116
Ovqatdan tanaga keladi lazzat,
Ammo ortiqchasi keltirar zahmat.
Gulshakar zarardir ko‘p yesang agar,
Me’yorida yesang, non ham gulshakar.
Me’da to‘lib ketib, og‘risa qorin,
Nafi bo‘lmas dori-darmonlar barin
20
.
Sa’diy odamlarga sabrli, tejamkor, mehnatsevar bo‘lish
bilan birga, kamtar
bo‘lishni ham uqtiradi. U kamtarlikni keng ma’noda tushunib: kamtar odam
xushmuomala, tavoze’li, yaxshi va samimiy maslahatlarga e’tiborli bo‘ladi, unga
maqtanchoqlik, xushomadgo‘ylik, chaqimchilik begonadir, deydi.
Sa’diy yosh avlodni axloqiy jihatdan kamol topishiga alohida e’tibor
qaratadi, u insondagi rostgo‘ylik xislatini eng muhim
xususiyatlardan biri deb
biladi. Kishi bu fazilati bilan boshqalarning muhabbati va hurmatiga, eng muhimi,
ishonchiga sazovor bo‘ladi. Rostgo‘y kishi rostgo‘yligi o‘ziga noxushlik
keltirganda ham rost gapiradi, deydi. G‘iybatchilik, chaqimchilik, yolg‘onchilik
inson uchun yomon hislatdir, deb hisoblaydi.
Sa’diy yoshlarni kishilar bilan muloqotda bo‘lishda ehtiyot bo‘lib,
xushaxloqlik bilan har bir so‘zni o‘ylab gapirishga da’vat etadi. Aqlli odam ko‘p
va o‘ylamasdan gapirmaydi, gapirganda ham har so‘zini dilidan qimmatbaho yoqut
kabi saralab chiqaradi. Bemavrid, behuda so‘zlab, o‘zining ham, so‘zining ham
qadrini ketkazmaydi. Uni birov tinglamas ekan, yaxshisi sukut saqlashi kerak.
Ammo barcha holatlarda sukut saqlash kishining aqlliligidan darak emas.
Shuning uchun, o‘z o‘rnida so‘zlab, o‘z bilimi va donoligini namoyon etmog‘i ham
lozim. Bu haqda Sa’diy shunday hikoya qiladi: «Sahboi
Voilni fasohatda tengi
yo‘q, deb hisoblar edilar, chunki u bir majlisda bir yil davomida so‘zlasa ham bir
ishlatgan so‘zini takrorlamasdi. Bir fikrni ikkinchi marta aytishga majbur bo‘lgan
taqdirda ham, boshqa iboralar bilan ifoda etardi, deydi:
So‘zing garchi dilkash va shirin bo‘lur,
Mukofoti tasdiku tahsin bo‘lur.
Bir aytdingmi, aytma uni o‘zga dam,
To‘yib bir yedingmi yetar, holva ham.
21
Agar kishi munozaraga taklif qilinmasa, u boshqalar gapini bo‘lmasligi,
kattalarga qaraganda o‘zi ko‘p narsani bilsa ham hadeb hamma narsaga
aralashavermasligi lozim, deydi Sa’diy.
Sa’diy yozadi: «Birov gapini tugatmasidan
burun gapga aralashadigan
kishidan ko‘ra ortiqroq o‘z nodonligini oshkor qiladigan odam bo‘lmaydi» - deydi
va fikrini shunday xulosalaydi:
Ey oqil, so‘zning ham bosh-oyog‘i bor,
Uzga so‘zga so‘zing qistirma, zinhor.
Aqlu xush egasi tadbirli inson,
So‘z boshlar suhbatdosh jim bo‘lgan zamon
22
.
20
Ўша жойда, 96-бет.
21
Ўша жойда, 119-бет.
22
Ўша жойда, 120-бет.
117
Shu zaylda Sa’diy o‘zining «Guliston» asarida odamlar bilan muloqot odobini
bayon etadi. Uning uqtirishicha, do‘stlik ikki muhim xususiyatga - samimiylik va
tarbiyaviylik xususiyatiga ega.
Mutafakkir boshiga kulfat tushgan odamga muruvvat ko‘rsatgan, uning
dushmanlarini o‘zining dushmani deb bilgan odamni haqiqiy do‘stdir deydi. Adib
do‘stlik mustahkam bo‘lishi uchun quyidagilarni shart qilib qo‘yadi:
...Gar oqil esang, do‘stdan kechmagil,
O‘shanda g‘anim ko‘z ocholmaydi bil...
Agar sen esang do‘st bilan jonu tan,
G‘anim yemirilur shohu ildiz bilan
23
.
Sa’diy bu shartlarga amal qilinmas ekan, demak, do‘stlik
samimiy emas,
deydi. Uning nazarida, haqiqiy va samimiy do‘stlik inson qalbida o‘chmas iz
qoldiradi, uning axloqiy-ma’naviy qiyofasiga ta’sir ko‘rsatadi.
Sa’diy do‘stlikning tarbiyaviy ahamiyatini yuqori baholagan holda, ota-
onalarni
ogohlantirib, o‘z bolalarini yomonlar bilan muloqotda bo‘lishiga yo‘l
qo‘ymasliklarini uqtiradi. Ota-onalar, ayniqsa, ota bolasi tarbiyasiga e’tibor
bermasa, bola yomon odamlarga qo‘shilib qolishi mumkin. Uning bu fikri xalqning
Do'stlaringiz bilan baham: