Pedagogika kafedrasi



Download 0,89 Mb.
bet25/33
Sana11.07.2022
Hajmi0,89 Mb.
#774369
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
Bog'liq
Ziyayva dis oxiri

Shakllantiruvchi tajriba bosqichida talabalarning komil inson bo’lib shakllanish faoliyatini bevosita va bilvosita pedagogik kuzatish, ular ishtirokida mashg’ulotlarni o’tkazish, suhbat va anketa so’rovi kabi metodlar yordamida talabalarning komil inson bo’lib shakllanishi va rivojlanishiga yo’naltirilgan pedagogik ta’sir hamda mustaqil faoliyatni yo’lga qo’yish asosida ijodiy kompetentsiyalarni shakllantirishga katta ahamiyat qaratildi. Nazariy tadqiqotlar natijasida aniqlangan ilmiy yechimlar loyihalar va ta’lim texnologiyasini yaratishda amaliy qo’llanildi hamda ular asosida tajriba-sinov mashg’ulotlari olib borildi. Tajriba-sinov ishlarining ikkinchi bosqichida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar qatorida talabalarning loyihaviy-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlashga doir ishlarga alohida ahamiyat qaratildi.

  • Ta’kidlovchi tajriba bosqichida talabalarni o’tkazilgan tajribalarimiz davomida komil inson bo’lib shakllanishi va rivojlanishi darajasining holati aniqlandi. Talabalarni komil inson bo’lib rivojlanishi samaradorligini yanada oshirish borasida amalga oshirilgan ishlarni mustahkamlash hamda kamchiliklarni bartaraf etishga doir ko’rsatmalar, tavsiyalar, talabalarni komil inson bo’lib shakllanish va rivojlanganlik darajasini baholash uchun mezonlar ishlab chiqildi. SHakllantiruvchi tajriba-sinov mashg’ulotlari o’tkazildi, tadqiqot natijalari amaliyotga tatbiq etildi. Tajriba-sinov ishlari jarayonida talabalarning komil inson bo’lib shakllanish va rivojlanishida ijobiy natijalarga erishilganligi matematik-statistik metodlar hamda xolis ekspertlar tomonidan baholash orqali tasdiqlandi.

    Tajriba-sinov ishlarining muvaffaqiyatli kechishi quyidagi ob’ektiv va sub’ektiv omillarning mavjudligi hisobiga ta’minlandi: talabalar bilan ishlashga doir metodik shart-sharoitlarning yaratilganligi; oliy ta’lim tizimidagi muassasalarning intellektual laboratoriyaga egaligi; ta’lim jarayonida zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish; o’z o’quv fanlaridagi soatlarning bir qismini xalq o’yinlaridagi farakatlar va fikrlarga uyg’unlashtirgan xolda mashg’ulotlarni tashkil etadigan professor-o’qituvchilarning mavjudligi; hozirda mavjud, ayniqsa yo’qolib borayotgan milliy o’yinlarimizni o’zida aks ettirgan dasturlarni ishlab chiqilishiga alohida e’tiborning qaratilganligi; bo’lajak o’qituvchilarni komil inson bo’lib shakllanishiga yo’naltirilgan xalq o’yinlarini o’zida aks ettirgan elektron-didaktik ta’minotning ishlab chiqilganligi; bo’lajak o’qituvchilar bilan ishlashda kreativ salohiyatga ega pedagoglarning jalb etilganligi va hokazolar.
    Shuningdek, tajriba-sinov ishlari davomida tadqiqot ob’ekti sifatida boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi talabalari tanlanganligi sababli qo’llanilgan metodlar quyidagicha guruhlandi:
    1) bo’lajak o’qituvchi shaxsini o’rganishga xizmat qiluvchi metodlar – so’rovnomalar, anketalar, testlar;
    2) proektiv metodlar – testli, shaxslararo munosabatni o’rganuvchi, pedagogik va ijtimoiy muammoli vaziyatlarni tahlil qiluvchi;
    3) “Men” kontseptsiyasi – o’zini-o’zi kuzatish, o’zini-o’zi o’rganish, o’zini-o’zi tavsiflash, o’zini-o’zi baholash, o’z-o’ziga hisobot berish, o’zini-o’zi tahlil etish.
    Tadqiqot natijalarini umumlashtirish va guruhlashda ko’rgazmali axborot metodikasidan foydalanildi. Uning yordamida quyidagi vazifalar hal qilindi: 1) bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari, tyutorlar, ota-onalarning e’tiboriga havola etilgan xalq o’yinlarini o’quvchi tarbiyasiga tasiri yuzasidan savollarga – qaytargan javoblarini umumlashtirish; 2) tajriba-sinov ishlari bosqichlari, yakuniy ko’rsatkichlar hamda asoslovchi, oraliq va yakuniy tajriba-sinov ishlari natijalarini ifodalovchi jadvallarni tahlil qilish, qiyoslash, taqqoslash asosida nazorat va tajriba guruhlari natijalarini statistik tahlil etish.
    Quyida bo’lajak boshlanich sinf o’qituvchilarda komil inson shaxsini rivojlanganligi samaradorligini aniqlash maqsadida tajriba-sinov ishlarini tashkil etish davrida qo’llanilgan metodlardan ayrimlarining amaliy ahamiyati va qo’llashdan ko’zlangan maqsad to’g’risida qisqacha so’z yuritiladi:
    1. Pedagogik kuzatuv metodi – bo’lajak boshlanich sinf o’qituvchilarda komil inson shaxsini rivojlanganligi darajasini o’rganish, ularni tarbiyalash va rivojlantirishga yordam beruvchi pedagogik omillarni aniqlash maqsadida qo’llanildi. Ushbu metodni qo’llash orqali bo’lajak o’qituvchilarda komil inson shaxsini rivojlantirishga to’sqinlik qiluvchi muammolar aniqlandi va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilandi.
    2. Anketa metodi – bu metod ham bo’lajak boshlanich sinf o’qituvchilarda komil inson shaxsini rivojlanganligi masalasiga qay darajada e’tibor qaratilayotganligini o’rganish, bu borada samaradorlikka erishishni kafolatlovchi ob’ektiv va sub’ektiv omillarning mavjudligini aniqlash, bo’lajak o’qituvchilarning intellektual darajasini baholash maqsadida qo’llanildi.
    Tajriba-sinov davrida ochiq anketalardan foydalanildi. Buning sababi tajriba-sinov jarayoniga jalb etilgan professor-o’qituvchi va talablardan muammo yechimini topishda ahamiyatli bo’lgan ma’lumotlarni ko’proq olishdan iborat bo’ldi. Anketa ikki bosqichda, ya’ni ta’kidlovchi va yakunlovchi tajriba-sinov davrida qo’llanildi. Har ikki bosqich natijalari o’zaro qiyosiy tahlil etilib, bo’lajak boshlanich sinf o’qituvchilarda komil inson shaxsini rivojlanganligi darajasi va tajriba-sinov ishlarining samaradorligi aniqlandi.
    3. Suhbat metodi – bu metod ham anketa metodi kabi tadqiqot uchun muhim ahamiyatga ega ma’lumotlarni to’plash maqsadida qo’llanildi. SHu o’rinda alohida ta’kidlab o’tish kerakki, anketa metodi bir qator afzalliklarga ega bo’lishi bilan birga ayrim cheklovlar ham mavjud. Masalan, anketa metodidan foydalanishda tajriba-sinov ishlariga jalb etilgan bo’lajak o’qituvchilar ularga berilgan savollarga noxolis, noto’g’ri javob qaytarishlari mumkin. Bu esa o’z navbatida olinadigan ma’lumotlarning ishonchli bo’lmasligi va pedagogik nuqtai nazardan asoslanmasligiga olib keladi.
    Shu sababli anketa so’rovlarining bevosita davomi, to’ldiruvchisi sifatida suhbat metodidan foydalanish tajriba-sinov ishlarini yetarli darajada tashkil etilishini ta’minladi.
    4. Intervyu metodi ham bir qator afzalliklarga egaligi sababli tajriba-sinov ishlarini olib borishda undan unumli foydalanildi. Intervyu metodini qo’llashda tajriba-sinov ishlariga jalb etilgan bo’lajak o’qituvchilarga qo’shimcha savollar berish orqali muammoning mohiyati ochildi, ko’zlangan maqsadga erishishga yordam beruvchi ma’lumotlar to’plandi.
    Intervyu, asosan, bo’lajak boshlanich sinf o’qituvchilarda komil inson shaxsini rivojlanganligiga oid maxsus metodikani amaliyotga joriy etishdan oldin va keyin uyushtirildi. Bu esa tajriba-sinov ishlarini tashkil etishga qaratilgan maxsus metodikaning samaradorligini bevosita baholab borish imkonini berdi.
    5. Pedagogik tajriba metodi – tadqiq etilayotgan muammoning ijobiy hal etilishiga yo’naltirilgan faoliyatning yaxlit tizimi sifatida namoyon bo’ladi. bo’lajak boshlanich sinf o’qituvchilarda komil inson shaxsini rivojlanganligida mazkur metoddan foydalanish maqsadga muvofiq deb topildi va tajriba-sinov ishlarini olib borishda bu metod bevosita qo’llanildi.
    6. Interfaol metodlar –bo’lajak o’qituvchilarning o’quv faolliklarini kuchaytirish, ularda izlanishli-tadqiqotchilik faoliyatiga qiziqish va ehtiyojni yuzaga keltirish hamda ularni yanada mustahkamlash, bo’lajak o’qituvchilarda o’z-o’zini tahlil, nazorat va baholash qobiliyatlarini oshirish maqsadida qo’llanildi. Ushbu metodlar tadbirlarning qiziqarli o’tishini ta’minlash bilan birga bo’lajak o’qituvchilarni ijodiy, erkin fikrlashga undadi.
    7. Matematik-statistik metod (Styudent metodi). Pedagogik yo’nalishda olib borilayotgan tadqiqot ishlarida matematik-statistik metod o’ziga xos o’rin tutadi. Zero, tadqiqot muammosi doirasida olib borilgan tajriba-sinov ishlarining samaradorligini aniqlash orqali tadqiqotning natijalari to’g’risida yakuniy xulosaga kelishda matematik-statistik metoddan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
    Oliy ta’lim muassasalarida bo’lajak o’qituvchilarni o’quvchilarning komil inson shaxsini rivojlantirish jarayonida quyidagi kamchiliklarning mavjudligi kuzatildi:
    - bo’lajak o’qituvchilarni o’quvchilarning komil inson bo’lib shakllanishida muxim omil bo’lgan xalq o’yinlaridan deyarli foydalanilmasligi;
    - bo’lajak o’qituvchilarda, o’quvchilarning komil inson bo’lib shakllantirishning metodologik asoslari maxsus o’rganilmasligi;
    - bo’lajak o’qituvchilarda, o’quvchilarning komil inson bo’lib shakllantirishga tayyorlashda izchillik hamda kompleks yondashuvga amal qilinmasligi;
    - bo’lajak o’qituvchilarda, o’quvchilarning komil inson bo’lib shakllantirishga tayyorlashda istiqbolning tahlil qilinmasligi;
    - milliy va umuminsoniy, madaniy-tarixiy, intellektual, ma’naviy, estetik hamda badiiy qadriyatlar asosida o’quvchilarning komil inson bo’lib shakllanish jarayoni mazmunini yangilashga e’tibor qaratilmaganligi;
    Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’z kasbiy faoliyati jarayonida o’quvchilarni qay tarzda bilim olishga jalb etish, ular faoliyati natijalarini tashxislash va tahlil qilish tajribasiga ega emaslar. SHu bilan bir qatorda bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarida muloqotga kirishuvchanlik ko’nikmalari yetarlicha shakllantirilmagan. Ular o’quvchilarda komil inson shaxsini shakllantirishning nazariy asoslari, mexanizmlarini puxta o’zlashtirmaganliklari ayon bo’ldi.
    Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini o’quvchilarda komil inson shaxsini shakllantirishga tayyorlash amaliyotida nafaqat ilmiy-asoslangan nazariy-pedagogik, balki bu jarayonning nazariy-amaliy (uning xususiyatlari, tomonlari, maqsadga intiluvchanligi, kasbiy-shaxsiy mezonlari, natijalarini tahlil qilish) asoslari yetarlicha yoritilmagan.
    Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini o’quvchilarning komil inson shaxsini shakllantirishga tayyorlash jarayoni mazmunini modifikatsiyalashtirishga o’qituvchilar tuzilishli-mazmunli tizimga ega bo’lmay, ikkilanib ishonchsiz (unda emotsional-psixologik, motivatsiyali, idrok etish, shakllantiruvchi hamda rivojlantiruvchi, intellektual-ijodiy, faoliyatli, ijtimoiy-tarbiyaviy, o’ziga baho berish hamda o’zini takomillashtirish muhim komponentlari bo’lishi kerak) munosabatda bo’ladi.
    Pedagogikadagi yangi yondashuvlar, innovatsion usullar, metodlar, vositalar, yangi texnologiyalar, shu jumladan, o’quvchilar bilan auditoriyadan tashqarida ishlash metodikalarining eng samarali shakllari, ilg’or metodlarini izlash, o’rganishga bo’lgan qiziqish yetarlicha faollashmagan.
    Bugungi kunda Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilariga ta’lim-tarbiya berishning ustuvor jihatlaridan professor-o’qituvchilar yetarlicha xabardor emaslar. Pedagogik amaliyot jarayonida ular an’anaviy usul va metodlardan foydalanish, avtoritar ish uslubini qo’llashni ma’qul ko’radilar.
    O’quvchilardagi qobiliyatlarning namoyon bo’lish darajalari va uni aniqlash tartiblari to’g’risidagi ilmiy qarashlarni tahlil etish asosida o’quvchilarda komil inson shaxsini shakllantirish mezonlari aniqlashtirildi: ijobiy emotsional tasavvurlarlarga egalik; mustaqil qaror qabul qilish; o’zining kuch va imkoniyatlariga ishonch; aniq maqsadga yo’nalganlik; emotsionallik; muammoni ko’ra olish; alternativ (muqobil) fikrlash; divergent fikrlash; fikrning aniqligi; idrok etishning yaxlitligi va mustaqilligi; ijodiy fikrlash; o’z-o’zini baholash darajasi; tolerantlik; intuitsiyaning rivojlanganlik darajasi.
    Mazkur mezonlarga asoslangan holda ularni shartli ravishda to’rt – motivatsion, emotsional, intellektual-bilishga doir, amaliy guruhlarga tasniflash asosida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini komil inson bo’lib shakllanish va rivojlanishining quyi, o’rta va yuqori daraja ko’rsatkichlari aniqlashtirildi.
    O’quvchilarda komil inson shaxsini shakllantirish dinamikasining past darajasi o’quv-tadqiqotchilikka doir faoliyat jarayonida qiziqishlarning yorqin namoyon bo’lmasligi, ijodiy faoliyatga mas’uliyatli va barqaror munosabatning qaror topmaganligi, shaxslararo munosabatda qiyinchiliklarning yuzaga kelishi, izlanish-tadqiqotchilikka doir faoliyatda qiyinchiliklarga duch kelishi, kommunikativ, axborot bilan ishlash, umummadaniy, ijodiy kompetentsiyalarning shakllanmaganligi bilan tavsiflandi.

    Download 0,89 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish