni shakllantiruvchi tarbiya vositasi va zamondoshlarimizning jismoniy, ruhiy, aqliy rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim omildir.
Xalq o’yinlari xalq ijodiyotining o’ziga xos janri bo’lib, ko’p asrlik tarixga ega. Ularda jamiyat rivojlanishining u yoki bu bosqichidagi ijtimoiy voqealar aniq aks etadi. Milliy o’yinlar jarayonida erishilgan ilm va malakalardan ijodiy foydalanish layoqatini bolalarda tarbiyalashga e’tibor qaratish lozim, chunki bunday layoqatga bolalar o’zlaridagi ishchanlik, mustaqillik, ziyraklik, topqirlik, hozirjavoblik kabi ezgu fazilatlari tufayli erishadilar.
Milliy xalq o’yinlariga asoslangan jismoniy madaniyat estetik tarbiyani amalga oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
O’yin faoliyatida diqqatni idrokni rivojlantirish mavjud tafakkur tushuncha va mo’ljal olishni aniqlashtirish uchun qulay sharoit yaratiladi O’yinlar ijodiy hayot xayol, xotira topqirlik fikr yuritish aktivligini rivojlantirishga yordam beradi. SHunday qilib xarakatli o’yinlar bolalarning aqliy rivojlanishiga yordam beradi. Bolalarning psixik jarayonlarni takomillashtirishda obrazli o’yinlar katta axamiyat kasb etadi. U bolalarda qiziqish uyg’otadi xayolni jalb kiladi. O’yin harakatalarni ijodiy bajarishga undaydi.
Dissertatsiya ishining ikkinchi bobi “Xalq o’yinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish” – deb nomlanib, unda ””Xalq folklor o’yinlarining mazmuni, maqsad-mantiqi va yo’nalishiga ko’ra turlarga bo’linishi”, “Xalq o’yinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishining shakl, metod va vositalari” –deb nomlangan paragraflaridan iborat bo’lib quyidagilarni o’z ichiga olgan:
O’zbek xalqi yaratgan topishmoqlar uning ijtimoiy hayoti va turmushining barcha tomonlarini qamrab oladi. Ularning katta qismi dehqon mehnati dehqonchilik, polizchilik, uy yumushlari bilan bog’liq; topishmoqlar o’z qiziqish doirasiga o’simliklar va hayvonot dunyosini, uy xo’jaligiga oid ko’plab narsalarni, xalq odatlari va xislatlarini ham qamrab olgan.
Bolalar folklor o’yinlari ruhi, tabiati, xarakteri, poetikasi, ishtirokchilarning hatti -harakati, shu harakatning mehnat va milliy an’analari bilan turmush kechirish sharoitlari, jug’rofik yashash o’rni, iqtisodiy va siyosiy talablaridan shakllanadi. Bolalar o’yinlari ham, o’yin san’ati kabi konkretik tarzda mehnat jarayonida yuzaga kelgan.
O’zbek an’anaviy bolalar folklor o’yinlarining mavzu-qamrovi, ijro uslubilari juda keng. Ijtimoiy hayot kishilar munosabatlarining biron-bir jabhasi yo’qki, ular o’yinlar nazariga tushmagan bo’lsin . Boshqacha so’z bilan aytganda, xalqimiz hayotining biron sohasi bo’lmasinki, o’yinlarga ”ko’chmagan”, ularda o’z ifodasini topmagan bo’lsin. Xalqimizning dehqonchilik, chorvachilik, bog’dorchilik, polizchilik madaniyati, kasb-hunar va ilm-bilim sohasi deysizmi, falsafiy, estetik, axloqiy yohud ta’lim-tarbiya, axloq-odob bobidagi qarashlari deysizmi barchasi an’anaviy o’yinlarga mavzudir. Xususan o’zbek bolalar folklor o’yinlari boshidan – oyoq ma’naviy-ma’rifiy axloqiy tushunchalar bilan yo’g’rilgan
Umumta’lim muassasalarida maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni olib borishda o’zbek bolalar folklori hamda undagi o’yinlarni
o’rgatishga e’tiborni karatmoq lozim. Shu yo’nalishda to’garaklar tashkil etilsa, kadimgi kuy-qo’shiqlar, milliy o’yinlar o’rgatib borilsa, o’quvchi yoshlarning dunyoqarashlari kengayadi, nutq ravonligiga erishiladi, milliy an’analarni o’rganib borishlari ta’minlanadi.
Shundan xulosa qilish mumkinki, milliy sport turlari va xalq o’yinlari yoshlarni sog’lom voyaga yetkazish, ularga ta’lim-tarbiya berishda muhim ahamiyatga ega.
Dissertatsiya ishining uchiinchi bobi “Tajtiba – sinov ishlari” – deb nomlanib unda “Xalq o’yinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishiga doir tajriba-sinov ishlari”, “Tajriba-sinov ishlari natijalari va samaradorligi” – deb nomlangan paragraflardan iborat bo’lib quyidagilarni qamtab oldi: Tajriba-sinov ishlarini tashkil etilishida Xalq o’yinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishining etnopedagogik asoslariga alohida e’tibor qaratildi.
Eksperiment empirik metod sifatida pedagogika va psixologiya fanlarida keng qo’llaniladi.
Bo’lajak o’qituvchilardagi qobiliyatlarning namoyon bo’lish darajalari va uni aniqlash tartiblari to’g’risidagi ilmiy qarashlarni tahlil etish asosida talabalarda komil inson shaxsini shakllantirish va rivojlantirish mezonlari aniqlashtirildi: ijobiy emotsional tasavvurlarlarga egalik; ijodiy qiziqish, bilishga intilish; mustaqillik; qaror qabul qilish; o’zining kuch va imkoniyatlariga ishonch; aniq maqsadga yo’nalganlik; emotsionallik; muammoni ko’ra olish; alternativ (muqobil) fikrlash; divergent fikrlash; fikrning aniqligi; xotiraning assotsiativligi; idrok etishning yaxlitligi va mustaqilligi; ijodiy fikrlash; o’z-o’zini baholash darajasi; tolerantlik; intuitsiyaning rivojlanganlik darajasi.
Talabalarda komil inson shaxsini shakllantirish va rivojlantirish dinamikasini mezonlar asosida tahlil etish tajriba-sinov ishlarining barcha bosqichlarida amalga oshirilib, korrektsion chora-tadbirlar asosida kamchiliklar bartaraf etib borildi.
Ma’lumotlarni to’plash, miqdor va sifat jihatdan tahlil etishda turlim metodlardan foydalanish, olingan natijalarni statistik tahlil etish natijalarning ishonchliligiga asoslanib, ilmiy asoslangan xulosalar chiqarishga imkon berdi.
Talabalarning komil inson bo’lib shakllanishida xalq o’yinlaridan didaktika sifatida foydalanishning mavjud holatini aniqlashga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat tashkil etildi. Tadqiqot jarayonida kuzatish, suhbat, anketa so’rovlari kabi metodlardan foydalanildi. Bularning barchasi tadqiqotning asosiy yo’nalishi va dasturini muayyan darajada aniqlash imkonini berdi.
Styudent statsitikasi orqali olingan natijalar xalq o’yinlaridan didaktika sifatida foydalanish orqali talabalarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish mumkinligini tasdiqladi.

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish