Pedagogika kafedrasi


Havolarni yog’dirgan, Sust xotin



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet310/430
Sana10.02.2022
Hajmi3,45 Mb.
#440704
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   430
Bog'liq
xalq pedagogikasi. qiyosiy pedagogika

Havolarni yog’dirgan, Sust xotin, 
Bug’doylarni bo’ldirgan, Sust xotin. 
Osmondan tomchi tashlab, Sust xotin, 
Elu yurtni to’ydirgin, Sust xotin... 


254 
Yozgi marosimlar: “CHoy momo” (SHamol ona demakdir, unda shamolda 
mevalarni to’kilishdan saqlashga undalgan), va boshqalar. 
Oilaviy-maishiy marosimlar jumlasiga to’y, (beshik) to’yi, sunnat to’yi, nikoh 
to’yi, kelin salom, motam marosimi, yig’i-yo’qlovlar va boshqalarda ko’zda 
tutilgan kishining tarbiyaviy sifatlari ulug’langan, insoniyat qadr-qimmati yuqori 
ko’tarilgan, insonparvarlik, yoshlarda ularga havas, hurmat uyg’otishga undalgan. 
Qo’shiqlar – voqelikni yakka shaxs kechinmalari orqali aks ettiradi. 
“Qo’shiq” – turkiy “qo’shmoq” so’zidan olingan bo’lib, misraga misrani qo’shib 
kuylash, aytish ma‘nolarini anglatadi. 
Qo’shiqlarda xalq ma‘naviyati qudrati, irodasi ifodalanadi. U kishilarni ruhan 
tetiklikka, jasoratga, mehnatsevarlikka, vatanparvarlikka, do’stlikka, sevgi 
sadoqatga chorlaydi. Xalq qo’shiqlarining mehnat qo’shiqlari (dehqonchilik, 
chorvachilik, hunarmandchilik), lirik qo’shiqlar, tarixiy qo’shiqlar, termalar singari 
turlari mavjud. 
Doston – qissa, hikoya, ta‘rif, sarguzasht ma‘nolarini anglatadi. U keng 
tarqalgan etnopedagogik janr bo’lib, xalqning ma‘naviy-maishiy qiyofasi, kurashi, 
axloqiy-estetik qarashlari, adolat, ozodlik, tinchlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, 
do’stlik kabi tarbiyaviy sifatlarni targ’ib etadi. Dostonlarda komil shaxs tarbiyaviy 
sifatlari umumlashgan holda beriladi. Oliy insoniy sifatlar bo’rttiriladi. Shuning 
uchun tinglovchida doston qahramonlaridan o’rnak olish hissi tug’iladi. 
Dostonlarni baxshilar kuylashadi. “Baxshi” mo’g’ulcha va buryatcha “baxsha”, 
“bag’sha” so‘zlaridan olingan bo’lib, “ustod” , “ma‘rifatchi” degan ma‘nolarni 
anglatadi. 
Og’zaki drama – etnopedagogika yo’nalishidagi ijodning mustaqil turi bo’lib, 
qadim zamonlarda vujudga kelgan. U xalq ongi, axloqiy mezonlari, estetik didini 
tarbiyalashga xizmat qiladi. Og’zaki dramada tomosha ko’rsatish bahonasida hayot 
qiyinchiliklari, sinfiy munosabatlar fosh qilingan, tomoshabinda zarur tarbiyaviy 
sifatlarni tarbiyalashga xizmat qilgan. 
Og’zaki dramani qiziqchilar, askiyabozlar, masxarabozlar satirik uslubda ijro 
etishgan. Ularda ochko’zlik, ko’zbo’yamachilik, zulm, adolatsizlik, zo’ravonlik, 
buzuqlik kabi salbiy axloqiy sifatlar hajv va yengil kulgi ostida tanqid qilingan. 
Askiya – arabcha “zakiy” so’zidan olingan bo’lib, “so’zamol”, “o’tkir”, 
“zehnli” degan ma‘nolarni anglatadi. Askiya – so’z o’yini yoki hozirjavoblar 
musobaqasidir. Askiyaning payrov turida “Bo’lasizmi”, “O’xshatdim”, “Gulmisiz, 
rayhonmisiz, jambilmisiz” kabi turlari mavjud. Ularda kishilarning salbiy xislatlari 
achchiq kulgi vositasida tanqid (masxara) qilinadi. Askiya ko’pincha to’y, sayil, 
marosimlarda uyushtiriladi. Askiya Farg’ona vodiysida keng tarqalgan bo’lib, u 
kishiga estetik zavq berish bilan birga did-farosat, aql-zakovat, sezgirlik, topqirlik, 
hozirjavoblik sifatlarini tarbiyalaydi. Insonni izza qilish vositasida o’z-o’zini 
tarbiyalashga undaydi. 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish