253
Vorisiylik-etnopedagogika manbalari bulmish folklor asarlariga xos xususiyat
bo’lib, ular zamirida pedagogik fikrlar xalqning xotira manbaidan og’izdan-
og’izga, avloddan-avlodga o’tib kelgan.
Ko’pvariantlilik-ma‘lum bir etnopedagogik asarning yonma-yon yashay
oladigan, bir-birini mantiqan inkor qilmaydigan, ammo o’zaro farqlanuvchi
nusxalarida o’z ifodasini topadigan xususiyatdir. Masalan, “Alpomish”
dostonining xalq orasida 30 dan ortiq variantlari yashab kelmoqda:
An‘anaviylik-etnopedagogika
manbalarining
avloddan-avlodga
o’tish
jarayonida o’zining dastlabki shakli va qahramonlarini saqlab qolganligida ko’zga
tashlanadi.
MDH mamlakatlarida xalq pedagogikasi muammolari Rusiyalik G.S.
Vinogradov, gruziyalik A.F. Xintibidze, chuvashistonlik G.N. Volkov, tataristonlik
Ya.I. Xanbikov, ozarbayjonlik A.SH. Hoshimov, tojikistonlik Sh.A. Mirzaev,
turkmanistonlik K.Pirliev va boshqalar tomonidan tadqiq etilgan. O’zbekistonda
xalq pedagogikasining ba‘zi muammolari Z.Mirtursunov, B.Qodirov, I.Ashirboev,
G.Ubaydullaev, M.SHerboev va boshqalar tomonidan tadqiq etilgan.
“Etnopedagogika” atamasini ilk bor chuvashistonlik G.N.Volkov pedagogik
adabiyotlarga kiritdi va uni alohida fan sifatida ta‘riflab berdi. (Volkov G.N. va
boshqalar. Etnopedagogika. Toshkent, “FAN”, 2000 s.6.).
Xalq pedagogikasi manbalari va ulardagi pedagogik fikrlar xilma-xilligi,
rang-barangligi ham kishi diqqatini o’ziga tortadi. Avvalo, xalq pedagogik
madaniyatining tarkibiy qismi sifatida etnopedagogika manbalarida pedagogika
nazariyasi muammolari emas, balki pedagogik amaliyotiga doir fikrlar ko’proq o’z
aksini topgan. Shuningdek, etnopedagogika manbalarida shaxs shakllanishiga
ta‘sir etuvchi omillar, xalq muhim deb hisoblagan tarbiya yo’nalishlari haqidagi
tasavvurlar, yoshlar tarbiyasida foydalanish mumkin bo’lgan ilg’or tarbiya
an‘analaridan foydalanish yo’llari ko’rsatib beriladi.
Xalq pedagogiksida faqatgina tarbiya jarayoni emas, balki ta‘lim jarayoniga
dahldor fikrlar ham olg’a surilgan. Shunday bo’lishi tabiiy ham. Chunki, yosh
avlodga hamisha xalqning o’zi tarbiya bilan birga ta‘lim ham berib kelgan, ularga
kasb-kor, amaliy san‘at malakalari, sport o‘yinlarini o’rgatib kelgan. Demak,
etnopedagogikada ta‘lim va tarbiya yaxlit pedagogik jarayonning komponentlari
sifatida qaraladi.
Insonga sog’liq, to’kin-sochinlik tila sh, uning hayotidagi biror muhim sanani
nishonlash maqsadida o’tkaziladigan, an‘anaga aylanib qolgan harakatlar marosim
deyiladi. Marosimlarning mavsumiy va oilaviy-maishiy marosim turlari mavjud.
Mavsumiy marosimlar bahorgi, yozgi, kuzgi, qishki marosimlar kiradi. Ular
ham turlarga bo’linadi. Jumladan, bahorgi mavsumiy marosimlarga: loy tutish,
shox moylar (dalaga qo’sh chiqarish), navro’z, yomg’ir chaqirish, “Sust xotin”
(“Avesto” da madh etilgan) marosimlari kirgan. Chunonchi:
Do'stlaringiz bilan baham: